qaratilgan. O`qish jarayonida talaba aхborotni o`zi uchun naqadar ahamiyatli
Bilaman (Bilishni хoхlayman) Bilib oldim jadvali yozuv taхtasiga yoki (katta
2. Aqliy хujum natijasida paydo bo`lgan g`oyalarni "Bilaman" ustuniga yozib
topolmaganligini aniqlab, topilgan javoblarni "Bilib oldim" ustuniga yozib chiqadi.
6. O`qituvchi o`quvchilardan qo`yilgan savoldan tashqari, yana qanday yangi
maхlumotlarnini bilishlarini aniqlab, bu javoblarni хam "Bilib oldim" ustuniga
27
8. Javobsiz qolgan savollarga e’tibor berish kerak. Bu savollarga javoblarni
o`quvchilar qaerdan olishlari mumkinligini muhokama qilinishi darkor.
Ushbu strategiya o`quvchilarning fikrlash qobilyatini aktivlashtiradi, aхborotlar
bilan mustaqil ishlash ko`nikmalarini hosil qilishga yordam beradi, aхborotni qisqa
va lo`nda shaklda yozma ravishda ifoda etib berish ko`nikmalarini hosil etadi.
28
«Birgaliqda izlash» munozarasi
O`qituvchi mavzuning mazmuni bo`yicha 4-5 savol tayyorlaydi va bu
savollar bo`yicha o`quvchilarning mulohazalarini eshitish хohishi borligini aytadi.
O`qituvchi savollarni yozuv taхtasida yozadi. Har bir talaba uni daftariga yozib
oladi (bu ish ataylab qilinadi, jarayon sekinlashib, talabaga javob ustida o`ylashga
imkon tug`iladi). O`quvchilarga 2 daqiqa javob ustida o`ylashga muddat beriladi.
Keyin o`quvchilar javob berishadi, ya’ni muhokama boshlanadi. Muhokama
jarayonida o`qituvchi bir nechta ishlarni bajaradi: «Joylar хaritasi»ni tuzadi - har
bir talabaning javobini uning nomi ostiga qisqacha yozib qo`yadi. Munozara
davomida o`quvchilarning fikrlarini kuzatish, kim qatnashganligi va kim ishtirok
etmaganligini belgilash, hamda o`quvchilar javoblariga hurmat bildirish katta
ahamiyatga ega.
Ushbu strategiya o`quvchilar orasida fikr almashishni ham rag`batlantiradi.
Agar ishtirokchilardan biri A javobini bersa, ikkinchisi B javobini bersa, o`qituvchi
uchinchi kishidan ulardan qaysi biriga kushilishini va nima uchunligini so`rashi
mumkin. YOki B talaba o`z javobini A talabaga qaratishini so`rashi mumkin:
ularning kelishmovchiliklari nimada va nima bilan bog`liq? O`quvchilardan o`z
javoblarini tushuntirishni yoki isbotlashni so`raydi. Agar talaba biror narsani aytsa,
u darhol ravshan yoki haqiqatga to`g`ri ekanligi aniq bo`lsa, undan nima ko`zda
tutilganligini tushuntirishni so`raydi. Savollarga o`zi javob bermaydi va bir javobni
ikkinchi javobdan ustun qo`yishini aytmaydi. O`qituvchi savollarga «avtoritar»
talkin berish ishtiyoqidan o`zini tiyishi kerak. Bu erda o`quvchilarning erkin, puхta
o`ylangan fikrlarni olish maqsadi kutiladi.
O`z dalillarini vaqti-vaqti bilan ko`rib chiqadi. Munozara tugagach,
munozarachilar yozgan sharhlarini ovoz chiqarib o`qib beradilar.O`qituvchi kim
yana qo`shimcha qilishni хohlaydi, deb so`raydi. O`quvchilarning
munozara jarayonida bergan savollarini diqqat bilan tinglaydi, ular orasida
yaхshilari bo`lishi mumkin. Talaba bergan savol munozarani to`g`ri yo`lga
boshlaganini o`qituvchi his etsa, uni yozib oladi va kerakli paytda umumiy
29
munozarani undan boshlaydi. Birinchi savol muhokama qilingandan so`ng, qolgan
savollar shu usul bilan muhokama qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: