Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar



Download 223,47 Kb.
bet3/13
Sana19.02.2022
Hajmi223,47 Kb.
#459644
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
10 мавзу

ДИННИНГ ТАРИХИЙ ШАКЛЛАРИ
Диннинг ибтидоий шакллари
Миллий динлар
Жаҳон динлари
Ibtidoiy din shakllari:
Totemizm. “Totem” so’zi Shimoliy Amerikada yashaydigan Ojibva qabilasi tilida “uning urug’i” ma’nosini anglatadi va mohiyatan “odamning hayvonot yoki o’simlikning muayyan turlariga qarindoshlik aloqasi bor”, deb e’tiqod qilish. Ehtimol, ma’lum bir jamoaning avvalda asosiy ozuqa manbaini tashkil qilgan hayvon yoki o’simlikka nisbatan e’tibor keyinchalik vujudga kelgan qabilaning diniy tasavvurlarining asosiy shakllaridan biriga aylangan bo’lishi mumkin. Urug’dosh guruhlar o’zlarini umumiy belgilari va totemlari bo’lgan hayvon yoki o’simlikdan kelib chiqqan deb bilar edilar. Totemlarga bunday e’tiqod uzoq o’tmishga tegishlidir, ularning mavjud bo’lganligini faqat qadimgi rivoyatlargina tasdiqlaydi. Masalan, hozirgacha Avstraliya aborigenlari orasidan bu xususda afsonalar saqlanib qolgan.
Animizm (lotin tilida “anima” – “ruh”, “jon” ma’nolarini anglatadi). Animizm – ruhlar mavjudligiga ishonch, tabiat kuchlarini ilohiylashtirish, hayvonot, o’simlik va jonsiz jismlarda ruh, ong va tabiiy qudrat borligi haqidagi ta’limotni ilgari suruvchi ilk diniy shakllardan biri. Ilk animistik tasavvurlar qadim o’tmishda, ehtimol, totemistik qarashlar paydo bo’lgunicha, oilaviy jamoalarning shakllangunicha vujudga kelgandir.
Fetishizm (“fetish” so’zi fr. fetiche – “but”, “sanam”, “tumor” ma’nosidagi so’zni anglatadi). Mohiyati tabiatdagi jonsiz predmetlarga sig’inishdir. Unga ko’ra alohida buyumlar kishini o’z maqsadiga erishtirish, ma’lum voqea-hodisalarni o’zgartirish kuchiga ega. Fetish ham ijobiy, ham salbiy ta’sir etish kuchiga ega.
Fetishizm yog’och, loy va boshqa materiallardan yasalgan buyumlarning paydo bo’lishi bilan bir paytda shakllangan. Bu butlarda va tumorlarda jamoalar g’ayritabiiy dunyodan keladigan ilohiy qudratning timsolini ko’rdilar.
Zardushtiylik ta’limoti. Zardushtiylik ta’limoti Markaziy Osiyoda ibtidoiy davrda mavjud bo’lgan tabiat kuchlarini ilohiylashtiruvchi e’tiqodlarga (Markaziy Osiyo qadimgi aholisining «eski dini»ga) nisbatan monoteistik ta’limotdir. U behuda qon to’kuvchi qurbonliklar, harbiy to’qnashuvlar, bosqinchilik urushlarini qoralab, o’troq, osoyishta hayot kechirishga, mehnatga, dehqonchilik, chorvachilik bilan shug`ullanishga da’vat etadi.
VIII asrda O’rta Osiyoga islom dini kirib kelib keng tarqalguniga qadar zardushtiylik mahalliy xalqlarning asosiy dini hisoblangan. Buni, jumladan, arxeologik tadqiqotlar isbotlaydi.
Hozirgi kunda zardushtiylikka e’tiqod qiluvchi diniy jamoalar mavjud. Ular Hindistonning Mumbay (Bombey, G`ujarot shtatlarida 115 ming kishiga yaqin), Pokiston, Shri Lanka, Buyuk Britaniya, Kanada, AQSh, Avstraliya va Eronning (Tehronda 19 ming kishidan ortiq) ba’zi chekka viloyatlarida saqlanib qolgan. Eron Islom Respublikasida zardushtiylik diniga e’tiqod qilish qonun tomonidan ruxsat etilgan. Mumbayda zardushtiylarning madaniy markazi Koma nomidagi institut faoliyat olib boradi. Undan tashqari Mumbayda homiy Dxalla raisligida dunyo zardushtiylari madaniyati fondi ishlab turibdi. 1960 yilda Zardushtiylarning I umumjahon kongressi Tehronda o’tkazildi. Keyingi kongresslar Bombeyda o’tkazildi.
Avesto. Avesto zardushtiylikning asosiy manbasi va muqaddas kitobi hisoblanadi. U Apastak, Ovisto, Ovusto, Abisto, Avasto kabi shakllarda ham ishlatib kelingan. Avesto O’rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining islomgacha davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam to’g`risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma’naviy madaniyatini o’rganishda muhim va yagona manbadir. Uning tarkibidagi materiallar qariyb ikki ming yil davomida vujudga kelib, avloddan-avlodga og`zaki tarzda uzatilib kelingan.

Download 223,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish