Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti tarix kafedrasi


-Bob. Misr tarixi tarixshunosligi va manbashunosligi



Download 492,48 Kb.
bet9/14
Sana06.01.2022
Hajmi492,48 Kb.
#320909
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
qadimgi sharq tarixi tarixshunosligi

2-Bob. Misr tarixi tarixshunosligi va manbashunosligi

2.1. Misr manbashunosligining umumiy tavsifi.

Qadimgi Misr tarixini o`rganish uchun qadimgi Misrning zamonamizgacha saqlanib kelgan ko`pgina yodgorliklari eng katta ahamiyatga egadir. Yozuv manbalaridagi ma`lumotlar o`sha zamondagi turmush formalarini, texnika, san`at va diniy e`tiqodning rivojlanishini oydinlashtirib beradi. Antik dunyo mualliflarining qadimgi Misr haqida yozgan yoki eslab o`tgan asarlaridan ko`p ma`lumot olib bo`lmasa ham, har holda, bir qadar ma`lumot olish mumkin. Garchi Yunon va Rim yozuvchilari qadimgi Misr tarixi va madaniyati haqida ba`zan bir qator qimmatli ma`lumotlar qoldirgan bo`lsalar ham, lekin ularning ma`lumotlari tanqidiy ravishda jiddiy qarashni talab qiladi. Mil.avv. VII asrdayoq juda ko`p antik zamon yunon kolonistlari, savdogarlari va yollangan askarlar Misrga kirib borgan. Misrning XXVI sulolasiga mansub fir`avnlari yollanma qo`shinlarini zo`r berib yunonlar, asosan, ioniylar hisobiga to`ldirganlar, yunonlarning misrliklar bilan savdo-sotig`ini qizitganlar va yunonlarning Misrga ko`chib kelishiga yordam berganlar. Deltada yunonlarning koloniyalari paydo bo`lgan. Masalan, Navkratis shunday koloniyalardan bo`lgan. Yunon faylasuflari va siyosiy arboblari Fyales, Anaksimandr, Demokrit va Solon Misr xalqining bilimlari ming yillar davomida hosil bo`lgan hikmatlarini o`rganib bilib olish niyatida Misrga sayohat qilganlar. Shuning uchun yunon yozuvchilari – tarixchi va geograflarining asarlaridan qadimgi Misrga oid juda ko`p qiziqarli ma`lumotlarni topamiz.

Qadimgi Misr tarixi va madaniyatining ancha to`la ocherki yunon tarixchisi Gerodot (er.avv. 484-425-yillarda yashagan) asarlarida saqlanib qolgan56. U To`qqiz kitobdan iborat “Tarix” asarini yozgan. Gerodot Afinadan quvg`in qilingandan keyin (er.avv. 445-yil atrofida) Suriya, Falastin, Bobil, shimoliy Qoradengiz bo`ylariga sayohat qilgan. U sidqidildan shaxsan ko`rganlaridan, boshqa sayohatchilar to`plamlaridan, xalq rivoyatlaridan kelib chiqib yozgan57. U o`zining juda katta tarixiy asarining ikkinchi kitobini qadimgi Misrga bag`ishlagan. Gerodot qadimgi Misr tilini bilmagan va shuning uchun ba`zi ma`lumotlarni tarixdan bexabarroq kishilardan olishga majbur bo`lgan. Lekin Gerodotning qadimgi piramidalar mamlakatiga juda qiziqib qaraganligi, uning zo`r tarixiy-adabiy mahorati va ayrim tarixiy ma`lumotlarga ba`zan tanqidiy ko`z bilan qarashga uringanligi tufayli uning go`zal va yorqin hikoyalari hatto hozirgi zamon tarixchisi uchun ham maroqlidir. Gerodotning ko`p ma`lumotlarini qadimgi Misr manbalari tasdiqlaydi. Gerodotning tarixi, hikoyalarida keltirilgan ko`pdan-ko`p afsona va ertaklar esa mil.avv 1 ming yillikda Misr badiiy adabiyotida juda katta o`rin tutgan yunon-misr folklori va tarixiy qissalarining qimmatli parchalaridandir. Gerodot qadimgi Misr tarixi va madaniyatining mumkin qadar to`liq ocherkini berishga harakat qilib, Nil vodiysi va deltasining tabiiy sharoitini, qadimgi misrliklarning urf-odatlari va diniy e`tiqodlarini bayon etadi, mamlakatning xo`jaligi va ijtimoiy tuzumi to`g`risida ba`zi ma`lumotlar beradi. Gerodot qadimgi Misrning tabiati haqida gapirib, Nil daryosi toshqinlarining qadimgi Misrda dehqonchilik xo`jaligining rivojlanishi uchun juda katta ahamiyatga ega bo`lganligini ko`rsatadi. Uning aytishicha, “daryo toshib, dalalarni sug`oradi, sug`orib bo`lgach, suv o`z qirg`oqlariga qaytadi: so`ngra har kishi o`z yeriga urug` sepadi va bu yerga cho`chqalarni qo`yib yuboradi, cho`chqalar tuproqni bosib yurib, urug`likni tuproq bilan aralashtirib yuboradi”. Gedorot qadimgi Misrliklarning urf-odatlarini bayon qilar ekan, bu odatlarning o`ziga xosligini ko`rsatib o`tadi. Bu holni ko`p jihatdan shu bilan izohlash mumkinki, qadimgi Misr madaniyati juda ham qadim zamonlarda maydonga kelib, bir necha ming yillar davomida mustaqil ravishda rivojlanib kelgan58.

Gerodot Misr dinini ham mufassal bayon qilib, Misr madaniyatiga yuksak baho beradi. U Misr madaniyatining muvaffaqiyatlarini qayd qilib, birinchi marta misrliklar alohida kalendar tuzganligini, bunda astronomiya kuzatishlariga asoslanib, yilni 12 qismga bo`lganliklarini aytadi. Shu bilan bir vaqtda Gerodot yunon madaniyatiga qadimgi Misrning ta`sir qilganligini to`g`ri ko`rsatib o`tadi59. Xuddi shu fikr Gekatiy (mil.avv IV-III asrlar) asarida ham yorqin ifoda etilgan; Gekatiy yunon qonunshunoslari ko`p masalalarda qadimgi Misrning davlat tashkiloti tajribasidan foydalanganliklarini ko`rsatishga harakat qiladi.

Gerodot qadimgi misrliklarning dini to`g`risida ko`p qimmatli ma`lumotlar bergan. U Misr dinining marosimiy xarakterini to`g`ri bayon qilgan va Misr kohinlarining juda katta boyliklarga va zo`r ta`sirga ega bo`lganliklarini ko`rsatib o`tgan. Muqaddas deb hisoblangan jonivorlarga, jumladan, ho`kiz, lochin, it, mushuk va hatto timsohga e`tiqod qilish kabi o`ziga xos va benihoya avj olgan diniy e`tiqodlarga Gerodotning e`tibor qilmasligi mumkin emas edi. Gerodot qadimgi misrliklarning Misrda va antik dunyoda keng tarqalgan, Oziris e`tiqodi bilan bog`liq bo`lgan bayramlari va diniy marosimlarini mufassal bayon qilgan.

Gerodot qadimgi Misrning siyosiy tarixiga ham katta e`tabor bergan. U o`z asriga Misr davlatining eng qadimgi asoschisi Mina haqidagi rivoyatni kiritgan. Minaning nomi Misr fir`avnlarining shajaralarida saqlanib qolgan. Gerodotning to`rtinchi sulolaga mansub bo`lgan fir`anvlar zamonida piramidalar qurilishi va fir`avnlarning xalqni juda qattiq jabr-zulmga duchor qilib, piramidalar qurishda nihoyatda ko`p odamlarni ishlatganliklari to`g`risidagi hikoyasi juda zo`r mahorat bilan bayon etilgan. Gerodotning Misr tarixining keyingi davri, ya`ni saisva fors davri (mil.avv VII-VI asrlar)ga oid voqealarni bayon qilgan hikoyasi ancha to`g`ri va mufassaldir.

Mil.avv. I asrda yashagan Diodor Sitsiliya orolidagi Agira shahrida yashagan. Tarixchi 30 yil davomida 40 kitobdan iborat “Tarixiy kutubxona” (Bizgacha uning 14 ta kitobi yetib kelgan) ustida ishladi60. Birinchi kitoblarida Misr, Bobil, Ossuriya tarixi haqida bayon qilingan61. Misrga Gerodotdan taxminan 400 yil keyin borgan. Shuning uchun ham Diodor qadimgi Misr madaniyati haqida Gerodot to`plagandek qimmatli ma`lumotlar to`play olmagan. Ikkinchi tomondan, Diodor o`zining umumiy tarix to`g`risidagi katta asarini yozganida har xil yunon tarixchilarining, chunonchi, Gekatiy Abderskiy va Agatarxidning ko`p asarlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo`lgan, lekin afsuski, bu asarlarga yetarli darajada tanqidiy ko`z bilan qaramagan. Ammo, shunday bo`lsa ham, hozirgi zamon tarixchisi Diodorning ocherklaridan ko`pgina qimmatli ma`lumotlar topib ola biladi. Diodor, o`z navbatida, bu ma`lumotlarni o`zidan oldin o`tgan, lekin asarlari bizning kunlarimizgacha juda kam saqlanib qolgan tarixchilarning kitoblaridan olgan. Masalan, Diodor Misrning tabiiy sharoitini mufassal bayon etgan va Nexa degan fir`avn Nil daryozining sharqiy tarmog`idan kanal chiqarib, uni Qizil dengiz bilan tutashtirmoqchi bo`lganligini himoya qilgan. Diodor qadimgi Misr qonunlari va ma`muriy idora tartibining xususiyatlarini bayon qilar ekan, qadimgi Misrning despotik davlat tuzumini ideallashtirdi. Chunonchi, Diodor sudga topshiriladigan har bir iltimosnoma yozma ravishda berilishi lozim bo`lganligini hamda forslar davrigacha o`tgan beshta podsho yangi qonunlar kiritilganligini gapirgan. U qadimgi Misr qonunlarini juda ham maqtagan. Diodor qadimgi Misr madaniyatiga umuman yuksak baho berib, qadimgi Misrning antik dunyoga ko`rsatgan ta`sirini gapirgan. Diodorning o`z asarida forslar hukmronligi davridagi Misr tarixini va uning yanada keyingi davrlariga oid voqealarni bayon qilgan qismi ayniqsa muhimdir. Nubiyadagi oltin konlaridan misrliklar qanday foydalanganini Diodor juda batafsil va ko`p jihatdan to`g`ri bayon qilgan. Uning aytishicha ana shu konlarda mahkum bo`lgan jinoyatchilar “kishan solingan holda, kecha-yu kunduz tinmay ishlaydilar, ular hatto qochishga umid qilish imkoniyatidan ham mahkumdirlar, chunki ular chet ellik askarlar nazorati ostidadirlar”62.

Strabonning katta geografik va qisman tarixiy-geografik asaridan qadimgi Misr haqida ko`pgina ma`lumotlar toppish mumkin. Bu ma`lumotlar asosan Misrning hamda unga qo`shni bo`lgan mamlakatlarning tabiati va aholisiga taaluslidir63. Strabon o`zidan oldin o`tgan tarixchilarning asarlaridan keng ravishda foydalanib, Nil daryosini, uning toshqinlarini, tabiiy va sun`iy sug`orish sistemasini, Misr o`simliklari va hayvonot dunyosini mufassal bayon qilgan. So`ngra, Strabon qadimgi misrliklarning xo`jalik hayotini bayon etgan. Strabon ayniqsa kanallar va shlyuzlar sistemasini qayd qilib o`tgan. Uning aytishich, Misrning eng boy dehqonchilik rayonlaridan biri bo`lgan Fayum vohasining suv ta`minoti ana shu kanallar va shlyuzlar yordami bilan tartibga solib turilgan. Bundan keyin, Strabon zaytunchilikni, o`simlik moyi tayyorlash yo`llarini va vinochilikni bayon qilgan va jumladan. Xo`jalik jihatidan juda boy bo`lgan Arsinoy okrugini ko`rsatib o`tgan. Strabon Misrga qo`shni bo`lib yashagan qabilalar, jumladan Efiopiya qabilalari to`g`risida qimmatli ma`lumotlar bergan va bu kabilarning madaniy saviyasi past ekanligini aytgan. Gerodot va Diodor kabi, Strabon ham, qadimgi Misr madaniyatining Yunonistonga qilgan ta`sirini ko`rsatib o`tishni zarur topgan. Strabonning aytishicha, Edvoks va Platon kabi mashhur yunon olim va faylasuflari uzoq vaqtlar Misrda yashaganlar va misrlik kohinlardan ko`p narsa o`rganganlar64.

Misr dinini o`rganishda Plutarx Xeroneyskiyning (mil.avv 46-120-yillar) “Izida va Oziriz to`g`risida” degan kitobi katta ahamiyatga ega65. Misrda va butun qadimgi dunyoda keng tarqalgan, tabiat xudolari Izida va Oziris mifi va e`tiqodini to`la tasvirlagan bu kitob bizning zamongacha saqlanib qolgan birdan-bir to`la ma`lumot beruvchi kitobdir. Garchi Plutarx Misr dinini keyingi zamonlardagi, chet elliklar ta`siri bilan juda ham o`zgarib ketgan holida tasvir etib, uni o`zining yunon-sharq diniy falsafasi bilan sug`orilgan dunyoqarashi nuqatai nazaridan ko`rsatsa ham, lekin uning tasvirlari tarixiy jihatdan qimmatlidir. Chunki Plutarx o`z asarini juda ko`p manbalar aosida yozilgan, bu asarlarining bir qismi zamonimizgacha saqlanib qolmagan. Plutarx keltirgan ma`lumotlar ko`p jihatdan Misr manbalari bilan tasdiqlanadi. Masalan, Plutarxning Ozirisni to`ng`ich namlik xudosi va Nilning mujassami deb atashi Misr manbalariga tamomila to`g`ri keladi. Plutarxning aytishicha, “donishmand kohinlar Nilni Oziris deb, dengizni esa Tifohn deb atash bilangina chegaralanmaydilar, balki ular butun to`n`g`ich namgarlikning tabiiy kuchi ham Oziris deydilar: bu tabiiy kuchni ular urug`likning kelib chiqish sababchisi va mohiyati deb hisoblaydilar”.

Misr haqidagi yozgan qadimgi mualliflar o`rtasida tarixchi Manefon (mila.avv. IV-III asrlar) alohida o`rin tutadi. Ptolomey I Soter va Ptolomey II Filadelf podsholik qilgan zamonda, Misr yunonlarning kuchli madaniy ta`siri ostida bo`lgan vaqtlarda yashagan Manefon yuqori kohinlik unvoniga ega bo`lganligi tufayli, Misr ibodatxona arxivlariga va kutubxonalariga bemalol kira olgan va qadimgi Misr manbalarini to`la ravishda o`rgana olgan. O`z zamonasining eng yuksak yunon ilm-fanidan bahramand bo`lgan Manefon yunon ilm-fani orttirgan bilimlar va tanqidiy metodlar bilan to`la qurollangan holda Misr tarixini tuzishga kirishish imkoniyatiga ega bo`lgan. Afsuski, Manefonning asari to`liq holda saqlanib qolmagan. Faqat keyingi zamondagi yozuvchilar, jumladan, Iosif Flaviy (milodiy I asr)66 va Yevseviy (milodiy IV asr) asarlarida Manefonning asarlaridan olingan qisqacha ko`chirmalar bizning davrimizgacha saqlanib qolgan. So`ngra, keyingi zamonlarda tarixchilar tomonidan Manefon asari asosida tuzilgan va30-sulolaga mansub bo`lgan hamma fir`avnlarning nomlari, tarixiy xarakterdagi qisqa-qisqa ma`lumotlar va xronologik sanalar yozilgan qisqacha ma`lumot saqlangan. Lekin Manef tarixiy asarining shu ozgina parchalari ham Misrning siyosiy tarixini va xronologiyasini tiklashda katta ilmiy ahamiyatga ega. Manefondan keltirilgan ba`zi ko`chirmalar, jumladan giksoslarning istilosini tasvir etgan parcha tarixiy jihatdan katta ahamiyatga ega, chunki o`sha davrga oid tarixiy manbalar juda kam bo`lib, bu ma`lumotlar qo`shimcha ma`lumot beradi.

Qadimgi davr va dastlabki xristianlik davri yozuvchilari Manefonning asariga katta hurmat bilan qaraganlar. Ko`p yozuvchilar o`z asarlarida Manefonga murojaat qilganlar. Sinkell Manefonning o`z asarida Misr yozuvlaridan manba sifatida foydalanganligini aytadi. Yevseviy “misrlik Manefon faqat butun Misr tarixini emas, balki uning butun teologiya (diniy aqidalar) sistemasini ham yunoncha qolibga solgan” deydi. Biroq, hozirgi zamon tarixchisi Manefon asaridan olingan ko`chirmalarga tanqidiy ko`z bilan qarashi kerak va birinchi navbatda, bu ko`chirmalarning keyingi zamonlarda qaytadan ishlanganligini, shuningdek Manefonning o`ziga xos qarashlarini nazarda tutishi lozim67.

Qadimgi Misr to`g`risidagi ma`lumotlar Rim yozuvchilari va tarixchilarining asarlarida kam saqlanib qolgan. Milodning I va II asrlarida yashagan Tatsit qadimgi Misr xalqining madaniyati to`g`risida ozgina xotiralar keltirgan. Ammo u qadimgi piramidalar mamlakati to`g`risida gapirar ekan, qadimgi Fivaning o`zi yashagan zamongacha saqlanib qolgan g`oyat katta xarobalarni yarim vayron bo`lgan qadimgi saroy va ibodatxonalarning devorlarida hali saqlanib qolgan yozuvlarni tasvirlagan. Tatsitning so`ziga qaraganda, Misrga brogan rimliklar bu devorlardagi o`ziga xos yozuvlarning mazmuni bilan tanishishlari mumkin bo`lgan, chunki bu yerdagi keksa kohinlar qadimgi yozuvlarni tarjima qila bilganlar. So`ngra, Tatsit Misr podshosi Ramzes olib borgan urushlarni tasvir etgan va Misr podsholarining istilo qilgan mamlakatlardan olgan xirojlari to`g`risidagi ma`lumotlarni keltirgan. Tatsit keltirgan bu ma`lumotlar juda to`g`ri bo`lib, bu xirojlarning ro`yxati Fiva ibodatxonalari devorlarida saqlangandir68.



Ammian Marsellin ham (millodning IV asri) qadimgi Misr va uning madaniyati haqida qiziq ma`lumotlar keltirgan. U ham qadimgi Misr poytaxti Fivani, jumladan hovuzlarni, juda katta haykallar va obelisklar hamda qadimgi misrliklarning o`ziga xos suratli yozuvlarini tasvirlagan. Ammian Marsellin qadimgi Misr madaniyatini tasvirlagan. Ammian Marsellin qadimgi Misr madaniyati yuksak darajada bo`lganligini alohida qayd etadi, Aleksandriy Misr-Yunoniston madaniyati markazi bo`lib qolgan davrda esa yunon olimlari, yozuvchi va rassomlari Misr madaniyati meroslaridan ham tomonlama foydalanganlar.

Qadimgi dunyo madaniyatining rivojlanishiga Arxeologik kuchli ta`sir ko`rsatgan qadimgi Misr madaniyatining tarixiy ahamiyati Yevropa sayyohlari va olimlarining diqqatini ko`p vaqt o`ziga tortib kelgan. Uyg`onish davrida bunga yana ham ko`proq qiziqqanlar. Qadimgi Sharq madaniyati bilan juda yaqindan bog`lanib o`tsa qadimgi Yunoniston va qadimgi Rim tarixi hamda madaniyatini Yevropada o`sha Uyg`onish davrida zo`r berib o`rganila boshlandi. XVI asrning buyuk progressiv faylasufi Jordano Bruno o`z asarlarida qadimgi Misr madaniyatining ahamiyatiga juda yuksak baho bergan, uning fikricha, qadimgi dunyoning keyinroq yashagan xalqlari, qadimgi yahudiylar, yunonlar va rimliklar o`sha madaniyatdan foydalanganlar. XVIII asr o`rtalarida Misrga qo`shilib ketgan Pokok, Norden va Bryus qadimgi piramidalar mamlakatining saqlanib qolgan yodgorliklarini, jumladan Fivayaqinidagi yashirin vodiyda berkitilgan podsho maqbaralarini tasvir qilgan juda muhim asarlar qoldirganlar. Ammo G`arbiy Yevropaning o`qimishli doiralari Napaleon Bonapartning 17898-yildagi Misr ekspeditsiyasi tufayli qadimgi Misr madaniyati bilan birinchi marta bir qadar kengroq tanishish imkoniyatiga ega bo`lgan. Bu ekspeditsiya tarkibida turli olimlar, shu jumladan arxeologlar ham bo`lgan. Bu ekspeditsiyaning ilmiy tekshirishlari natijasida “Misr tasvirlari”ga bag`ishlangan juda qimmatli asar nashr etilgan. Bu asar 24 jild matndan hamda qadimgi Misr ibodatxonalari xarobalarining rasmlari, yozuvlarining nusxalari va ekspeditsiya qatnashchilari to`plagan juda ko`p qadimgi yodgorliklarni ko`rsatuvchi 24 jildlik jadvallardan iboratdir69. Bu juda chiroyli qilib nashr etilgan asar va Yevropaga keltirilgan qadimgi Misr yodgorliklarining kolleksiyalari olimlar o`rtasidagina emas, balki o`qimishli jamiyatning keng tabaqalarida ham qadimgi Misr tarixi va madaniyatiga zo`r qiziqish tug`dirgan. Ba`zi olimlar qadimgi Misr yozuvlarini o`qib chiqishga juda qizg`inlik bilan kirishganlar. Bular o`rtasida mashhur fransuz filologi Fransua Shampolyon (1790-1832 yillar) o`zining xizmatlariga ko`ra birinchi o`rinni egallaydi. Shampolyon Misr iyerogliflarinio`qish kalitini topgan. U ana shu kashfiyotga bir qancha ilmiy asarlari bilan misrshunoslikka asos solgan. Misrshunoslik tarixidagi ana shu birinchi davr moddiy madaniyat yodgorliklari, yozuvlar, rasmlar va nusxalardan iborat haqiqiy materiallarni zo`r berib to`plash davri bo`lgan. Shampolyon o`zidan oldin o`tgan olimlarning ishini davom ettirib, qadimgi Misr tarixi va madaniyatini o`rganish yuzasidan katta reja belgiladi. U o`zining “Misrga adabiy sayohat loyihasi haqida maktubida, Misr madaniyatidan qolgan moddiy yodgorliklarning hammasini shu joyning o`zida o`rganish zarur”, deydi. Uning fikricha, bu ish qadimgi Misr tarixini va hattoki, butun dunyo qadimgi Sharq tarixini yangi tarzda, ya`ni ma`lumotlar asosida qaytadan barpo qilishga imkon beradi. Shampolyon o`z bo`g`inining vakili sifatida emas, balki Nil vodiysida hunar va fanning taraqqiysi hamda “Fir`avnlar mamalakati”ning (u vaqtlarda qadimgi Misrni shunday deb ataganlar) siyosiy tarixi bilan ham tasvirlangan va aholining turli tabaqalarining turmushi va maishatiga oid suratlardan sinchiklab nusxalar olish zarur deb bilgan, bunda xususan “etnografik bo`rtma tasvirlar”ga, “astronomik suratlar”ga va asosan iyeroglif, qisman ikki tildagi yozuvlarga e`tibor berish zarurligini aytgan. Shampolyon 1828-yilda Misrga arxeologik ekspeditsiya uyushtirib, o`zining o`sha chuqur mulohaza bilan tuzgan loyihasini amalga oshirishga muvaffaq bo`lgan70. Shampolyon bu ekspeditsiya bilan Misrda bir yarim yilcha turib qazish ishlari o`tkazgan, qadimgi yodgorliklarni shu tariqa zo`r g`ayrat bilan qilgan ishlarining juda qimmatli samarali, uning o`limidan keyin bosilgan “Misr va Nubiya yodgorliklari” degan nom bilan nashr etilgan. XIX asr o`rtalarida nemis misrshunoslari Lepsius va Brugsh katta arxeologik-qidiruv ekspeditsiyalari tuzib Misrga borganlar. Ular butun Misrnigina emas, balki Suriya, Falastin, Sinay yarim oroli, Nubiya va Sudanni, Misrga yondosh oblastlarni ham tekshirganlar. Bu ekspeditsiyalar natijasida ko`pgina qimmatli qadimiy yodgorliklar to`plangan, bu yodgorliklar keyinchalik Berlinda ochilgan Misr muzeyi uchun asos bo`lgan Lepsius o`tkazgan qazishlari va arxeologik qidiruv ishlarining natijalarini “Misr va Efiopiya yodgorliklari” degan katta va go`zal kitoblarda nashr etilgan, O`zi o`qib yetishgan va jon-dili bilan fanga berilgan iste`dodli olim Mariett Misrda rejali ravishda va keng ko`lamda qazish ishlarini boshlagan71. U o`zining butun hayotini Misrdagi arxeologik tekshiruv ishlariga bag`ishlagan. Mariett, Shampolyon va Lepsiuslar singari, Misrning qadimgi yodgorliklari bilan umumiy bir tarzda tanishish, tasodifan topilgan ayrim buyumlarni to`plash, ayrim yodgorliklarning suratini olish va har joy-har joyda qazishlar o`tkazish bilan cheklanib qolmay, birinchi marta o`laroq Misr hududidagi ayrim arxeologik komplekslarni imkoniyat boricha batamom qazib ko`rishga jur`at qilgan. U Memfis yaqinidagi muqaddas ho`kizlar-apislar maqbarasi, Sakkaradagi Qadimgi Podsholik maqbaralari, Abidosdagi XIX sulola ibodatxonalarini qazish ishlarini o`tkazgan va juda ko`p yirik xarobalar saqlanib qolgan holda qadimgi Misr poytaxti Fiva rayonida qazish ishlarini boshlagan. Mariyett Misrda qazishlar va qadimgi yodgorliklar maxsus boshqarmasini uyushtirishga, shuningdek Qohirada misrshunoslik muzeyini barpo etishga yordam bergan. Shampolyon bilan Mariyyettning arxeologik ishlarini mashhur fransuz misrshunosi Gaston Maspero (1846-1916-yillar) munosib tarzda davom ettirgan. U serg`ayrat va charchamas arxeolog bo`lishi bilan birga, chuqur bilimli filolog va g`oyat zo`r tarixchi ham bo`lgan. Maspero V-VI sulolalarning Sakkaradagi piramidalarini sinchiklab tekshirib, ularning ichiga kirishga muyassarbo`lgan va bu piramidalarning ichki yozuvlarni “Sakkara piramidalarining yozuvlari” nomi bilan nashr etgan. Fivaga yaqin Dayrilbahrda Maspero Yangi Podsholik davridagi eng mashhur bir qancha fir`avnlarning mumiyosini yashirin bir joydan topishga muyassar bo`lgan. Maspero Misrning turli joylarida ko`p qazishlar o`tkazib, Misrda qadimgi yodgorliklarni saqlash, o`rganish va nashr ettirish ishlarini uyushtirgan va bu ishlarni ancha yuksak darajaga qo`ygan72.

XIX asr oxirida maxsus “Misrni tekshirish fondi” tashkil etilgan. Buning tashkil etilishi Misrda arxeologik qazish ishlarining keng ko`lamda rivojlanib ketishiga yordam bergan. Ushbu vaqtda birinchi marta arxaik davr yodgorliklarini ochgan de Morgan singari malika Xayshepsutning mag`ora ibodatxonasini sinchiklab tekshirgan Navill va, nihoyat, o`zining butun uzoq umrini (1856-1942 yilar) Misr yodgorlikalrini arxeologik jihatdan tekshirishga bag`ishlagan ingliz arxeologi Flinders Petri Misrda eng katta qazishlar o`tkazganlar73. Petri Misrning turli joylarida katta va samarali qazishlar o`tkazgan. U Abidosda sulolalardan ilgarigi davrga oid podsholarning maqbaralarini sinchiklab qazib olishga muyassar bo`lgan. U Fayum vohasi yonida O`rta Podsholik shahrining xarobalarini, nihoyat, Dafneda va Navkratisdagi yunon koloniyalarining qoldiqlarini topgan. Petri o`tkazgan qazishlar natijasida fanga moddiy madaniyatning juda ko`p va qimmatli yodgorlikalari va juda ko`p yozuvlar qo`shilgan. Bularni Petrining o`zi ham, boshqa bir qancha olimlar ham nashr etgan.



XX asr arxeologik qazishlar ancha tartibga solindi va ancha chuqur ilmiy tayyorgarlik ko`rib, puxta arxeologik metodika asosida o`tkazila boshladi. Misrning turli tumanlarida keng ko`lamda qazish ishlari o`tkazgan va qimmatli natijalar bergan arxeologlar orasida bir qator katta ziyolilarning namoyandalari, shuningdek Misrning yosh olimlari – koptlar va arablar maydonga chiqdi. Bu yosh olimlar Qohirada yangi mahalliy misrshunoslik maktabini vujudga keltirdilar. XX asrdagi arxeologik ishlari ilgarigiga qaraganda ancha ko`proq uchastkalarni o`z ichiga oladi. Bunda arxeologlar qadimgi yodgorliklarning muayyan bir kompleksini arxeologik jihatdan mukammal ravishda tekshirib chiqishga harakat qildilar.

Arxeolog, Xufu74 piramidalari atrofidagi maqbaralar rayonlarini va ayniqsa Gizedagi Menkuarni juda diqqat bilan tekshirdi. Bu piramidaning qurilishini Gerodot o`z asarida tasvirlagan. “…Xeops mamlakatni kulfatlar girdobiga tashladi. Eng avvalo u barcha muqaddas ziyoratgohlarni yopishni va qurbonliklar keltirishni taqiqladi. …Xeops toq Nil kanalini o`tkazib orolda o`z sog`onasini qurdi. Piramidani o`zini qurish 20 yil davom etdi. U to`rt tomonli, uning har bir tomoni kengligi 8 plefr75 va shunday balandlikda yo`nilgan va bir-biriga puxta o`rnashtirilgan toshlardan qurilgan.”76Raysner bu yerda Qadimgi Podsholik zamoni malikalari va zodagonlarining maqbaralarini topishga muvaffaq bo`ldi. Ana shu qazish ishlari natijasida Raysner juda ko`p tarixiy materiallarni qo`lga kiritgan. Bu materiallar Qadimgi Podsholik davridagi Misr maqbarasini tiklashga imkon berdi. Medumdagi piramidalar atrofida A. Rou juda katta qazish ishlari olib bordi. Ingliz va fransuz arxeologlari Fert, Genn, Lauer va Jekelar-Sakkarada juda katta arxeologik ishlar olib bordilar77. Zinapoya shaklli Joser piramidasi atrofidagi juda katta arxitektura kompleksi hamda VI sulolaning maqbara va ibodatxonalari zo`r diqqat-e`tibor bilan qazildi. Lishtda O`rta Podsholik zamoniga mansub bo`lgan piramida yonida kambag`allar qishlog`i topildi. Dayrilbahrda ham xudda o`sha davrga oid o`ziga xos maqbara ibodatxonasining xarobalari topildi. Talal-Yahudiyada Petri giksyuslar davriga oid lagerning qoldiqlarini topdi. Al-Amarnadagi qazishlar vaqtida fir`avn Exnatonning poytaxti, “Aton gorizonti” degan muhtasham saroylari, ibodatxonalari, katta mansabdorlarning qo`rg`onlari, park ham ko`chalari va juda ko`p binolari bilan, saraton issig`i hammayoqni kuydirib turgan cho`lda to`satdan paydo bo`lgan ajoyib sarobni eslatadi. Talon-taroj bo`lmay zamonamizgacha butunlay saqlanib kelgan XVIII sulola fir`avni Tutanxamon maqbarasining topilishi kutilmaganda katta voqea bo`ldi. Karter bilan Karnavon shu yashirin maqbaraning to`rt xonasi kichkina Misr saroyining juda boy buyumlarini va Misr fir`avnining tillaqosh, oltin niqob, juda ko`p qimmatbaho ziynatlar, tumorlar hamda podsholik hokimiyatining barcha alomatlari bilan bezatilgan va sira qo`l tegmagan mumiyosini topdi. Misrning qadimgi poytaxti Fivaning ancha keng hududlarida katta qazish va tiklash ishlari o`tkazildi. Fivada xudo Amon sharafiga bino qilingan hashamatli ibodatxonalarning juda katta xarobalari hozirgi vaqtlargacha saqlanib kelmoqda78. Madinat-Abudagi Ramzes III ibodatxonasi va saroyning xarobalari arxeologlar tomonidan ayniqsa diqqat-e`tabor berib qazilgan edi. Bu yodgorliklar Misrda tushkunlik boshlangan o`sha davrni o`rganish uchun juda boy arxitektura va epigrafik materiallar beradi. So`nggi yillar ichida A. Rou Atribdagi keyingiroq zamonlarga oid yodgorliklarni qazib topdi, Feyrmen esa Sesebida (Sudanda) XVIII-XIX sulolalar zamonining mustahkamlangan butun bir shahar xarobalarini topdi. Nubiyada va Meroeda o`tkazilgan qazishlar g`oyat katta ilmiy ahamiyatga ega. Bu qazishlar natijasida ana shu janubiy mamlakatlarning hozirgacha uncha ma`lum bo`lmagan tarixini o`rganish va ming yillar davomida ularning Misr bilan bo`lgan o`zaro munosabatlarini belgilashga imkoniyat tug`ildi. Shunday qilib, yuz yildan ortiqroq vaqt ichida Misrda o`tkazilgan qazishlar natijasida juda ham ko`p moddiy madaniyat yodgoriklari, juda xilma-xil yozuvlar, san`at asarlari va diniy o`rganish qadimgi Misr tarixini oydinlashtirib, ilmiy misrshunoslikning yanada rivojlanishiga jiddiy sabab bo`ldi. Shu jihatdan erishilgan eng muhim yutuq qadimgi misrliklar tili va yozuvini chuqur o`rganishdan iborat bo`ldi. Bunga esa Misr iyeroglif yozuvini Fransua Shampolyonning o`qib chiqargani tufayli erishildi79.

Qadimgi Misr yozuvi to`g`risida bir qancha ma`lumotlar qoldirgan qadimgi yozuvchilaryozuvning ramziyxarakterini hamma vaqt bo`rttirib ko`rsatganlar. Ularning aytishicha, ayrim Misr iyerogliflari butun-butun so`zlarni va hatto ayrim diniy-falsafiy tushunchalarini ifoda qilgan. Qadimgi yozuvchilardan ancha keyin o`tgan olimlar Misr yozuvini sharhlaganlarida qadimgi yozuvchilarning aniq va ravshan bo`lmagan fikrlariga suyanib, ularning xatolarini takrorlaganlar va shuning uchun ham Misr yozuvini o`qib chiqarish masalasini to`g`ri hal eta olmaganlar. Masalan, XVII asrda Kirxer bir qancha ilmiy asarlar yozib, bulardan Misr iyerogliflarini o`qib chiqarishga harakat qilib ko`rgan bo`lsada, muvaffaqiyat qozona olmagan, chunki u har qaysi belgini butun bir so`z yoki tushuncha holida olib, o`zi istagancha izohlagan. Uning ko`rsatgan xizmati faqat shu bo`lganki, kopt tilining qadimgi Misr tilidan kelib chiqqanligini aytgan. XVIII asr oxirida Soega va de Gin degan olimlar Misr iyerogliflarini qisman tovushlarni bildirganini tuxumsimon romlar(kartushlar)da podsholarining nomlari yozilganini to`g`ri aniqlab berganlar. Shundan keyin Tomas Yung Misr yozuvida fonetik belgilar borligini aniqlagan va hatto bir necha nomni o`qib chiqargan. Lekin mashhur fransuz olimi Fransua Shampolyon Misr iyerogliflarini batamom o`qib chiqish sharafiga muyassar bo`lgan. Shampolyon o`z asarlarida o`zidan oldin o`tgan olimlar erishgan muvaffaqiyatlardan foydalanib, Napaleon ekspeditsiyasi vaqtida topilgan va “Misr tasvirlari”da nashr etilgan juda ko`p yozuvlarni sinchiklab o`rgangan.

Qadimgi Misr tarixshunosligi va manbashunosligin o`rganar ekanmiz qadimgi misrliklarning badiiy adabiyotida to`xtalmasdan ilojimiz yo`q. Qadimgi misrliklar badiiy adabiyotning (rivoyatlar, ertaklar, qissalar, qo`shiqlar, nasihattnomalar va boshqalar) turli janrlarida asarlar yaratdilar. Xalq og`zaki ijodiga, saroy kotiblari ibodatxona kotiblari tomonidan ishlov berilgan. Misr adabiyotida ming yillar davomida qadimgi syujetlar, adabiy motivlar shakllar saqlanib qoladi. Qadimgi misr adabiyoti din bilan bog`lanib qolgan edi. O`rta podsholik davrida dunyoviy ruhdagi adabiyotlar paydo bo`ladi: sayohatchilarni janubiy hududlar va osiyo mamlakatlariga sarguzashtlari to`g`risida qissa va hikoyalar80. Ular jumlasiga “Dunyoni paydo bo`lishi to`g`risida afsona”. Afsona matni 1861-yilda Fiva qarshisidagi Nilning g`arbiy qirg`og`idan topilgan va ikki nusxada Britaniya muzeyida saqlanadi; “Odamlarni qirib yuborilishi to`g`risida afsona” bu afsona Nilning g`arbiy qirg`og`ida Fiva yonida Podsholar vodiysida Seti I va Ramzes III sog`onalarida o`yib yozilgan. Rivoyat odamlarni gunohlari uchun quyosh xudosi Ra, uning qizi Xator – Soxmet tomonidan jazolanishi to`g`risida hikoya qilinadi. Soxmetga ona sher qiyofasida sig`inilgan. Xator-Soxmet rivoyatning bosh personaji; “Mahkum shahzoda tog`risida ertak” papirusdagi ertak matni mil.avv XII asrga tegishli deb belgilanadiva bular Misrning ertak va afsonalarni o`zida jamlagan. Misrning ijtimoiy hayoti to`g`risida “Duaufaning o`g`li Xetining o`z o`g`li Pepiga nasihati” matnida namoyon bo`ladi. Ushbu matn bizgacha (29-30 betlar) yangi podsholikning ikki papirusida yetib kelgan. (Hozirgi Britaniya muzeyida saqlanmoqda). Olimlarning fikricha, bu papiruslar O`rta podsholik davrida yaratilgan nasihatnomani maktab o`quvchilarining ko`chirib yozgan mashqlaridir. Matnda Xeti o`g`li Pepini poytaxtdagi kotiblar maktabiga olib borayotib, yo`l davomida unga kotibni mavqeini hikoya qilib boradi. U to`la ishonch va ishni bilish bilan kotiblik kasbini afzalliklarini ta`kidlaydi. Xeti turli xil kasblarni og`ir, mashaqqatli ekani, bu kasb egalarini och-yalang`och hayotini yorqin tasvirlaydi. Biz qadimgi Misrning tibbiyoti haqida esa Qadim misrliklarning tibbiyot sohasidagi yutuqlarini saqlab qolgan Qadimgi Misr tibbiyot traktatlari orqali bilamiz. Shunday papiruslardan biri 20,5 metr uzunlikdagi Ebersning tibbiyot papirusi. U turli xil xastaliklarga qarshi 900 gacha davolash tavsiyalarini o`z ichiga oladi81. Shulardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, qadimgi Misr tarixi nihoyatda rango-rangdir va uni o`rganishda yozma manbalar bilan birgalikda og`zaki afsona, rivoyat, ertaklarning ahamiyati kattadir.


Download 492,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish