6. O’zbekistonda ijtimoiy himoya tizimida inson omili
O’zbekistonda barpo etilayotgan demokratik jamiyatda asosiy boylik inson bo’lib qoladi. tkazilayotgan islohotlarning mazmuni ham shu bilan bog’liq. Bu haqda prezident I.A.Karimov shunday ta'kidlaydi: “Bizning asosiy boyligimiz, rivojlangan davlat tuzishga olib boradigan yo’ldagi asosiy tayanchimiz - insondir. Yuksak malakali va yuksak ma'naviyatli insondir”. Lekin, shunisi ham borki, islohotlar davrida ijtimoiy guruhlarning ham o’rni muhim ahamiyat kasb etadi. Demokratik jamiyat qurish sharoitida o’rta mulkdorlar qatlami katta salmoqqa ega bo’ladi. O’rta sinf demokratik jamiyatni rivojlantirishda va uning ijtimoiy-siyosiy barqarorligini ta'minlashda asosiy kuchga aylanadi. Zero, davlat bunday sharoitda kuchli muvofiqlashtiruvchi kuchga ega bo’ladi, o’rta sinf esa jamiyat taraqqiyotini texnologik, texnik, ilmiy va ma'naviy ta'minlovchi omil sifatida namoyon bo’ladi.
Shuni alohida ta'kidlash o’rinliki, O’zbekistonda islohotlar muqarrarligining g’oyat muhim sharti bo’lmish aholini ijtimoiy himoya qilish uzluksiz ustuvor yo’nalish hisoblanadi. Bu holat o’z navbatida quyidagi omillarni belgilab beradi:
-Kuchli ijtimoiy himoya siyosati istiqlol va taraqqiyot yo’liga ishonchni mustahkamlaydi, bu ishonch esa aniq moddiy zamin asosida hosil bo’ladi.
-Kuchli ijtimoiy himoya siyosati eng avvalo inson uchun munosib turmush va faoliyat sharoitlarini yaratadi. XXI asr boshida dunyo taraqqiyotida munosib turmush darajasi inson omilining etuk sharti bo’lib qolayotganligi e'tiborga olinsa, mamlakatimizda bu masalani hal etishda ijtimoiy himoyalashdan unumli foydalanish masalasi nechog’li ahamiyatli ekani ayon bo’ladi.
-Kuchli ijtimoiy himoya siyosati fuqarolarning islohotlarning izchil kechishidan manfaatdorligini oshib borishini ta'minlaydi va bu yangilanish jarayonining orqaga qaytishiga imkon bermaydigan ijtimoiy tayanch bo’lib xizmat qiladi.
O’zbekistonda aholining kam ta'minlangan tabaqalariga, bolalar, qariyalar, nogironlarni, shuningdek sog’liqni saqlash, ta'lim, fan, madaniyat va san'at sohalarini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan kuchli ijtimoiy himoya siyosati o’zining muayyan tajribalariga ega bo’ldi. Ma'naviy, tarixiy va madaniy qadriyatlar, aholining axloqiy holati, yosh avlodni tarbiyalash vazifalari dolzarb bo’lgan O’zbekiston uchun bu holat katta ahamiyatga ega. Bu tajriba fuqarolarning siyosiy faolligini yanada oshirish, mehnat resurslarini ijtimoiylashtirish, mintaqaviy rivojlanishni avj oldirish, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni barqarorlashtirish imkonini beradi.
Kuchli ijtimoiy himoyalash siyosati jamiyatda yangicha fikrlashning, asoslarini yaratishga qodirligi tufayli ham demokratik jamiyat barpo etishga ko’maklashadi. Zero, jamiyatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlik yuzaga kelgach, fuqarolar fikrlashga, yangi zamon tartiblarini tuzishga ishtiyoq bilan intiladilar. Chunki, fikrlovchi odam fuqarolik jamiyatiga ta'sir o’tkazish qobiliyatini mumkin qadar ko’proq ro’yobga chiqara olgan taqdirdagina, kuchli bo’la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |