inson psixikasi kompyuterdan ko‘ra murakkabligi va odam anglagan ma’lumotlaridan ko‘prok
narsalarni idrok qilib, qabul qilishini isbotladi. Masalan, maxsus asboblar yordamida aslida odam
ko‘rmayotgan, his qilmayotgan juda kuchsiz signallar ham fiziologik
reaksiyalarni keltirib
chiqarayotganligi qayd etildi. Masalan, shu narsa aniqlanganki, odam kino ko‘rayotganda bir
sekundda 24 kadrni idrok qiladi va biror tasvir ko‘z o‘ngida gavdalanadi. Psixologlar shunday
eksperiment qilishdi: kunlarning birida o‘ziga xos tasvir namoyon etildi. 24 ta kadr o‘rniga 25
kadr berib, o‘sha 25-kadrda «Koka - qola iching» degan yozuv berildi. Tabiiy, oddiy idrok bu
bitta kadrni ilg‘amaydi. Lekin kinoteatr bufetida ushbu ichimlikni ichish kadrdan keyin 18 foizga
oshgan. Demak, aslida ong bu ma’lumotni
qabul qilgan, lekin real anglash, oydinlashuv ro‘y
bermagan ekan.
Analogik holat xotiramizda ham tez-tez ro‘y beradi. Kimnidir uchratib qolamiz va qaerda
ko‘rgan ekanman deb o‘ylanamiz. Hech eslolmaysiz,
lekin yuzi, ko‘zi va boshqa sifatlari
tanishday. Buni ham shunday izohlash lozimki, odam ko‘rgan-kechirganlari
aslida miyada
saqlanadi, biz ong sohasiga ayrimlarinigina chiqara olamiz. Ongdagi ma’lumotlarning aslida
miyamizdagilardan kamligining asosiy sababi - odam har qanday ma’lumotni saralab, tanlab
qabul qiladi, o‘zi uchun «ahamiyatsiz» deb baholagan
narsaga diqqat ham qilmaydi, eslab
qolmaydi ham. U o‘z ongida barcha mavjud ma’lumotni o‘ziga xos tarzda qayta ishlaydi,
o‘zgartiradi. SHuning uchun ham har bir inson o‘ziga xos – individualdir. Bilish jarayonlaridagi
individuallik sabablarini tushunish uchun eng muhim bilish jarayonlari bilan tanishamiz. Har
qanday masalani yoкi hayotiy muammоni еchish кishidan
mazкur masalaning mоhiyatiga,
haraкat uslubiga diqqatni to’plash va qaratilishni talab qiladi. Insоn psiхiк faоliyatida diqqat
alоhida o’rinni egallaydi. Diqqat o’zi mustaqil psiхik jarayon bo’lmasada, insоn psiхiк
faоliyatining barcha sоhalarida ishtirок etadi. Diqqat оngning zarur оb’екtga yo’naltirilishi va
qaratilishida, ayni paytda bоshqa narsalarga chalg’imasliкda ifоdalanadi.
Diqqat
- shaxsning faolligini hamda uning obyektiv borliqdagi predmet va hodisalarga
tanlovchi munosabatini belgilaydi. Diqqatda odam psixikasining moslashtiruvchi vazifasi
namoyon bo’ladi. Agar diqqat bo’lmasa, odamda aniq maqsadga qaratilgan amaliy faoliyat ham
bo’lmaydi.
Diqqat muayyan sharoitlarda va vaziyatlarda mo’ljal olish imkonini beradi. Bunday
sharoitlarni hisobga olish odam amalga oshirayotgan faoliyatning ongli ravishda kechishini va
uning sermahsul bo’lishini ta’minlaydi. Har qanday masalaning va har qanday hayotiy
vazifaning hal qilinishi odamdan o’z diqqatini ana shu masalaning mazmuniga hamda uni
bajarish uchun qilinadigan harakat usullariga qaratishni talab qiladi.Demak, diqqat qolgan
barcha psixik jarayonlardan sezilarli darajada farq qiladi. Uning o’ziga xosligi shundan
iboratki, u aks ettirish formasi singari psixik faoliyatning mustaqil turi emas, balki boshqa psixik
jarayonlarning uyushgan faolligidir.
37-rasm
Diqqat inson faoliyatining
barcha turlarini
muvaffaqiyatli amalga oshirishning va ularni
samaradorligini
ta’minlovchi
muhim
shartlardan biridir.
Diqqat aqliy faoliyatning barcha turlarida ishtirok etadi, insonning xatti-harakatlari ham
uning ishtirokida sodir bo’ladi. Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, diqqat sezgi, idrok, xotira,
tafakkur, xayol, nutq kabi alohida psixik jarayon emas.
Do'stlaringiz bilan baham: