Ijtimoiy-iqtisodiy



Download 28,01 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi28,01 Kb.
#247121
Bog'liq
Sotsologiya - Anis


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA TA`LIM MAXSUS VAZIRLIGI

FARG`ONA DAVLAT UNIVERSITETI

IJTIMOIY-IQTISODIY ” FAKULTETI

IJTIMOIY ISH ” KAFEDRASI

Sotsiologiya” FANIDAN




Mavzu: Sotsiol tashkilotlar strukturasi

20.155-guruh talabasi:



Bajardi: Jo`rayeva Anisa

Farg`ona sh. 2021



Reja:

  1. Sotsiologiyaning strukturasi va uning asosiy tarkibiy qismlari.

  2. Nazariy va amaliy sotsiologiya: ularning umumiyligi va farqi.

  3. Hozirgi zamon sotsiologik nazariyalari.

  4. Makrosotsiologiya va mikrosotsiologiya

  5. Sotsiologiya va tabiiy fanlar



  1. Umumsotsiologik nazariyaga misol qilib amerikalik T.Parsons va R.Mertonlarning strukturaviy-funktsionalizm ta’limoti, yangi industrial jamiyat ta’limoti va boshqa G’arbiy Yevropa va Amerika olimlarining ta’limotlarini keltirish mumkin. Umumsotsiologik nazariyalarning mazmuni jamiyat rivojlanishining asosiy yo’lini belgilovchi dinamik qonuniyatiga asoslangan bo’ladi.

  2. Maxsus va tarmoq yo’nalishlar:

-iqtisod sotsiologiyasi,

-mehnat sotsiologiyasi,

-turmush tarzi sotsiologiyasi,

-shahar va qishloq sotsiologiyasi -boshqarish va tashkil qilish sotsiologiyasi -siyosat sotsiologiyasi,

-madaniyat sotsiologiyasi,

-iml-fan sotsiologiyasi,

-ta’lim sotsiologiyasi,

-shaxs sotsiologiyasi,

-oila sotsiologiyasi,

-yoshlar sotsiologiyasi,

-bo’sh vaqt sotsiologiyasi,

-tibbiyot sotsiologiyasi,

-etnosotsiologiya,

-qiziqishlar sotsiologiyasi,

-ijtimoiy o’zgarishlar va boshqalar.

Maxsus sotsiologik nazariyalar makon va zamon jihatidan tor chegaralangandir, statistik - muayyan bir ijtimoiy doirasidagi o’zgarishlarni ifodalashi mumkin.

Har qanday umumsotsiologik nazariya mohiyat e’tibori bilan maxsus sotsiologik nazariyalar mazmuniga muvofiq bo’lishi shart. CHunki, maxsus sotsiologik aniq amaliy tadqiqotlar orqali tekshirilib boriladi. O’z navbatida umumsotsiologik nazariyalar maxsus sotsiologik nazariyalar uchun ham nazariy, ham metodologik asos bo’lib xizmat qiladi.

Umumsotsiologik va maxsus sotsiologik nazariyalar sotsiologiya fanining nazariy jihatini tashkil qiladi. Hozirda konkret va xususiy sotsiologik tadqiqot sifatida ortib borayotgan amaliy sotsiologiya esa konkret sotsiologik tadqiqot usullari yordamida maxsus sotsiologiya sohalar diorasida olib borilayotgan tadqiqotlardan va ulardan olinadigan xulosalardan iborat bo’lib qoladi.



  1. Nazariy va amaliy sotsiologiya: ularning umumiyligi va farqi.

Sotsiologik bilim va usullarning yuqorida ko’rsatib o’tilgan uch darajasi hamda nazariy va amaliy sotsiologiya o’zaro dialetik aloqadorlikda bo’lib, yagona sotsiologiya fanini tashkil qiladi.

Nazariy sotsiologiya jamiyat ijtimoiy hayotining umumsotsiologik, hamda umumilmiy darajalardagi funktsional va rivojlanish qonuniyatlarini o’rganadi. Masalan, hozirda O’zbekistonning bozor munosabatlariga bosqichma-boqich o’tish kontseptsiyasi va jamiyat hayotida bozor munosabatlarini tarkib topib borish jarayonini o’rganish nazariy sotsiologiyaning asosiy tadqiqot ob’ekti hisoblanadi. SHu bilan birga, nazariy sotsiologiyada ijtimoiy hayotning iqtisodiyot, siyosat, maishiy turmush, ma’naviyat kabi alohida sohalarining funktsional va rivojlanish qonuniyatlari, o’ziga xos xususiyatlari ham ilmiy-nazariy asosda o’rganiladi.

Amaliy sotsiologiya inson faoliyatini, jamiyat hayotining turli sohalarini, jarayonlarini bevosita amaliy asosda o’rganadi. Amaliy sotsiologiyada empirik tadqiqotlardan olingan ma’lumotlar nazariy jihatdan umumlashtiriladi. Faqat shundagina nazariy sotsiologiyada olingan tadqiqot natijalari ijtimoiy hayot voqeligini, uning funktsional va rivojlanish qonuniyatlarini to’g’ri, ob’ektiv ravishda ochib bera oladi.

Amaliy sotsiologiya empirik tadqiqot usullari yordamida olib boriladigan ijtimoiy hayotning har qanday jarayonini o’rganishga qaratilgan tadqiqotni

anglatadi. U o’zining ikki jihati bilan xarakterlanadi: birinchidan, komplekslilik xos bo’lib, tadqiqot ob’ekti bir butun holda olib qaraladi, shu jihatdan sotsiologiya doirasida boshqa ijtimoiy fanlarning usullaridan foydalanish mumkin. Ikkinchidan, ob’ektiv va subektiv omillar birligini tashkil qiluvchi inson faoliyatining natijasi bo’lgan ijtimoiy jarayonni o’rganadi. Amaliy sotsiologiya nazariy asosda tadqiq etilgan jamiyat hayotining funktsional va rivojlanish qonuniyatlaridan ilmiy maqsadlarda foydalanish usullarini, vositalarini ishlab chiqish maqsad qilib qo’yiladi. SHu jihatdan amaliy sotsiologiya o’zining empirik xususiyatiga ega va nazariy sotsiologiya bilan uzviy bog’liq.


  1. Hozirgi zamon sotsiologik nazariyalari.

1927-1932 yillarda E.Meyo rahbarligida mehnat va boshkaruv munosabatlarini o’rganishga qaratilgan va Xotorn eksperimentlari nomi bilan mashhur bo’lgan sotsiologik tadqiqotlar (bu tadqiqotlar G’arbiy Yevropani larzaga solgan kuchli iqtisodiy tanazzul davrida o’tkazilgan bo’lib uning o’z oldiga qo’ygan maqsadi - ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning qo’shimcha omillarini qidirib topishdan iborat edi). SHu asosda 1943 yilda Abraxaam Maslou tomonidan ishlab chiqarilgan “iste’molning ierarxik nazariyasi” yaratildi va amaliyotda qo’llanildi. Keyinchalik, shu nazariya asosida 1950 yili F.Xertsberg tomonidan “motivatsiya nazariyasi” (mehnat sharoitlarining ichki va tashqi omillari haqidagi nazariya) va 1957 yili D.Makgregor tomonidan “boshqaruv usullari nazariyasi” yaratildi (bunda boshqarishning 3 asosiy usullari - avtoritar, demokratik va aralash tip haqida fikr yuritiladi). F.Xersberg nazariyasiga ko’ra, faqat ichki omillar mehnat mazmunini, mehnatdan qoniqishni oshiradi. Mehnat sharoitlari: ish haqi, shaxslararo munosabatlar, korxona rahbariyatining tutgan siyosati, boshqaruv usuli va boshqa shu kabilarga tashqi omillar sifatida qaraydi.

Bu omillar mehnatdan qoniqmaslik darajasini pasaytirib, kadrlarni, mutaxassislarning korxonaga bog’lanishini mustahkamlaydi. Ammo, bu omillar mehnat unumdorligining oshishiga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatmaydi, bu bilan F.Xertsberg quyidagi o’zaro bog’liqlikni asoslaydi: mehnatdan qoniqish hosil qilish mehnat mazmunining funktsiyasidir. Qoniqmaslik esa mehnat sharoitining funktsiyasidir.

60-yillarda AQSH nazariy sotsiologiyasi fenomenologik yo’nalishning kuchayganligi bilan xarakterlanadi. Fenomenologik sotsiologiyaning shakllanishi A.SHnetts nomi bilan bog’liq. O’z mohiyatiga ko’ra, fenomenologik sotsiologiya antipozitiv yo’nalishda bo’ldi. AQSHda yana bir antipozitiv sotsiologik yo’nalish - simvolik interaktsionizm bo’lib, unga G.Blumer asos solgan. “Yangi sotsiologiya” nomi bilan atalgan uchinchi antipozitiv sotsilogik yo’nalish CH.R.Mills nomi bilan bog’liq. Simvolik interaktsionizm, fenomenologik sotsiologiya, “yangi sotsiologiya”, konflikt sotsiologiyasi, ijtimoiy ayirboshlash nazariyasi, neofunktsionalizm va boshqa shu kabi nazariyalar - hozirgi zamon sotsiologiyasining asosiy yo’nalishlari hisoblanadi.

Amerika sotsiologiyasida 60-yillarga qadar marksistik g’oyalar ta’siri yo’q edi. 60- yillardan boshlab AQSHda marksistik sotsiologiyaga qiziqish orta bordi. 70-yillarda R.Fridrixs kabi sotsiologlar “dialektik sotsiologik” dasturini ishlab chiqish g’oyasi bilan chiqdilar. Unga ko’ra, marksistik va nomarksistik sotsiologik nazariyalar, kontseptsiyalar o’rtasidagi ziddiyatli ajralishni bartaraf qilish masalasi ilgari surilgan.

Rossiyada sotsiologik g’oyalar umujahon sotsiologik fanining bir qismi sifatida rivojlangan. Tadqiqotchilar Rossiyada sotsiologik g’oyalar rivojlanishining 3 bosqichini ajratib ko’rsatadilar. Birinchi bosqich - XIX asr o’rtalaridan to 1918 yilgacha, ikkinchi bosqich - XX asr 20-yillari boshidan to 50-yillar oxirigacha; uchinchi, 60-yillar boshidan to bizning kunimizgacha.

Birinchi bosqich, avvalo P.Lavrov (1828-1900) va N.M.Mixaylovskiy (1822-1904) lar kabi yirik sotsial mutafakkirlar faoliyati bilan bog’liq. Ular tomonidan rivojlantirilgan sotsial g’oyalar “sub’ektiv sotsiologiya” nomini olgan. Bunday yo’nalishdagi g’oya P.Lavrovning 1870 yildagi mashhur tarixiy xatida birinchi marta ta’riflab berilgan. “Sub’ektiv sotsiologiya” namoyondalari ijtimoiy taraqqiyot nazariyasini ishlab chiqishga e’tibor berdilar.

Lavrovning fikricha ijtimoiy taraqqiyotning mohiyati - madaniyatni qayta tashkil etish: shaxsan an’anaviy tur, qotib qolgan ijtimoiy formalarni o’zgaruvchan, jo’shqinlikni ifodalovchi tuzumlar va munosabatlar bilan almashtirish zarur. Sub’ektiv sotsiologlar andozalarida shaxs asosan harakatga keltiruvchi kuch sifatidagina emas, shuningdek ijtimoiy hayotning o’lchovi hamdir.

Ijtimoiy taraqqiyotning oliy maqsadi shaxsning har tomonlama kamol topishi uchun xizmat qiladigan munosabatlarni yaratishdan iborat.

Sub’ektiv sotsiologiya bilan bir qatorda, o’sha davr sotsial fanida sezilarli rolni M.M.Kovalevskiy (1857-1916) ning asarlari o’ynaydi. Kovalevskiy sotsiologik nazariyasining mohiyatim sotsial guruhlar, sinflar va xalqlar o’rtasidagi birdamlikdir.

Rossiyada sotsial fikrni rivojlantirishda sezilarli rolni Yu.Yasonning “Rossiya va Harbiy Yevropa davlatlarining siyosiy statistikasi” asari o’ynaydi. Sotsiologiyani tavsiflash, sinflar haqida nazariyalarga bag’ishlab Rossiya sotsiologlari A.Bogdanov,

V.SHumyatnikov, P.Sorokin, K.Taxraev asarlari yuzaga keldi.

1918-1919 yillarda Peterburg va Yaroslavlь universitetlarida sotsiologiya kafedralari tashkil etildi.

P.A.Sorokin (1889-1969) yirik olim va jamoat arbobi bo’lib, Rossiya sotsiologiyasi rivojlanishiga katta hissa qo’shgan.

Ikkinchi bosqichda nazariy sotsiologiyaning rivojlanishi davom etdi. 1920-yillarda P.A.Sorokin “Sotsiologiya asoslari”, 1922-yilda M.S.Solinskiyning “Odamlarning sotsial hayoti”, 1922-yilda M.M.Xvostovning “Sotsiologiya asoslari asarlari”, 1928- yilda N.A.Buxarinning “Tarixiy materializm nazariyasi” asarlari chop etildi. 1974- yildan boshlab ixtisoslashgan maxsus “Sotsiologik tadqiqotlar” jurnali chiqa boshladi. 1988-yildan boshlab Moskva, Leningrad, Sverdlovsk, Kiev universitetlarida sotsiologiya fakulьtetlari faoliyat ko’rsata boshladi.

Sovet tuzumi davrida tarixni materialistik tushunishga sinfiy va partiyaviy yondashishni absolyutlashtirish oqibatida umumsotsiologik qonuniyat mohiyatiga putur yetkazildi. Jamiyat taraqqiyotni bir tomonlama bo’rtirib tushuntirish oqibati sub’ektivizmga, volyuntrizmga olib keldi. Sotsiologiya falsafa va boshqa ijtimoiy fanlar singari siyosatga bo’ysundirilib, uning xizmatkoriga aylantirildi. Sotsiologiyaning asosiy ijtimoiy vazifasi muayyan andozaga solingan, oldindan qat’iy belgilangan siyosiy buyurtmani bajarishdan iborat bo’lib qoldi. Mavjud mafkura doirasidan chiqish qat’iy ta’qiqlandi.

SHunday qilib, o’sha davr ijtimoiy fanlar uchun metodologik asos qilib olingan tarixni materialistik tushunishdan chetlashildi. Ijtimoiy ong ijtimoiy hayotni emas, balki ijtimoiy borliq ijtimoiy ongni belgilaydi, degan materialistik mohiyatga ega bo’lgan umumsotsiologik qonuniyatga xilof ravishda ish yuritildi.

Sovet Ittifoqi davrida sotsiologiyaning fan sifatida rivojlanishi uchun to’la imkoniyat bo’lmadi. Buning asosiy sababi demokratiyaning yo’qligi, ijtimoiy munosabatlarga faqat sinfiylik, partiyaviylik nuqtai nazardan qaralganligi bo’ldi.

Sotsiologiya esa faqat to’la qonli demokratiya bo’lgandagina fan darajasida amal qiladi. CHunki, sotsiologiya mohiyat e’tibori bilan jamiyat hayotining o’zaro bog’liq bo’lgan siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy va ijtimoiy turmush sohalari rivojlanish va funktsional qonunlarini ob’ektiv jihatdan umumiy tahlil qiladi.

Binobarin, empirik tadqiqot darajasida olingan ma’lumotlar o’rganilayotganda ob’ektning salbiy jihatlarini ham ifodalash mumkin.

Kishilarning davlat siyosatiga, mavjud siyosiy rejimga munosabatini, moddiy turmush darajasini, kayfiyati, intilishlari va shu kabi munosabatlarini sotsiologik tadqiq qilish orqali mavjud ijtimoiy-siyosiy holat yuzaga chiqariladi. Faqat to’la qonli demokratik tuzumdagina mavjud siyosiy kuchlarning fikrlar xilma-xilligiga yo’l qo’yiladi.

Sotsiologiyada tadqiqot natijasi qanday bo’lishidan qat’iy nazar ilmiy asoslangan va ob’ektiv xarakterda bo’lishi talab qilinadi. Agar davlat demokratik asosda boshqarilmasa, hokimiyat tepasidagi siyosiy kuchlar manfaatiga xizmat qilmaydigan har qanday ilmiy sotsiologik tadqiqotdan voz kechiladi va u ta’qiqlanadi. Siyosiy ideologiyaga bo’ysundirilgan sotsiologiya o’zining ilmiyligini yo’qotib sub’ektiv, sun’iy va sohta xususiyatga ega bo’lib qoladi.

O’zbekistonda sotsial fikrlar rivojida 20-30-yillardagi jadidchilik harakati g’oyalari muhim rol o’ynaydi. Ma’rifatparvar jadidlar shartli ravishda 3 ta guruhga bo’lingan holda (ijtimoiy siyosiy, madaniy-ma’naviy, diniy-ma’rifiy) milliy mafkurani yaratish, yangicha ta’limni joriy etish milliy madaniyatni rivojlantirish diniy va mahalliy urf-odatlarni keng yoyishning ijtimoiy ma’naviy jihatlari bilan bir qatorda sotsial jihatlarini ham atroflicha tahlil qilganlar. Ularning bu g’oyalari respublikamizda keyingi davrlarda sotsial qarashlar rivojida muhim ahamiyat kasb etdi.

Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi bag’rida bo’lishiga qaramasdan O’zbekistonda 60-90 yillarda sotsiologiya fanining bir qancha sohalari bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borildi. Jumladan, sotsial sinfiy struktura /S.Tursunmuhamedov, A.Valiev/, boshqarish sotsiologiyasi /A.S.Tamkin/, oila sotsiologiyasi /U.Toshtemirov, G.Xamidova, B.Umarov, M.Sangilov/ sohalarda e’tiborga molik ishlab amalga oshirildi.

1989 yilda Moskvada tashkil qilingan jamoatchilik fikrini o’rganish butun ittifoq markazining O’zbekiston bo’limi ish boshladi. Bo’lim sotsiologlari respublikamiz viloyatlari va tumanlarida xilma-xil mavzular bo’yicha sotsiologik tadqiqotlar o’tkazib, ular asosida kishilarning ruhiyati va kayfiyatidagi o’zgarishlarni aniqlashga muvaffaq bo’ldilar. Ma’lum ma’noda, bu holat respublikamizda milliy ongning o’sishiga va shuning natijasida milliy mustaqillikka erishishni tezlashuviga turtki bo’ldi.

O’zbekistonda dastlab 1989-yilda Toshkent Davlat Universiteti hozirgi UzMU falsafa fakulьteti tarkibida sotsiologiya bo’limi va kafedrasi tashkil qilindi. SHu yildan boshlab sotsiologlar tayyorlana boshlandi va 1994 yili 40 mutaxassis bitirib chiqdi. 1995-yilda 30 ta, 1996-yilda 21 talaba, 1997-yilda 12 ta talaba sotsiolog mutaxassisligiga ega bo’ldilar.

Farg’ona Davlat Universitetida dastlab 1990-yilda sotsiologiya kafedrasi tashkil etildi. 1992-yilda esa shu kafedra asosida “Umumiy sotsiologiya” va “Amaliy sotsiologiya” kafedralari tashkil etildi. “Amaliy sotsiologiya” kafedrasi ilmiy tadqiqot yo’nalishi - yoshlar faoliyatida mehnat omilini faollashtirish yo’llari bo’lib, bu borada aniq tadqiqotlar olib borilmoqda.



  1. yilda sotsiologiya bo’yicha mutaxassislar tayyorlash bo’limi ochilib, unga qabul qilingan dastlabki talabalardan 17 kishi, 1996-yilda sotsiologiya bo’yicha mutaxassis sifatida bitirib chiqdi.

O’zbekiston FA falsafa va huquq instituti qoshida 1993-yilda O’zbekiston sotsiologlarining assotsiatsiyasi tuzildi. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligining 18-iyul 1994-yil 87-01-242 sonli buyrug’i bilan 1995-1996 o’quv yilidan boshlab respublikaning barcha oliy o’quv yurtlarida sotsiologiya fani o’qitilishi joriy qilindi. Ammo, respublika ijtimoiy hayoti muammolarini barcha o’quv yurtlari olimlari tomonidan o’rganilishi sustlik bilan bormoqda. Sotsiologik tadqiqotlarning jamiyatimiz ijtimoiy hayotini o’rganishdagi salmog’i hali juda past darajada.

Respublikamiz milliy mustaqillikka erishgandan so’ng mamlakatimizda sotsiologiya fanini rivojlantirishga jiddiy e’tibor berila boshlandi. O’zbekiston Milliy universiteti falsafa fakulьteti tarkibida sotsiologiya bo’limi va kafedrasi tashkil qilindi. Farg’ona Davlat Universitetida sotsiologiya kafedrasi tashkil etildi.



  1. yilda Mehnat Vazirligi qoshida sotsiologik tadqiqotlar markazi tashkil qilinib, bu markaz tomonidan respublikamizda keng suratda tadqiqotlar o’tkazilib, unda aholining iqtisodiy islohotlarga, demokratlashtirish jarayonlariga bo’lgan munosabatlari atroflicha o’rganila boshlandi.

Hozirgi kunda respublikamizda ijtimoiy fikrlarni o’rganish markazi faoliyat ko’rsatmoqda. Uning barcha viloyatlarda va tumanlaridagi shaxobchalarida mutasaddi ilmiy xodimlar, sotsiologlar jamiyat hayotini o’rganish aholi ichiga tobora chuqurroq kirib borishda jonbozlik ko’satmoqdalar.

  1. Makrosotsiologiya va mikrosotsiologiya

Mikrosotsiologiya (yunon. micros - kichkina va sotsiologiya) — sotsiologiyada nisbatan katta bo’lmagan ijtimoiy tizimlardagi ijtimoiy hodisalar va jarayonlarni tahlil qilishga qaratilgan, alohida olingan hodisalarning mikrodarajadagi jarayonlar bilan aloqasini empirik tasvirlash bilan chegaralanadigan yo’nalish.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Aliev B., Rafiqov G’., Sultonov T., Mullajonova M., Rahmonov B. va boshqalar. Sotsiologiya. (O’quv qo’llanma). –Toshkent: TDYuI nashriyoti. 2006.

2. Sotsiologiya //O’quv qo’llanma. Ubaydullaeva R.A., Bekmurodov M.B., Ota-Mirzaev O.B. va boshq. –Toshkent: A. Qodiriy nomidagi xalq merosi, 2002.

3. Sotsiologiya. Ma’ruzalar kursi. Aliqoriev N.S, Bekmurodov M.B., Ota- Mirzaev O.B., va boshq. – Toshkent, 2001

4. Umumiy sotsiologiya. (Aliqoriev N.S va Ubaydullaeva R.T tahriri ostida) – Toshkent: 1999.




Электрон таълим ресурслари:

1. http: www.lib.socio.msu.ru



2. http: www.socioline.ru
Download 28,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish