ob’ektlari va sub’ektlari
1.4. Mulkchilikning turli shakllari va ularning iqtisodiy mazmuni
bob. O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish maqsadi, yo’llari va usullari
Mulkchilik islohotlarining O`zbekistondagi xususiyatlari.
. O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish borasida erishilgan natijalar iqtisodiy tahlili.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
KIRISH
Iqtisodiy munosabatlarning paydo bo’lishi va rivojlanishi jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida o’ziga xos xususiyat kasb etadi. Iqtisodiy munosabatlar bir joyda o’zgarishsiz qotib turmaydi. Ular doimo o’zgarib, rivojlanib boradi. Shunga ko’ra, mazkur kurs ishida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlari va ularni bilishga bo’lgan turlicha yondashuvlar, ishlab chiqarishning ijtimoiy va texnologik usullari hamda iqtisodiy tizim tushunchalari batafsil ko’rib chiqiladi. Tahlil davomida iqtisodiy tizim modellari va ularning xususiyatlari ko’rsatib beriladi.
Ishlab chiqarish har doim ma’lum mulkchilikning aniq shakli doirasida sodir bo’ladi. Shuning uchun bu erda mulkchilik munosabatlarining mohiyati, mulk shakllarining iqtisodiy mazmuni va bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayonida mulk shakllarining o’zgartirish yo’llari va usullari kabi masalalarga alohida o’rin ajratiladi.
Kurs ishi bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biriga bagishlangan bo’lib, u kirish, 2 bobdan iborat asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ruyxatidan iborat reja asosida tayyorlangan. 1- bob “ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari” deb nomlanib, u 4 paragrafdan tashkil topgan. mazkur bobda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning asosiy bosqichlari, iqtisodiy tizimlar, ularning iqtisodiy moxiyati, o’ziga xos xususiyatlari, shuningndek, ijtimoiyiqtisodiy tizimlarda mulkchilik munosabatlarining amalga oshish xususiyatlari, mulkchilik shakllari va ularning iqtisodiy mazmuni yoritilgan.
2 bob “O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish maqsadi, yo’llari va usullari” deb nomlangan bo’lib, u 2 paragrafdan iborat. Mazkur bobda mulkchilik islohotlarining O`zbekistondagi xususiyatlari yoritilgan bulib, iktisodiyotning yangi bosqichga o’tishi jarayonida mulkchilik soxasidagi yangiliklar, ularning iqtisodiy va ijtimoiy axamiyati yoritilgandir. Shuningdek, bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida, jaxon iqtisodiy-moliyaviy inqirozi jarayonida O’zbekistonda mulkchilik munosbatlaridagi o’ziga xos xususiyatlar to’grisida to’xtanilgan.
Kurs ishini tayyorlash jarayonida prezident asarlari, darsliklar, vaqtli matbuot materiallaridan va internet saytlari ma’lumotlaridan samarali foydalanishga harakat qildim
Do'stlaringiz bilan baham: |