Ijtimiy fanlar



Download 0,95 Mb.
bet47/88
Sana31.05.2022
Hajmi0,95 Mb.
#622687
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   88
Bog'liq
Ma\'naviyatshunoslik Majmua. (1)

Ko’ngil ko’zgusi — milliy ma'naviyatimiz an'analariga ko’ra Inson ko’ngli ma'rifat xazinasi bo’lib, bu sehrli tilsim ichiga Alloh haqiqati o’z sirrini pinhon etgandir. Ma'naviyat ana shu ko’ngil tilsimiga yashiringan Alloh haqiqatining zuhuridir. Inson ruhi Borliq haqiqati bilan doimiy uyg’unligini saqlashi uchun ibrat va ilm, riyozat va mehr ma'rifati uni bir zum tark etmasligi talab etiladi, ayni shular ko’ngil ko’zgusini pok tutib turadi.

  • "Ishqi haqiqiy" — tasavvuf irfonida Haq ishqi, Borliq haqiqatiga fidoyilik, "ishqi ilohiy".

  • "Ishqi majoziy" — tasavvuf ahli nazdida bu dunyo, o’tkinchi olam mavjudotlariga qaratilgan muhabbat. So’fiylar bunday ishqni arzimas hisoblab, "ishqi haqiqiy"ga intilishni ma'qul ko’rsalar, "Majoz tariqi" vakillari Payg’ambarimiz(s.a.v)ning "Al-majoz-u qantarat ul-haqiqa" (Majoz haqiqatning ko’prigidir) hadisidan kelib chiqib, "ishqi majoziy"ni "ishqi haqiqiy"ga eltuvchi yo'1 sifatida ulug’laydilar.

  • "Avom ishqi" — Alisher Navoiyning ta'rifiga ko’ra "oddiy odamlar ishqi bo’lib, xalq orasida mashhur va keng tarqalgandir... Bu ishq jismoniy lazzat va shahvoniy nafs bilan chegaralanadiki, oliy martabasi — shar'iy nikohdir... Quyiroq martabasida janjal, tashvishlar, ko’ngilsizlik va sharmandaliklar ko’rinadiki, bu haqda so’zlash - odobsizlik, bayon etish hayosizlikdir" ("Mahbub ul-qulub" asari, 2-qism, 10-bob).

  • "Xavos ishqi" — Alisher Navoiyning ta'rifiga ko’ra, alohida fazilat egalariga xos ishq bo’lib, "pok ko’zni pok nazar bila pok yuzga solmoqdur va pok ko’ngil ul pok yuz oshubidin qo’zg’almoq va bu pok mazhar vositasi bila oshiqi pokboz mahbubi haqiqiy jamolidin bahra olmoq" (pok ko’zni pok niyat bilan pok yuzga qaratmoq va pok ko’ngil ul pok yuzning shavq-zavqi bilan beqaror bo’lmog’i va bu pok yuz vositasi bilan pok oshiq haqiqiy mahbubning jamolidan bahra olmog’i). Xalqimiz aytadiki, bir ish qilsang "xolisanlilloh" qilgin, ya'ni xolis Alloh taolo yo’lida qilingan har bir ish xayrlidir, agar unga xudbinlik, g’araz aralashsa, yaxshiday ko’ringan ish ham yomonlikka olib kelishi mumkin. Navoiy nazdida "xavos ishqi" insonning insonga bo’lgan ayni shunday Haq yo’lidagi har qanday g’arazdan xoli, pok mehridir. O’z ijodida ana shunday pok insoniy ishqni tarannum etgan Amir Xusrav Dehlaviy va Hofiz Sheroziy kabi ulug’ shoirlarni Navoiy "ishq ahlining pokbozlari" deb ataydi. "Layli va Majnun" dostonida bir insonning o’zga insonga bunday pok mehri "oyinayi getinamo" (Borliq haqiqatini o’zida aks ettiruvchi ko’zgu) deb ta'riflanadi.


  • Download 0,95 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   88




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish