Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish va prognozlash



Download 0,59 Mb.
bet4/63
Sana06.06.2022
Hajmi0,59 Mb.
#642537
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Bog'liq
Ijtimoiy iqtisodiy

Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish va prognozlash fanining boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi

Fanning nazariy asosi – ekonomiks. Ushbu fanni o‘rganish jarayonida mutaxassis iqtisodiy asoslash vositalari sohasida bilim oladi. Biroq ushbu vositalar qanchalik aniq bo‘lmasin iqtisodiyotning haqiqiy asoslarini tushunmasdan turib ular hech qachon samarali natijaga olib kela olmaydi. Faqat iqtisodiy oldindan ko‘ra bilish vositasi orqali aks ettirilgan iqtisodiy tendensiyalar, hodisalar, kategoriyalar va o‘zaro bog‘liqliklarning mohiyatini bilish asosida haqqoniy foydali prognoz yoki reja tuzilishi mumkin. Iqtisodiy rivojlanish qonuniyatlari va tendensiyalari iqtisodiy nazariya, makro va mikroiqtisodiyot, marketing,
menejment, moliya, audit kabi ko‘plab fanlar tomonidan o‘rganiladi. Aslida, kelajakni oldindan ko‘ra bilish – bu aksariyat fanlarning asosi hisoblanadi. Lekin ushbu holat nuqtai nazaridan kelajakni aniq asoslash imkonini beruvchi hisob- kitoblar metodologiyasini anglab yetish imkonini aynan ushbu fan beradi. Prognozlashtirish va rejalashtirishning mazmuni iqtisodiy nazariya tomonidan belgilanadi; rejalashtirish shakli menejmenga bog‘liq bo‘lib, u rejalashtirishni boshqaruvning bir qismi sifatida ko‘rib chiqadi; rejali ishlanmalar uslubi marketing texnologiyalari bilan bog‘liq. Lekin barcha reja va prognoz hisob-kitoblari hisob- kitoblar tamoyillari, usullari, ularning bosqichma-bosqichligini, iqtisodiy oldindan ko‘ra bilish indikatorlarini tanlashni belgilab beruvchi yagona metodologiyaga amal qiladi.
Zamonaviy milliy iqtisodiyot murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizimdan iboratdir. Jahonda yuz berayotgan globallashuv jarayonlari, investitsiyalar oqimining tezlashuvi, moliyaviy inqiroz, raqobat muhitining kuchayishi milliy iqtisodiyotning barqaror rivojiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Bunday sharoitlarda iqtisodiy- matematik modellashtirish milliy iqtisodiyotdagi real jarayonlarni tizimli ifodalaydigan, uning yordamida tizim rivojlanishining pirovard maqsadiga mos ravishda kichik tizimlar rivojlanish variantlarini aniqlash va tadqiq qilishga, ya’ni iqtisodiyotning samaradorligini oshirishga imkon beruvchi amaliy vosita hisoblanadi.
Mamlakatimizning rivojlanayotgan iqtisodiyoti uchun nafaqat murakkab ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tahlil qila oladigan, balki zamonaviy iqtisodiy- matematik usullar va modellar asosida kompyuter texnologiyalarini qo‘llab, ushbu jarayonlarni ko‘p variantli yechimlarini oladigan iqtisodiy-matematik modellashtirish sohasidagi mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj ortmoqda. Bu esa iqtisodiyotda vujudga kelgan tendensiyalarni, o‘rganilayotgan ob’ektlar holatini tadqiq qilishga, ularning rivojlanishini bashoratlashga va shu asosda milliy iqtisodiyotdagi chegaralangan resurslardan samarali foydalanish maqsadida ilmiy asoslangan qarorlar qabul qilishga imkon beradi.

  • iqtisodiyot bo‘yicha chuqur fundamental tadqiqotlar olib borishga,iqtisodiy rivojlanish modellarini tuzishga imkon beradi;

  • milliy iqtisodiyotni yaxlit tizim tarzidagi matematik modellarini yaratish orqali unga tashqi ta’sirlar, jahonda yuz berayotgan inqirozning biznes sikllariga ta’sirini aniqlay oladigan va qarshi choralarni belgilash strategiyalarini ishlab chiqishga imkon beradi;

  • qo‘yilgan muammoni nafaqat analitik ifodalab qolmasdan, balki axborot- kommunikatsiya texnologiyalari asosida iqtisodiy jarayonlarning matematik modellarini tuza oladigan, endogen va ekzogen omillar ta’sirini aniqlay oladigan milliy iqtisodiyotdagi tarmoqlar va korxonalarning biznes-jarayonlarini modellashtirishga ko‘maklashadi;

  • tadqiq qilinayotgan ob’ekt, korxona, tarmoqning yoxud milliy iqtisodiyotni deterministik va stoxastik modellarini tuzishga imkon berib, ushbu jarayonlarni sifat va son jihatidan tizimli boshqara oladigan va prognoz qila oladigan modellarini yaratadi;

tadqiq qilinayotgan ob’ektni samarali boshqarish uchun o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida maslahat beruvchi takliflar yoki boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishga imkon beradi



Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish