URUG‘-QABILA VA MILLIY DINLAR
Ibtidoiy odamlarning diniy e’tiqodlari totemizm, animizm, fetishizm, shomonlik, magiya
(sehrgarlik) shakllarida tarqalgan. Ularning ba’zi bir elementlari hozirgi zamon dinlarida ham
uchraydi.
Totemizm - hindlar tilidagi "O totem" (uning urug‘i) degan so‘zdan kelib chiqqan.
Totemizm ibtidoiy g‘oyat sodda diniy e’tiqodning bir turi bo‘lib, qadimgi zamondagi urut-qabila
a’zolarining muayyan bir hayvon, o‘simlik bilan g‘ayritabiiy aloqasi, yaqinligi, qon-
qarindoshligi bo‘lgan deb, bu hayvon va o‘simliklarni muqaddaslashtirishdan iboratdir.
Totemizmning muayyan kishilar guruhining tabiat, binobarin, tashqi muhit bilan bog‘liqligini
ifodalovchi dastlabki shakllaridan edi. Har bir kabila yoki urug‘ o‘z sharoitini hamda
imkoniyatlarini ko‘zda tutib, ba’zi hayvonlarni ovlar va ular haqida etarli ma’lumotlarga ega edi.
Bunday hayvonlarni yaqindan bilish ularning urug‘ bilan yaqinligi yoki qon-qarindoshligi bo‘lsa
kerak, degan tasavvurni keltirib chiqargan. Natijada ba’zi hayvonlar, ksyinchalik esa
o‘simlikning ba’zi navlari ham muayyan urug‘ a’zolarining ajdodi-totemidir, degan tasavvur
shakllanishiga olib kelgan. SHu boisdan keyinchalik urug‘ a’zolari totemning "yordamiga" ko‘z
tikkanlar, uni muqaddaslashtirib, o‘z homiylari deb hisoblanganlar, sehr yo‘li bilan unga ta’sir
qilishga uringanlar. Totemga sajda qilingan, u himoya qilingan, e’zozlangan, uni o‘ldirish,
iste’mol qilish man etilgan. Faqat ayrim hollarda, ya’ni tantanali kunlarda totem hisoblangan
hayvon yoki o‘simlikni maxsus rasm-rusumga rioya qilingan holda iste’mol qilish mumkin
bo‘lgan. Urut a’zolarida shundagina totemning kuch-quvvati kishilarga o‘tadi va u kelgusida
ham urugaing homiysi bo‘lib qoladi degan tasavvur bo‘lgan.
Totemizm e’tiqodlari tub avstriyaliklarda keng saqlanganligini ularning urug‘lari
nomlaridan payqash mumkin. Ular urug‘larni konkret hayvoilar (kengru, oq ho‘kiz, qora ho‘kiz
kabi yoki ayrim o‘simliklar) nomi bilan ataganlar.
Totemizm elementlarini hozirgi dinlarda ham ko‘rish mumkin. Masalan, hinduizm dinida
fil, sigir, maymun, ilonlar kabilar mukaddas hayvonlar hisoblangan. O‘zbeklarda qaldirg‘och,
musicha, laylak, ko‘k qarg‘ani muqaddas qushlar deb e’zozlash ham totemizm ko‘rinishlaridan
biridir. Markaziy Osiyo xalqlarida, shu jumladan o‘zbeklarda muchalga qarab vaqt hisobini
chiqarish totem e’tiqodi bilan bog‘liqdir. Masalan, ota-bobolarimizda odamlarning yoshini, ya’ni
tug‘ilgan kunidan boshlab qancha yashaganligini muchal orqali, muayyan hayvon nomlari bilan
atalgan yil hisobidan keltirib chiqarish odati bo‘lgan.
Muchal mo‘g‘ul, xitoy va butun turkiy xalqlarda keng tarqalgan yil hisobi bo‘lib, unda yil
oylari 12 hayvon nomi bilan ataladi: sichqon (mush), mol (gav), yo‘lbars (palang), quyon
(xargo‘sht), baliq (nahang), ilon (mor), ot (asp) qo‘y (go‘sfand), maymun (hamduna), tovuq
(murg‘), it (sak), to‘ngiz (xo‘k) shular jumlasiga kiritilgan.
Xalqimizda, ayniqsa, musulmonlarda totemning elementlaridan bo‘lgan muchalga e’tiqod
qilish hali ham qisman davom etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |