2.2. Ipuver nasihatlari tarixiy manba.
Papirus Memfis yaqinidagi Sakkaran sag`onasidan topilgan, hozir Leyden muzeyida saqlanadi, to`la saqlanmagan. Tili bo`yicha uni O`rta podsholik davriga, yozuv va orfografiyasi bo`yicha Yangi podsholik (mil.avv. 1300-yillar atrofida) davriga tegishli deyish mumkin. Olimlar shunga asoslanib Yangi podsholik kotibi O`rta podsholik matnidan nusxa olgan deb taxmin qiladilar. Matn – adabiy asar, she`riy tarzda yozilgan. Matn mazmun bo`yicha olimlar turlicha fikr yuritadilar. Yirik olim V.V.Struve papirusda O`rta podsholik so`ngidagi (mil.avv. 1750-yillar atrofi) ijtimoiy kurash aks etgan degan fikrni ilgari suradi82.
Qadimgi Misr tarixini o`rganishga bizga muhim ma`lumotlar beradigan manbalar juda kam. Bu manbalarning aksariyati papirusda yozilganligi uchun oz miqdorda yetib kelgan. Qadimgi Misr tarixida 18-sulolaning oxiri 19-sulola hukmronligining boshlanishida ro`y bergan yirik ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlar haqida qimmatli ma`lumotlarni o`zida aks ettirgan “Ipuver nasihatlari” nomini olgan manba ham papirusda yozilgan bo`lib, u XIX asr boshlarida Memfis shahri yaqinidagi Sakkara xarobalaridan topilgandir. Bu papirus1828-yildan beri Gollandiyadagi Leyden muzeyida saqlab kelinmoqda. Papirusning uzunligi 347 sm. Uning har ikkala tomonida yozilgan bo`lib, 17 ustundan iborat. Har bir ustunda 14 qatorgacha yozuvlar bor. Birinchi ustunning uch qatorigina o`qiy oladigan darajada, xolos.
Mashhur sharqshunos A.X.Gardner83 1909-yilda ilk marotaba “Ipuver nasihatlari”ni ingliz tiliga tarjima qilgan. Papirusning to`liq matni bu olimning “Leydendagi ierotik papirusdan iborat misrlikning nasihatlari” nomli kitobida keltirilgan. Papirusning matni Misrda ro`y bergan: ocharchilik, qurg`oqchilik, qullarning mamlakatdan katta mol-mulk bilan qochib ketishlari va butun o`lka uzra o`limning yopirilgani ta`riflanadi. Mazkur papirus Ipuver nomli bir misrlik (ruhoniy yoki zodagon) tomonidan yozib qoldirilgan va uning mazmunidan shu narsa ayon bo`ladiki, bu shaxs Misrdagi falokatlarning shaxsan shohidi bo`lgan. Papirusda Misr podsholigining tanazzuli, Misr zodagonlarining ayanchli ahvoli, Fir`avn (ramzes II) hukronligining barham topishi xususida ma`lumotlar keltirilgan.
Bizning ushbu mavzu yuzasidan olib borgan tadqiqotimizdan shu narsaga amin bo`lindiki, “Ipuver nasihatlari” atrofida izlanishlar hali ham davom etmoqda. A.X.Gardnerdan so`ng rus misrshunosi akademik V.V.Struve “Ipuver nasihatlari”ning rus tilidagi tarjima va izohlarini 1935-yilda e`lon qilgan. “Qadimgi Sharq tarixi” (M., 1964) va “ХрестоматияпоисторииДревнегоВостока” (M., 1980) kitoblarida ham V.V.Struvening rus tilidagi tarjima va izohlari asos qilib olingan84.
“Ipuver nasihatlari”ni ilk bor tadqiq qilgan olim Gardner Kitobxonlarga qarata: “Hikoyalarni o`qiyotgan kishi undagi afsonalarga Tavrotning Ibtido kitobidagi dunyoning yaratilishi haqidagi hikoyalarga hamohang ravishda” o`qishlari lozimligini tavsiya etgan edi. Shuningdek, papirusdagi ma`lumotlar “topishmoqlar majmuasi” (Brune), “adabiy bashorat” (Lange), “ijtimoiy o`zgarish” (Gardiner va Zete), “sinfiy kurash” (Avdiyev) sifatida baholangan.
Professor Immanuel Velikovskiy birinchilardan bo`lib papirusdagi voqealarni Tavrot (Qadimgi ahdning Chiqish kitobi) bilan aynan bir ekanligi xususida fikr bildiradi. Papirusning yozilish uslubiga qaraganda, bu qaydlar bo`lajak voqealar xususida bashorat bo`lmasdan, balki bo`lib o`tgan voqealar shohidi tomonidan qayd etilganligi ayon bo`ladi. Misr podsholigining xronologiyasi bo`yicha yirik mutaxassis I. Velikovskiy fikriga qaraganda, barcha hikoyalar yahudiylarning Misrdan ozod bo`lib, chiqib ketishi haqidagi (Qadimgi ahd) hikoyalari bilan bir xil. Hatto Qadimgi ahdning Chiqish kitobidagi voqealar bilan “Ipuver nasihatlari” da keltirilgan ma`lumotlar solishtirganda ham ajablanarli darajada o`xshashlikka guvoh bo`lamiz.
Qadimgi Misrning bu manbasini odatda “Ipuver nasihati”, “Ipuver shikoyati”, “Misr donishmandining shikoyati” deb aytishadi. Yodgorlik matni bizgacha 19-sulola davridagi yagona nusxada yetib kelgan. Matn yozilgan papirus Sakkara (Memfis)dan topilgan. 1928-yildan buyon u Niderlandiyada Leyden shahridagi muzeyda saqlanyapti. Papirus matni 17 betdan iborat. Uning birtomoniga (recro) – nasihatlar, boshqa tomoniga (verso) – madhiyalar yozilgan. Har bir bet 14 qatordan iborat. 10-11-betlardan tashqari ular 13 qatordan iborat. 1-bet matnining kattagina qismiga zarar yetgan. Matnning boshi va tugallanish qismi deyarli saqlanmagan85. Matnning asosiy qismi ham zararlangan joylar bilan to`lib-toshib yotibdi. I.S.Kasnelsonning ta`kidlashicha: “Misr adabiyotining hechqaysi yodgorligi tadqiqotchilar oldiga shu matndagidek yechilmagan ko`pgina vazifani qo`ymaydi”86.
Matnning gramatik asosi va leksikasi yodgorlik (yoki matnning boshlang`ich varianti) O`rta Podsholik xronologiya doirasida yaratilganligini ko`rsatadi87. Yodgorlik tarkibidagi ijtimoiy ofatlar tasviri uning yozilish davrini birinchi yoki ikkinchi o`tish davri bilan bog`lashga imkon beradi. Asarning yaratilish davri xususida uch xil asosiy fikr mavjud. Asarning yaratilish davri xususida uch xil asosiy fikr mavjud. Asarda dastlab tasvirlangan ofatlar o`tish davriga taaluqlidir.
Masalan: A.Gardiner yodgorlikning tilga oid ma`lumotlarini 7-10-sulola davri bilan bog`lab, yodgorlikni 12-sulola davri deb belgilagan. Keyinchalik nasihatlardagi voqealar 2-o`tish davri (Giksoslar bosqini arafasi) bilan bog`laydi88. Masalan V.V.Struve yodgorlikni O`rta Podshlikdan xronologiya keyingi davr bilan bog`lagan89. U bilan birgalikda bizning davrimizgacha yetib kelgan yodgorlik nusxasi ham bo`lishi mumkin90. Nima bo`lganda ham yodgorlik 13-18-asrlar davomida yaratilgan. Nasihatlarning papirus matni ayni nusxasi XIX asrda chiqarilgan91. Yodgorlik mazmuni (transkripsiya va tarjimasi) birinchi marta 1903-yilda chiqqan92. 1909-yilda A.Gardner ushbu asarga bag`ishlangan monografiyani chiqargan. Unda matn tarjimasi shuningdek ieroglif variant va matn tahlili bo`lgan93. Keyinchalik, A.Erman94, M.Lixtaym95, R.Parkinson96, W.Helek97va boshqalarning bir qator tarjimalari e`lon qilingan. V.V.Struve, I.S.Kasnelson va F.I.Mendelson, M.A.Korostovsevlar tarjima qilgan.
“Ipuver nasihatlari” matni 7 ta she`riy va ayrim nasriy parchalardan iborat.
Asar shikastlangan holda yetib kelgan. Bo`lishi mumkinki u donishmand Ipuverning fir`avn oldiga kelishi to`g`risidagi hikoyadan iborat bo`lgan. Donishmand Ipuver fir`avnning o`zining talabiga ko`ra kelgan bo`lishi ham mumkin. “Neferti bashorati” va “Vestkar” papirus matnida shunday deyilgan saqlanib qolgan muqaddima qismida kelajakdagi kulfatlar ta`rifi keltirilgan. Muqaddimadan so`ng dunyoni qamrab oladigan baxtsizliklar ta`rifi keltirilgan. Bu ta`riflarning birinchi qismi “Haqiqatdan” (2-6)98“Butun mamlakat bo`ylab o`lat tarqalib ketdi, hamma joyda qon va o`lim. Murdalarning ust-boshlari jasadni ko`mishlari uchun yalinib-yolvorib odamlarni chaqirmoqda, lekin hech kim marhumlarni dafn etmaydi. Darhaqiqat, ko`p o`liklar o`zining oxirgi manzilini daryodan topdi. Daryo… Sharhi:Misrda yuz bergan tabiiy ofat, kuchli chaqmoq va momoqaldiroq bir vaqtning o`zida juda ko`p odamlarning yostig`ini quritgan ko`rinadi. Ipuverning “hamma joyda qon va o`lim, “daryo qabristonga aylanadi”-degan so`zlari o`liklarni ko`mishga imkon bo`lmaganligidan ularning Nilga tashlanganligidan darak beradi”, deb boshlanib, ajratiladi. Ikkinchi qism “Qaranglar” (7-9)99Qarang, odamlarga nima bo`ldi! Hatto kulbaga ham ega bo`laganlar, koshonalar egasi bo`lishdi. Qarang, hakamlarni mamlakat bo`ylab ta`qib eshitmoqda. Saroy amaldorlari saroylardan quvib yuborilgan. Sharhi:Misrda g`alayonlar fuqarolar urushiga aylanib ketgan. Bir davlatning fuqarolarni bir-biriga qarshi kurash boshlagan.Ya`ni qullar, kambag`allar o`z xo`jayinlarining uylari va mol-mulklarini ochiqdan-ochiq talon-taroj qilganlar. Ipuver ularni pastkashlar deb ataydi va “o`zining dafn marosimini o`tkazishga qurbi yetmaydiganlar endi xazinalar egasiga aylandi.-deydi. Bu holdan o`zini yo`qotib qo`ygan muallif, “Odamlarga nima bo`ldi”-hayron qoladi. Ma`lumotlarga qaraganda, amaldorlar va kambag`allarni ayanchli ahvolga slogan sudyalar taqib qilinib, tutilgan joyida o`ldirilgan. Ushbu qirg`inlar natijasida 250.000 dan ortiq misrlik zodagon o`ldirilgan”.deb ajratiladi. Uchinchi qism halokatlar ta`rifini tuqatib, donishmadlardan qutilishga (“Dushmanlarni qirolning sharafli dargohidan to`qoting degan anafora bilan”) “muqaddas poytaxt g`animlarini tor-mor qiling” (10.1-10.2“Xo`jayinlar endi o`z xizmatkorlarini biror yumush bilan yubormaydi. Xizmatkorlar o`z qo`rquvini yo`qotgan. Mana ulardan beshtasi”. Sharhi:Ushbu satrlarda muallif, xo`jayin bilan xizmatkorning munosabati tubdan o`zgarganligini, ularning o`rin almashganligini tasvirlaydi, va diniy marosimlarning (10.3-11.7) “shunday deb so`zlamoqda: “O`zingizga havola mana katta ko`cha boravering, biz o`z esa manzilimizga yetib keldik”. Quyi Misr qayg`uga botgan. Podsho omborxonalari umumxalq mulkiga aylandi. Sharhi: Ushbu satrlarda muallif, xo`jayin bilan xizmatkorning munosabati tubdan o`zgarganligini, ularning o`rin almashganligini tasvirlayditilanishiga (unutmaslik anaforasi ishlatilgan (Eslang)) chaqiradi. To`rtinchi qism xudo to`g`risidagi fikrlash va uning harakatsizligini to`g`risidagi (11.3-12.6) “Ibodatxona tug`larine baland ko`tarib, qurbonliklarga yozuvlar bitmoqni unutmang. Kohinlar xuddi oppoq sut kabi ibodatxonalarni tozalasin”, Sharhi:Ibodatxona tug`lari va qurbonliklarga bitiladigan yozuvdan maqsad esa Misrda mavjud ko`p xudolikka ishora bo`lib, ibodatxona ma`lum bir sharhning bosh xudosiga atab qurilganligini bildirib turgan. Shuningdek, qaysi xudo nomi bitilgan bo`lsa, o`sha xudoga tegishli qurbonlik sifatida qabul qilinishini anglatgan. Shuningdek, Ipuver kohinlari ibodatxonalarni “Oppoq sutdek tozalab, poklab”, ibodat qiluvchilar uchun sharoit yaratishlari lozimligi haqida mas`uliyatlarini oshirishga chorlagan, 12-6 “U o`z qudratini namoyon qimayapti” shuningdek hukmdorning faoliyatsizligi to`g`risidagi (12.12-13.6)100 “…Mulk, haqiqat va bilim – sengadir, shohim. Biroq, sen mamlakatga faqat tartibsizlik va nifoqni yoymoqdasan, xolos”. Sharhi:Yuqoridagi so`zlardan Ipuverning umidsizlikka tushganligi sezilib tursa, endi bularning barchasiga xudolar va uning yerdagi soyasi fir`avnga sababchi, - deb unga niosbatan ichki noroziligi otilib chiqadi. Agar misrliklar sig`ingan xudolar haqiqatdan ham bo`lganida edi, bunday baxtsizliklar bo`lmas edi, - deydi. Bu bilan shaxsan o`zining ham hech narsaga ishonchi qolmaganligini ham bayon etadi. Yovuzlikni bartaraf etishi kerak bo`lgan saroy ahli, zodagonlar, harbiylarning bu g`alayonda qo`li bor, - deb gumon qiladi. Hatto fir`avnni tartibsizlik va nifoqni yoygan odam sifatida ayblashdan ham toymaydi, 13-6: “Oh, qaniydi sen ham ozgina bu qayg`u-alamdan tatib ko`rganishda edi, shunda aytardingki, …”Sharhi:Ushbu satrlarda mamlakatdagi g`alayon oqibatlari tasvirlanadi. Bu dahshatlardan ozginasini fir`avn xonadoni tatib ko`rsa, balki hushyor tortar edimi, deb podshohdan umid qiladi.hikoyatdan iborat.
Xulosa qismi “yaxshi” (biroq bu yaxshi bo`ladi) degan anafora bilan boshlanadi.
O`rganilishidan boshlab yodgorlik mukammal hukmdor paydo bo`lishi bilan halokatlarning tugallanishi haqidagi bashorat sifatida qaratilgan.
Ayrim tadqiqotchilar bu mukammal hukmdorda firavn ya`ni siyosiy rahnamoni balki Misr xudosi (masalan A.Gardiner va B.A.Turayev)ni ko`radi.
Shuni aytish kerakki matnning o`zi birmuncha betartib ko`rinadi. Unda nasihatlarning qayta-qayta takrorlanishi kuzatiladi. B.A.Turayevning bildirishicha yodgorlikdagi uzun nutqlar mantiqan yomon guruhlangan va ularni matndagi naqorat bog`lab turadi.
O`rta Podsholik davrining oxirida bo`lgan yirik xalq qo`zg`olonlari hammadan ko`ra ikkita adabiy asarda: “Ipuver nasihatnomasi”da (344-sonli Leyden papirusi matni) va Leningraddagi Ermitajda saqlanayotgan “Noferrexu nasihatnomasi”da yorqinroq tasvirlangandir. Ancha keyingi zamonga oid bu adabiy asarlarda xalq ommasi tomonidan ko`tarilgan katta qo`zg`olon shu qadar ravshan va jonli qilib, hayotning o`zidan olingan manzaralar shu qadar haqqoniy tasvirlanganki, bu asarlarda tasvir etilgan voqealarning haqiqatdan ham tarixda bo`lgan voqealar ekaniga iqror bo`lmasdan iloj yo`q101.
O`rta Podsholik davrining oxirida, ya`ni Misrga Osiyodan sekin-asta begona qabilalar kirib kelib, deltaga o`rnashaboshlagan davrda ayniqsa katta qo`zg`olon ko`tarilgan bo`lsa kerak. Misrga ajnabiy xalqlar asta-sekin kirib kela boshlagan va Misr davlatining zaiflashganidan foydalanib, osiyolik qabilalar mamlakatning ayrim qismlarini bosib ola boshlagan vaqtda sinfiy kurash ham avj olgan. Masalan, “Ipuver nasihati” matning muallifi bunday deydi: “Butun mamlakat cho`lga aylandi. Nomlar huvillab qoldi. Misrga tashqaridan ajnabiy qabila keldi… Hech qayerda endi Misrliklar qolgani yo`q”. Misrni tobora egallab borgan ajnabiylarning yopirilib kelishiga mamlakatning muqarrar halok bo`lishiga sababchi bir balo deb qaralgan. Old Osiyoning bepoyon dasht va cho`llaridan chiqib kelgan osiyolik ko`chmanchilar deltaning boyliklarini, unumdor yerlarini mo`l-ko`l bo`lib oqqan suvini egallab ola boshlaganlar hamda o`zlarining ko`chmanchilik chodirlarini dehqonchilik omochi va hunarmandchilik asboblari bilan almashtirganlar. “Nasihatnoma”ning muallifi, badavlad va baland martaba egasi bo`lmish Ipuver achinib bunday deydi: “Cho`l qabilalari hamma joyda misrliklarga aylanmoqdalar… osiyoliklar delta hunarmanchiligida tajriba orttirmoqdalar”102.
Yirik xalq qo`zg`olonining harakatga keltiruvchi kuchi erkin kambag`allar bo`lib, ularga qullar hamda o`zining moddiy ahvolini yaxshilashga harakat qilgan o`rta tabaqalar qo`shilgan. Xalq qo`zg`oloni boylarga qarshi qaratilgan. Keskin sinfiy kurash avj olib ketgan. Mamlakat bir-biri bilan sira kelisha olmaydigan ikki lagerga bo`lingan. Sabr kosasi to`lgan keng mehnatkashlar ommasi: dehqonlar, hunarmandlar va qullar zodagonlarga va boylarga qarshi bosh ko`targan. Hokim sinf bilan qo`zg`olon ko`targan xalq o`rtasidagi chuqur ziddiyatni tasvirlovchi Ipuverning so`zlaridan yaqqol ko`rinmasada, jtimoiy nafrat sezilib turibdi. U bunday deydi: ”Xalq shod-hurram bo`lgan vaqtda knyazlar u bilan birodarlashmaydi… boyning hafsalasi pir bo`lgan, kambag`allar esa xursand”. Biroq xalqning g`azabi boylarni kambag`allardan ajratib turgan g`ovni vayron qilgan. “Bekaning bolasi oqsoch bolasi bo`lib qoladi”. Shu “Nasihatnoma”lardan birida juda o`xshatib aytilganidek, qo`zg`olon ko`targan mehnatkash omma “kechagi kishilar”ga qarashli bo`lgan boyliklarni bosib oladi. Shunday qilib, mulklar hiyla qayta boshdan taqsimlanadi, natijada “kambag`al boylik egasi bo`lib qoladi, ilgari o`ziga choriq ham tikib ololmaydigan kishilar xazina egasiga aylanadi”103.
Qo`zg`olon qishloqlarda ham, shaharlarda ham bo`lgan. Shaharda ko`pchilikni hunarmandlar va kambag`allar qo`zg`olon ko`tarib, “o`z oralarida kuchlilarini haydab yuborganlar”. Ularning ketidan qullar ham ko`tarilgan va Misr matnida aytilishicha, “qullarning egalariga aylanganlar”. Biroq mehnatkashlar ommasining qo`zg`oloni boylarning mol-mulkini bosib olish va mulkni qayta boshdan taqsimlash bilan cheklanib qolmagan. Kambag`allar bilan qullar vaqtincha birlashib turib, davlat hokimiyatini ham o`z qo`llariga olganlar. Papirusda “kambag`allar podshoni haydab yubordilar” deb ochiq aytiladi. Qo`zg`olon ko`targanlar davlat idoralarini, arxivlarni va sud palatalarini egallab olganlar. Boylarning huquq va imtiyozlari yozilgan hujjatlar yo`q qilingan. “Nasihatnoma”ning reaksion kayfiyatda bo`lgan muallifi qo`zg`olon manzarasini va qo`zg`olonchilar obrazini yoqimsiz va xunuk tarzda tasvirlab, qo`zg`olon ko`targanlarni yomon qilib ko`rsatishga uringan. U qo`zg`olonning miqyosi va ahamiyatini kamaytirib ko`rsatishga harakat qilib “qonunni bilmagan ozgina kishilar mamlakatni podsho hokimiyatidan mahrum etdi”,-deb yozgan. Muallif vujudga kelgan “tartibsizlikni” bo`rttirib tasvirlaydi: “Mansablar endi joyida yo`q. odamlar endi podachisi yo`q, hurkib ketgan podaga o`xshaydi ”,-deydi104.
Keskin kurash qulchilik jamiyatining negizini tashkil etgan patriarxal oilaga ham kirib borgan. Ipuver papirusida aytilishicha, “Ota o`z o`g`liga dushmanga qaragandek qaraydi”. Sinfiy jamiyat va quldorlik davlatining butun negizi larzaga keladi. Qo`zg`olonchilar kohinlarva boylarni oqlab kelgan dinga ham qarshi musht ko`taradilar. Ipuver kishilar orasida “xudolarga ishonmaslik”ning paydo bo`lganligi to`g`risida vahima bilan gapiradi. Uning gapiga ko`ra hovliqma odamlar: “Agar xudoning qayerdaligini bilsam, unga qurbonlik qilardim” ,- deb aytishar ekan.
Bu qo`zg`olon Misrdagi quldorlik tizimi va quldorlik davlatining asoslarini juda ham larzaga keltirsa-da, tarixiy jarayon taraqqiyotini tubdan o`zgartirib yubora olmagan105.
Qadimgi Misr tarixida murakkab va munozarali bo`lgan ushbu davr haqida “Ipuver nasihatlari” dan tashqari, “Noferruxu nasihatlari” nomli hujjat ham qimmatli ma`lumot beradi. “Ipuver nasihatlari”dagi ayrim xabarlar Tavrotning Chiqish kitobidagi fikrlar bilan bir xil.
V.V.Struve bergan ma`lumotlarga qaraganda Ipuver agar tarixiy shaxs bo`lsa, u O`rta Podsholik (mil.avv XVIII asrning boshida) davrida yashagan. Biroq papirus matnining tili va orfografiyasi esa Yangi Podsholik (mil.avv. 1300 yil) davriga oid.106
Ikki xil sana orasidagi davr ancha uzoq. Bu esa bizni tarixiy haqiqatdan uzoqlashtiradi. Tavrotdagi ma`lumotga qaraganda, yahudiylar fir`avnga Per-Ramzes va Piron shaharlarini qurib berishgan107. Aynan shu ma`lumotni V.I.Avdiyev ham (kim tomonidan qurilganligini aytmasa-da,) tasdiqlaydi108.
Demak, Ipuver bergan ma`lumotlar Tavrotdagi ma`lumotlarni bir xil bo`lsa, bu voqea tarixan Ramzes II hukmronligi davrida ro`y bergan deb ayta olamiz. Bu fikrni Misr xronologiyasini qayta ko`rib chiqishni taklif etgan I.Velikovskiy ham isbotlab bergan. Shuningdek so`nggi yillardagi arxeologik qazishmalarning yutug`iga tayangan holda, izlanish olib borgan turk olimi Horun Yahyo ham o`z asarida dengizga g`arq bo`lgan fir`avn – aynan Ramzes II ekanligi haqidagi fikrni ilgari surmoqda109. Misrda yuz bergan voqealarning tarixiy haqiqat ekanligini “Tavrot” va “Qur`oni Karim” ham tasdiqlamoqda. Biroq bu yakdillik masalasiga aniqlik kiritmaydi. Ya`ni “Tavrot”dagi hikoyalarning ishlab chiqilgan xronologiyasiga qaraganda, (yahudiylarning qullikdan ozod bo`lib Misrdan chiqib ketishlari), miloddan avvalgi 1446, 1445-yilda bo`lgan degan fikrdalar. Bibliya xronologiyasiga ko`ra (Yangi Ahd) chiqish mil.avv 1350-yilda ro`y bergan. Tarixiy fakt esa Ramzes II ning hukmronlik yillarini ko`rsatib turibdi. Bunga ko`ra oradagi farq 195 (yoki 196) yilni tashkil etadi. Shu o`rinda, V.V.Struvening “Ipuver nasihatlari” papirusining tili va orfografiyasiga ko`ra mil.avv 1300-yilga oid, degan fikri haqiqatga yaqinroq. Xronologiya masalasiga boshqa tomonidan qaraymiz. V.I.Avdiyevning “Qadimgi sharq tarixi” asariga murojaat qilamiz: “Nihoyat astronomik kuzatishlarga asoslangan Misr kalendar sistemasini o`rganish natijasida Misr xronologiyasining ozmi-ko`pmi aniq bo`lgan asosiy punktlarni belgilash mumkin bo`ldi”.
Misrning rosmana kalendar yili 365 kundan iborat bo`lgan, shuning uchun har to`rt yil ichida tropik yiladan bir sutka keying qolib yurgan. Bu xato 1460-yildan keyin bir yilga baravar bo`lgan, demak, rosmana kalendar yili bilan tropik yil o`rtasidagi bir yillik farq faqat har 1460 yilda bir marta to`g`rilab borilgan va rosmana kalendar yili bilan tropik yil bir kunda boshlangan. Ana shu 1460 yillik davr ellinizm zamonida ham ma`lum bo`lgan. Bu 1460 yillik davr astronomik kuzatishlar bilan, xususan Siriusning ertalab chiqishini kuzatib boorish bilan bog`langan bo`lsa kerak. Sirius 1460 yilda bir marta Memfis kengligida quyosh aylanishibilan va Nilda suvning ko`tarila boshlashi bilan bir vaqtga to`g`ri kelgan.Keyingi zamon manbalarida ko`rsatilishicha eramizning 139 yili shunday “Sirius davri”ning boshlanish yili bo`lgan. Shunday qilib bundan ilgari “Sirius davri”ning boshlanish yillari mil.avv 1321, 1781 va 4241-yillarga to`g`ri kelishi kerak.Misr yozuvlarida ayni bir fir`avn podsholik qilgan yilning qaysi kunida Siruisning chiqishi munosabati bilan bayram qilinganini ko`rsatuvchi ma`lumotlar saqlanib qolgani tufayli ana shu kunning aniq sanasini hisoblab chiqish mumkin bo`ldi. Shu tariqa XII sulolaga mansubMisr fir`avni Senusert III ning mil.avv. 1883-yildan to 1845-yilgacha podsholik qilinganligi aniqlandi. Yangi podsholik zamonining ba`zi sanalarini ham shunday astronomik hisoblar yordamida belgilash mumkin. Ipuver tasvirlagan Misrdagi daxshatli voqealar Tavrot va Qur`oni Karimdagi Muso (a.s)ning fir`avnga ko`rsatgan mo`jizalari bilan aynan bir xil110. Ya`ni Tavrot Muso (a.s)tomonidan Misr yeriga o`n xil ofat (десятьказней) yog`dirdi desa, Qur`oni Karimda Muso (a.s) fir`avnga 9 ta mo`jiza ko`rsatganini batafsil hikoya qiladi111. Yuqoridagilardan ko`rininib turibdiki xronologiya borasida nomutanosibliklar ko`plab uchraydi. Qadimgi davr Sharq tarixini o`rganayotganimiz uchun xronologiya borasida bunday farqlar bo`lishi tabiiy. Nima bo`lganda ham, turli farqlarga qaramasdan “Ipuver nasihatlari” qadimgi Misr tarixini o`rganishda asosiy va nihoyatda qimmatli manbalardan biridir. Uni o`rganish jarayonida o`sha davr ijtimoiy tuzumi, siyosiy ahvoli, madaniyati va iqlimi to`g`risida aniq tasavvur hosil qilish mumkin.
Xulosa
Mustaqillikka erishganimizdan so`ng barcha sohalarga e`tibor kuchaydi shu bilan birga tarixni o`rganish, xolisona yoritish ham davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. Prezidentimiz Islom Abdug`aniyevich Karimov tarix va uning bugungi kundagi ahamiyati haqida gapirib: “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, matematika, fizika, kimyo, sanoat, menejment – bularning hammasi kerak, albatta. Lekin, avvalambor tarixni bilish – bu hayot zarurati”112 degan so`zlarida zarracha mubolag`a yo`q.
Manashu kichik tadqiqotda biz Qadimgi Sharq tarixini yoritgan ko`plab tarixchilarning asarlaridanfoydalanib tarixshunoslik ilmini salgina bo`lsada boyitishga urindik.
Qadimgi Sharqda ilk sivilizatsiyalar o`chog`i bo`lgan ikki daryo oralig`i mamlakatlari tarixi o`zining serqirra jarayonlari, o`ziga xos turmush tarsi va madaniyatining turli-tumanligi bilan alohida ajralib turadi. Shuning uchun ham o`lka tarixi kishilik jamiyati tarixishunosligida o`zgacha qiziqish bilan o`rganiladi.Bida ham shu qiziqish tufayli kichik tadqiqotimizning birinchi bobi ikki daryo oralig`i tarixi tarixshunosligi sifatida o`rin egalladi.
Ikki daryo oralig`ining qadimgi tarixiga oid bo`lgan manbalardan Xamurappi qonunlariga allohida to`xatil o`tildi. Sababi bu qonunlar to`plamidan o`sha davrning ham siyosiy, ham ijtimoiy, ham iqtisodiy hattoki madaniy hayoti haqida batafsil ma`lumotlar olish mumkin.
Xamurappi qonunlari va uning davlat va jamiyat hayotida tutgan o`rnini aniqlashga uringan ko`plab tarixchilarning asarlari tahlil qilindi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, Xammurapi qonuni o`z davri uchun mukammal qilib chiqilgan adolatli qonunlar majmuasidir. Ushbu qonun keyingi davr qonunchilik institutining rivojlanishiga salmoqli hissa qo`shgan.
Qadimgi Sharq tarixida alohida va takrorlanmas tarixga ega bo`lgan Misr tarixini yoritgan bir qancha olimlarning asarlaridan foydalangan holda Misr tarixi tarixshunosligi ochib berishga harakat qildik. Mazkur bitiruv malakaviy ishimizning ikkinchi bobida Misr tarixshunosligidagi asosiy manbalar bayoni tavsifi berildi va xulosa qilib aytish mumkinki Qadimgi Sharq tarixini o`rganishda Misr tarixi va madaniyati yoritilgan manbalar alohida ahamiyat kasb etadi.
Aynan shunday manbalardan biri sifatida bitiruv malakaviy ishdan alohida reja sifatida o`rin olgan “Ipuver nasihatlari” qadimgi Misr tarixini o`rganishda asosiy va nihoyatda qimmatli manbalardan biridir. Uni o`rganish jarayonida o`sha davr ijtimoiy tuzumi, siyosiy ahvoli, madaniyati va iqlimi to`g`risida aniq tasavvur hosil qilish mumkin. Ushbu kichik tadqiqotimiz davomida“Ipuver nasihatlari” ni O`zbekistonda birinchi marotaba to`liq o`zbek tilida tadqiq qilgan va chop ettirgan Hamroyev Azalshoh Hazratovichning o`quv-qo`llanmalaridan foydalandik va buning uchun A. Hamroyevga katta minnatdorchilik bildiramiz.
Mazkur mavzuning hali ochilmagan qirralari nihoyatda ko`p va serqirradir.uni ma`lum bir tarixchi olimlar tadqiq etgan bo`lsa-da, hali ochilmagan juda ko`plab mavhum muammolari tadqiq etilishini kutib turibdi.
Bitiruv malakaviy ishimiz xulosasida ushbu mavzuni o`rganish va tadqiq etishborasida quyidagi takliflarni taqdim etmoqchimiz:
Qadimgi Sharq tarixi tarixshunosligini yoritishda to bugungi kungacha olib borilgan tadqiqotlar keng ommaga o`zbek tilida taqdim etilsa maqsadga muvofiq bo`lardi;
Sharqning Qadimgi tarixi tarixshunosligida o`tgan davr mobaynida tarixiy voqealarni sinfiylik ruhida yoritgan mualliflarning asarlarini qayta ko`rib chiqish ham o`z tadqiqotchisini kutmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |