Iqtisodiy tarbiya
- iqtisodiy bilim va iqtisodiy savodxonlik asosida kechadi. Iqtisodiy
tarbiya - o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy – iqtisodiy bilimlarga tayangan holda
ularda muayyan sifat (tejamkorlik, tadbirkorlik, oqillik, uddaburonlik, kommunikativlik,
vaziyatni to‘g‘ri baholay olish, mehnatsevarlik, ishchanlik hamda boshqalar) hamda iqtisodiy
faoliyat ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon.
Iqtisodiy ta’lim
- tarbiya jarayoni shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun,
ya’ni iqtisodiy malaka va ko‘nikmalarni egallashi uchun uyushtiriladi va tarbiyalanuvchining
shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir etish imkoniyatini beradi. Iqtisodiy ta’lim jarayonida ta’lim
oluvchining ongi (ta’lim jarayonida), hissiyoti (darsda va sinfdan tashqari ishlarda), irodasi
(faoliyatni uyushtirish, xulqni idora qilish jarayonida)ga muntazam ta’sir etiladi. Iqtisodiy
ta’limni tashkil etishdan asosiy maqsad ta’lim oluvchilarni iqtisodiy faoliyat sub’ekti sifatida
iqtisodiy ko‘nikmalarni oshirish va kelajak malakalarini shakllantirishdan iborat.
Buning uchun: “iqtisodiy faoliyat tizimini o‘rganish, undagi o‘zining o‘rnini his etish,
zamonaviy iqtisodiy xulq atvor normalarini, iqtisodiy madaniyatni egallash, zamonaviy
119
Katona G. Psychological Economics. – L.: Oxford; Amsterdam: Elsevier, 1997. 78-b.
120
G.M.Gukasyan. Ekonomika ot
“A” do “YA”. Tematicheskiy spravochnik. M.
2010. 85-b.
iqtisodiy fikrlashni shakllantirish, mexnat vositalariga va natijalariga tejamkorlik
munosabatlarini tarbiyalashdan iborat”.
Iqtisodiy bilim
- ishlab chiqarish jarayonining mohiyati hamda iqtisodiy munosabatlar
mazmunini yorituvchi asosiy ma’lumotlar majmui.
Iqtisodiy savodxonlik
- ishlab chiqarish, xo‘jalik faoliyati, iqtisodiyot, iqtisodiy
munosabatlar borasidagi boshlang‘ich ma’lumotlarga ega bo‘lish.
Ta’lim oluvchilar tomonidan iqtisodiy bilimlarni puxta o‘zlashtirish va ularni amaliy
faoliyatda qullay olish iqtisodiy madaniyatning shakllanishi va mustahkamlanishini
ta’minlaydi.
Iqtisodiy faoliyat albatta jamiyatda shakllangan va takomillashib borayotgan iqtisodiy
madaniyatga tayanadi. Iqtisodiy madaniyat bu xo‘jalik faoliyatini faoliyati va qimmatliklar
tizimi, xususiy mulk shakliga va iqtisodiy muvaffaqiyatga nisbatan hurmat, tadbirkorlik
sohasidagi ijtimoiy muhitning rivojlanishi va unga nisbatan barqaror munosabatni
tashkillanishidir.
Kreativlik va konstruktivlik tamoyili iqtisodiy tafakkur qismlarini uyg‘unligini
ta’minlashda ijodkorlik va bir tizimga solinganlik asosida amalga oshadi. Bular texnologik
yangilanishlarga sababchi bo‘ladi, insonning iqtisodiy hayot jarayonini yaxshilashga xizmat
qiladi.
Iqtisodiy tafakkur har qanday jamiyatda ilmiy ishlarni olib borishda bir necha darajada
kechadi.
Bular; birlamchi, tarmoqli va umumdavlat darajalari. Ilmiy izlanish olib borayotgan
iqtisodiy institutlar ishlab chiqarish yoki boshqa tarmoqlarda iqtisodiy farovonlikka qaratilgan
ishlarni olib borishda avval birlamchi, ya’ni biror tajriba asosida yangi maxsulot yaratadi, keyin
tarmoqli va umumdavlat darajalarida ularni keng qollaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |