Animizm
- (lotincha - animus - jon, ruh demakdir) qadimgi zamon dinlaridan biri, kishi
ruhining mavjudligiga ishonishdan iborat. Animizm tabiatdagi buyumlarni ilohiylashtiradi, har
bir jismda ruh bor, tanadan tashqarida ham jon bor, deb hisoblanadi.
Animistik tasavvurlar barcha xalqlar tarixidagi dinlarda jon va ruh haqidagi
tushunchalarning shakllanishida ma’lum bir rol o‘ynagan. Animizm har bir kishida uning tiriklik
hayoti manbai bo‘lgan jon bor, deb talqin qilgan. Dastlabki animistik tasavvur jonni soya yoki
nafas bilan aynan, deb bilar edi. Masalan, SHimoliy Amerika xalqlarida soya bilan jon, qadimgi
arablarda jon bilan qon, Grelandiyada esa nafas olish bilan jon bitta nom bilan ataladi. Animizm
odamda olam haqidagi tasavvurlarni shakllantirish, predmet va hodisalar xususiyatlarini chuqur
o‘rganish, jon va ruxlarning tirik odamlar singari qobiliyatga ega degan fikrlar paydo bo‘lishi
munosabati bilan tarkib topgan. SHu davrda jonning o‘lmasligi haqidagi tasavvur paydo bo‘lgan.
CHunki qadimgi odamlar o‘z tanalarining tuzilishi to‘g‘risida to‘liq bir tushunchaga ega
bo‘lmay, hatgoki uyqu va tush ko‘rishining sabablarini ham izohlay olmaganlar. SHundan so‘ng
ibtidoiy odamlar inson tanasini boshqaradigan qandaydir alohida bir kuch bo‘lib, odam
o‘lgandan so‘ng u kuch, ya’ni jon tanadan chiqib ketadi degan tasavvur hosil bo‘lgan. Natijada
jonning tanani tark etgandan keyingi faoliyati qanday kechishi haqida o‘ylay boshlaganlar.
Ibtidoiy odamlar o‘zlarini tabiatdan ajratib qo‘ymaganlar. SHuning uchun ular o‘zlari bilan bir
qatorda hayvon, o‘simlik, hatto mehnat qurollari, keyinchalik, suv, o‘rmon, momaqaldiroq va
boshqalarda ham jon bor, degan tasavvurlarni keltirib chiqarganlar. Buni fanda gilozoizm deb
ataydilar.
Jon va ruxdarga ishonish barcha dinlarga xosdir. Dindorlarning fikricha, jon barcha
kishilarda bo‘lib, xudo eng oliy ruh hisoblanadi. Odam o‘lgandan so‘ng tanadan chiqib ketadigan
jon bor, degan tasavvur chuqurlasha borgan. Demak, odam o‘lganda jon chiqib ketib,
yashayverar ekan, uning o‘zi abadiy yashaydi degan tushuncha paydo bo‘lgan. Abadiy ruh
to‘g‘risidagi tasavvur ana shu yo‘sinda shakllangan. Ruxlarga ishonish arvohlarga ishonishni
keltirib chiqargan.
Jon va ruhlarning o‘lmasligi haqidagi qadimiy animistik tasavvurlarning elementlari
hozirgi barcha dinlarda saqlanib qolmokda. Masalan, dindorlar tasavvurida o‘lgan kishilarning
arvohini yo‘qlash, ularni tirik odamlar singari hamma narsadan xabardor, deb tushunish mavjud.
SHu tufayli jon va ruhlarga atab qurbonlik, xayr-xudoyi qilish, sadaqa berish odatlari hamon
uchrab turadi. Ba’zan murdani kiyimlari bilan dafn etish, yoniga suv, ovqatlar qo‘yish odatlari
ham animizmning ko‘rinishidir. O‘zbeklarda arvohlar haqidagi tasavvurlar, ularni eslab
payshanba oqshomi arafasida chiroq yoqish, kabristonlarga borib qur’on suralaridan o‘qish
animizmga bo‘lgan e’tiqodning shakllaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |