«ijtimoiy-madaniy faoliyat» kafedrasi «ijtimoiy madaniy faoliyat tarixi va nazariyasi» fanidan


Tibbiy madaniyat tushunchasi, mazmun-mohiyati va uning ijtimoiy ahamiyati



Download 497,07 Kb.
bet46/151
Sana03.09.2021
Hajmi497,07 Kb.
#163119
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   151
Bog'liq
�ijtimoiy-madaniy faoliyat� kafedrasi �ijtimoiy madaniy faoliyat

Tibbiy madaniyat tushunchasi, mazmun-mohiyati va uning ijtimoiy ahamiyati

O‘zbekistonda ham aholi tibbiy madaniyatini yuksaltirish borasida bir qancha islohotlar izchil amalga oshirib kelinmoqda. Aholi salomatligiga tahdid solayotgan tibbiy omillarning ob'ektiv va sub'ektiv jihatlari, aholi tibbiy madaniyatini yanada oshirishning samarali usullari, vositalari va yo‘llarini aniqlash, ishlab chiqish zaruriyati bilan bog‘liq bo‘lgan mazkur bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi quyidagilar bilan ham izohlanadi.

Birinchidan, globallashuv sharoitida jamiyat hayotiga xavf solayotgan bir qancha xastaliklar o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘lib, ta'sir kuchi ortib bormoqda. Xususan, oziq-ovqat tovarlarining yeksport va import xajmi ortishi jamiyat umumiy rivojlanishi va xavfsizligiga jiddiy ta'sir etayotganini ta'kidlash zarur. Bu esa o‘z navbvtida turli xil kasalliklarning namoyon bo‘lish shakllari va ijtimoiy oqibatlariga, ularning oldini olish chora-tadbirlariga yangicha nuqtai nazardan yondashuvni taqozo qiladi.

Ikkinchidan, hozirgi globallashuv jarayonida dunyoning aksariyat mintalarida aholi hayotiga xavf solayotgan xavfli va yuqumli kasalliklar: Ebola, OITS, Parranda grippi kabilarning mavjudligi va ushbu kasalliklarning mamlakatimiz aholi siga xavf solish extimolining borligi, bunday ofatlardan mamlakatimiz aholi sini asrashimizning eng maqbul yo’llaridan biri bu- aholi tibbiy madaniyatini oshirish ekanligidir.

Uchinchidan, Prezidentimiz I.A.Karimov ham da xukumatimiz tomonidan sog’likni saqlash, aholi tibbiy madaniyatini oshirish yuzasidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar, qabul qilingan qaror va qonunlar bilan mamlakatimiz aholi sini tanishtirishning interfaol usullarini ishlab chiqish lozim.

To’rtinchidan, mentalitetimizdan kelib chiqqan holda shuni alohida ta'kidlash joizki oila, mahalla va ta'lim-tarbiya tizimi aholi tibbiy madaniyatini oshirish jarayonida muhim o‘rin tutadi. Ayni paytda, mazkur institutlar aholi tibbiy madaniyatini yuksaltirishda ham alohida ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan, ularning faoliyatida tarbiya va tibbiy madaniyat uyg‘unligini ta'minlash bilan bog‘liq masalalarni tizimli tahlil qilish mavjud muammolarning oqilona yechimlarini topishga xizmat qiladi.

Beshinchidan, bugungi kunda OAVning aholi, ayniqsa, yoshlar dunyoqarashi va tafakkuriga ta'siri oshib bormoqda. Bu OAV orqali aholi tibbiy madaniyatini yuksaltirish, turli xil kasalliklar va ularning oldini olish bilan bog‘liq muammolarni tahlil qilish, “to‘rtinchi hokimiyat”ning turli tarmoqlarida olib boriladigan tibbiy targ‘ibot mazmunini kuchaytirish imkoniyatlari va yo‘llarini tadqiq etish borasida samarali vosita yekanligini ko‘rsatadi.

Shuningdek, tadqiqotning dolzarbligi aholi tibbiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyat hayotiga xavf solayotgan kasallilarni oldini olish jamiyat barqarorligini ta'minlashning muhim omili ekanini ijtimoiy tadqiq etish zaruriyati bilan ham belgilanadi.

Tibbiy madaniyat bu — kishilarning o’zlari va yaqinlarining sog’lig’ini saqlash va mustahkamlash uchun amalga oshiradigan say-xarakatlari, gigiena qoidalariga rioya qilishlari, umrni uzaytirish, kasalliklarning oldini olish, davolanish uchun bor bilimlaridan to’laqonli foydalanishlari va shu sohadagi amaliy tadbirlar majmuidir. Tibbiy madaniyat boshqa bir sohadagi madaniyat turlaridan o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Masalan: muomila madaniyati, musiqa tinglash madaniyati va xokazolarga amal qilmaslik inson ruxiyatiga salbiy ta’sir e’tadi va vaqt o’tishi bilan ushbu ta’sir o’z ahamiyatini yo’qotadi. Tibbiy madaniyatga rioya qilmaslik esa to’g’ridan-to’g’ri inson salomatligiga ta’sir ko’rsatib keyinchalik og’ir oqibatlarga olib kelishi bir necha bor o’z isbotini topgan. Aholi tibbiy madniyatini yuksaltirib borish va inson salomatligi muxofaza qilish jamiyat taraqqiyotining har bir davri uchun kechiktirib bo‘lmaydigan muhim masalalardan biri hisoblanadi. Zero, har qanday mamlakatning rivojlanganlik holati mazkur xududda yashovchi aholining salomatlik, savodhonlik ham da iqtisodiy ko’rsatkichlari bilan belgilanadi. Aynan shu ko‘rsatkichlar davlatlarning jahon hamjamiyatida tutgan o‘rnini belgilab beradi.

Mustaqil davlatimizning gullab-yashnashi yoshlarning jismoniy, aqliy, ma'naviy va ruhiy barkamolligiga, ularning salomatligiga bog‘liqdir. Jismonan sog‘lom, baquvvat, ruhan tetik, aql-zakovatli yoshlarninng kelajagida mamlakatimizning istiqbolli kelajagini tasavvur qilish mumkin. Bugungi kunda sog‘lom avlodni shakllantirish eng muhim vazifalardan biridir. Bunga eng avvalo aholi tibbiy madaniyatini oshirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, turli maishiy shart-sharoitlarni yaratish, sog‘lom avlodni tarbiyalashning moddiy asosini belgilash, ya'ni davlat tomonidan iqtisodiy va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash orqali yerishish mumkin. Dunyodagi xar bir mamlakat aholi tibbiy madaniyati oshirmasdan turib, sog‘lom turmush, sog‘lom fikr, farovon va baxtiyor hayotga erishish haqida o‘ylashi mumkin emas. Aholi salomatligini muhofaza qilish va mustaxkamlash, turli xil kasalliklarning oldini olish, davolash, atrof-muhit, suv, havo va oziq ovqatlar tozaligini ta'minlash sog‘lom avlodni shakllantirishning asosiy omillaridan biridir. O‘z vaqtida ovqatlanish, tibbiy ko‘rikdan vaqtida o‘tib turish,toza va ozoda kiyinish, ovqatdan avval albatta qo‘lni sovunlab yuvish, vaqtida uxlash, dam olish, shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish, ertalabki badan tarbiya mashqlarini bajarish, aholi tibbiy madaniyatining g‘oyat muhimdir belgilaridir.

Tibbiy madaniyatni tadqiq etish aholi salomatligini o’rganishni taqazo etadi. Salomatlik darajasini o’ganishning asosiy sabablar quydagilardan iborat:


  1. Aholi salomatlik darajasiga qarab shu jamiyatning, mamlakatning

qanchalik taraqqiy etganligini bilamiz.

  1. Tibbiy xizmatni to’g’ri rejalashtirish maqsadida.

  2. Aholi salomatligini yaxshilashda kompleks, maqsadli dasturlar ishlab chiqish uchun.

  3. Aholi salomatligini yaxshilash maqsadida amalga oshirilgan ishlarning samarasining darajasini aniqlash uchun.

Tibbiy madaniyat haqida fikr yuritilganda avvalom bor biz inson haqida va uning salomatligi va kasalligi haqida o’ylashimiz kerak. Ma’lumki inson tabiatning bir qismi va maxsuli hisoblanadi, ammo inson o’z irodasi va ongi bilan boshqa tirik organizmlardan farq qiladi. Inson tirik organizmlar olami taraqqiyotning e’ng yuqori bosqichi hisoblanadi va ijtimoiy moxiyatga e’ga bo’lib ishlab chiqarishga, atrof muxitni o’zgartira olishga, so’zlashga va boshqa xususiyatlarga qodir. Inson va uning salomatligi, kasalligi ijtimoiy kategoriya hisoblanib keladi. Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining aniqlashicha salomatlik-bu kasallik va jismoniy etishmovchilikning bo’lmasligidan tashqari, to’liq, sifatli jismoniy, ruxiy va ijtimoiy tomondan qoniqarli xolatga e’ga bo’lishini tushuniladi. Xar qaysi davlat uchun ham aholining ham ruxan, ham jismonan sog’lom bo’lishi muxim ijtimoiy aham iyat kasb etadi. Bunday natijaga erishishning eng sodda va ommabop usuli esa aholi tibbiy madaniyatini yuksaltirishdir.

Aholi tibbiy madaniyatini yuksaltirish masalasida fikr yuritilar ekan salomatlik va kasallik tushunchalari, uning darajalarini o’rganish g’oyat muximdir. Salomatlik va kasallik o’rtasida dialektik bog’lanish mavjuddir. Ular o’rtasida farq salomatlik va kasallikning ta’minlovchi sharoitlariga, omillariga bog’liq bo’lib, agar shu omillar, sharoitlar optimal bo’lsa, muvozanatda bo’lsa salomatlikni ta’minlaydi. Agar muvozanat buzilsa kasallikka olib keladi. Aholi salomatligi bevosita sotsial faktorlar bilan bog’liq bo’lib, ijtimoiy sharoitlar e’sa jamiyat tuzumi, sotsial iqtisodiy va siyosiy strukturaga bog’liqdir. Jamiyat tuzumining asosida e’sa ishlab chiqarish usullari va ishlab chiqarish munosabatlari yotadi. Ijtimoiy sharoitlar asosida ijtimoiy faktorlar vujudga keladi. Ularga mexnat, dam olish, ovqatlanish, uy-joy, ma’lumot, o’qish, tarbiyalash, madaniy e’htiyojlar, kishilar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar va jamiyatning yoki jamoatning konkret yashash sharoitlari misol bo’ladi.

Tibbiy madaniyat tushunchasini yanada aniqroq tushunib olish uchun, birinchi navbatda insonlarda va boshqa tabiatdagi tirik mavjudotlarda salomatlikni ta’minlovchi sharoitlar, kasallik keltirib chiqaruvchi omillar ham bir xil narsa e’kanligini tushunib etmoq lozim. Inson tibbiy madaniyatga rioya qilmaganida edi, tabiatda biologik va genetik jixatdan o’ziga yaqin bo’lgan ayrim mavjudodlar (masalan: maymunlar xromamasomalar soni 22 juft, insonlarda esa 23 juft) o’rtacha umr ko’rishi 40-45 yoshdan oshmagan bo’lar edi. To’g’ri, umr ko’rish davomiyligiga tibbiy madaniyatdan boshqa omillar ham ta’sir etadi lekin rus olimi Y.P. Lisisin inson kasallanishining 50% uning turmush tarzi va turmush sharoitga yani, tibbiy madaniyatga rioya qilmaslik, asabiy vaziyatlar, yolg’izlik va oilaning mustaxkam emasligiga bog’liq ekanligini ta’kidlaydi22 Demak inson farovonligi uchun mavjud zarur barcha mu’tadil sharoitlar asosida kasallik keltirib chiqaruvchi omillar paydo bo’lishi va inson salomatligiga zarar etkazish mumkin. Masalan: aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash, oqilona ovqatlanish, uy joy bilan ta’minlash va boshqa ko’plab misollarda bu xolatni ko’rishimiz mumkin. Aytaylik ichimlik suvining sifati uning organoleptik xususiyatlari, tarkibiy qismlari GOST talablariga javob bersa-bu sharoit, agar teskarisi bo’lsa kasallik keltirib chiqaruvchi omil sifatida ta’sir ko’rsatadi. Shunday qilib ijtimoiy sharoitlar asosida ijtimoiy muammolar paydo bo’ladi.

“Sog’lik- bu nafaqat har bir inson uchun jismoniy va ruxiy qadriyat, balki bu baxolab bo’lmaydigan inson boyligidir. Shu bilan birga bu yuqori darajadagi axloqiy-e’tik, insonparvarlik qadriyat-baxtdir” deb yozgan e’di F.F. E’rsman. Sog’lik har bir inson, oila yoki butun boshli aholi baxtining e’ng bosh shartlaridan biridir. Ammo afsus bilan aytish mumkinki ana shu xaqiqatni bilib qadriga etib shu haqda tushuntirish olib boradigan insonlar xuddi shu biz aytgan sog’ligini qimmatbaxo qadriyatini yo’qotganlar hisoblanadi. Ko’pchilik paytda insonlarga ko’proq xos bo’lgan xususiyatlardan biri sog’liqni yo’qotgandan so’ng uni izlab boshlaydilar.

Aholi tibbiy madaniyatining pastligi nafaqat odamlar o’rtasida umumiy madaniyatning pastligi yoki tibbiy bilimsizlik, balki xaqiqiy ijtimoiy infantilizmni (o’sishdan orqada qolish) keltirib chiqaradi.

Biz hozircha sog’lik to’g’risida fikr yuritdik, ammo yana tibbiyot ilmida shunday tushunchalar borki, alohida bir shaxsning yoki aholining salomatligi /aholi populyatsiyasi/ degan tushunchalar ham mavjud. Demak har bir daraja o’ziga yarasha yondoshish va fikrlashni talab e’tadi.SHaxsiy /individual/ sog’liqni biz shaxsning alohida o’zini qanday xis qilishi, kasallikning bor yo’qligiga qarab baxolaymiz. Biron bir gurux sog’ligini baxolashda statistik hisob-kitoblar asosida uning ko’rsatkichlarining yordamida aniqlaymiz. Masalan: kasallanish, o’lim, o’rtacha umr ko’rish va boshqalar.

Aholi salomatligini baxolashda ko’pgina standartlar taklif e’tilgan. Oxirgi yillarda matematik-matematikologik, aholini sog’ligini baxolash modellari tibbiy-statistik ko’rsatkichlar bilan kombinatsiyalashtirilgan holda qo’llanilmoqda. To’laqonli asos bilan aytish mumkinki, aholi salomatligi quyidagilarga bog’liq bo’ladi:


  1. odamlarning biologik, ruxiy xususiyatlariga (irsiyat, gavda tuzilishi, temperament, oliy asab faoliyat turi boshqalar).

  2. Tabiat ta’surotlariga (iqlim, ob-havo, faunlar va b)

  3. Kishilarning o’rab turgan atrof-muxit. (uning tozaligi kimyoviy, fizikaviy va biologik ifloslantiruvchi moddalar bilan zararlanishi).

  4. Ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy omillar (mexnat va turmush orqali ta’sir qilishida).

  5. Sog’liqni saqlashning holati tibbiyot ilmining darajasiga aholi salomatligiga bevosita ta’sir qiluvchi omillardan biri bu-turmush tarzi, bu masala kelgusi ma’ruzada ko’rib chiqiladi.

Yuqorida qayd qilingan omillar nafaqat aholi salomatligiga (aholining sanitariya xolati), balki alohida bitta shaxs salomatligiga, jamoatchilik salomatligiga ta’sir e’tadi.

Jamoatchilik salomatligi ham alohida bir insonlarning salomatlik xolatidan kelib chiqadi, sababi har bir individuallar yig’ilib jamoatchilikni, ularning sog’ligini tashkil e’tadi. Bu o’z navbatida iqtisodga ya’ni ishlab chiqarilgan mahsulotga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Kasallik keltirib chiqaruvchi omillar ko’p, ular yil sayin oshib bormoqda. Agar 1960 yillarda faqat genetik omillarning o’zi mingdan oshiqroq bo’lsa, bugunga kelib ularning soni 3000 dan ko’p. Ba’zi mualliflar bu borada o’zlarining guruxlashlarini xatto klassifikatsiyasini taklif qilmoqdalar. Bundan tashqari kasalliklarning yuzaga kelishida “Moyillik omili”, “kasallikka moyillik omili” tushunchalari mavjud, ya’ni organizmga qandaydir ichki yoki tashqi omillar ta’sirida organizmning kasallikka moyillik darajasi oshib ketadi.

O’zi inson nima uchun kasal bo’ladi? Degan savolga, biz to’liq javob berib bilishimiz kerak, kasallik o’zi bizning tushunchamizda nima? Agar insonni o’rab turgan atrof-muxit mo’tadil bo’lsa organizmga xech qanday salbiy ta’sir qilmasa, ya’ni organizmning ichki muxiti bilan tashqi muxit o’rtasidagi muvozanat buzilmasa organizmda xech o’zgarish bo’lishi mumkin e’mas. Ms: organizmda bo’lmaydigan biron-bir yot narsa organizmga tushsa, mikrob, xar-xil predmetlar yoki xar xil ta’sirlar ( shamol, issiq, sovuq, chang va xakozalar) bunga misol bo’lishi mumkin.

Aholi salomatligini o’rganishda e’ng muxim manbalardan biri bu- tibbiy ko’rikdan olingan ma’lumot, sababi tibbiy ko’rikda xali bemorni bezovta qilmaydigan kasalliklar oldindan aniqlanadi. Xali kasalliklarning belgilari sezilmasdan burun, aniqrog’i xali salomatlik bilan kasallik oralig’idagi insonlar demakdir. Ular odatda vrachlar tomonidan kasalliklarini faol aniqlashga va davolashga muxtoj kishilar. Gallen va boshqalar bularni uchinchi xolatdagilar ya’ni sog’lom xolat bilan kasallik o’rtasidagi xolat deb ataganlar. Bu xolat juda ko’p vaqtga cho’zilishi, ba’zida umrining oxirigacha cho’zilishi mumkin. Bunday xolat odatda insonga tabiat tomonidan berilgan ruxiy fiziologik imkoniyatining yarmini, e’xtiyojdagi sog’liqni va to’laqonli hayot imkoniyatlarini yo’qotish bilan kechadi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak bugun biz sog’lom kishilarning sog’ligini saqlash ya’ni kasalliklarning oldini olish “Sanalogiya ” bilan shug’ullanish kerakligini anglatadi. Bu tadbirni faqatgina aholi o’rtasida “Sog’lom turmush tarzini targ’ibot” qilish yo’li bilan amalga oshiriladi.

Aholi salomatligi tibbiy-statistik. Demografik ko’rsatkichlari va ijtimoiy darajalarni o’rganish asosida, alohida bir shaxsning, guruxini yoki ma’lum bir populyatsiyani o’rganish mumkin.

Jamoatchilik salomatligi xolatini o’rganish-Sanalogiya, ayniqsa sog’lomlarning o’rganish-bu alohida profilaktika sohasida strategik aham iyatga e’ga aholi salomatligini aniqlovchi asosiy omillarga quyidagilarni kiritish maqsadga muvofiq sanaladi:

-no sog’lom turmush tarzi omillari

-tashqi muxitning ifloslanishi

-genetik omillar

-kamchilik etishmovchiliklar

-sog’liqni saqlashdagi kamchiliklar

-tibbiy yordam

Aholi salomatligi, tibbiy madaniyatini o’rganishda va uni baxolashda ko’pgina standart ko’rsatkichlar taklif qilingan va ular qo’llaniladi:

Tibbiy-demografik ko’rsatkichlar:

-aholining tabiiy xarakati ko’rsatkichlari:

-umumiy va yoshlar bo’yicha o’lim va yoshlar bo’yicha o’lim

-o’rtacha umr qurish

-tug’ilish va serpushtlik

-aholining tabiiy o’sishi va boshqa ko’rsatkichlar.

Bu ko’rsatkichlar ta’siri natijasida bundan 25-30 yil avval dunyo miqyosida insonlarning umumiy umr yashash davomiyligi 45-50 yoshni tashkil qilgan bo’lsa, hozirga kelib bu ko’rsatkich ko’pchilik mamlakatlarda birmuncha oshdi. Masalan: Yaponiyada oxirgi ma’lumotlarga qaraganda 79-83 yoshni qilsa, mamlakatimizda bu ko’rsatkich 75 yoshni tashkil qiladi. Ushbu ko’rsatkich rivojlanayotgan mamlakatlarda, rivojlangan mamlakatlarga nisbatan 10-15 yoshga kamdir. Yuqoridagi ko’rsatkichlar davlat tomonidan sog’likni saqlash sohasiga qaratilayotgan e’tibor va aholi tibbiy madaniyatini yuksalib borishi natijasidir. Aholining yosh guruxlari bo’yicha ham tarkibi har xilligi inobatga olgan holda aholi tibbiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yosh guruxlariga moslab alohida ishlab chiqishni talab etadi. Masalan: er yuzi bo’yicha 0-14 yoshliklar 32% ni, 15-64 yoshliklar 62,1 %ni, 65 yoshdan yuqorisini 6% ni tashkil qiladi.

Shuning uchun ham bolalar o’limini kamaytirish yo’li bilan biz so’z yuritayotgan ko’rsatkichni uzaytirish mumkin. Bunga misol qilib biz Kuba mamlakatini olsak bo’ladi. U mustaqillikni qo’lga kiritgan paytda bolalar o’limi dunyodagi eng yuqori ko’rsatkichlardan birini tashkil qilir edi. Kubada oila vrachi amaliyotini keng qo’llash natijasida (bir vrach va bitta hamshira 500-600 kishiga biriktirilgan), bolalar o’rtasidagi o’lim ko’rsatkichlari hozirgi kunda 6,3% ni o’rtacha umrning davomiyligi esa 74 yoshni tashkil etmoqda.

Insonlarning tibbiy madaniyatining ijtimoiy ahamiyatini yer yuzidagi aholi soni jixatdan 1-ham da 2-o’rinni egallab turgan Xitoy, Xindiston misolida ko’rib o’taylik. Ushbu mamlakatlar nafaqat aholi soni balki iqtisodiy jixatdan ham yer yuzida o’z nufuziga ega. Shu bois ushbu davlatlar mahsulotlari dunyoning ko’pgina davlatlariga eksport qilinadi. Ushbu mahsulotlar orasida dori-darmon, oziq-ovqat mahsulotlar ham mavjud. Ushbu mahsulotlarni tayyorlash jarayonida tibbiy madaniyat qoidalariga rioya qilmaslik butun dunyo aholisi salomatligiga jiddiy xavf solishi, ushbu davlatlar va ushbu davlatlar mahsulotlarini import qiluvchi davlatlar o’rtasidagi diplomatik aloqalarning yomonlashuviga, mamlakatning iqtisodiy ko’rsatkichlarini keskin tushib ketishiga sabab bo’ladi.

Bir qator rivojlangan mamlakatlar, jumladan, G’arbiy Yevropa, A.Q.Sh, Yaponiyada o’tgan asrning 70-yillaridayoq aholi salomatligining keskin yomonlashuvi sababli vujudga kelgan jiddiy vaziyatdan chiqish uchun aholi ning turmush tarzini o’zgartirish lozim degan xulosaga kelinib, aholi o’rtasida ommaviy sog’lomlashtirish ishlarini rivojlantirishga kirishildi. Ommaviy ravishta tamaki chekish, alkogolli ichimliklar ichish kabi zararli odatlardan voz kecha boshlandi. A.Q.Sh da esa sigaret, aroq va boshqa spirtli mahsulotlarni reklama qilish taqiqlandi. So’glom turmush tarzitarzini shakllantirishning tashabbuskorlari (vrachlar, siyosatshunoslar) “Agarda biz jismoniy mashg’ulotlar bilan shug’ullanmasak, o’z organizmimizni chiniqtirmasak, ovqat sifatida kerakli va tabiiy xossaga ega mahsulotlarini is’temol qilmasak, barchamiz infarkt, insult, diabed, ruhiy hastaliklar, allergiya kaslliklarning qurboni bo’lamiz” so’zlarini xalqqa qarata shior sifatida qo’llashdi. Buning natijasida A.Q.Sh va boshqa rivojlangan Yevropa mamlakatlarida millionlab aholining yugurish, piyoda yurishkabi mashg’ulotlarga jalb etilganligini ko’rsatib o’tishning o’zi kifoya.23

Xulosa qiladigan bo’lsak, aholining tibbiy madaniyatini oshishi nafaqat fuqarolarning uzoq umr ko’rishi, balki jamiyatning ijtimoiy barqarorligi, xususan komil insonni tarbiyalashning asosy omilidir.




Download 497,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish