Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish va prognozlash



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/88
Sana18.02.2022
Hajmi2,22 Mb.
#457077
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88
Bog'liq
Ijtimoiy iqtisodiy

 
1.1.4.
 
Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish va prognozlash 
fanining boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi 
Fanning nazariy asosi – ekonomiks.
Ushbu fanni o‘rganish jarayonida 
mutaxassis iqtisodiy asoslash vositalari sohasida bilim oladi. Biroq ushbu vositalar 
qanchalik aniq bo‘lmasin iqtisodiyotning haqiqiy asoslarini tushunmasdan turib 
ular hech qachon samarali natijaga olib kela olmaydi. Faqat iqtisodiy oldindan 
ko‘ra bilish vositasi orqali aks ettirilgan iqtisodiy tendensiyalar, hodisalar, 
kategoriyalar va o‘zaro bog‘liqliklarning mohiyatini bilish asosida haqqoniy 
foydali prognoz yoki reja tuzilishi mumkin. Iqtisodiy rivojlanish qonuniyatlari va 
tendensiyalari iqtisodiy nazariya, makro va mikroiqtisodiyot, marketing, 



menejment, moliya, audit kabi ko‘plab fanlar tomonidan o‘rganiladi. Aslida, 
kelajakni oldindan ko‘ra bilish – bu aksariyat fanlarning asosi hisoblanadi. Lekin 
ushbu holat nuqtai nazaridan kelajakni aniq asoslash imkonini beruvchi hisob-
kitoblar metodologiyasini anglab yetish imkonini aynan ushbu fan beradi. 
Prognozlashtirish va rejalashtirishning 
mazmuni
iqtisodiy nazariya tomonidan 
belgilanadi; 
rejalashtirish shakli
menejmenga bog‘liq bo‘lib, u rejalashtirishni 
boshqaruvning bir qismi sifatida ko‘rib chiqadi; rejali ishlanmalar 
uslubi
marketing 
texnologiyalari 
bilan bog‘liq. Lekin barcha reja va prognoz hisob-kitoblari hisob-
kitoblar tamoyillari, usullari, ularning bosqichma-bosqichligini, iqtisodiy oldindan 
ko‘ra bilish indikatorlarini tanlashni belgilab beruvchi yagona metodologiyaga 
amal qiladi. 
Zamonaviy milliy iqtisodiyot murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizimdan iboratdir. 
Jahonda yuz berayotgan globallashuv jarayonlari, investitsiyalar oqimining 
tezlashuvi, moliyaviy inqiroz, raqobat muhitining kuchayishi milliy iqtisodiyotning 
barqaror rivojiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Bunday sharoitlarda iqtisodiy-
matematik modellashtirish milliy iqtisodiyotdagi real jarayonlarni tizimli 
ifodalaydigan, uning yordamida tizim rivojlanishining pirovard maqsadiga mos 
ravishda kichik tizimlar rivojlanish variantlarini aniqlash va tadqiq qilishga, ya’ni 
iqtisodiyotning samaradorligini oshirishga imkon beruvchi amaliy vosita 
hisoblanadi. 
Mamlakatimizning rivojlanayotgan iqtisodiyoti uchun nafaqat murakkab 
ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tahlil qila oladigan, balki zamonaviy iqtisodiy-
matematik usullar va modellar asosida kompyuter texnologiyalarini qo‘llab, ushbu 
jarayonlarni 
ko‘p 
variantli 
yechimlarini 
oladigan 
iqtisodiy-matematik 
modellashtirish sohasidagi mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj ortmoqda. Bu esa 
iqtisodiyotda vujudga kelgan tendensiyalarni, o‘rganilayotgan ob’ektlar holatini 
tadqiq qilishga, ularning rivojlanishini bashoratlashga va shu asosda milliy 
iqtisodiyotdagi chegaralangan resurslardan samarali foydalanish maqsadida ilmiy 
asoslangan qarorlar qabul qilishga imkon beradi.
 

iqtisodiyot bo‘yicha chuqur fundamental tadqiqotlar olib borishga,iqtisodiy 
rivojlanish modellarini tuzishga imkon beradi; 

milliy iqtisodiyotni yaxlit tizim tarzidagi matematik modellarini yaratish 
orqali unga tashqi ta’sirlar, jahonda yuz berayotgan inqirozning biznes sikllariga 
ta’sirini aniqlay oladigan va qarshi choralarni belgilash strategiyalarini ishlab 
chiqishga imkon beradi; 

qo‘yilgan muammoni nafaqat analitik ifodalab qolmasdan, balki axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari asosida iqtisodiy jarayonlarning matematik 
modellarini tuza oladigan, endogen va ekzogen omillar ta’sirini aniqlay oladigan 
milliy 
iqtisodiyotdagi 
tarmoqlar 
va 
korxonalarning 
biznes-jarayonlarini 
modellashtirishga ko‘maklashadi; 

tadqiq qilinayotgan ob’ekt, korxona, tarmoqning yoxud milliy iqtisodiyotni 
deterministik va stoxastik modellarini tuzishga imkon berib, ushbu jarayonlarni 
sifat va son jihatidan tizimli boshqara oladigan va prognoz qila oladigan 
modellarini yaratadi; 



tadqiq qilinayotgan ob’ektni samarali boshqarish uchun o‘tkazilgan tadqiqotlar 
asosida maslahat beruvchi takliflar yoki boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishga 
imkon beradi

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish