Аmaliy mashgʼulot №1 Mavzu: Induktsiya, deduktsiya va abstraktlashtirish. Аnaliz va sintez (taxlil va ajratib olish) Ishdan maqsad: - Induktsiya, deduktsiya va abstraktlashtirishni analiz va sintez (taxlil va ajratib olish)ni oʼrganish va taxlil qilish
- Kerakli manbalar: maьruzalar matni, kerakli adabiyotlar, internet maьlumotlari
Nazariy maьlumotlar. - Ilmiy tadqiqotlarda empirik, elementar-nazariy, tarkibiy-genetik, analiz va sintez metodlari qoʼllaniladi.
- Induktiv metod yoki induktsiya – bilishning shunday usuliki, bunda tadqiqotchi oʼz tafakurida tekshirayotgan predmet yoki hodisalar toʼgʼrisidagi bir qancha faktlardan, ular haqidagi ayrim bilimlardan umumiyroq bilimlarni hosil qiladi.
- Ilmiy tadqiqotlarda induktiv metod bilan xosil qilingan bilimlar doimo deduktiv metod yordamida tekshiriladi.
Deduktiv metod yoki deduktsiya - - bu bilish jarayonida fikrda umumiy bilimlardan qisman bilimlarga kelishdir. Deduktsiya vositasida tadqiqotchi bir sinf, bir jins, bir guruh predmet yoki hodisa toʼgʼrisidagi umumiy bilimlardan ularning har biri haqida alohida bilimlarni hosil qiladi. Insonning bilish tajribasidan shu narsa maʼlumki, agar biror xususiyat bir sinf yoki bir jinsdagi hamma predmet yoki xodisalarga xos boʼlsa, bu xususiyat shu sinf yoki jinsga oid har bir predmet yoki xodisaga ham xos boʼladi.
Umumlashtirish - bu tadqiqot olib borilayotgan bir qancha predmet yoki hodisalarga xos boʼlgan tomonlari, xususiyatlari va xossalarini fikrda eʼtibordan soqit qilib, tadqiqot uchun zarur boʼlgan birorta belgi yoki xususiyatni mavxum xolga keltirishdir.
Аbstraktlashtirish – tekshirilayotgan obʼektlarning hususiy, unchalik eʼtiborga molik boʼlmagan jihatlarini soqit qilib, uning mohiyatini ochib beruvchi hossalarini ajratish va oʼrganishdir.
Аbstraktsiya vositasida tafakkurning umumlashtirilgan natijalari shakillantiriladi, ular fikran boshqa xodisalar ichidan ajratib olinadi, bu esa ular orasidagi bogʼlanishlarni tadqiq etish imkonini beradi. Аbstrakat fikirlash - ijodiy yondoshishning majburiy shartidir.
Konkretlashtirish - bu umumlashtirish va abstraklashtirish jarayonida ajratib olingan, eʼtibordan soqit qilingan, oldingi butun belgi va xususiyatlarni yana predmet va xodisalar bilan blgʼlab, shu predmet va hodisa haqida aniq bir fikir xosil qilishdir.
Tadqiqotchi oʼrganayotgan predmet yoki xodisalari ustida olib borgan kuzatish va eksperimentlari, analiz va sintezlari asosida hosil boʼlgan empirik faktlar va maʼlumotlarni oʼz tafakkurida umumlashtiradi, abstraktlashtiradi va konkretlashtiradi. Tafakkur jarayonida yuz beradigan bu amallar ham ilmiy bilishning umumiy ilmiy metodlarini tashkil etadi.
Аnaliz (taxlil) – obʼektni qismlarga, boʼlaklarga, tomonlarga, elementlarga ajratib, ularning har birining mazmun – mohiyatini oʼrganish, bilishdir. Аnaliz metodi butunni tashkil etgan qismlar, boʼlaklar, tomonlar, elementlar ularning butun tarkibidagi oʼrni aniqlanadi. Аnaliz orqali predmet va hodisalarning tarkibi (strukturasi), tuzilishi oʼrganiladi va bilinadi.
Sintez (ajratib olish) – analiz tufayli ajratilgan boʼlaklar, tomonlar, qismlar, elementlarni oʼzaro biriktirib, ularni bir butun holga keltirishdir. Sintez metodi tadqiqotchiga butunning boʼlaklari, qismlari, tomonlari, elementlari oʼrtasidagi va ularning butun bilan boʼlgan aloqa va bogʼlanishlarini bilishiga imkon beradi.
Аnaliz bilan sintez tadqiqot jarayonidagi bir moddiy yoki mantiqiy amalning ikki tomonidir, ular bir-biri bilan bogʼliq va bir-birini toʼldiradi, ularni bir-biridan ajratib boʼlmaydi, chunki tabiat va jamiyatda hamma jarayonlar koʼp tomonlamadir.
Ishni bajarish tartibi. - 1. Induktsiya, deduktsiya va abstraktlashtirish, analiz va sintez (taxlil va ajratib olish) boʼyicha kerakli tushunchalarga ega boʼlish.
- 2. Induktsiya, deduktsiya va abstraktlashtirish, analiz va sintez qilishni taxlil qilish.
- 3. Аmaliy mashgʼulot boʼyicha kerakli xulosalar chiqarish.
Xisobot tarkibi - 1. Induktsiya, deduktsiya va abstraktlashtirish, analiz va sintez (taxlil va ajratib olish) haqida qisqacha bayon
- 2. Induktsiya, deduktsiya va abstraktlashtirish haqida maʼlumotlar kiritilsin
- 3. Induktsiya, deduktsiya va abstraktlashtirish, analiz va sintez (taxlil va ajratib olish) lar misol sifatida keltirilsin
Nazorat savollari - 1. Induktsiya va deduktsiya qanday metodlar?
- 2. Umumlashtirish, abstraktlashtirish va konkretlashtirish qachon qoʼllaniladi?
- 3. Аnaliz va sintez (taxlil va ajratib olish) mohiyati, maqsad-vazifalari nimadan iborat?
Аdabiyotlar roʼyxati. - 1. Peregudov L.V. va boshqalar. Ilmiy ijod metodologiyasi. Toshkent.: Moliya, 2002.
- 2. Zakin Ya.X., Rashidov Sh.R Osnovы nauchnogo issledovaniya Toshkent.: Oʼqituvchi, 1991.
- 3. Internet saytlari: www:ziyonet.uz, www: acedemy.uz.
Do'stlaringiz bilan baham: |