33
Yig‘ilishni o‘tkazish uchun rais saylanadi. U yig‘ilishni ochadi. Ekspertlarga
nutq uchun 2-3 minut ajratiladi va u bir necha gal takrorlanadi ya’ni suz oluvchilar
kiska kurinishda uz goyalarini ifodalashi lozim. Bu usulda
tanqidiy fikrlar ijobiy
muhokama qilinadi. Tankid kilganlarni yerga urib tashliydiganlarni ishtirokchilar
safidan chikarib yuboriladi. Seans xakikatda xujum shaklini olishi kerak. Keraksiz
safsata bulishiga yul kuyilmaydi.
Muhokama stenogramma qilinadi yeki diktafonga yezib olinadi..
Muhokamaga 15- 20 minutdan to 40-45 minut ajratiladi. Albatta yangi goyalar
boshka paydo bulmaydi. Agar ishtirokchilar kupayib ketsa ular guruxlarga
ajratiladi.
Keyingi bosqichda seans natijalari boshqa mutaxassislar guruhi tomonidan
qayta ishlanadi. Bu bosqichda jami g‘oyalar tanqid etiladi va g‘oyalar, takliflarning
so‘nggi ro‘yxati tuziladi. Bu ro‘yxatga samarali va amaliy g‘oyalar kiritiladi.
Kollektiv ekspertiza o‘tkazishda so‘rovning
quyidagi asosiy turlaridan
foydalaniladi: intervyu, intervyu-anketa, anketalash, aralash anketalash, munozara,
kengashish, «akl hujumi» usuli.
Intervyu olishda texnik xodim ekspert bilan ma’lum dastur asosida erkin
o‘tkaziladigan suhbat jarayonida beriladigan bahoni aniqlaydi.
Intervyu-anketa paytida beriladigan savollar birmuncha konkret xarakterga
ega bo‘ladi, ularning natijasi esa oldindan belgilangan bo‘ladi. Intervyu ekspert
baholarini yozma tarzda qayd qilib boradi. Bunda ekspert ishtirokida oldindan
tayyorlangan anketa to‘lg‘azib boriladi.
Anketalashtirish - bu ekspertning anketa
savollariga bergan yozma
javoblaridir. Teskari aloqali anketalashtirishda ekspertlarni so‘roqlash bir necha
bosqichlarda amalga oshiriladi va bunda so‘roqning ayrim natijalari ayrim
ekspertlarning baholari va ularning argumentatsiyalari ham qo‘shilgan holda
ekspertlarga oldingi bosqichda yetkazilgan bo‘ladi.
So‘rov turlarining har biri ekspertlar o‘rtasida axborotlar ayriboshlashda va
ularning mustaqil ijodini tashkil etishda o‘z afzallik va kamchiliklariga ega.
U yoki bu so‘rov turini tanlashni belgilab beradigan asosiy omillar
ekspertizaning maqsad va vazifasiga, tahlil qilinadigan muammoning mohiyati va
murakkabligiga, boshlang‘ich axborotning hajmi to‘liqligi
va ishonchliligiga,
ekspertlarni so‘roqlash mumkin bo‘lgan vaqt va davrga, shuningdek ekspertlar va
boshqarish guruhi a’zolari soniga, ularning xarakteristikasiga va hokazolarga
bog‘liq bo‘ladi.
Kollektiv ekspertiza ekspertlarning huquq doiralarini hisobga olgan yoki
olmagan holda o‘tkzilishi mumkin. Birinchi holda ishchi guruhi har bir ekspertdan
uning prognozlanadigan sohani bilish darajasi haqidagi ma’lumotlarni hamda
uning fikrlari shakllanishi manbalarini so‘rab chiqadi. Bu ma’lumotlar
ekspertlarning tayyorgarlik darajasi va ishlab chiqarish tajribasini baholash uchun
zarurdir.
Kollektiv ekspert baholash natijasi umumlashtiruvchi hujjat hisoblanib, unda
prognozlanadigan davr mobaynida tadqiq qilinadigan ob’ektni rivojlantirish
yo‘llari bayon qilinadi. Ular ichidagi eng oddiy usul – komissiya usulidir. Lekin bu
34
usul bir necha nomaqbul hodisalarni bartaraf qila olmaydi.
Shuning uchun hiyla
aniq ekspertiza usullariga zarurat tug‘iladi.
«O’tkazilgan baho» usuli yoki «akliy hujum» usuli ma’lum darajada
«komissiyalar» usulining kamchiliklarini bartaraf qiladi. «O’tkazilgan baho»
usulining mohiyati shundan iboratki, unda ekspertlar ikki guruhga bo‘linadi.
Birinchi guruh mazkur masala bo‘yicha o‘z fikrlarini bildiradi. Ikkinchi guruh
olingan axborotni o‘rganadi va bu axborotni baholash bosqichi hisoblanadi.
Bunday mehnat taqsimoti sharoitida fikrlarni erkin bayon qilish va
intellektual mehnat samaradorligini oshirish uchun real imkoniyatlar yaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: