IJODKOR O‘QITUVCHI JURNALI
5 YANVAR / 2022 YIL / 14 – SON
213
Tuman (shahar) xalq ta‘limi muassasalari faoliyatini metodik ta‘minlash va tashkil etish
bo‘limi shogirdlarni Ustozga biriktirish to‘g‘risidagi buyrug‘ida quyidagilar aks ettiriladi:
-belgilangan Ustoz va shogirdlarning ish joyi, lavozimi;
-uzluksiz malaka oshirishning o‘quv-metodik, o‘quv-moddiy, moddiy-texnika va
moliyaviy ta‘minoti masalalari;
-ustoz mehnatini rag‘batlantirish tartibi va manbalari;
-uzluksiz malaka oshirish jarayoni monitoringi va nazorati tartibi, shuningdek,
shogirdlarning ―Ustoz-shogird‖ maktabi bo‘yicha o‘quv yiliga mo‘ljallangan jarayoni jadvali
tasdiqlanadi.
Buyruq nusxasi belgilangan Ustozning va shogirdlarning ish joyiga yetkaziladi.
«Ustoz-shogird» maktabidagi mashg‘ulotlar tegishli fan o‘qituvchilarining metodik
kunlarida ilmiy, metodik va amaliy bilimlarni o‘rganish bo‘yicha o‘quv, seminar, trening, bahs-
munozaralar o‘tkazish hamda amaliy ko‘nikma va malakalarni mustahkamlab borish bo‘yicha
o‘zaro darslar kuzatish, tahlil qilish va tegishli konsul
ь
tatsiyalar shaklida olib boriladi.
O‘zaro darslar kuzatish va tahlil qilishni tegishli fan o‘qituvchilarining metodik kunlarida,
har oyning birinchi haftasida Ustoz ishlaydigan ta‘lim muassasasida uning darsini, keyingi
haftalarda navbati bilan shogirdlar ishlaydigan ta‘lim muassasalariga borib, ularning darsini
kuzatish va tahlil qilish shaklida olib boriladi. Buning uchun tegishli ta‘lim muassasalari
ma‘muriyati tomonidan metodik kunlarda‖ Ustoz va shogird‖ darslarini o‘tkazish uchun dars
jadvali muvofiqlashtirib beriladi.
«Ustoz-shogird» maktabi faoliyati samaradorligiga bevosita tuman (shahar) xalq ta‘limi
muassasalari faoliyatini metodik ta‘minlash va tashkil etish bo‘limi qoshidagi ta‘lim
muassasalarining o‘quv-tarbiya jarayonini metodik ta‘minlash kichik guruhining metodistlari
mas‘ul hisoblanadi. Ular ustoz va shogird o‘qituvchilarning nomzodini ta‘lim muassasadagi fan
metod birlashmasi bilan kelishgan holda belgilaydi, hamkorlik rejasini ishlab chiqadi va
ijrosini nazoratga oladi, fanlar kesimida amaliy-uslubiy yordamlar, vaqti-vaqti bilan davra
suhbatlari, seminarlar o‘tkazib, yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish choralarani
ko‘radi.
Har chorak yakunida ustoz va shogirdlar hamkorligi natijasi bo‘yicha davra suhbatlari
o‘tkazadi, o‘zaro dars kuzatuvlari xulosalarini tinglaydi, hamkorlikda tayyorlangan hujjatlar
yig‘majildlari asosida umumiy faoliyat monitoringini olib boradi. Unda: Ustoz va shogirdning
dars tahlillari, o‘quvchilarni har chorak davomida o‘zlashtirish sifat ko‘rsatgichlari, choraklar
kesimida o‘zlashtirish sifat ko‘rsatgichlarni qiyoslash, ilg‘or tajribalarni o‘rganishi va amalga
tatbiq qilishi, innovatsiyalar (ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari)dan foydalanishi,
ijodiy, metodik yoki ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanishi, faoliyatning reyting
ko‘rsatgichlari e‘tiborga olinadi.
Monitoring natijalari bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan shogirdga Ustoz va u
ishlaydigan ta‘lim muassasasi tegishli Fan metodika birlashmasining tavsiyasiga binoan ustozlar
ro‘yxatiga o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqadi, tuman (shahar) xalq ta‘limi muassasalari
faoliyatini metodik ta‘minlash va tashkil etish bo‘limi qoshidagi ta‘lim muassasalarining o‘quv-
tarbiya jarayonini metodik ta‘minlash kichik guruhi kengashiga muhokama qilish uchun
taqdim etiladi hamda tuman (shahar) xalq ta‘limi muassasalari faoliyatini metodik ta‘minlash
va tashkil etish bo‘limi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |