Ijtimoiy-iқtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari


O’zbekistondagi monopolist korxonalar va ulardagi monopol mahsulotlar turlari miqdori



Download 179,03 Kb.
bet30/35
Sana01.01.2022
Hajmi179,03 Kb.
#281396
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
Navoiy davlat konchilik instituti

O’zbekistondagi monopolist korxonalar va ulardagi monopol mahsulotlar turlari miqdori


Sektorlar

2005

2006

2007

2008

2009

KS

MS

KS

MS

KS

MS

KS

MS

KS

MS

Non va non

mahsulotlari, bug`doy



1

2

1

2

1

2

1

2

1

2

Ko’mir

1

2

1

2

1

2

2

2

2

2

Gaz

2

2

2

2

2

2

2

2

2

2

Oziq-ovqat

19

7

17

7

17

7

24

8

22

8

Engil sanoat

10

9

8

7

7

5

2

4

1

1

Mahalliy sanoat

1

1

1

1

1

1

-

1

-

-

Neft-kimyo sanoati

14

23

16

23

16

23

20

23

20

23

Mashinasozlik

25

37

24

36

20

27

16

23

15

20

Qurilish materiallari

19

12

24

12

31

16

25

16

25

15

Xizmatlar

142

73

132

72

126

69

114

65

103

74

Boshqa tarmoqlar

20

12

16

12

16

12

19

11

20

15

Jami

253

180

242

176

238

166

225

157

211

162

Izoh: KS – monopolist korxonalar;

MS – monopol mahsulot va xizmatlar turlari.

Mamlakatimizda monopolistik faoliyatni cheklash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, jumladan, yangi korxonalarni tashkil etish, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, tovar bozorlariga yangi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni kiritish orqali raqobat sezilarli darajada kuchayishiga qaramasdan bir qator tarmoqlarda monopolizm hali ham saqlanib qolmoqda. Ayniqsa, ishlab chiqarish kapital sig`imining kattaligi, katta quvvatga ega bo’lgan agregatlardan foydalanilishi va texnologiya jarayonlarining uzluksizligi kabi ob’ektiv sabablar ayrim tarmoqlarda raqobatning rivojlanishini qiyinlashtirib qo’ymoqda.

Shu bilan bir qatorda, Prezidentimiz amaldagi “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to’g`risida”gi Qonun bugungi kunda eskirganligi va zamon talablariga javob bermay qolganligi, shuni e’tiborga olgan holda, “Raqobat to’g`risida”gi yangi Qonunni ishlab chiqishimiz va qabul qilishimiz zarurligini ta’kidlab o’tdi. Ushbu qonunda monopolistik faoliyatni nafaqat tovarlar bozorida, balki moliya bozorlarida ham tartibga solishni nazarda tutish lozim. Shuningdek, birja savdolarida ham monopoliyaga qarshi mexanizmlarni, akstiyalarni sotib olish, qo’shish va birlashtirish bitimlarini tartibga solish va nazorat qilish tartib-qoidalarini soddalashtirish bo’yicha normalarni ushbu qonunga kiritish maqsadga muvofiqdir.

Ma’lumki, milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini o’rganishga bir necha jihatdan, ya’ni tarmoq tarkibi, hududiy tarkibi, takror ishlab chiqarish va funkstional tarkibi, kapitalning konstentrastiyalashuvi darajasi hamda ijtimoiyiqtisodiy tarkibi jihatidan yondashish mumkin. Iqtisodiyotning ijtimoiy-iqtisodiy tarkibi mazmunan iqtisodiyot tuzilishiga sektorlar jihatidan yondashuvni ham anglatadi. Iqtisodiyot sektori – bu iqtisodiyotning yirik qismi hisoblanib, u nazariy yoki amaliy maqsadlarda iqtisodiyotning boshqa qismlaridan ajratish imkonini beruvchi o’xshash umumiy tavsiflarga ega bo’ladi. Xo’jalik yuritish shakllariga ko’ra, iqtisodiyotning davlat, nodavlat (xususiy) va boshqa sektorlari farqlanadi.

Iqtisodiyotning nodavlat (xususiy) sektori bu – mamlakat iqtisodiyotining davlat nazorati ostida bo’lmagan qismi bo’lib, o’z ichiga xususiy kapitalga tegishli bo’lgan korxonalar va uy xo’jaligini oladi. U iqtisodiyotning korporativ, moliyaviy va individual sektorlariga bo’linadi9.

O’zbekistonda mustaqillik yillarida iqtisodiyotning nodavlat sektori rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishi natijasida mazkur soha jadal ravishda rivojlandi. Agar 1990 yilda respublika YaIM umumiy hajmining atigi

38,1 foizi iqtisodiyotning nodavlat sektorida ishlab chiqarilgan bo’lsa, 2009 yilga kelib, bu ko’rsatkich 81,3 foizni tashkil etdi. Ayniqsa, qishloq xo’jaligi mahsuloti



ishlab chiqarish hajmi va chakana savdo aylanmasi eng yuqori salmoq – 99,9 foizga etdi .

Mamlakatimizda nodavlat sektorining faoliyati va mavqeini ta’minlashda asosiy o’rin tutuvchi 1991 yilda qabul qilingan “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g`risida”gi Qonun, o’tgan davr mobaynida 80 tadan ortiq qonunosti hujjati unga uyg`unlashtirilganiga qaramasdan, bugun qayta ko’rib chiqishni va yangi tahrirda qabul qilishni talab etayotganligi ko’rsatib berildi.

Mamlakatimizning strategik muhim tarmoqlari va korxonalarida akstiyalarning nazorat paketi, ta’bir joiz bo’lsa, “oltin” akstiyalarni davlat ixtiyorida saqlab qolgan holda, iqtisodiyotning eng muhim etakchi tarmoqlariga xususiy investorlarni jalb qilish va ularda nodavlat sektor ulushini yanada kengaytirish zarur. Bunda bo’lajak investorlarning barcha toifalariga xususiylashtirish jarayonlarida teng sharoit yaratishni ta’minlash, ularda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish, xususiylashtirish bitimlarining ochiqligi va oshkoraligini ko’zda tutish lozim.

Yuqorida ta’kidlab o’tilgan g`oyat muhim ahamiyatga molik qonunlarni takomillashtirish bilan birga, O’zbekistonda amalga oshirilayotgan bozor islohotlarining sur’ati va mantiqiy talablaridan kelib chiqqan holda, erkin bozor iqtisodiyoti munosabatlarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladigan bir qator qonunlar qabul qilishni hayotning o’zi taqozo etmoqda. “Kredit byurolari faoliyati va kredit axboroti almashuvi to’g`risida”, “Garov reestri to’g`risida”, “Rieltorlik faoliyati to’g`risida”, “Investistiya va pay fondlari to’g`risida”, “Innovastiyalar va iqtisodiyotni modernizastiya qilish to’g`risida”gi va boshqa yangi qonunlar shular jumlasidandir.

Ma’ruzada mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotining eng muhim istiqbollari va ustuvor yo’nalishlarini belgilashda ichki ehtiyojning o’sishiga alohida e’tibor qaratishimiz kerakligi, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi oqibatlarini yumshatishga qaratilgan Inqirozga qarshi choralar dasturida ana shunday yondashuv o’tgan yillarda o’zini to’la oqlagani, bugungi kunda Osiyodagi ko’plab mamlakatlar aynan shunday pozistiyaga amal qilib kelayotgani ta’kidlandi.

Agar bu borada Respublikamizda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlardan biri – ijtimoiy soha ob’ektlarining ishga tushirilishiga e’tibor qaratsak, 2009 yil davomida qishloq joylarda 197,2 km uzunlikdagi tabiiy gaz, 1665 km uzunlikdagi ichimlik suv tarmoqlari quvurlarini tortish, 366 ta qishloq aholi punktlarida ichimlik suv ta’minoti ob’ektlarini rekonstrukstiya qilish, obodonlashtirish boshqarmalarini 2100 dona maxsus texnikalar bilan jihozlash, 134 ta ko’p qavatli uylarni mukammal ta’mirlash ishlari bajarilganini ko’rishimiz mumkin. Umuman olganda, hududlarda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarining qurib, ishga tushirilishi natijasida, respublika bo’yicha qo’shimcha 1,3 mln. nafar aholining yoki 268,4 mingta oilaning turmush darajasi yaxshilanib, zarur hayotiy va ijtimoiy-maishiy ehtiyojlarga bo’lgan talabini qondirishga erishilgan. Bu esa, yuqorida ta’kidlanganidek, aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moddiy farovonligi va imkoniyatlarining kengayishi orqali ichki ehtiyojning o’sishiga ahamiyatli ta’sir ko’rsatadi.

Shundan kelib chiqqan holda, bizning yaqin istiqboldagi eng muhim vazifamiz boshlagan ishlarimizni izchil davom ettirish – iste’mol talabini kengaytirish maqsadida sostial sohani rivojlantirish, mehnatga haq to’lashni yanada oshirish, xizmat ko’rsatish sektorini, infratuzilma ob’ektlarini rivojlantirishga, transport va kommunikastiya loyihalari amalga oshirilishiga alohida e’tibor berishdan iboratligi qayd etildi.




Download 179,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish