Ijtimiy fanlar


Ahli futuvva, yoki javonmardlar



Download 0,95 Mb.
bet49/88
Sana31.05.2022
Hajmi0,95 Mb.
#622687
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   88
Bog'liq
Ma\'naviyatshunoslik Majmua. (1)

Ahli futuvva, yoki javonmardlar -IX—XV asrlarda islom mintaqasida keng tarqalgan ijtimoiy-ma'naviy oqim namoyandalari, asosan shahar kosib-hunarmandlaridan iborat bo’lib, piri komil rahbarligida ham jismoniy, ham ma'naviy kamolot sari intilishni halol rizq topish karakati bilan uyg’unlikda olib borgan yuksak ma'naviyatli shaxslar jamoasi.

  • Darvesh — Navoiy nazdida ma'naviy kamolotga erishgan shaxs, haqiqiy ziyoli timsoli, "ichi tashi bilan muyofiq, balki arig’roq (pokroq), botini zohir bila musoviy (teng muvozanatda), balki yorug’roq" deb ta'riflaydi ularni shoir. Bu toifa ahli elga faqat ma'rifat, ilm nurini tarqatish bilan kifoyalanmaydi, ular insonlar diliga poklik, mehr-oqibat, ezgulikka intiqlik, o’z-o’zini anglash tuyg’ularini singdiradi.

  • Simurg’ — Alisher Navoiyning "Lison ut-tayr" asaridagi o’ta muhim ijtimoiy-irfoniy ma'no tashuvchi yetakchi timsol. Bashariyat miqyosidagi mukammal ijtimoiy tizimning shakllanishi undagi har bir shaxsning ma'naviy barkamolligi bilan bog’liq ekanligi, bu barkamollik bani odamning har bir a'zosi ko’nglidagi bir-biriga nisbatan beg’araz va samimiy mehr mas'uliyati bilan o’lchanishi, insoniyatning mohiyatan yaxlitligi va buni anglab yetish har bir insonning ma'naviy kamolot sari cheksiz intilishi orqali yuz berishi mumkin ekanligi, insoniyatning yaxlit mohiyat sifatidagi birlashuvi esa zo’rlik va bosqin asosida emas, turli inson toifalari, millat va elatlararo bir-birini tushunishga intilish, beg’araz va fidoyi mehr asosida o’zaro yaqinlashuvi orqali erishiladigan voqelik ekanligini anglatuvchi badiiy tashbih.

  • "Nafrasonlik" — Alisher Navoiy asarlarida (xususan, "Hayrat ul-abror" dostonining maxsus bobida) ulug’langan yuksak ma'naviyat egalariga xos insoniy fazilat. Jamiyatga, o’zga insonlarga xolis yordam berish, mehr ko’rgazish, o’zgalarning mushkulini oson qilishni o’zining hayotdagi asosiy maqsadi deb bilish. Shoirning quyidagi satrlarida bu g’oya yorqin ifodalangan:

    Kimki bir ko 'ngli buzuqning xotirin shod aylagay,
    Oncha borkim Ka'ba vayron bo’lsa, obod aylagay.

    1. Tavhid – so’zning leksik ma'nosi – yagonalik va yaxlitlik bo’lib, timsol-tushuncha sifatida milliy ma'naviyatimiz tarixiy takomilida turli zamon va turli soha namoyandalari tomonidan turlicha talqin etilgan. Masalan, (Sunna bosqichiga xos) diniy talqin'— faqat Allohning yagona ma'bud (sig’inishga loyiq yagona zot) ekanligi, (Islom ma'rifatchiligi bosqichiga xos) ilmiy talqini dunyodagi jonli va jonsiz, harakatda va sokinlikda ko’ringan, o’tmish, bugun va kelajakka oid narsa va hodisalarning o’zaro uzviy bog’liqligi, yagona manba va manshaga oidligi, uyg’unligi va yaxlitligi, (Tasavvuf tariqatlari yoxud irfon bosqichiga xos) tasavvufiy (irfoniy) talqini — haqiqiy (boqiy) Borliq faqat Haqning Borlig’i ekanligi, ("Majoz tariqi" bosqichida shakllangan) mumtoz adabiyotimiz namoyandalari ijodida aks etgan qarash — haqiqiy Borliq — Haqning Borlig’i, bu dunyo — ya'ni biz ko’rib turgan moddiy olam esa Haqning mazhari (ko’zguda namoyon bo’lishi), ammo biz insonlar ham ushbu ko’zgudan (majoz olamidan) tashqarida emasmiz, shunday ekan, biz asosiy e'tiborni Haq jamoli aks etuvchi ko’zgu bo’lmish inson qalbiga qaratishimiz, insonga mehr qo’yishimiz, qolaversa, Alloh yaratgan moddiy olamning har bir zarrasiga mehr va e'tibor bilan qarashimiz, jiddiy o’rganishimiz, ijtimoiy hayotimizni ham ma'naviy qadriyatlarga tayangan holda takomillashtirib borishimiz lozim. Shunday qilib, "Majoz tariqi"da Tavhid mohiyati Yangi davr qadriyatlariga muvofiq keluvchi yangicha talqin oldi. Ammo sanab o’tilgan talqinlarning birortasi boshqalariga zid emas, milliy ma'naviyatimizda ular mohiyatan bir-birini to’ldirib keladi.


    2. Download 0,95 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   88




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish