Mulkchilik munosabatlari - bu mulkka egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish va o’zlashtirish jarayonlarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir.
Mulkchilik xo’jalik va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllari orqali iqtisodiy jihatdan ro’yobga chiqariladi.
Mulkchilik munosabatlari uning ob’ektlari va sub’ektlari bo’lishini shart qilib qo’yadi. Mulkka aylangan barcha boylik turlari mulkchilik ob’ektlaridir. Mulk ob’ekti bo’lib, inson yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklar, tabiiy boyliklar, aqliy mehnat mahsuli, insonning mehnat qilishi qobiliyati - ishchi kuchi va boshqalar hisoblanadi. Mulk ob’ektida asosiy bo’g`in - bu ishlab chiqarish vositalariga egalik qilish hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositalari kimniki bo’lsa, ishlab chiqarilgan mahsulot ham unga tegishli bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |