Oz partiyalarda yetkazish nimalarni o`z ichiga oladi:
- komponentlarni maxsus taralarga joylash;
- yi
g’
ish liniyasi talab etilgan joy yaqiniga joylash;
- kompaniyaga tashish usulini aniqlash;
- kompaniya ichida bir hil tashish usulini qo`llash.
Komponentlarni joylashtirish:
- ish joyi yonida bo`lishi;
- ishchi qo`liga yetarli bo`lishi;
- 1,5 metrdan yuqori bo`lmasligi;
- standart mehyordan kamroq joylash;
- tartibli joylashganlik;
- ishlash qulayligi;
- keraksiz yurishni kamayishi;
- detalni oson olish;
- «Minomi» usulidan foydalanish - ichida faqat bir hil detal bo`lishi;
- detalni ortiqcha taralarsiz olib kirish;
-
yong’oqni puchoqsiz faqat mang’izini olib kirish!
-
Eng yaxshi sifat tarasiz detal yetkazishni ta’minlashdadir!
8.3 Yetkazishni rejali tizimi.
- kompaniya va yetkazuvchilarni yaqin rejalari aniqlash
- avtomobil ishlab chiqarishni kunlik, xaftalik va oylik rejasi asosida ishlash;
- buyurtma xajmi kompaniyaning mezonlari bilan muvofiqlashtirish, undan hamkor
yetkazuvchilar va transport korxonalariga xabar berish
- ishlab chiqarish xaftalar yakunida aniqlanuvchi, 2 xaftali tahminlangan zahira asosida
ishlash.
- joriy xaftada keyin ikki xafta uchun ishlab chiqarish hajmi va vaqti aniqlash.
8.4 Tashqi yetkazishni nazorat qilish.
«O`z vaqtida» yetkazishni ta’minlash
Etkazish usullarini tanlash:
-
Yig’ib yetkazish;
-
To`g’ridan
-
to`g’ri yetkazish;
- Markazli yetkazish.
53
Etkazish usulini tanlash
quyidagilarga bog’liq:
- yuk hajmi (maksimal yuk bo`lishi);
- yetkazuvchining joylashgan joyi;
- yetkazish doimiyligi.
8.5 Grafik bo`yicha jo`natish/qabul qilish.
- materiallarni faqat kirish nazoratidan o`tkazish uchun qabul qilish
joyi ajratish;
- saqlash yo`l qo`ymaslik;
- vaqtinchalik jadval asosida yetkazish va yuklash;
- bir maromda yuklash rejasi;
- ko`rgazmali boshkaruv, yetkazishda reja
–
faktni solishtirish;
- xatolik bo`lganida xabardor qilish.
8.6 Materiallarni vaqtincha saqlash.
-
to`g’ridan
-
to`g’ri yetkazuvchidan yig’uv liniyasiga tushmaydigan, qabul qilish joyiga
tushuvchi,vaktincha saqlanuvchi butlovchi qism va materiallar.
- vaqtincha saqlash omborini imkon qadar minimal zahirada ishlatish maqsadida tashkil etish.
- FIFO- dastlabkini kiritish- dastlabkini chiqarish printsipidan foydalanish.
-
yetkazishni so`ralgan buyurtma bo`yicha ta’minlash yo`nalishida bajarish.
- zahirani eng kam va eng ko`p darajasini ko`rsatish.
8.7 Ichki yetkazishni
ta’minlash.
- har qanday mahsulotni jo`natish yoki xizmat ko`rsatish buyurtma asosida bo`lishini
ta’minlash.
- o`z xaridoriga ortiqcha mahsulot yetkazmaslik.
- ortiqcha mahsulot yoki so`rov buyurtmasidan holilik.
-
yig’uv liniyasi yonida zahirani kamayti
rish uchun material yoki qismlarni sarfi bo`yicha
so`rash.
- buyurtma sarf asosida bo`lishi
ni ta’minlash.
54
Ichki yetkazishni ta’minlash tizimi turlari
Buyurtmasiz hech narsani harakatga keltirmang !
Bo`sh taralar asosida buyurtma tizimi (misol);
Materiallarni yo`nalish grafik bo`yicha tahminotchi jamoa ahzosi, ishlab chiqarish
jamoasi ahzo tomonidan buyurtma signalini ko`rishi bilan material-larni tezlik bilan
yetkazishi lozim.
Bo`sh taralar bo`yicha yetkazish jarayoni taralar bo`shashi bilan xabar berib,
to`ldirishga asoslangan. Ushbu usuldan asosan qadoqsiz va uyumli detallar, yo`nalishi
standartlashtirilgan va yo`nalish grafigi aniqlangan holatlarda foydalaniladi.
8.8 Bir maromli mashina buyurtmalar grafigi.
- ishlab chiqarish rejasi uchun dastlabki mahlumotlar olish.
- kunlik ishlab chiqarish quvvati aniqlash va vaqt bo`yicha taqsimlash.
- rejani butlovchi qismlar va model optsiyalari bo`yicha taqsimlash.
- butlovchi qismlar va materiallar bo`yicha yetkazuvchilar imkoniyat chegarasini
aniqlash.
-
har bir optsiyalar bo`yicha nazoratni ta’minlash.
8.9 Yetkazish tizimini boshqarish.
- yetkazuvchiga hamkor sifatida qarash;
- yetkazuvchini doimiy takomillashtirishga yunaltish va monitoring qilib borish;
- yetkazuvchi kerakli miqdorda ishlab chiqarishi, talab etilgan sifat darajasida va
muddatda yetkazishi lozimligini bilsin.
- yetkazuvchi ehtirozlarga tez javob berishi va muammoni yechishda ishtirok etishi
lozimligini bilsin.
- transportga yuklash joyi va umumiy yetkazuvchilar sonini minimalga keltirish.
- iloji boricha korxonaga maksimal yaqin yetkazuvchilarni tanlash.
- umumiy ishlab chiqarish qiymatidan kelib chiqish asosida yetkazish tizimi bo`yicha
qaror qabul qilish.
Qisqa vaqtda yetkazish printsipi nima beradi?
Qisqa vaqtda yetkazish - Short Lead Time printsipi nafaqat detal va materiallarni
boshqarish bo`lmay, balki butun ishlab chiqarish tizimini o`z ichiga oladi.
Buyurtma asosida yetkazish, donali ishlov va minimal zaxira tahminlaydi.
Takomillashtirish uchun dastlab butun jarayonni urganish talab etiladi.
Buyurtma
uchun
kartochka
usuli
(KANBAN
)
Buyurtma
electron
tizimi
(EPS)
Ishlab
shiqarish
asosida
buyurtma
jarayoni
Bo`sh
taralar
asosida
buyurtma
tizimi
55
etkazish tizimini sarf asosida tulatish yiguv liniyasidagi yukotishlarni kamaytirishga
olib keladi.
Materiallarni tejamli boshqarish, yahni oz ombor zahirasi/minimum joy, sodda, qimmat
bo`lmagan tizim, minimal jihoz va ishlov, ishchi xizmatidagi qo`laylik;
Barcha jarayonlardagi mujassamlangan sifatni qo`llab quvvatlaydi.
9-MAVZU. GM GMS TIZIMI. DOIMIY TAKOMILLASHTIRISH PRINTSIPI.
Reja:
9.1. Biznes - rejani yoyish.
9.2. Muammoni yechish.
9.3. Andon kontseptsiyasi.
9.4. Bino, jihoz va o`lchash vositalarini takomillashtirish.
9.5. Loyihalashtirish va ishlab chiqarishni (DFM/DFA) muvofiqlashtirish.
9.6. Umumiy texnik xizmat ko`rsatish tizimi / samaradorligi.
9.7. Doimiy takomillashtirish jarayoni.
Doimiy takomillashtirish printsipini maqsadi:
- atrof muhitni o`rganish;
- asosiy muammoni ajratish, muhokama
o`tkazish, tub sababni topish, to`g’ri qaror chiqarish
va tez bartaraf qilish uchun chora tadbirlar ishlab chiqish;
- darajalardagi munosabatlar o`rtasidagi tusiqlarni olib tashlash;
- muammo darajasini aniqlashda kaskad usulidan foydalanish;
- yo`qotish kamaytirishda ishlab chiqarish madaniyati tizimi (5S) rivojla-nishini qullab
quvvatlash;
- yetakchilik bilan namuna bulish.
9.1 Biznes rejani yoyish (BPD- Business Plan Deployment)
Butun kompaniya bo`yicha maqsadlarni o`rnatish, rejalarni birlashtirish va qo`yilgan
barcha maqsadlarga erishilganlikni va o`zgarishlarni boshqarish jarayoni ta’minlash.
CHoralar ko`rishda va ishlab chiqarish madaniyatini doimiy takomillashtirishda butun
xodimlarni birlashtirish va jalb etish.
- kompaniya rahbari barchani kompaniya maqsadidan xabardor etishi;
- barcha BPD- Biznes rejani yoyishga mashulligi;
Maqsadlarni o`rnatish.
«Biznes rejani yoyish» dan asosiy maqsad kompaniyaning barcha xodimlarini qo`yilgan
maqsadlarga erishishga jalb etish. Boshqacha qilib aytganda har bir qo`yilgan maqsadlar
asosida umumiy maqsadga erishish. Maqsadlarni har bir joyni xaqiqiy imkoniyatidan kelib
chiqib o`rnatish.
Misol: Kompaniya maqsadi:
Istehmolchi qanoatlanishini oshirish (tan-narxini kamaytirish orqali).
Maqsad: materiallar sarfini 10% ga tushurish.
56
Metod: har bir joyda materiallar sarfini ularni haqiqiy imkoniyatidan kelib chiqib
taqsimlash va nazoratini olib borish.
BPD ni - PDCA asosida tuzish lozim:
Reja -Plan; Bajarish- Do; Tekshirish -Check; Takomillashtirish-Act/Correct
PDCA asosiga tuzilgan -BPD qanday ishlaydi?
P
DCA sikli bo`yicha doimiyligi ta’minlash:
- yillik reja (maqsad);
- rejani bajarish;
- bajilganligini (ko`rsatkichlarni) tekshirish;
- chora-tadbirlar ko`rish.
OLTI ASOSIY MAQSAD
XAVFSIZLIK (ish joylarida)
–
xodim, hamkorlar va mehmonlar uchun xavfsiz, toza
va sog’lom ish muhit yaratish.
XODIMLAR (Kompaniyani rivojlantirish) - har bir xodimning rivoj-lanishi, ishtiroki
va tashabbuskorligiga alohida
e’tibor
ni qaratish.
SIFAT (Maftunkor mahsulot) mahsulot yoki xizmatni yuqori sifatli bo`lishi bilan har
qanday xaridor maftun etish.
O`Z VAQTDA (Son/hajm/tezlik) - har qanday xaridorni mahsulot yoki xizmatni
yuqori sifatli bo`lishigina emas, balki uni tez bajarish-etkazish bilan ham maftun etish.
NARX (Mutanosib narh) - ortiqcha harajat va nazoratni kamaytirish orqali xaridor
hohlagan mahsulotni mutanosib narxda berish.
ATROF-MUHIT(ekologik muvofiqlik) - atrof- muhitni himoyalash va «yashil
fikrlash» orqali jamiyatni qo`llab-quvvatlash.
Xaridorga har bir mahsulot yoki xizmatni uni hohishiga to`la muvofiq, nuqsonsiz,
birinchi talabdayoq, tez, ortiqcha harajatsiz, xavfsiz va sog’l
om muhit yaratish bilan
yetkazish.
Yuqoridagi olti asosiy maqsad butun korxona va unni bo`limlarni yillik maqsad olishi
va oylik bajarilishini nazoratini olib borish vizual boshqaruvdan foydalanish lozim. Barcha
natijalardan “ Yuz marta eshitgandan bir marta ko`ragan abzal” shioridan foydalanamiz.
Biznes rejaga aniq maqsadlar qo`yish nima beradi?
57
9.2. Muammolarni yechish
Haqiqiy holat va standart talab yoki ko`tilayotgan natijalar o`rtasidagi nomuvofiqlikni
bartaraf qilish, aniqlash va tahlil qilish, yahni xatoni tub sababini bartaraf qilish orqali uni
takrorlanishiga yo`l quymaslik jarayoniga muammoni yechish deyiladi. Muammoni yechish
orqali nomuvofiqlikni tub sababini aniqlash va uni bartaraf etish choralari ko`rib unni qayta
takrorlanmasligiga erishish va doimiy takomillashtirishlar olib borish.
Muammo nima?
Olingan natija bilan amaldagi standart talabi yoki kutilayotgan natija orasida farq
muammo mavjudligini ko`rsatadi.
Muammolarni yechish usullari
- besh (nima uchun) nimaga?
- baliq skeleti (Isikava sxemasi);
- qizil X;
- eksperiment (tajriba) loyihasi.
Kompaniyada shunday ishlab chiqarish madaniyati yaratinki «qizil» ham doimo yomon
ko`rsatkich bo`lmasin!
- muammo- bu takomillashtirish va o`sishga olib keladi!
- har bir joyni muammosi va yechimi mavjud!
- «Muammo yo`q» - bu katta muammo! agarda muammo yo`q ekan, qandaydir xatolik
mavjud!
Har bir xodim muammoni yechishga mashul!
- shunday muhit yaratinki muammoni yechilishini tegishli xodimlar korxona ichida hal etsin.
- yetakchilik darajasini muvofiqlashtirish orqali muammoni yechish osonlashtiriladi.
- tizimdagi xatoliklar tufayli muammolar yuzaga keladi.
Etakchi (rahbar, muaamo egasi) :
-
e’tibor
ni muammoni yechishga yo`naltirishi;
- tezlik bilan nuqsonni tarqalishini to`htatish chorasini amalga oshirishi;
- savollar asosida tub sababni aniqlashi;
- xodim malakasini oshirishi;
- chora ko`rishdan oldin haqiqiy holatni baholashi;
- chorani t
o`g’
ri ekanligini tekshirib ko`rishi lozim.
58
Muammoni yechishda barcha imkoniyatlardan foydalaning!
Muammoni quyidagi holatlarda tez yechish lozim:
- baxtsiz hodisa ro`y berganda;
- istehmolchi qanoatlanmaganda;
- bekor (ortiqcha) vaqt sarf bo`lganda;
- mahsulot yoki xizmat ko`rsatish kech qolganda;
- va boshqalarda...
Muammoni amaliy yechish
Nima uchun muammoni yechishni takomillashtirish lozim ?
Anhanaviy kompaniyalar muammoni vaqtinchalik bartaraf qiladilar, qaysiki kesilgan
joyni bog’lab qo`yadilar. Bu takomillashtirish emas
- faqatgina standartga qaytishdir!
Jahon darajasidagi kompaniyalar esa muammoni tub sabablarini topadi va uni bartaraf
qilib boshqa takrorlanishini oldini oladilar. Mana bu doimiy takomillashtirish deyiladi.
9.3 Andon kontseptsiyasi
Ishlab chiqarishda nomuvofiqliklar chiqqanida tez yordam chaqirish va unga muvofiq
mahlumotlarni boshqarishning tezkor nazorat tizimi (uni mexanik yoki avtomatik boshqarish
mumkin) Andon kontseptsiyasi deyiladi. Uni maqsadi: ishlab chiqarish jarayonini
boshqarishni qo`llab quvvatlash va nuqson chiqishini oldini olish yoki uni keyingi jarayonga
o`tkazmaslik, ish ketma-ketligida zarur yordamga chaqirish, muammoni yechishga asosiy
e’tibor
ni qaratish va bartaraf qilish, jarayonini boshlash, aniqlangan muammoni joyida tahlil
qilish, barcha jamoani choralarni bajarishga va boshqarishga chaqirish, hamda mahlumotlarni
tezkor kuzatib borish.
ANDON tizimi qanday ustunlik beradi?
ANDON tizimi - muammo hosil bo`lganida yoki standart talablari bo`zilganida jamoa
ahzolariga shnurni tortish va yordamga chaqirish imkoniyatini beradi.
1
2
3
4
5
Муаммо
топиш
Муаммони
тезликда ечиш
Туб сабабини
тахлил килиш
Бартараф килиш
Навбатдаги
назорат
59
ANDON tizimi
–
liniyani tartibli boshqarishga yordam beradi.
Agarda joyida zarur tez qarshi choralar ko`rilmagan taqdirda o`rnatilgan tartib asosida
liniya to`htatiladi.
Uchastkalarda jamoa ahzolari sifatga javobgarligi oshadi.
Jamoa rahbari va barcha qolgan kompaniya xodimlari jamoa ishtirokchilar-iga yordam
berishga javobgarligi oshiradi.
Andon tizimini butun kompaniya bo`yicha joriy etilganida natija beradi.
Muammo bo`ldimi o`z «ANDON» tizimingizni torting»
ANDON
–
bu oddiy signal va yetkazish tizimi bo`libgina qolmay, balki yordam
kelmaguncha chaqiruvchi kontseptsiya tizimidir.
Har bir joy o`z «ANDON chaqiruvchisiga ega» bo`lishi lozim.
Rahbardan to - ishchigacha bir-biriga yordam berish barchani burchi hisobla-nadi.
Muammo topilganda yoki standart talablaridan chetga chiqilganda, qaysiki brigada
ahzosi bartaraf qila olmaganda habar musiqa chalish orq
ali amalga oshiriladi…
1-qadam. Andon shnurini o`zingizga torting, lampa yonadi va musiqa chalina boshlaydi.
2-qadam. Uchastkadagi Andon bosh elektron tablosi sariq rangda yonadi va jamoa
yetakchisi uni ko`rishi lozim.
3-qadam.Tezlikda yordam ko`rsatish va muammoni yechishdan boshlanadi, Andonga
javobgarlikni jamoa yetakchisi oladi.
4-qadam. Liniya to`htatilgan holatdan harakatlanishi davom etiriladi.
5-qadam. Muammo bo`yicha chora ko`rilgandan so`ng, Andon (signali) tizimi jamoa
yetakchisi tomonidan to`htatilib, liniyani ishlashi davom ettiriladi.
6-qadam. Agarda jamoa yetakchisi tomonidan Andon tizimi to`htatilmagan taqdirda,
liniya to`htatiladi va elektron tabloda qizil chiroq yona boshlaydi
–
Bekor turish vaqti
boshlanadi.
Brigada ahzolarini vazifasi:
- standartlar talablariga rioya etish.
- standartlarda quyilgan chiqish talablarini aktiv kuzatib borish.
- agarda topilgan nomuvofiqlikka yoki nuqsonga tez tuzatuvchi chora ko`rish zarurati
bo`lmasa, Andon shnurini tortib, ko`makchilar kelguncha ishni davom ettirish.
- jamoa yetakchisiga nuqsonni bartaraf qilishda yordam ko`rsatish.
Brigada yetakchisini vazifasi:
- jamoa yetakchisi Andon signalni eshitgandan so`ng, Andon elektron tablosi-dan
mahlumotni aniqlash;
O`ziga hos musiqa cholinadi
14
ЁРДАМ
Муаммо
Jamoa a’zosi
Jamoa rahbari
60
-
holatni tahlil qilish va yordam berish uchun tezlikda Andon chaqirig’i joyiga borish;
- muammoni tahlil qilish natijalari asosida qaror qabul qilishga javobgarlik;
- tezlik bilan tuzatuvchi chora ko`rish;
- tuzatuvchi chora ko`rilgandan sung, Andon tizimi signalini uchirish;
- muammoni jamoa ahzolari bilan birgalikda yechish;
- muammoni yechishda kiyinchilik bo`lganida sifat nazoratchilarni chaqirish;
- Andon tizimini boshqarish;
- tuzatuvchi chora ko`rish imkoniyati topilmagan taqdirda, liniyani yurgazish
imkoniyatini ta’minlash;
- zarur qo`shimcha ko`makchilar (sifat, texnik xizmat ko`rsatish va boshqalar)ni
chaqirish;
- muammoni tub sabablarini topish va tuzatuvchi choralar ko`rishda barcha bilan
birgalikda ishlash;
- chaqiriq vaqtida monitoring olib borish bilan barcha muammolar ko`lamini aniqlash
va bartaraf qilish.
Andon tizimini ustunlik
- jamoa tizimi;
- jamoa yetakchilik munosabati;
- to`htatishga yo`naltirilganlik;
- ajratish / tusiq;
- standart talablariga muvofiqlik;
- muammoni tez yechish jarayoni;
- xabarni tez yetkazish;
- standartlashtirilgan ish;
- o`zaro tushunish/munosabat;
- samarali boshqaruv;
-
uchastkada sifat ta’minlash;
- nazorat va qayta aloqa;
- ochiq muloqat;
- bir jamoa bo`lib ishlash;
- ish samarasi ortishi;
- doimiy takomillashtirish.
9.4 Bino-inshoat, jihoz va o`lchash vositalarini takomillashtirish
To`plangan tajriba va kelajak talablariga asoslanib, bino-inshoat, jihoz va o`lchash
vositalarini doimiy takomillashtirish bilan kompaniya qo`ygan maqsadlari, printsiplar va
asosiy elementlarini bajarilishiga erishish.
Bino-inshoat, jihoz va o`lchash vositalarini loyihalash va joriy etishni takomillashtirish
bilan ishlab chiqarish madaniyatini saqlash orqali kompaniya qo`ygan maqsadlar va
printsiplarga erishishni ta’minlash.
61
- ishlab chiqarish sifati va hajmiga bino-inshoat, jihoz va o`lchash vositalarni muvofiq
bo`lishi;
- bino-inshoat, jihoz va o`lchash vositalarga umumiy xizmat ko`rsatish tizimini joriy etish;
-
oldini oluvchi xizmat ko`rsatish grafigi va uni bajarilishini ta’minlash;
- tozalik bo`lishi;
- oldini oluvchi hizmat ko`rsatishga butun xodimlarni jalb etish;
- bino-inshoat, jihoz va o`lchash vositalarni doimiy takomillashtirib borish;
- xodim umumiy xizmat ko`rsatishga jalb etish.
Nimalarni takomillashtirish lozim :
- liniya uzunligi va hajmi;
- jihozlarni joylashtirish;
- vizual nazorat;
- Andon tizimi;
- xatolardan himoyalanish;
- materiallarni ishlab chiqarish liniyasida va omborda saqlash;
- xodimlarni maqsadga yo`naltirish;
-
doimiy ta’minlash;
- ish joyi;
- maydonni qisqartirish;
- ortiqcha yurishlarni kamaytirish;
- modellar quvvati farqlari;
- keraksiz xotiralarni minimallashtirish;
- harakatlanish yo`laklari;
- u
mumiy programma va vositalarni ta’minlash
;
- qulaylik;
- zahira hajmi va boshqalar.
9.5 Loyihalashtirish va ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish (DFM/DFA)
Mahsulot va ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirishtirish dastlabidayoq
loyihalashtirish va texnologik jarayonlarni muvofiqligidan foydalanish.
Qismlar ishlab chiqarish va mahsulot yig’ishni kafolatlash uchun, avvalgi va hozirgi
tajribalarga asoslanib, sodda texnolo
gik jarayonlarda ishlab chiqarish va yig’ish imkoniyatini
yaratish.
- mahsulot sifatini rejalashtish va rejani boshqarish;
- tekshirilishi lozim bo`lgan nuqtalar ro`yxatini tuzish;
- kirish mahlumotlaridan mahsulotni takomillashtirishda foydalanish;
- DFM/DFA hujjatlar to`plamidan foydalanish;
- tasdiqlanishi shart bo`lgan jarayonlarni tasdiqlash;
- ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish;
- loyihalash qo`llanmasidan foydalanish;
- sifat nazoratini takomillashtirish;
- komponentlar ishlab chiqarish
va yig’ish uchun loyihani kafolatlash.
9.6 Umumiy xizmat ko`rsatish/ samaradorligi (PMP)
Texnik xizmat ko`rsatish, ishlab chiqarish va loyihalashlar orasida standartlashtirilgan
xizmat kursatish javobgarligini taqsimlash orqali mashina-jihoz va o`lchash vositalari ish
samaradorligini oshirish.
62
Xodimlarni mashulyati va ko`p qirrali vazifalarni bajarish imkoniyatlarini oshirish bilan
sarf harajatlarni kamaytirishini, ishlab chiqarish hajmini, sifat va xavfsizlikni ta’minlash.
Kompaniya xodimlari mashina-jihoz va o`lchash vositalarini ishchi holatini aniqlash va
ularni imkoniyatlarini takomillashtirishda vizual usullardan foydalanish. Ishchi (operator)
mashina-jihozlar holatini bir ko`rishdayoq aniqlashi zarur va uning texnik holatiga javobgar
hisoblanadi.
Texnik xizmat ko`rsatish va ishlab chiqarish xodimlari xavfsizlik va ishni bajarish
jarayoni, mashinaning texnik tavsifi va ishlatishga tayyorligi bo`yicha mahlumotlardan
xabardor bo`lishi lozim.
Kompaniyaning barcha mashina-jihozlarining texnik tavsifi, xavfsizligi, sifati, ish
quvvati va narxi bo`yicha mahlumotlar bo`lishi, saqlanishi va davriy nazoratdan o`tkazilib
turilishi lozim.
Tozaligi va sozligi tekshirildimi?
PMP jamoa ahzolarni vazifalari :
- tashkiliy va vizual nazorat, tekshirish, tahmirlash ish rejasini tuzish va olib borish;
-
nazorat varog’ini to`ldirish;
-
kunlik nazorat asosida xizmat ko`rsatish tizimini ta’minlash;
- mashina-
jihozlar bilan bog’lik muammolarni ish joyida, vizual nazorat,
muammoni
yechish va xatolardan himoyalanish orqali bartaraf etish;
- kompaniya bo`yicha jamoa rahbari «Texnik xizmat ko`rsatish tizimi» ni vazifalarini
tahlil qiladi, javobgarlik chegarasini, vazifani bajarishga ketadigan vaqtni, xizmat ko`rsatish
grafigini va davriylikni aniqlaydi va kelishadi, shuningdek bekor turib qolish bo`yicha
hisobotni tahlil qiladi.
Ishlab chiqarishda jamoa ahzolarini vazifalari:
- umumiy xizmat ko`rsatish
- muammolarni yechish;
- standartlashtirilgan talablar asosida ishlash;
- mashin-
jihozlarni tozaligini ta’minlash;
- mashin-jihozlarni ishchi holatini saqlash;
- kichik tahmirlashlarni o`tkazish;
- moylash, moy va qismlarni almashtirish.
Texnik xizmat ko`rsatish jamoa ahzolarini vazifalari:
- texnik xizmat ko`rsatish
- muammolarni yechish;
- standartlashtirilgan talablar asosida ishlash;
- loyiha o`zgartirish bo`yicha takliflar berish;
- texnik xizmat ko`rsatish (TXK) grafigini tuzish;
- tahmirlash o`tkazish va ishga tushirish;
- ishchi (operator)larni o`qitish.
63
RMR ning ish instrumentlari:
- RMR bo`yicha boshqaruv rejasi;
- operatorning kunlik nazorat o`tkazish varo
g’
i va tekshirish;
- 52 xaftalik TXK grafigi;
- RMR o`tkazish standartlari;
- ish jarayoni (topshiri
g’
i) tartibi;
- MAXIMO
- PM &C ishlab chiqarish monitoringi va nazorat tizimi
- Muammolar mahlumot jadvali;
- PMP bo`yicha vizual nazorat ko`rinish;
- Andon buyicha boshkaruv.
Jihozlar barcha kerakli vositalar bilan tahminlanganligini tekshirishda yaqqol ko`rinishli
bo`lishi.
9.7 Doimiy takomillashtirish jarayoni
Xozirgi kunda xar qanday kompaniya barcha xodimlarini doimiy takomillashtirishga
jalb etmasdan yashay olmaydi.
Doimiy takomillashtirish bu - katta bo`lmagan, ishonchli kichik qadamli to`htovsiz
takomillashtirishlardan iborat bo`lishi lozim.
Standartlashtirilgan ish
–
doimiy
takomilalashtirish uchun asos hisoblanadi.
GMS
–
PDCA sikli asosida qurilgan:
Ayrim kompaniyalar o`z imkoniyatidan kelib chiqmay, noto`g’ri reja oladilar, yoki
bajarish yoki tekshirish tizimini yo`lga quymay, katta reja olib tushkunlikka uchraydi yoki
to`la takomillashritishga erisha olmaydilar
Jahon yuqori darajasidagi kompaniyalar esa, aniq rejalashtiradi, doimo bajaradi,
tekshiradi, to`g’rilash choralarini ko`radi va grafik
-rejaga asoslanadi.
GM va u bilan hamkor kompaniyalar o`lchamli aniq maqsadlarni o`z oldiga qo`yadilar
va erishishi uchun har bir darajada qo`yilgan maqsadga erishishini tahminlaydilar.
- maqsadlar qo`yishda Kaskad yondashuv;
- har bir daraja yetakchisi o`z jamoasi oldiga oddiy va tushunarli vazifalarni qo`yishi;
- maqsadlarni to quyi darajalarga yetkazish;
-
aniq, o`lchamli,to`g’ri, erishishli va muddatli maqsadlar qo`yish.
Doimo ustunlikni yodda tuting…
1. Xavfsizlik
–
2.Xodimlar
–
3.Sifat - - 4.
Javobgarlik
–
5.Tannarx
–
6. Ekologiya.
Masalan: Ayrim hollarda biz son uchun sifatni qurbon qilamiz.
Ishlab chiqarish madaniyatini doimiy takomillashtirish.
64
Muammoni yechish va doimiy takkomillashtirish o`rtasidagi farq nimada?
Muammoni yechish - bu standartga qaytish va uni saqlash, yahni natija erishish.
Doimiy takomillashtirish
–
bu chora ko`rish asosida standartni yangilash, yahni yangi
talab o`rnatib, istehmolchi qanoatlanishini oshirishdir!
Takomillashtirish
–
bu yo`qotishlarni bartaraf etishga butun kuchni qaratish:
Do'stlaringiz bilan baham: |