1. . Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil
etish fanining ob’yekti, predmeti va uslubi.
Iqtisodni erkinlashtirish sharoitida xalq farovonligini
oshirish borasida iqtisod bilan bog‘liq bo‘lgan
masalalar muhim o ‘rin egalladi. A na shu iqtisodga
asoslanib, ijtimoiy masalalarni hal qilish, davlatning
tashqi hujumga qarshi himoya vositalari, faol tashqi
siyosati sohalarida poydevor yaratiladi. Iqtisod,
ijtimoiy ishlab chiqarish, taqsimot va ayirboshlash
barcha b o ‘g ‘inlarini qamrab oluvchi milliy
iqtisodiyot kompleksini tashkil etadi. Bu kompleksda
asosiy o ‘rin sanoat korxonalariga tegishlidir. Chunki
u yerda bevosita ishlab chiqarish jarayoni amalga
oshirilib, moddiy boyliklar yaratiladi. 0 ‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev 2020 yil 24
yahvarda Oliy M ajlisga Murojaatnomasida
quyidagilami takidladilar: “ Sanoatning 12 ta
yetakchi tarm og’ida modem izatsiyalash va
raqobatdoshlikni kuchaytirish dasturlari jadal
amalga oshirilmoqda. Natijada o'tgan yili iqtisodiy
o'sish 5,6 foizni tashkil etdi. Sanoat mahsuloti ishlab
chiqarish hajmi 6,6 foizga, eksport - 28 foizga
ko'paydi. Oltin-valyuta zahiralarimiz 2019 yil
davomida 2,2 milliard dollarga ortib, 28,6 milliard
dollarga yetdi. 2020 yilda makroiqtisodiy
barqarorlikni ta'minlash va inflyatsiyani jilovlash -
iqtisodiy islohotlar jarayonidagi bosh vazifamizdir.
Raqamli tehnologiyalar nafaqat mahsulot va xizm
atlar sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlami
kamaytiradi. Davlat tomonidan 37 turdagi mahsulot
va xizmatlar narxining tartibga solinayotgani erkin
raqobatga salbiy ta'sir qilmoqda. Shuni hisobga olib,
endi asosiy e'tibomi narxlami belgilashga emas,
balki korxonalar o'rtasida sog’lom raqobatni
ta'minlash orqali narxlami pasaytirishga va sifatni
oshirishga qaratishimiz kerak. Xalqaro tajribani
o'rganib, raqobatni olib kirish mumkin bo'lgan
monopoliya sohalariga xususiy sektor uchun yo'l
ochish va shu orqali raqobat muhitini shakllantirish
lozim. Iste'mol bozorida oziq-ovqat mahsulotlari
narxi barqarorligini ta'm inlashning yagona yo'li -
mevasabzavot, chorvachilik va boshqa oziq-ovqat
mahsulotlari yetishtirish hajmini ko'paytirish hamda
“daladan do'kongacha” bo'lgan uzluksiz zanjimi
yaratishdir , foyda solig’ini hisoblashda yangi
tehnologik uskunalar xarid qilish, yangi ob'yektlam i
qurish va modernizatsiya qilish xarajatlari bo'yicha
chegirmalar kengaytirildi, barqaror iqtisodiy
o'sishning eng muhim garovi - raqobatdosh
mahsulotlar ishlab chiqarish, ular uchun yangi
xalqaro bozorlar topish va eksportni ko'paytirish,
tranzit salohiyatidan to'liq foydalanish
hisoblanadi.2020 yilda 3 mingga yaqin standartlami
qabul qilish, ulam ing sonini 10 mingtaga va xalqaro
standartlar bilan uyg’unlashish darajasini 40 foizga
yetkazish darkor, sanoat tarmoqlarini uzluksiz
xomashyo va zamonaviy infratuzilma bilan
ta'minlash zarur”. Yuqoridagilardan ko’rinadiki,
bugungi kunda yalpi ichki mahsulot tarkibida
sanoatning ulushi m a’lum foizni egallab turibdi.
Shuning uchun sanoat korxonalarida ishlab
chiqarishni tashkil etish fanining yutuq va
xulosalaridan mamlakat sanoat korxonalarini
rivojlantirishning qisqa va uzoq muddatlarga
belgilangan dasturlarini ishlab chiqishda keng
foydalaniladi. 0 ‘zbekiston Respublikasi
iqtisodiyotida sanoat ishlab chiqarishning ulushi
yuqori bo'lganligi sababli fanning ahamiyati va uni o
‘rganish zarurati katta. Kishilik jam iyati
taraqqiyotining negizi uning bir tarixiy bosqichdan
boshqa bir bosqichiga o'tishining asosiy moddiy
ishlab chiqarish, y a’ni kishilarning yashamoqlari
uchun zarur iste’mol ne’matlarini ishlab chiqarish
ekanligini bugungi kunda hamma biladi. Bir so‘z
bilan aytganda: m oddiy n e’m atlar jam iyat hayoti
va taraqqiyoti uchun zarur bo'lgan asosiy shartdir.
M oddiy n e’m atlar ishlab chiqarish jam oatchilik
ishlab chiqarishidan to hozirgi yuksak rivojlangan
ishlab chiqarishgacha bo'lgan tarixiy taraqqiyot
yo'lini bosib o'tdi. Biroq har bir tarixiy bosqichda
uning o'ziga xos xususiyatlaridan tashqari, ishlab
chiqarishni ijtimoiy xususiyatidan qat’iy nazar, ishlab
chiqarish uchun um um iy bo'lgan xususiyatlar
mavjud. H ar qaysi ishlab chiqarish uchun inson
bilan tabiat o'rtasida o'zaro harakat mavjudligi
xarakterlidir, bu o'zaro harakat m obaynida inson
tabiat buyumlarini o'zgartiradi va o 'z ehtiyojini
qondirish uchun moslashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |