“Ijtimoiy fanlar”kafedrasi



Download 6,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/392
Sana03.06.2022
Hajmi6,26 Mb.
#632252
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   392
Bog'liq
2 5398084875238512873

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


11-MAVZU: DIN MADANIYAT FENOMENI. 
 
REJA 
 
1.O‘zbekistonda dinga yangicha qarash va munosabatlarning shakllanishi.
2.“Dinshunoslik” fanining maqsad va vazifalari. 
3.Din – ijtimoiy ong shakli, muayyan turmush va tafakkur tarsi, manaviy qadriyat sifatida. 
Dinning ijtimoiy funksialari – vazifalari. 
4. Миллий ва жаҳон динлари. 
 
Tayanch so’z va iboralar 
Din, dinshunoslik, dinshunoslik fanb predmeti, dinning strukturasi, dinning funksiyalari: 
dunyoqarashlik, tarbiyaviy, regulyatorlik, integratorlik, kompensatorlik, kommunikativliк, 
totemizm, animism, fetishism, shomonlik, magiya, milliy dinlar: hinduiylik, konfutsiylik, 
daotsizm, iudazim,буддизм,христианлик. 
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, o‘tgan yillar davomida ijtimoiy tuzum, siyosiy 
o‘zgarishlar kishilar ma’naviyatida o‘zgarishlarni keltirib chiqardi. Inson ma’naviy kamolotining 
omillaridan biri bo‘lgan din mamlakatimiz hayotida o‘ziga xos munosib o‘rinni egalladi. 
Ko‘pgina millat, turli diniy konfessiya vakillari tinch-totuv yashayotgan O‘zbekistondagi barcha 
dinlarning tengligini ta’minlash, fuqarolarning e’tiqodiga hurmat bilan qarash, mamlakatda 
tinchlik va barqarorlikni saqlash, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy taraqqiyot imkoniyatlarini 
kengaytirishning muhim shartlaridandir. 
Ma’naviy 
taraqqiyot 
imkoniyatlarini 
kengaytirish, 
rivojlantirishda 
esa 
dinshunoslik fanining tutgan o‘rni benihoyadir. Hozirgi kunda Oliy o‘quv yurtlarida 
o‘qitilayotgan ushbu fanining vazifasi oliygoh talabalariga shu sohada chuqur bilim berish orqali 
fan doirasiga kirgan masalalarni taxlil qilishda ilmiylik va ob’ektivlik uslubini qo‘llab, ularda 
diniy qarashlar taraqqiyotiga, inson kamolotiga xizmat qiladigan jihatlarini ajratib olish, mustaqil 
fikr yuritish orqali ilmiy- falsafiy dunyoqarashga asoslangan imon va e’tiqodni shakllantirishdan 
iborat. 
Dunyoviy demokratik va huquqiy jamiyat qurish yo‘lidan borayotgan jamiyatda diniy 
e’tiqodning tutgan o‘rni va rolini to‘g‘ri belgilay bilish va uni to‘g‘ri idrok etishda mazkur 
fanning ahamiyati kattadir. Jamiyat shakllanishining dastlabki davrlarida paydo bo‘lgan din 
xalqlar hayoti bilan bog‘liq holda rivojlangan, moslashgan, asta-sekin diniy tuzimni vujudga 
keltirgan. Natijada, ma’lum ijtimoiy-siyosiy va madaniy-axloqiy vazifalarni bajarishni o‘z 


zimmasiga olgan. Bunday funksiyalar jamiyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida ayniqsa 
yaqqol ko‘zga tashlanadi. 
Dinshunoslik fani insonshunoslik fani sifatida dinning ming yillar davomida ijtimoiy 
taraqqiyotdagi o‘rniga, ahamiyatiga xolis baho beradiki, bu ayiiqsa dinning mohiyatini, 
jamiyatda, tarixda, ma’naviy madaniyatda tutgan o‘rniga oid ishlangan mavzularda o‘z aksini 
topdi. 
Din inson tarbiyasiga adolat va insonparvarlik omillari ustuvor bo‘lishiga imkon beradigan 
ma’naviy e’tiqoddir. Hozirgi murakkab va mas’uliyatli mustaqillik davrida turli dinlarga 
e’tiqod qiluvchi kishilarni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish, xalqlarni diniy ziddiyatlar girdobiga 
tortish, xokimiyat uchun kurash maqsadida dindan foydalanish adolatsizliklarga, nohaq qon 
to‘kishga olib keladi.
«Dinshunoslik» fani dinning paydo bo‘lishi va rivojlanish tarixi, bir shakldan ikkinchi 
shaklga o‘tishini o‘rganuvchi fandir. SHuningdek, dunyoviy davlat qurish yo‘lidan izchillik bilan 
borib, demokratiya va qonun ustuvorligini mustahkamlayottan O‘zbekistonda dinga bo‘lgan 
munosabatning asosiy mezonlari ham aniq belgilab beriladiki, amaliy o‘zgarish ham 
dinshunoslikning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. 
Hurfikrlilikka xos dastlabki fikrlar hurfikr mutafakkirlar Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Umar 
Hayyom, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Bobur kabi bobokalonlarimizning ijtimoiy-falsafiy 
qarashlari bilan boyiganki, ular izchil xulosalarni ham keltirib chiqarishgan - birinchidan, har 
qanday din jamiyatda vujudga kelib, jamiyatda shakllanganki, shu sababli din ijtimoiy ong 
shakllaridan biridir: ikkinchidan, diniy tasavvur va e’tiqodlar jamiyat taraqqiyotining muayyan 
ijtimoiy sharoitlar ta’sirida turli-tuman shakl va ko‘rinish kasb etgan: uchinchidan, ibtidoiy din 
tasavvurlaridan tortib jahon dinlarigacha bo‘lgan dinlar taraqqiyoti evolyusiyasini e’tirof etish 
dinshunoslik haqida to‘g‘ri xulosa chiqarish imkoniyatini beradi. 
Fan chiqargan ilmiy xulosalarni talabalar ongiga etkazish, ularda falsafiy dunyoqarashni 
kengaytirish, din muammosi bo‘yicha ilmiy erkin fikr yuritish, diniy. manbalarni o‘rganish va 
ular bo‘yicha ob’ektiv xulosalar chiqarishda dinshunoslik fanining ahamiyati kattadir. 
Ma’lumki, falsafa va boshqa fanlar singari dinshunoslik ham dunyoqarash bilan bog‘liq. U 
shaxsda diniy e’tiqodni paydo bo‘lishi, yashashdan boshlab, jamiyat taraqqiyotidagi evolyusiyasi 
va uning hissiyotiga ta’sirini ilmiy jihatdan o‘rganadi. Dinshunoslik o‘ziga xos ilmiy ta’rif berish 
bilan birga uning ijtimoiy, gnoseologik va psixologik ildizlarini ochadi. 
Inson doimo turli dunyoqarash va e’tiqod bilan yashaydi va yashagan. Har kimning o‘z 
ichki dunyosi, o‘z e’tiqodi bo‘ladi. Lekin, bunday xilma-xillik, qarama-qarshi aqida va 
g‘oyalarning mavjudligi murosasiz ziddiyatlarga, jiddiy to‘knashuvlarga olib kelmasligi, 
odamlar, dinu mazhablar mamlakatu davlatlar o‘rtasida ijobiy munosabatlarning shakllanishi va 


rivojlanishiga to‘siq, sun’iy g‘oya bo‘lmasligi kerak. Vijdon erkinligi dinga ishonuvchilarni 
majburan o‘z e’tiqodlaridan qaytarib, dinni ma’muriy tarzda, ta’qiqlab qo‘yishning har qanday 
nazariy va amaliy ko‘rinishlariga chek qo‘yadi. Kursning amaliy ahamiyatidan yana biri 
shundaki, qonunlarni mukammal o‘rgangan, tahlil qilgan holda uning mohiyatini, mazmunini 
ochib berishga xizmat.qiladi. 
Fuqaro, jamiyat, davlat o‘rtasida o‘zaro ijobiy munosabatni o‘rnatishda «Dinshunoslik» 
predmetining ahamiyati benihoyadir. Konstitutsiyada dinniig tarbiyaviy ahamiyatiga e’tibor 
berish lozimligi ko‘rsatilganki, predmet yoshlarga din va hurfikrlilik xaqida ilmiy bilimlar 
berish orqali dinning ijtimoiy mohiyatini, u tarixiy xodisa ekanligini tushuntirish bilan jamiyat 
rivojlanish borasida zamonaviylashuvini, ba’zan esa yangi diniy guruhlar paydo bo‘lishi 
mumkinligini ham tushuntiradi. 
Din kishilarni hamisha yaxshilikka, ezgu ishlarga chorlab kelgan. Jumladan, ota-
bobolarimizning muqaddas e’tiqodi bo‘lgan islom dini ham yuksak insoniy fazilatlarning 
shakllanishiga xizmat qilgan. U tufayli xalqimiz ming yillar mobaynida boy ma’naviyati va 
merosi, o‘zligini omon saqlab keldi. 
O‘zbek xalqining ilg‘or madaniy va ma’naviy merosini tiklash va yangi sharoitda yanada 
rivojlantirish, bu hududdagi ilk zamondan hozirgacha mavjud dinlarning tarixi, hayotiy tajribasi 
tadrijiy taraqqiyotini o‘rganish vatan tarixini chuqurroq tushunib etish, uni sevish va u bilan 
faxrlanish his-tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qiladi. Din va Qonun o‘zaro munosabatlarini 
bilish respublikada demokratik huquqiy jamiyat qurish poydevorini mustahkamlashga xizmat 
qiladi. 
Din va dunyoviy davlat orasidagi munosabat haqida so‘z ketar ekan, uning asosida eng 
avvalo, dinning davlatdan ajratilishi tamoyili yotishini ta’kidlash zarur. Bu haqda 
Konstitutsiyamizning 61-moddasida shunday deyiladi: “
Diniy tashkilotlar va birlashmalar 
davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy birlashmalarning 
faoliyatiga aralashmaydi
”. 
Mazkur moddada muhim ahamiyatga ega qoidalar mustahkam qo‘yilgan. Birinchidan, 
diniy tashkilotlar qaysi konfessiyaga taalluqliligidan qat’i nazar, bir xil huquqiy maydonda 
faoliyat olib boradilar. Ikkinchidan, diniy birlashmalar faoliyatini tashkil etish ularning ichki 
ishi hisoblanadi va davlat nazoratidan xolidir. 
SHu bilan birga, diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgan bo‘lsa-da, bu dinning jamiyatdan 
ajratilganini anglatmasligini ta’kidlash zarur. Zero, biror dinga e’tiqod qiluvchi fuqarolar ham 
jamiyatning tarkibiy qismi va shu sababli din fuqarolik jamiyatida o‘z mavqeiga ega bo‘ladi. 
Davlatning dinga munosabatidagi asosiy xususiyati – bu dinning siyosatga aralashmasligi. 
Zero, har qanday din, birinchi o‘rinda ma’naviy-axloqiy jihatni o‘z ichiga oladi. 


Davlatning dinga bo‘lgan munosabatini ifodalovchi yana bir tamoyil shundan iboratki, 
davlat dinni xalq ma’naviyatining uzviy qismi sifatida tan oladi. Bundan kelib chiqib, uning 
rivoji uchun tegishli shart-sharoit yaratishga harakat qiladi.

Download 6,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish