“Ijtimoiy fanlar”kafedrasi


sabablari to‘g‘risidagi fan sifatida belgilab berdi



Download 6,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/392
Sana03.06.2022
Hajmi6,26 Mb.
#632252
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   392
Bog'liq
2 5398084875238512873

sabablari to‘g‘risidagi fan sifatida belgilab berdi.
Dinlarning kelib chiqishi haqidagi ikkinchi qarash fanda “
materialistik yondashuv
” deb 
nomlanadi. Mazkur qarashlarning paydo bo‘lishi antik davrga borib taqalib, ilk bor qadimgi 
yunon faylasuflari qarashlarida aks etgan. XVII asrga kelib Evropada cherkov hokimiyatining 
susaya boshlashi, hurfikrlilik namoyandalari - din tanqidchilarining paydo bo‘lishi, XIX asrning 
ikkinchi yarmida CHarlz Darvin tomonidan “Turlarning kelib chiqishi” (1859) nomli asarning 
chop etilishi ham turtki bo‘ldi. Keyinchalik mazkur qarashlar Avgust Komt va Lyudvig 
Buxnerlar tomonidan eng cho‘qqisiga ko‘tarildi. Unga ko‘ra din bu ijtimoiy hodisa, inson 
tafakkuri, emotsiyalari mahsulidir. Mazkur qarash tarafdorlari fikricha, dinlar soddadan – 
murakkabga, umumiylikdan – xususiylikka, ko‘pxudolikdan – yakkaxudolikka tomon uzoq 
tarixiy evolyusion jarayonni bosib o‘tgan. Unga ko‘ra, ilk davrdagi ibtidoiy odamning jismoniy, 


fiziologik, asab-endokrin, biologik, psixologik va boshqa sohalari o‘ziga xos xususiyatlarga ega 
edi. Bu nafaqat uning hayoti va faoliyatiga, fe’l-atvoriga, balki uning fikrlash darajasiga, kuchli 
hayajonlanishiga, tasavvur etishiga, mustahkam, haqiqiy yoki soxta mantiqiy qonuniyatlarni 
kashf etishiga ta’sir ko‘rsatadi. Uyqu, tush va nafas olish kabi holatlarda tanani boshqaruvchi va 
o‘lim bilan undan ajratib turuvchi, hayot bag‘ishlovchi qandaydir kuch mavjudligiga ishongan 
ajdodlarimiz, mazkur kuch harakat qiluvchi har bir narsa: daryo, quyosh, oy, daraxt kabi 
mavjudotlarda bor deb tasavvur qilganlar. Natijada, inson qo‘rquvi, hurmati, ehtiyoji va zarurati 
darajasida ularga sig‘ina boshlagan.
Materialistik maktab tarafdorlari fikriga ko‘ra, qo‘rquv dinlarning kelib chiqishida asosiy 
rol o‘ynagan hissiy holatdir. Jumladan, ingliz faylasufi Xerbert Spenser (1820-1903) ham 
ibtidoiy qabila dinlarining kelib chiqishiga qo‘rquv natijasida “ajdodlarga sig‘inish” sabab 
bo‘lganligini ta’kidlaydi. Spenser ijtimoiy hisob-kitoblarga suyangan holda, hayot qo‘rquvining 
dinlardagi o‘rniga alohida diqqatni tortadi. Bu qo‘rquvning ajdodlarga nisbatan ibodatning 
barcha ko‘rinishlari shakllantirganligini va tangrilarning ustun yoki qahramon bo‘lgan 
ajdodlardan tanlanganligi fikrini ilgari suradi; har bir dinda ajdodlarga alohida e’tibor 
qaratilganligiga ishora qiladi.
Din tushunchasi o‘zbek tiliga arab tilidan kirib kelgan bo‘lib, ishonch, inonmoq ma’nosini 
bildiradi. Bizning fikrimizcha, din real voqelikdagi, ijtimoiy hayotdagi narsa va hodisalarni 
tabiatdan, jamiyatdan tashqarida mavjud deb hisoblaydigan, ularni o‘ziga xos tarzda aks 
ettiradigan ma’naviy e’tiqod va amalning bir turidir. 
E’tiqod 
so‘zi ham arab tilidan kirib kelgan 
bo‘lib, chuqur, mustahkam ishonch ma’nosini anglatadi- Demak, diniy e’tiqod deganda 
mustahkam, chuqur ishonch, maslak, ishonish tushuniladi. Ilohiyot, ya’ni diniy ta’limot nuqtai 
nazardan "din", "diniy e’tiqod" tushunchalari jamiyat, inson, uning ongi hayotning ma’nosi, 
maqsadi va taqdiri uni bevosita qurshab olgan moddiy olamdan tashqarida bo‘lgan, uni go‘yo 
yaratgan, ayni zamonda insonlarga birdan-bir "to‘g‘ri", "haqiqiy", "odil" hayot yo‘llarini 
ko‘rsatadigan va o‘rgatadigan ilohiy kuchga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, 
qarashlar, ta’limotlar majmuidan iboratdir. 
Muayyan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va g‘oyaviy sabablarga ko‘ra diniy dunyoqarashlar 
to‘la hukmron bo‘lgan sharoitlarda qar qanday ilg‘or tabiiy, ilmiy, jumladan, falsafiy qarashlar 
ham diniy qarashlarni, ularning mavjudlik sabablarini, mohiyati masalalarini chetlab o‘ta 
olmagan; lekin ularning din haqidagi qarashlari ruhoniy va ulamolarning rasmiy qarashlaridan 
jiddiy farq qilgan. Biz bu vaziyatni Forobiy va Beruniyning dinga bo‘lgan munosabatlarida 
ko‘rishimiz mumkin. 
Forobiyning dinga munosabati asosan uning "Fozil shahar aholisi hakida kitob" risolasida 
bayon qilingan. Uning fikricha, din ham falsafa kabi voqelikni o‘rganishga qaratilgan, Bu falsafa 


moddiy olamni bilish, sabab, oqibat bog‘lanishlarini aniqpash orqali o‘rganadi. Din esa 
voqelikka bu uslub bilan emas, balki tasvir (obrazli), ramziy, majoziy, qiyosiy tasavvurlardan 
foydalanish orqali e’tiqod qilishga chakirish yo‘li bilan yondashadi. Demak, din voqelikni, sabab 
va oqibat bog‘lanishlarining moddiy asosini o‘rganmasdan izoxlashga kirishadi. Ayni zamonda 
voqelikni falsafiy bilish, o‘z mohiyatiga ko‘ra, diniy bilishdan ustuvordir. 
Beruniyning dinga munosabati uning "qadimgi xalklardan qolgan yodgorliklar" va 
"Hindiston" asarlarida bayon qilingan. Uning fikricha, din ham bilim bo‘lib, bunday bilim 
vokelikdagi narsa va hodisalarni dalillar orqali isbotlash bilan o‘rganish mumkin bo‘lmagan 
joyda qo‘llaniladi. Diniy bilim isbotsiz e’tiqodga, ilmiy bilim esa dalillashga, isbotlashga 
asoslanadi. Beruniyning o‘zi esa butkul dalillarga asoslangan bilimlar bilan shugullangan. U 
moddiy olam haqidagi ilmiy masalalarni hal qilishda dinning ta’sirini cheklashga intilgan. 
Forobiy va Beruniy dinga bunday yondashishlar orqali ilmiy bilimni din ta’siridan xalos etishga 
g‘oyat o‘rinli harakat qilganlar. Ular dinga emas, unga singib qolgan mutaassiblikka qarshi 
chiqqanlar. 
Ilmiy bilimlarga asoslangan dunyoviy ishonchli, haqikiy ta’limot olamning mavjudlik 
sabablari masalasida diniy qarashlar bilan kelishmasa-da, ammo insonni, uning ijtimoiy faoliyati, 
ma’naviy va axloqiy qadriyatlarini o‘rganishda minglab yillar mobaynida uning bag‘rida qo‘lga 
kiritilgan bilim, tajriba, ularning hozirgi kundagi ijobiy ahamiyatini aslo rad qilmaydi. 
Dinlarning paydo bo‘lishi, qaror topishi va kayta tiklanishining gnoseologik, ijtimoiy va 
psixologik ildizlari mavjudsir. Uning ildizlari o‘zaro aloqadorlikda bo‘lib, ijtimoiy 
taraqqiyotning turli bosqichlarida ularning egallagan o‘rni ham, odamlarga ta’sir darajasi ham 
goh kuchayib, goh pasayib turadi; bu ildizlar tufayli din tarqalib, qaror topib, amal qilib, goh avj 
olib, goh zaiflashib turadi. Masalan, hozirgi davrda umumbashariy (global) muammolar, 
chunonchi oziq-ovqat etishmasligi, xom ashyo kamayib borayotganligi, energiya tanqisligi, 
aholining tez ko‘payib borayotganligi, termo-yadro urushi xavfi kuchayayotganligi, atrof-
muhitning tobora ifloslanayotganligi, ekologik vaziyat, ya’ni axloqiy buzilish (siyosiy, diniy 
ekstremizm, terrorchilik, korupsiya, o‘garlik, talonchilik, buzg‘unchilik va h. k., tobora ko‘proq 
taxdid, xavf-xatar tug‘dirmokda. 
Din kishilar o‘rtasidagi muayyan munosabatlar va bu borada diniy tashkilotlarning 
faoliyatidan ham iboratdir. Dinning hamma tarkibiy qismlari singari diniy munosabatlar va diniy 
tashkilotlar faoliyati ham ijtimoiy vaziyatlar bilan belgilanadi. Bularning faoliyati nisbiy 
mustaqillikka ega bo‘lib, kishilarning voqelikka bo‘lgan munosabatiga muayyan darajada ijobiy 
yoki salbiy ta’sir etib turadi. 
Diniy tushunchalar, tasavvur va kayfiyatlarga moslashib, bularning bevosita ta’siri 
natijasida vujudga keladigan dindorlar o‘rtasidagi aloqadorlik va diniy jamoa, uyushma va 


tashkilotlarning faoliyatlari diniy munosabatlar deb ataladi. Bunday munosabatlar ijtimoiy, 
goyaviy, mafkuraviy munosabatlarning turlari bo‘lib, muayyan dunyoqarashni shakllantiradi, 
pirovardi-oqibatda ishlab chiqarish munosabatlarining mahsuli hisoblanadi. 
Jamiyatda diniy munosabatlar alohida mavjud bo‘lmaydi; ijtimoiy munosabatlarning 
boshqa turlari, chunonchi siyosiy, huquqiy, axloqiy, ma’naviy munosabatlar, mehnat jarayonlari 
bilan uzviy bog‘liqsir; bir-birini oziklantirib turadi. 
Diniy munosabatlar, birinchidan, har bir diniy jamoa, uyushma, tashkilotlar orasidagi, 
ikkinchidan, diniy tashkilotlar o‘rtasidaga va uchinchidan, tashqi munosabatlar doirasidagi 
aloqalarga bo‘linadi. Bu alokalarning ob’ekti va sub’ekti diniy jamoalardir, ular diniy e’tiqodga 
asoslangan dunyoqarashga ega bo‘lgan kishilar birligining muayyan shakli va diniy 
uyushmaning boshlang‘ich elementidir. Bu birlikning asosiy belgilari quyidagicha: 
1) diniy e’tiqod, maqsad va vazifalar birligi; 2) diniy marosimlar va undan tashqaridagi 
faoliyatlarning birligi; 3) etnik birlik tuyg‘uei; 4) jamoa a’zolari orasidagi o‘zaro taqsimlangan 
mavqe va vazifalarning birligi. 
Diniy jamoalarning tuzilishi an’analar va urf-odatlar, ququq yoki umumiy dasturlar, qoida, 
fatvolar bidan belgilanadi. Bular maxsus mezonlar sosida rasmiy va norasmiy guruxlarga: -
"jamoa kengashi", "ruhoniylar", "qavmlar" va "va’zxonlar" ga, diniy va xo‘jalik, moliya ishlari 
bilan shug‘ullanuvchi guruhlarga bo‘linadi. 
Mustaqillik ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, jumladan, ma’naviy hayotdagi 
yangilanish jarayoni va tub o‘zgarishlar davrini boshlab berdi. Dinga bo‘lgan munosabat ijobiy 
tomonga o‘zgardi: sobiq sovet tizimining dinga ateistik hujumkorlik siyosatiga barham berildi, 
vijdon erkinligi qonun orqali kafolatlandi. 
Din – e’tiqod va u har bir kishining shaxsiy ishi hisoblanadi. Diniy nuqtai nazarga ko‘ra, 
din
– muayyan diniy e’tiqodlarga, ya’ni ilohga, uning tomonidan insonlarga xabar 
etkazuvchilarning g‘ayrioddiy salohiyatga ega ekaniga (payg‘ambarlik), insonlar atrofida unga 
ko‘rinmaydigan ammo undan ancha yuqori darajada turuvchi mavjudotlar borligiga (farishtalar, 
jinlar) inson ideal hayot kechirishi uchun azaldan belgilangan qonuniyatlar mavjudligiga 
(muqaddas kitoblar), inson hayoti muntazam nazorat ostida ekaniga, qilingan barcha yaxshilik va 
yomonlik uchun mukofot yoki jazo muqarrarligiga (oxirat, hisob-kitob qilinish), inson qismati 
avvaldan belgilanishiga (taqdir) va shu kabi qarashlarga ishonish, ularni aqida sifatida qabul 
qilishdan iborat. 
Din 
– tabiat, jamiyat inson va uning ongi, yashashdan maqsadi hamda taqdiri insoniyatning 
bevosita qurshab olgan atrof-muhitdan tashqarida bo‘lgan, uni yaratgan ayni zamonda insonlarga 
to‘g‘ri, haqiqiy, odil hayot yo‘lini ko‘rsatadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda 
etadigan maslak, qarash ta’limotdir. U muayyan ta’limotlar, his-tuyg‘ular, toat-ibodatlar va diniy 


tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bo‘ladi. U olam, hayot yaratilishini tasavvur 
qilishning alohida tariqasi, uni idrok etish usuli, olamda insoniyatning ilk tarixidan to bizgacha 
o‘tgan davrlarni ilohiy tasavvurda aks etishidir. Din komil insonni tarbiyalashda salmoqli 
tarbiyalovchi qudratga ega bo‘lgan ma’naviy-axloqiy kuchdir. 
Din ishonmoq tuyg‘usidir. Ishonmoq tuyg‘usi insoniyatning eng teran va go‘zal ruhiy-
ma’naviy ehtiyojlaridandir. Dunyoda dini, ishonchi bo‘lmagan xalq yo‘q. Xalq dinsiz, e’tiqodsiz 
biror-bir narsaga ishonchsiz holda yashay olmaydi. Sotsiologik nuqtai nazardan qaraganda din 
jamiyat uchun zaruriy narsa, ijtimoiy hayotning ajralmas qismidir. U ijtimoiy munosabatlarni 
yuzaga keltiruvchi va amalga oshiruvchi omil sifatida namoyon bo‘ladi. Bu esa dinni jamiyatda 
bajargan vazifalariga ko‘ra o‘rganish mumkin demakdir. 

Download 6,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish