Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish va prognozlash



Download 0,59 Mb.
bet8/63
Sana06.06.2022
Hajmi0,59 Mb.
#642537
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   63
Bog'liq
Ijtimoiy iqtisodiy

Model - tor ma’noda – o‘rganilayotgan ob’ektning, jarayonning yoki hodisaning muhim xususiyatlarini, xossalarini aks ettiruvchi yordamchi ob’ekt; Keng ma’noda model biror ob’ektni yoki ob’ektlar tizimini namuna- sidir. Model tushunchasi biologiya meditsia, fizika va boshqa fanlarda ham qo‘llaniladi.
Ilmiy izlanishlarda modellashtirish qadimgi zamonlardayoq qo’llanila boshlandi va asta-sekin ilmiy bilimlarning qurilish va arxitektura, astronomiya, fizika, ximiya, biologiya va, nihoyat, ijtimoiy fanlar kabi tobora yangi sohalarini qamrab ola boshladi. Birinchi matematik modellar F.Kene (1758 y., iqtisodiy jadval), A.Smit (klassik makroiqtisodiy model), D.Rikardo (xalqaro savdo modeli) tomonidan ishlatilgan. XX asr zamonaviy fanning amalda barcha sohalarida modellashtirish usuliga katta muvaffaqiyatlar va obro’-e’tibor keltirdi.
Turli iqtisodiy hodisalarni o’rganish uchun ularning iqtisodiy modellar deb ataluvchi soddalashtirilgan formal tasvirlaridan foydalaniladi. Iste’mol tanlovi modellari, firma modellari, iqtisodiy o’sish modellari, tovar va moliya
bozorlaridagi muvozanat modellari va boshqa ko’p modellar iqtisodiy modellarga misol bo’ladi.
Jamiyatdagi va iqtisodiyotdagi ob’ektlarni matematik modellar yordamida kuzatish mumkin. Bu tushuncha modellashtirish deyiladi. Modellashtirish deganda modellarni qurish, o’rganish va qo’llash jarayoni tushuniladi. Ifodalangan model yordamida kuzatilayotgan ob’ektni bilish modellashtirish deyiladi. Modellashtirish usullari yordamida tuziladigan barcha modellarni 2 turga bo‘lish mumkin: Moddiy modellar va ideal modellar.
Moddiy modellar real ob’ektlarni(geometrik, fizik, dinamik yoki funktsional tavsiflarini ifodalaydi.) tabiiy va sun’iy materiallar yordamida aks ettiradi: mel bilan doskada, karton bilan maket tuzish, qalam bilan formula yozish, metalldan aviamodel yasash.
Ideal modellar odamni fikrlash jarayoni bilan chambarchas bog‘langandir. Bunday modellar bilan operatsiyalar miyada amalga oshiriladi. inson tafakkurining mahsuli bo’lib, ular tushunchalar, gipotezalar va turli xil qarashlar sistemasidan iborat.Iqtisodiy tadqiqotlarda, boshqarish sohalarida, asosan, abstrakt modellash- tirishdan foydalaniladi.
Iqtisodiy model-iqtisodiy ob’ektlarning soddalashtirilgan nuxasidir. Bunda modelning hayotiyligi, uning modellashtiriladigan ob’ektga aynan mos kelishi muhim axamiyatga egadir. Lekin yagona modelda o‘rganilayotgan ob’ektning xamma tomonini aks ettirish mumkin emas. Bunda jarayonning eng xarakterli va eng muxim belgilari aks ettiriladi.
Model iqtisodiy prognozlashni, o‘rganilayotgan jarayonni ilmiy anglashning muxim vositasi bo‘lib xisoblanadi. Modellashtirish jarayoni, ob’ektni yoki jarayonni boshlang‘ich o‘rganish, uning amalga oshadigan xususiyatlari va belgilarini ajratish, modelning nazariy va tajribaviy taxlili, modellashtirish natijalarini ob’ekt xaqidagi xaqiqiy ma’lumotlar bilan solishtirish, modelni korrektirovkalash xamda oydinlashtirish kabilar asosida model qo‘rishni tashkil etadi.
Modelning hayotiyligi uning modellashtiriladigan ob’ektga qanchalik mos kelishiga bog‘liq. Bitta modelda ob’ektni hamma tomonini aks ettirish qiyin bo‘lganligidan unda ob’ektning eng xarakterli va muhim belgilarigina aks ettiriladi. Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, ortiqcha soddalashtirilgan model qo‘yilgan talablarga yaxshi javob bera olmaydi, o‘ta murakkab model esa masalani yechish jarayonida qiyinchiliklar tug‘diradi.
Modellashtirish o‘rganish va bilish jarayonini kengaytiradi. Model hosil qilish uchun ob’ekt har tomonlama o‘rganiladi, tahlil qilinadi. Model tuzilganidan so‘ng, uning yordamida ob’ekt to‘g‘risida yangi ma’lumotlar olish mumkin. Shunday qilib, ob’ekt to‘g‘risidagi bilish jarayoni to‘xtovsiz jarayonga aylanadi
Demak, modelning haqiqiyligi to‘plangan ma’lumotlar hajmiga, aniqlik darajasiga, tadqiqotchining malakasiga va modellashtirish jarayoniga, aniqlana- digan masalaning xarakteriga bog‘liq ekan.

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish