Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni prognozlash usullarining tasnifi
Boshqarish tizimida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish va prognozlash vazifalarning turli tumanligi prognozni qurish metodlari va xar hil sistemalarini qo‘llanilishini talab qiladi. Har bir prognoz kerakli informatsiyaning olinishi, ishonchliligi, asoslanganligi, baholanganligi, qayta ishlanishi natijasida paydo bo‘ladi. Prognoz ishlab chiqarish uchun qanday ma’lumotlarni olishni informatsiya tashuvchining tanloviga, uni olish usullariga, tahlil qilinayotgan ob’ekt rivojlanishini baholovchi mahsus hisob kitoblarga bog‘liq .
Amaliyotda prognozlarni ishlab chiqarishni 130 xil metodlari mavjud. Ijtimoiy- iqtisodiy jarayonlarni prognozlashda shartli ravishda metodlarini 3 xil muhim guruhlarga bo‘lish mumkin:
Dinamik vazifada bosh va yagona rivojlanish omili bo‘lib vaqt omili hisoblanadi. Bunda prognoz qilinayotgan parametr vaqt davomidagi o‘zgarishlarni ko‘rsatuvchi vaqt qatorlarini ko‘rsatuvchi vaqt qatorlarini analiz qilish asosida tuziladi. Masalan, mehnat resurslarining quvvati, oqimi, potensialining vaqt davomidagi o‘zgarishlari analiz qilinadi. Prognozlashning dinamik vazifasi prognozlash jarayonini rivojlanishi evolyutsion jarayonlarni bo‘lishini, asosiy parametrlarni bir tomonlama o‘zgarishini talqin qiladi. Bu holatda ob’ekt parametrlarini o‘zgarishini prognozlashda kelajakda uning rivojlanishi retrospektiv amaliyot bilan quriladi.
1.3-Mavzu: Modellashtirish turlari
Reja
Modellashtirishning asosiy tushunchalari va vazifalari.
Modellashtirish bosqichlari. Modellashtirish usulining tasnifi
Modellashtirishning asosiy tushunchalari va vazifalari
Hozirgi paytda iqtisodiy fan va amaliyot amaliy matematika yutuqlaridan tobora kengroq foydalanmoqda, ularni ilmiy tadqiqotlar qurolidan murakkab xo’jalik masalalarini samarali hal kilishning muhim vositasiga aylantirmoqda. Zamonaviy iqtisodiyot nazariyasi ham mikro-, ham makrodarajada tabiiy, zaruriy element sifatida matematik modellar va usullarni o’z ichiga oladi. Matematikadan iqtisodiyotda foydalanish iqtisodiy o’zgaruvchilar va ob’ektlarning eng muhim, ahamiyatli boѓlanishlarini ajratishga va formal tasvirlashga, iqtisodiyot nazariyasining qoidalari, tushunchalari va xulosalarini aniq va lo’nda bayon qilishga imkon beradi.
Hozirgi kunda ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarni prognozlashda turli modellardan keng foydalaniladi.
Kuzatilayotgan ob’ektlarni chuqur va har tomonlama o‘rganish maqsadida tabiatda va jamiyatda ro‘y beradigan jarayonlarning modellari yaratiladi. Buning uchun ob’ektlar hamda ularni xossalari kuzatiladi va ular to‘g‘risida dastlabki tushunchalar hosil bo‘ladi. Bu tushunchalar oddiy so‘zlashuv tilida, turli rasmlar, sxemalar, belgilar, grafiklar orqali ifodalanishi mumkin. Ushbu tushunchalar model deb aytiladi. «Model» so‘zi lotincha modulus so‘zidan olingan bo‘lib, o‘lchov, me’yor degan ma’noni anglatadi. Model — bu shunday moddiy yoki xayolan tasavvur qilinadigan ob’ektki, qaysiki tadqiqot jarayonida haqiqiy ob’ektning o’rnini shunday bosadiki, uni bevosita o’rganish haqiqiy ob’ekt haqida yangi bilimlar beradi. Modellarni qurishda tadqiq qilinayotgan hodisani belgilovchi muhim omillar aniqlanadi va qo’yilgan masalani yechish uchun muhim bo’lmagan qismlar chiqarib tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |