Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti tarix kafedrasi


Xammurapi qonunlari vauning ahamiyati



Download 492,48 Kb.
bet8/14
Sana06.01.2022
Hajmi492,48 Kb.
#320909
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
qadimgi sharq tarixi tarixshunosligi

1.2.Xammurapi qonunlari vauning ahamiyati.

Bobil Mesopotamiyaning qoq o`rtasida-Dajla va Frot daryolari bir-biriga yaqinlashib kelgan yerda joylashgan bo`lib, u Kichik Osiyo va Kavkazortidan Fors qo`ltig`iga qarab, Suriya qirg`oqlaridan Eron yassi tog`lariga qarab ketgan muhim savdo yo`llari tutashgan yerda bo`lgan. Bobil nihoyatda qudratli bir davlat poytaxti bo`lib, Old Osiyoning eng katta savdo,siyosiy va madaniy markaziga aylangan. Bobil deyarli ikki ming yil davomida o`z ahamiyatini saqlab turgan. Bobil-Amoriy podshoxligi podshoh Xamurappi (mil.avv 1792-1750) davrida ayniqsa gullab-yashnagan. Xammurapi butun Ikkidaryo oralig`ini o`z qo`l ostida birlashtirib, yirik va kuchli davlat tuzgan43. O`sha davrning tarixiga oid juda ko`p xujjatlar saqlanib qolganligi tufayli biz u davr haqida yaxshigina tasavvurga ega bo`la olamiz. Bu xujjatlar orasida Xamurappining qonunlar to`plami alohida o`rin tutadi. Uning qonunlari 1901-yilda fransuz arxeologlari tomonidan Elamning poytaxti Suzada topilgan. Hozirgi kunda Parijdagi Luvr muzeyida saqlanadi44. Qonunlar qora bazalt toshiga o`yib yozilgan va Bobildan elamlilar tomonidan o`lja qilinib, er.avv XII asrda Suzaga olib ketilgan. Qonunlar to`plami 287 moddadan iborat, lekin ustunda 247 modda saqlanib qolingan. 35 modda yozilgan beshta ustunchadagi matn qirib tashlangan, buni shu ustunchalarni o`lja qilib Suzaga olib ketgan Elam istilochisi qilgan bo`lsa kerak degan taхmin bor. Keyinchalik yetishmaydigan moddalar Suzada topilgan parcha dublikatlar asosida Nineviyada Ossuriya podshosi Oshshurbanapal kutubxonasida topilgan. Mixxat matn uch qism: Kirish,qonunlarning o`zi va xulosadan iborat. Birinchi va oxirgi qismlarda Xammurapi o`zini va o`z boshqaruvini tavsiflaydi. <> qonunlar to`plamini tuzilishi maqsadini ko`rsatadi. Ustunning yuqori qismida Xammurappi quyosh va adolat xudosi Shamash oldida unga duo qilib tiz cho`kkan holda turgani va xudo qonunlarni berayotgani tasvirlangan. Qadimgi Bobildagi mirzalar va xakamlar boshqalarni o`qitish maqsadida shuningdek, sud ishlarida kodeksning ana shu nusxalaridan (kodeksning boshqa nusxalari ham topilgan) foydalanganlar. Xammurapi kodeksi Bobil qonunchiligiga kuchli ta`sir ko`rsatgan qadimgi Shummer qonunlarini yanada rivojlantirib, ularni ma`lum bir tartibga solgan. Xammurapining qonunlar to`plami Shummer sud xukmlari to`plamiga qaraganda ancha sistemali tuzilgan va unda qonun chiqaruvchining mazmun jixatidan bir-biriga yaqin bo`lgan moddalarni bir guruh qilib birlashtirishga intilganligi ochiq ko`rinib turadi. Lekin shunday bo`lsa ham, ushbu qonunlar to`plamini chin ma`noda kodeks deb bo`lmaydi, bu ko`proq ayrim yuridik hukmlar to`plamidir. Mazkur to`plam uch qismga bo`lingan: 1Kirish. 2Qonunlar.3Xulosa. Kirish qismida kodeksni yaratishdan maqsad-mamlakatda haqqoniyat o`rnatishdir,-deb ko`rsatilgan. Bundan keyin podsho o`z unvonlarini birma-bir sanab o`tib, o`zining ulug`vorligini ko`klarga ko`tarib maqtagan, o`zining mamlakatga qilgan yaxshiliklarini aytgan. To`plamning asosiy qismida jinoiy ishlarga oid, xuquqqa, sud ishlarini yuritishga, xususiy mulk xuquqining buzilishiga, jangchilar xuquqiga oid moddalar birma-bir ko`rsatib o`tilgan45. Ayrim moddalarda ko`chmas mulkka egalik qilish xuquqlari to`g`risida, savdo-sotiq ishlari, garovga qo`yish va olish xuquqi, oilaviy xuquq xususida, o`z-o`zini mayib qilish, me`morlar va kemasozlar ishi to`g`risida, ishchi kuchini yollash va qulchilik to`g`risida gapirilgan. To`plamning xulosa qismida podsho xalq oldida qilgan xizmatlarini birma-bir sanab o`tib, o`zidan keyin, uning qonunlarini amalga oshiruvchi podsholarga oq fotiha bergan va bu qonunlarga rioya qilmaydigan yoki uni bekor qilishga jur`at etadiganlarni qahr bilan la`natlagan46. Ikkidaryo oralig`i davlatlarida xuquqning eng qadimgi manbai Misrda bo`lgani kabi, odat huquqi hisoblangan. Mesopotamiya davlatlarining tashkil topishi natijasida bu yerdagi xalqlar va qabilalar hayotida asrlar davomida ishlab chiqilgan, avloddan-avlodga an`analar sifatida o`tib kelgan va ijtimoiy hayotning turli sohalarini tartibga solib turgan, u yoki bu bir-biriga o`xshash hodisalarni uzoq vaqt bir-xil tartibga solib kelgan axloq-odob me`yorlari endi majburiy xarakter kasb eta boshlagan. Ikkidaryo oralig`ida odat huquqi bilan birga huquqning boshqa yana bir muhim manbai – qonun juda erta paydo bo`lgan. Qadimgi Mesopotamiya davlatlarida qadimgi paytlardanoq u yoki bu podsholik hukmdorlarining irodasi bilan qabul qilingan yozma qonunlar huquqning asosiy manbai bo`lib kelgan. Dastlabki yozuvlar harakatdagi qonunlarni o`zlarida mujassamlashtirmagan bo`lsalar-da, ammo podsholarning qonunchilik faoliyatlarini, qonunlarini an`anaviy yozib qoldirilishiga va e`lon qilinishiga asos solgan. Garchi bizgacha to`liq yetib kelmagan bo`lsa-da, o`z davrida amal qilingan bunday xarakterdagi qonunlar sirasiga quyidagilar kiradi: Ur sulolasining asoschisi (mil.avv. III ming yillikda) podsho Urnammu qonunlari, Yeshkunna podsholigi (mil. avv. II ming yilliklar boshi)dagi Bilalam qonunlari, “O`rta Ossur qonunlari” (mil.avv II ming yillik o`rtalari) va Mesopotamiyaning eng muhim huquqiy hujjati – Ikkidaryo oralig`idagi eng yirik davlat qadimgi Bobil podshosi xammurapi qonunlari. Bu hujjatlar orasida ayniqsa podsho Xammurapi qonunlari qadimgi davr huquqiy qarashlarining va huquq tizimining juda katta yodgorligidir47. Xammurapi qonunlarini huquq tarmoqlari bo`yicha uning tuzilishini quyidagilarga bo`lish mumkin: 1) sud; 2) Mulk; 3) Nikoh va oila; 4) Shaxsni himoya qilish; 5) Mehnat va mehnat qurollari. Lekin bunday shartli tizim asosida xammurapi qonunlarining mazmunini o`rganishimiz ushbu qonunlarning huquq sohalari bo`yicha ma`lum bir tizimga solinganligini va huquq sohalarining alohida institutlarga ajratilganligini anglatmaydi. Chunki bunday bo`linish va tizimga solish kodeksda yo`q. Uni tuzishda eski odat huquqi, shumer qonunlari va yangi qonunlar unga asos qilib olingan. Shuni aytish joizki, Xammurapi qonunlari o`zining to`laligi nuqtai nazaridan mukammal emas, chunki ular jamiyat hayotining hamma tomonlarini to`liq qamrab olmagan.

Huquqlarga qisqacha to`xtalib o`tadigan bo`lsak quyidagilarni bilib olamiz: Sud huquqi: Xammurapi qonunining 1-5-moddalari sud ishiga bag`ishlangan bo`lib, sud jarayonining ayrim masalalarini qamrab olgan. Bu moddalar sudlarda uchrab turadigan o`zboshimchaliklar, birovni noto`g`ri ayblashlar, suiste`molliklarga qarshi qaratilgan. Bu shundan darak beradiki, Bobilda hakamlarni va guvohlarni sotib olish, poraxo`rlik kabi hollar ham keng tarqalgan. Sud ishlarini yuritish maxsus amaldorlar qo`lida bo`lgan. Sud qilish funksiyalari shakkanakku, rabianum, okkug hakamlariga hamda “shoxar oqsoqollari va atoqli kishilari”dan iborat maxsus hakamlarga yuklatilgan. Ibodatxona hakamlari o`z hukmronligini tobora yo`qotib brogan va ibodatxonadagi xudo haykali oldida odamlarning ichadigan qasamlariga guvoh bo`lish bilangina cheklangan. Sud ishlarini yurgizish huquqining dastlabki qoidalari paydo bo`la boshlagan. Bu qoidalarga ko`ra, hakam zimmasiga guvohlarning qasam ichib bergan guvohliklariga ishonibgina qolmay, balki “ishni shaxsan tekshirish” vazifasi ham yuklatilgan. Noto`g`ri guvohlik berishda ayblangan kishi qonunning maxsus moddasiga binoan jazolangan. Nihoyat, agar hakam sud hukmini o`zgartirsa, qonunning 5-moddasiga muvofiq, u ham jazolangan; bunday vaqtda hakam da`vogar talab qilgan xaqdan 12 marta ortiq jarima to`lashi lozim bo`lgan va bundan keyin hakamlik qilish vazifasidan mahrum etilgan. Xullas, 1-5-moddalar kodeksning asosiy qismi boshidagi o`ziga xos muqaddimasi sifatida berilgan. Mulk huquqi: Xammurapi qonunining 6-120-moddalarida mulk va u bilan bog`liq munosabatlarga bag`ishlangan48. Xammurapi hukmronligi davrida mulkning xilma-xil shakllari mavjud bo`lgan. Bular: podsho yerlari, ibobatxona yerlari, jamoa yerlari vaxususiy yerlardir. Davlat yerlari podsho yerlari sifatida saroyga tegishli yerlar sifatida ko`rilgan. Podsho bunday yerlarning bir qismini dehqonlarga berib, evaziga natura tarzida haq olib turgan, ba`zan dehqonlarga yerlar bilan birga zarur ishlab chiqarish qurollari va ashyolar ham berilgan. Podsho o`z yerlarining boshqa qismini mansabdor shaxslarga va jangchilarga ma`lum xizmatlar o`tash sharti bilan berib qo`ygan. Amaldorlarga va jangchilarga taqdim etilgan bunday yerlar, shuningdek, uylar va ashyolar alohida darajadagi mulkni-ilku mulkini tashkil etgan. Yerlar, uylar va boshqa ilku mulklar fuqarolik oborotidan chiqarilgan: ular sotish, sotib olish, xotini yoki farzandiga vasiyat qilib qoldirish, jangchini asirlikdan sotib olish uchun sarflash, qarzni to`lash uchun berish mumkin emas edi. Jangchi o`ziga berilgan ilku yerini ishlashga majbur bo`lgan. Agar u uch yil davomida yerni ishlatmay qarovsiz tashlab qo`ysa va kimdir bu yerni barcha majburiyatlarni zimmasiga olgan holda egallab olsa, bu mulkning dastlabki egasi o`zining yerga nisbatan barcha huquqlarini yo`qotgan (130-modda) Ilku mulkning egasi davlatga shaxsan harbiy xizmat o`tab turishi lozim bo`lgan. Agar u o`z o`rniga o`rinbosar yollab, xizmatga jo`natsa, o`limga mahkum etilgan va uning yeri, uyi va boshqa ilku mulki o`sha yollanib xizmatga borgan kishiga o`tkazilgan (26-modda). Agar jangchi asirga tushib qolsa, uning yori yoki ilku bog`i voyaga yetmagan o`g`liga xizmat o`tash sharti bilan o`tkazilgan. Agar o`g`li voyaga yetmagan bo`lsa yoki vaqtinchalik xizmatni o`tay olmasa, u holda ilku mulkning uchdan bir qismi onasiga o`g`lini jangchi qilib tarbiyalash uchun berilgan49.

Xammurapi qonunlarining 40-moddasiga binoan, ilku mulkni sotish mumkin bo`lgan ikkita holat belgilanadi. Bunda, birinchidan, ilku mulkini faqatgina tamkar sotishi mumkinligi, ikkinchidan, ilku mulkini sotib olayotgan shaxs xazinaga to`lov to`lab turishi ko`rsatilgan. Bobilda yerga nisbatan jamoa mulkchiligi bilan bir qatorda uzoq saqlanib qolgan. Bunga, avvalo, mazkur yerdagi sun`iy sug`orish ishlarini birgalikda tashkil qilish zaruriyati yordam bergan. Jamoa mulkini tashkil etgan yerlar qishloqlar o`rtasida taqsimlangan. Yerlar noma`lum muddatga vaqtincha foydalanish uchun berib qo`yilgan; jamoa uni xohlagan vaqtda qaytarib olishi mimkin edi. Yerni sotish uchun qo`shnilarning roziligi talab qilingan. Yer egaliklari chegaralariga “hudurru” (chegara, oraliq) deb nomlanadigan tosh-xujjatlar qo`yib qo`yilgan. Mazkur tosh hujjat yer-egalarining ushbu yerga nisbatan mulk huquqini anglatadi. Bunday toshlar dastlab dalalarga qo`yilgan bo`lsa, keyinchalik bodatxonalarga joylashtiriladigan bo`lgan, ya`ni kudurru nusxasi ibodatxonalarda saqlangan. Podsho ko`pincha jamoalardan tortib olgan yerlarni ayrim kishilarga xudurru asosida bergan. Bunday yerlar xususiy, meros tariqasida o`tadigan mulk bo`lib qolgan. Mulk egalari esa turli majburiyatlarni o`z zimmalariga saqlaganlar. Ular podsho foydasiga – sug`orish inshootlarini, jamoalar foydasiga o`t-o`lanlar, poxollar, don yig`ishtirish, chopon taqdim etish, chorva uchun bino berish va boshqa majburiyatlarni, qo`shnilari foydasiga – alohida hollarda esa, suvdan foydalanishga ruxsat etish, dalasidan o`tishga imkon yaratish va hokazo majburiyatlardir. Podsho yerlarini in`om etib, ba`zan ularga turli imtiyozlar ham bergan.

Oila-nikoh munosabatlari: Xammurapi qonunining 127-195-moddalarida nikoh, oila va meros masalalariga bag`ishlangan. Nikoh Bobilda yozma tuziladigan shartnoma asosida rasmiylashtirilgan. Demak, shartnomasiz nikoh haqiqiy emas, -deb topilgan. Nikoh shartnomasi kuyov va kelin o`rtasida yoki kuyov va kelinning oilasi o`rtasida tuzilgan. Nikoh shartnomasi tuzilishidan avval kuyov bo`lajak qaynonasiga qalin puli “tirxatum” kelinning oila a`zolariga to`y sovg`alari – “biblum” berishi lozim bo`lgan edi. Kelinning otasi qiziga sep – “sheriktum” topshirgan. Sep-sidirg`a, odatda, qalin pulidan ancha katta qiymatga ega bo`lgan. Qonunda belgilanishicha, qalin puli nazarda tutilgan bo`lsa ham, ammo bu nikoh shartnomasi tuzishning majburiy sharti bo`lmagan (139-modda). Kuyov nikoh shartnomasini tuzishdan bosh tortsa, bergan qalin puli va to`y sovg`alarini qaytarib ololmagan50. Nikohning asosiy shakli monogomiya (bir nikohli) bo`lgan. Lekin ba`zi hollarda erning ikkinchi nikohga ham kirishiga yo`l qo`yilgan. Bobilda bolalikka olish keng tarqalgan (185-192-moddalar). Bu albatta, ko`pincha tekin ishchi kuchiga ega bo`lish maqsadini ko`zlagan. Bolalikka olish, shuningdek, nikohsiz, jumladan, cho`rilardan tug`ilgan bolalarga qonuniy bolalar mavqeyini berish maqsadlarida ham amalga oshirilgan.

Xufiya (yashirincha) qullikning eng qadimgi Qulchilikning turlari tarkib topgan patriarxal oila rivojlanishi hali o`sha vaqtda katta ahamiyatga ega bo`lgan hamda shunga bog`liq ravishda zulm qilish va hukmronlikning eng qadimgi formalari vujudga kelgan. Patriarxal oilada ota va er doim xo`jayin hisoblangan va oilaning barcha a`zolariga nisabatan tug`ma quldor huquqiga ega bo`lgan. Ko`p xotin olish odati xotinni xor qilib qo`ygan.

Xammurapi qonunining 129-moddasiga ko`ra, er “xo`jayin” (belmashshatim) bo`lgan, ya`ni xotin erining izmida bo`lgan, er xotinni olishda qaynataga ma`lum haq to`lab sotib olgan va xotin erining cho`risi hisoblangan. Yirik tarixchi huquqshunoslardan biri Qoshaker qadimgi Bobil huquqlarini o`rganishga oid bir qancha maxsus asarlar yozgan, u o`zining asarlarida qadimgi Sharqdagi oila tartiblarini ideallashtirgan reaksion tarixchilarni qattiq tanqid qilgan. U, qadimgi Bobilda erga tekkan xotinning haq-huquqi “to`la huquqli kishilarga nisbatan past bo`lgan, bu narsa ba`zi hollarda xotinga, huquq jihatdan olganda, buyum sifatida qarash imkoniyatini bergan” deb ko`rsatish mumkin, deydi. Xammurapi qonuniga ko`ra, er-xotin vafodorligi buzilgan taqdirda, erga beriladigan jazo bilan xotinga beriladigan jazo farq qilgan. Agar er vafodorlikni buzsa, xotin o`z sepini olib, otasining uyiga qaytib ketishi mumkin bo`lgan, ammo xotin vafodorlikni buzib qo`ysa, unday xotinni suvga tashlash lozim bo`lgan. Nikoh ahdida agar xotin o`z eridan yuz o`girsa, er xotiniga qullik tamg`asini bosib, uni sotib yuborish huquqiga ega bo`lganligi ko`rsatilgan. Xotinning mol-mulk huquqi cheklanib qo`yilgan. Beva qolgan xotin o`z mol-mulkiga o`zi batamom xo`jayinlik qila olmagan. Qonun chiqaruvchi har qanday yo`llar bilan oila mulklarini mumkin qadar oila qo`lida saqlab qolishga tirishgan. Xammurapi qonunining bir qancha moddasida ko`rsatilishicha, beva qolgan xotin o`z mulklarini ajratib olishga haqsiz bo`lgan, chunki bu mulklar bolalar merosi hisoblangan va merosning katta ulushi katta o`g`ilga tekkan. Bobil zamoniga oid ko`pdan-ko`p hujjatlarda bolalarni qul qilib sotib yuborish hodislari bo`lganligi ko`rsatiladi. Ba`zi hujjatlarga ko`ra, oiladagi bunday qullarning muayyan narxlari bo`lgan. Bir qancha yozuvlarda ota va erning o`z oilasiga nisbatan cheksiz huquqqa ega bo`lganligi va o`z oilasidagi a`zolarning hammasini ham qul qilib qotishi mumkinligi yaqqol ko`rsatilgan. Masalan, bir hujjatda Shamash-Dayyan degan bir odam butun oila a`zolarini hamda o`ziga qarashli erkak va ayol qullarni qarz badaliga sotib yuborganligi aytiladi. Shamash-Dayan faqat shu yo`l bilangina o`zining shaxsiy erkinligini saqlab qolgan. Bola otaning mulki hisoblangan. Qadimgi Sharqda bo`lgan Bobil tarixiga oid hujjatlarda aks etgan oila qulchiligining xarakterli xususiyatlari ana shulardir. Bu qulchilik ancha keyingi vaqtdagi qulchilik ko`rinishlaridan ibtidoiyligi va uncha rivojlanmaganligi bilan farq qilgan.

Qulchilik orqasidan asoratga tushish bu davrdagi qulchilikning boshqa manbai bo`lgan. Dehqonlar yerga, urug`ga va qo`shga, hunarmandlar xom ashyoga, mayda savdogarlar esa tovarga muhtoj bo`lgan. Bu kishilar odatda 20% dan to 33% gacha to`lash sharti bilan qarz olganlar. G`alla qarz olinganda odatda bir yilda 30%, pul qarz olganga esa – 20% to`langan. Ayrim kishilar ham, katta boylik to`plagan ibodatxonalar ham qarz berganlar. Qarzdorlar olgan qarzlarni va bu qarzlar foizini o`z vaqtida to`lash uchun maxsus garov qo`yib (ba`zan ko`chmas mulk, masalan, uylarini qo`yib) kafolat berishlari yoki uchinchi bir odamni kafil qilishlari lozim bo`lgan. Kafillik uchun berilgan qarz o`z vaqtida qaytarib berilmasa, mas`uliyat kafil bo`lgan odam ustiga tushgan. Ba`zi hujjatlarda ko`rsatilishicha, kafil bo`lgan kishi qarzini to`lashga qurbi yetmagan qarzdorni asoratga solishga va hatto uning oilasi hamda mol-mulkini ham tortib olishga haqli bo`lgan. Bularning hammasi qarzni to`lashga qurbi yetmagan qarzdorlarning tez orada xonavayron bo`lib asoratga tushib qolishiga sabab bo`lgan. So`nggi mol-mulkdan ajrab, qul bo`lib qolish oldida turgan mablag`lar bilan qudratli va jipslashgan quldorlar sinfini tashkil etuvchi boylar o`rtasida sinfiy ziddiyatlar keskinlashgan. Kuchayib borayotgan sinfiy kurashni bir oz yumashatish maqsadida Xammurapi qarzdorlik orqasida asoratga tushib qoluvchi kishining shaxsi va mol-mulkini qarz beruvchining haddan ortiq siquvi va jabridan birmuncha saqlashga uringan. Maslan, 117-modda aytilishicha, agar qarzdor o`z qarzi badaliga xotinini, o`g`lini yoki qizini bergan bo`lsa, qarz beruvchi bularni o`z uyida saqlab, ular mehnatidan 3 yildan ortiq foydalana olmagan. 4-yilga o`tganda qarz bergan odam ularni ozod qilishga majbur bo`lgan. Shunday qilib, qarz bergan kishi qarzdorlarning qarindoshlarini uzoq vaqt qullikda sqlab qola olmagan va, hatto qarzdor qarzini to`lay olmagan taqdirda ham, uning qarindoshlarini chinakkam qulga aylantira olmagan.

Meros huquqi: kodeksning 165-184-moddalari meros masalalarining qator jihatlarini o`zida qamrab olgan. Xammurapi qonunlariga ko`ra, merosga dastlabki vaqtlarda eng avvalo o`g`illari, o`g`illar bo`lmasa qizlar, keyinchalik esa qizlar ham o`g`illar bilan teng holda meros huquqiga ega bo`lganlar.

Agar meros qoldiruvchining farzandlari va nevaralari bo`lmasa, u holda aka-ukalar, ular bo`lmasa, amaki-jiyanlari merosxo`r sifatida maydonga chiqqanlar. Agar meros qoldiruvchining o`g`illaridan biri o`lib, undan farzandlar qolgan bo`lsa, u holda ular otasining o`rniga merosxo`r bo`lib, tegishli ulushni olganlar.

Meros bolalar o`rtasida teng taqsimlangan. Tutingan o`g`illar ham o`sha insonning o`z bolalari bilan teng ulush olganlar. Cho`rilardan tug`ilgan bolalar, agar ular otalari tomonidan tan olingan bo`lsa, faqat harakatdagi (ko`chmas mulkdan tashqari) ashyolardan teng meros olganlar, lekin ko`chmas mulkni taqsimlashda ishtirok etmaganlar (170-modda). Biroq, harakatdagi ashyolarni meros qilib olishda erkin ayoldan tug`ilgan bolalar o`zlariga tegishli ulushni tanlab olish huquqiga ega bo`lganlar. Agar ota cho`ridan bo`lgan bolalarini tan olmasa, ular merosda ishtirok etmaganlar, lekin otasi o`lganidan so`ng onasi bilan birgalikda erkinlik olganlar51.

Jinoyat huquqi. Qonunda jiinoyat ishi bilan bog`liq masalalarga ham keng o`rin ajratilgan. Bundan ko`zlangan maqsad jinoyatchilikning oldini olishdan iborat bo`lgan. Xammurapi qonunlarida jinoyat huquqi sohasida ibtidoiy jamoa tuzumining ko`pgina qoidalari saqlanib qolganligi sezilib turadi. Bularga: a) jinoyat uchun jinoyatchining shaxsi noma`lum bo`lgan hollarda butun hududiy jamoaning javobgarligi (23-24-moddalar); b) ota-onalari qilgan jinoyatlar uchun bolalarning javobgarligi (116, 210, 230-moddalar); v) jinoyatchini mazkur hududdan yoki “uyidan” haydab yuborish (154, 158-moddalar) kabilar kiradi.

Xammurapi qonunlarida talion (“ko`z uchun ko`z”, “tish uchun tish”) va h.k. 196-200-moddalar tamoyili ham ibtidoiy jamoa tuzumining qoldiqlaridan bo`lib, qonunlarda o`rnatilgan jazolar ochiqdan-ochiq yuqori tabaqalar manfaatlarini himoya qilgan. Bu bir xildagi jinoyatlar uchun ayblanuvchi va jabrlanuvchining qanday mavqeda turganligiga qarab turlicha jazolar tayinlanganligi yaqqol ko`rinadi. Xammurapi qonunlarining umumiy mazmuniga qarab, unda to`rtta turdagi: shaxsga qarshi, mulkka qarshi, oilaga qarshi va sudga qarshi jinoyatlarni ajratib ko`rsatish mumkin.

Shaxsga qarshi jinoyatlarda, avvalo, shaxsning hayotiga qarshi jinoyatlarga e`tibor berilgan bo`lib, 196-214-moddalar ushbu masalaga bag`ishlangandir.Qasddan odam o`ldirish haqida qonunlarda umuman hech narsa deyilmagan, lekin ehtiyotsizlikdan odam o`ldirish jinoyati to`g`risida anchagina me`yorlar belgilangan. Xammurapi qonunlarida ehtiyotsizlik natijasida odam o`ldirish to`g`risida aniq me`yorlar o`rnatilgan. Masalan, omonat imorat qurgan quruvchi bunday imoratning buzilishi yoki tabiblarning muvaffaqiyatsiz jarrohlik (operatsiya) qilishlari natijasida kasallarning o`limiga sabab bo`lganliklari uchun ham javobgarlik belgilangan. Agar tabib – jarroh ehtiyotsizlik qilib kasalni o`ldirib qo`ysa yoki ko`zini ko`r qilib qo`ysa, uning qo`li kesilgan (218-modda). Agar bundayholda kasal qul bo`lsa, o`rniga – o`rin qul bergan (219-modda).

Shaxsga qarshi jinoyatlar qatorida yosh bolalarni o`g`irlash jinoyati ham eslab o`tiladi. Albatta, ko`pincha bolalar qul qilib sotish maqsadida o`g`irlanar edi. Xammurapi qonunlarining 14-moddasida shunday deyiladi: “Agar kimda-kim uningyosh o`g`lini o`g`irlasa, u o`limga hukm etiladi”.

Mulkka qarshi jinoyatlarga nisbatanqonunlarda ayniqsa juda og`ir jazolar nazarda tutilgan. Saroy yoki ibodatxona mulkini o`g`irlashga nisbatan qonunda ayrim hollarda o`lim jazosi (6-modda), boshqa hollarda (ho`kiz, qo`y, eshak o`g`irlasa) o`g`irlangan mulkning o`ttiz baravari miqdorida jarima nazarda tutilgan. Agar o`g`ri bunday jarimani to`lay olmasa o`limga mahkum etilgan (8-modda). Ayniqsa, qulga nisbatan mulk huquqi qattiq himoya qilingan. Saroy yoki ibodatxona qulini, shuningdek, mushkenumning qulini o`g`irlaganlik uchun o`lim jazosi belgilangan (22-modda)52.

Xammurapi qonunlarida oilaga qarshi jinoyatlar to`g`risida alohida me`yorlar nazarda tutilgan. 153-158-moddalar ushbu masalani yoritib berishga xizmat qiladi. Bunday jinoyatlarga er-xotinlik sadoqatini buzish, yaqin qarindoshlar bilan jinsiy aloqada bo`lish, shuningdek, beva xotinning sud ruxsatisiz ikkinchi nikohga kirishi kabilar kiradi.

Jinoyat qonuni ota-ona va bolalar o`rtasidagi munosabatlarga ham taaluqli bo`lgan. Qonun otaning oiladagi hukmronligini qattiq himoya qilib, otasini urgan o`g`ilning qo`li kesilishi lozimligini belgilaydi (195-modda) o`z navbatida bolalarni ham ota-ona tomonidan yo`l qo`yiladigan o`zboshimchaliklaridan himoya qiladi. Ya`ni ota o`z o`g`li faqat ikkinchi marta og`ir nojo`ya ish qilgandagina undan yuz o`girishi va uni merosdan mahrum qilishi mumkin (168-169-moddalar).

Jinoiy huqular, shuningdek, ota-onalar bilan farzand qilib olinganlar o`rtasidagi o`zaro munosabatlarga ham tegib o`tgan. Bu yerda farzand qilib oluvchilarning hukmronligi qattiq choralar bilan himoya qilinadi.

Qonunlarda shartnomalardan va zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar bir-biridan ajratib ko`rsatilgan. Shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlar keng tarqalgan. Ayniqsa, Xammurapi davrida shartnoma huquqi juda rivojlangan. Shartnomalarning oldi-sotdi, ijara, qarz, yuk tashish, topshiriq, shirkat, hadya va boshqa turlari haqida qonunlarda ko`gina me`yorlar belgilangan53.

Ko`chirib bo`ladigan va ko`chmas mulkka xususiy mulkchilik mavjudligi sharoitlarida oldi-sotdi shartnomasi keng tarqalgan. Qonunning 99-108-111-278-moddalari ushbu masalaga bag`ishlangan. Oldi-sotdi shartnomasining predmeti ko`chirib bo`ladigan ashyolar (hayvonlar, don, qullar va boshqalar) hamda ko`chmas mulklar (dalalar, bog`lar, uylar) bo`lishi mumkin bo`lgan. Ancha qimatbaho mulklar (yerlar, qurilish binolari, qul, hayvon singarilar) ni sotish guvohlar ishtirokida yozma shaklda amalga oshirilgan. Bunday shartnomalar quyoshda quritilgan yoki olovda kuydirilgan loydan yasalgan qattiq loytaxtachaga yozib qo`yilgan. Xammurapi qonunlarining ko`pgina moddalari (48-51; 113-119 va boshqa moddalar) bevosita qarz shartnomasiga bag`ishlangan. Ular Bobilda dastlabki sulolalar davridayoq keng tarqalgan. O`sha vaqtlarda sudxo`rlik avjiga chiqib, dehqonlar xonavayron bo`lib, qulga aylana boshlaganlar. Xammurapi qonunlari qabul qilinishiga qadar qarzdor dehqonlar qarzi evaziga umrbod tutqunlikka tushib qolar edi. Natijada juda ko`p kambag`allar erkinligini yo`qotib, armiya safiga xizmat qilishi lozim bo`lgan erkin fuqarolarning soni juda qisqarib bormoqda edi. Bu esa mamlakat mudofaa qobiliyatining kuchsizlanishiga sabab bo`lmoqda edi. Shu sababli Xammurapini o`z qonunlarida qarzdorlik asoratini cheklashga, ochko`z sudxo`rlarning (katta foizlar hisobiga qarz beruvchilarning) ishtahasini tiyishga va qarz uchun qulga aylanish jarayonining o`sishini to`xtatishga harakat qilgan, shuningdek, mumkin qadar qarzdorlar ahvolini yaxshilashga intilgan. Xammurapi qonunlari qarz uchun umrbod asoratga solinishini yo`q qilgan va har qanday qarzni to`lash uchun uch yillik muddat o`rnatgan. Qonun qarzini o`tayotgan qarzdorlarga va uning oila a`zolariga kreditor tomonidan shafqatsiz munosabatda bo`lishlikni ta`qiqlaydi. Xammurapi qonunlarida kreditor tomonidan qarzdoning mulkini o`zboshimchalik bilan egallab olinishi ham ta`qiqlanadi. Qonunlarda bo`ron, suv toshqini yoki qurg`oqchilik natijasida ziyon ko`rgan va hosil ololmagan qarzdorlarga imtiyozlar nazarda tutilgan. Xammurapi qonunlarida yerlarni ijaraga berishni tartibga soluvchi qator moddalar mavjud. Shuningdek, bog`larni, turar- joylarni, aravalarni, kemalarni, eshaklarni ijaraga berish ham keng tarqalgan. Qullarni ijaraga berish ham tez-tez uchrab turadigan holat edi. Bular mulkni ijaraga berish hisoblangan. Xammurapi qonunlarida turar-joy ijarasi haqida faqat bitta 78-moddada me`yorlar belgilangan54.

Harakatdagi ashyolarni ijaraga berishni tartibga soladigan qonunlarning moddalari, birinchidan, ijara haqining qat`iy narxlarini, ikkinchidan esa, ba`zi hollarda ijaraga olingan ashyolarning nobud bo`lishi yoki yaroqsizlanishi uchun javobgarliklar ko`lamini o`rnatadi. Ho`kizlar, kemalar ijarasida ham javobgarlik o`rnatilgan. Shubhasiz, boshqa harakatdagi ashyolarning ijarasiga nisbatan ham shundan javobgarlik belgilangan.

Bobilda, shuningdek, erkin fuqarolarni ishchi kuchi sifatida ijaraga berish ham bo`lgan. Erkin kishilarni ijaraga berish shartnomasi qullarni ijaraga berish shartnomasiga o`xshab tuzilgan. Hunarmandlarning bir qancha toifalari uchun ularning mehnat haqlarining aniq narxlari o`rnatilgan (masalan 273-modda).

Xammurapi qonunlarida ashyolarni saqlash yoki tashish shartnomasi ham nazarda tutilgan. Saqlash uchun pullar, urug`liklar, donlar, xurmolar, qullar, metallar, hujjatlar berilgan. Ashyolarni saqlash shartnomasi guvohlar ishtirokida tuzilishi lozim bo`lgan, aks holda uni saqlashga bergan shaxs sudga da`vo qila olmagan (122-modda).

Xammurapi qonunlarining 112-moddasida topshiriq shartnomasiga xos barcha belgilar o`z aksini topgan. Zero, topshiriq shartnomasi bo`yicha bir taraf (vakil) ikkinchi taraf (topshiriq beruvchi) ning nomidan va uning hisobidan muayyan yuridik harakatlarni sodir etish majburiyatini oladi. Topshiriq shartnomasi ma`lum shaxs yoki shaxslar nomidan ma`lum shaxsning yoki shaxslarning vakillik qilishi to`g`risidagi shartnomadir. Xammurapi qonunlari ayirboshlash, hadya qilish kabi shartnomalarni ham nazarda tutadi.

Xammurapi qonuni jamiyatdagi barcha ijtimoiy tabaqalarni qamrab olib, monarxiya tuzumini mustahkamlash hamda davlat birligini saqlash maqsadida xizmat qilgan. Qonunda hatto aholining quyi qatlami bo`lmish qullarning ham manfaatlari himoya qilinganligi yoki kuchlilar kuchsizlar ustidan zulm qilishlarining oldini olishga oid moddalar bilan mustahkamlanganligi bizning fikrimizning dalili bo`lib xizmat qiladi.

Xammurapi qonunlarida xususiy mulk qattiq himoyalanib, sudxo`rlik qoralangan. Odamlarning sudxo`rlar tuzog`iga ilinib qolishdan himoya qilish choralari ko`rilgan. Bu illitlar jamiyatni ich-ichidan yemirishi mumkinligiga davlat ahamiyati darajasida qaralgan.

Xammurapi qonunlarida jamiyatning ma`naviy me`yorlarini ham qamrab olingan bo`lib, unda aloq-odob mezonlari buzilib ketishining oldini olishga qaratilgan moddalar ham kiritilgan. Eng og`ir gunohlardan biri hisoblangan zinokorlik illatiga nisbatan qat`iy choralar belgilangan. Jumladan, zinokor ayol, zinokor kelin va qaynota, zinokor erga nisbatan o`lim jazosi qo`llanilgan.

Bobil davlati Xammurapi davrida, davlat o`z g`oyaviy asoslariga sodiq qolganligi sababli bo`lsa kerak, ayniqsa, yuksaldi. Xammurapining quyidagi so`lzari ham diqataga sazovor: “Mening ezgu ishlarim butun shahar bo`ylab keng yoyilgan va men Shumer va akkad mamlakatlari xalqini bag`rimga tutaman”.

O`z vaqtida Xammurapi qonunlari xulosasida yozilgan ushbu so`zlarni o`qigan har bir fuqaro nohaqliklardan, himoya qiluvchi pushti panoh borligini his qilib turgan bo`lsa ajab emas. Xammurapi uzoqni o`ylab ish ko`rgan dono podsho bo`lgan. U o`zining abadiy hukmdor bo`lib qolmasligini to`g`ri tushungan va Fir`avndek xudolik da`vosini qilmagan. O`z nomini avlodlarga abadiy qoldirish uchun adolatli qonunni meros qilib qoldirish choralarini azlagan. Buning yo`llarini u qonnuning xulosasida ko`rsatgan:

1. “Bundan keyin mamlakatning har bir podshosi yodgorlik toshida yozilgan adolatli so`zimni abadul-abad asrasin, mamlakatda men o`rnatgan qonunlar va qarorlarni o`zgartirmasiz”. Xammurapi o`z nomini abadiy qoldirish uchun bundan keyingi podsholar uchbu farmonlarga so`zsiz amal qilishlarini istagan. Biroq buni faqato`z nomini abadiy qoldirish uchungina amalga oshirgan, - desak nohaqlik bo`ladi. Xammurapi davlatning kelajagi uchun ham qayg`urganki, qonun ustuvor bo`lgan davlatgina qudratli bo`lishi mumkin, - degan haqiqatni anglab yetib, kelgusidagi barcha podsholar uchun dasturul-amal bo`lishini juda-juda istagan ko`rinadi. Va bu o`gitga bugungi kunda ham barcha zamonaviy, rivojlangan davlatlar amal qilib kelayotganligi ham sir emas.

2. Qonunni Esagil ibodatxonasidagi toshga o`yib yozib qoldirib: “Men o`rnatgan qonunlar o`zgartirilmasin”, - deb qonunning himoya qilinishini vasiyat qilish bilan tez-tez o`zgaruvchi qonunlarning ta`sir kuchi pasayishi, odamlar ham bunday qonunlarni hurmat qilmay, mensimay qo`yishi va oxir-oqibat davlat ham tanazzulga yuz tutishi mumkinligidan ogohlantirmoqchidek tuyuladi.

3. Qonun oldida hamma barobar va qonun ham barcha uchun bir xil ma`noga ega. Ushbu fikrni isbotlash uchun yana Xammurapi qonunining xulosasidagi quyidagi so`zlarga e`tiboringizni qaratmoqchimiz: “Sud jarayonida adolatsizlikka uchragan odam adolatpesha shoh surati ostiga kelib, men yozdirgan yodgorlikni o`qishga majbur qilsin. U mening qimmatli so`zlarimga quloq tutsin, mening yodgorligim uning ishini ko`rsatsin”. Ya`ni har bir fuqaro adolatli davlatda yashayotganligini his qilsin va har qanday tahqirlangan odam suddan norozi bo`lsa, Xammurapi qonunining moddalari bo`yicha o`z ishi yuzasidan mushohada qilsin. Hukm adolatsizlik bilan chiqarilgan bo`lsa, hakamni majburlab bo`lsa-da, toshdagi yozuvlarni o`qitsin. Adolat o`rnatilgach, yuragiga taskin berib, Xammurapini sharaflasin, - deydi u55.

Xammurapi o`z qonunining abadiy qolishi uchun faqat podsho Xammurapining “so`zi” ojizlik qilishini fahmlagan holda uni xudolarning qahr-g`azablariga yo`liqishlari bilan qo`rqitadi. Va uning xatosi ham aynan shunda edi. Chunki, o`z vazifasini o`zgartirib, mavqelarini pasaytirib va kuchaytirib turadigan o`ylab topilgan “xudolar”ga bo`lgan e`tiqodning o`zini oqlamayotganligi Xammurapi qonunlariga bo`lgan ishonchni ham so`ndirgan bo`lsa ajab emas.

Xulosa qilib aytish mumkinki, Xammurapi qonuni o`z davri uchun mukammal qilib chiqilgan adolatli qonunlar majmuasidir. Ushbu qonun keyingi davr qonunchilik institutining rivojlanishiga salmoqli hissa qo`shgan.


Download 492,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish