tirikchilikka kerak bo‘lgan narsalarni topishdan oldin shu buyum yoki hodisaga bog‘liq bo‘lgan
magik harakatlarni bajarganlar.
Diniy munosabatlar, birinchidan, har bir diniy jamoa, uyushma, tashkilotlar orasidagi,
ikkinchidan, diniy tashkilotlar o‘rtasidaga va uchinchidan, tashqi munosabatlar doirasidagi
aloqalarga bo‘linadi. Bu alokalarning ob’ekti va sub’ekti diniy jamoalardir, ular diniy e’tiqodga
asoslangan dunyoqarashga ega bo‘lgan kishilar birligining muayyan shakli va diniy
uyushmaning boshlang‘ich elementidir. Bu birlikning asosiy belgilari quyidagicha:
1) diniy e’tiqod, maqsad va vazifalar birligi; 2) diniy marosimlar va undan tashqaridagi
faoliyatlarning birligi; 3) etnik birlik tuyg‘uei; 4) jamoa a’zolari orasidagi o‘zaro taqsimlangan
mavqe va vazifalarning birligi.
Diniy jamoalarning tuzilishi an’analar va urf-odatlar, ququq yoki umumiy dasturlar, qoida,
fatvolar bidan belgilanadi. Bular maxsus mezonlar asosida rasmiy va norasmiy guruxlarga: -
"jamoa kengashi", "ruhoniylar", "qavmlar" va "va’zxonlar" ga, diniy va xo‘jalik, moliya ishlari
bilan shug‘ullanuvchi guruhlarga bo‘linadi.
Muayyan sharoitlarda diniy jamoa ko‘shnichilik, qishloq va mahallachilik jamoasiga mos
kelgan. Bunda dindorlik darajasi yuqori va chukur bo‘ladi. Jamiyatning taraqqiy etishi
jarayonida ijtimoiy munosabatlar tarmokdanadi. Unda shaharning mavqei ortib borgan sari turli
axloqiy va milliy guruxdardan tashkil topgan ishlab chiqarish jamoalari hosil bo‘lgan va
ko‘payib borgan sari diniy jamoalar mustaqil tus olgan. Hozir ham shunday. Masalan, islomda
dastlabki musulmon jamoasi 622 yili Madinada muhojirlar va ansorlardan iborat holda tashkil
topgan. Ko‘p hollarda diniy birlik geografik joylashish jihatidan etnik birlikka mos kelgani
uchun din etnik milliy birlik ma’nosini ham anglatgan. Islomdagi mavjud qonunlarga binoan 18
yoshga to‘lgan har bir fuqaro diniy jamoa a’zosi bo‘la oladi. Bunday jamoa kamida 100
mo‘mindan iborat bo‘lishi lozim, aks holda diniy guruh deb hisoblanmaydi. Diniy uyushmalar
faoliyati o‘z a’zolarining yashayotgan joyi bilan cheklanadi. U ixtieriy va mustakil tashkilot
bo‘lib, moddiy jihatdan ham o‘z-o‘zini ta’minlaydi. Diniy ishlarni boshqarish, diniy mol-mulk
va pul mablag‘lari bilan bog‘liq vazifalarni bajarish, tashqi aloqalarni yo‘lga qo‘yish uchun diniy
uyushma a’zolari o‘z orasidan ijroiya organini saylaydi. Diniy tashkilot bu dinga
ishonuvchilarning va diniy jamoalarning uyushmasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: