IJODKOR O‘QITUVCHI JURNALI
5 YANVAR / 2022 YIL / 14 – SON
212
o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarni yuqori darajaga ko‘tarish, o‘quvchilar o‘rtasida do‘stona muhitni
shakllantirish, bir-biriga yordam berish hislarini tarbiyalash hamda iqtidorli, ilg‘or va ijodkor
o‘quvchilarni aniqlab, ularga yordamga muhtojlik sezadigan o‘quvchilarni biriktirish yo‘li
orqali ularni o‘qishga qiziqishlarini oshirish, ilg‘or o‘quvchilar safiga qo‘shilishiga ishtiyoq
uyg‘otish, o‘zlashtirishi past bo‘lgan o‘quvchilar bilan ishlashni yo‘lga qo‘yish, o‘quvchining
faolligini oshirish maqsadida tashkil etiladi.
―O‘rgan-o‘rgat‖– o‘qituvchilar o‘rtasida
―O‘rgan-o‘rgat‖– o‘qituvchilar o‘rtasida ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi:
1. Ustoz-shogird maktabi tashkil etish orqali.
2. Ilg‘or tajriba maktabining tashkil etish orqali.
1.
Ustoz-shogird maktabi
Hududlardagi ta‘lim muassasalarida «Ustoz-shogird» maktabini tashkil etish uchun
tuman (shahar) Xalq ta‘limi muassasalari faoliyatini metodik ta‘minlash va tashkil etish
bo‘limiga ta‘lim muassasalari tavsiya etilgan nomzodlar orasidan quyidagi talablarga muvofiq
Ustozlar tanlab olinib, ustoz ishlaydigan maktabda «Ustoz-shogird» maktabi tashkil etilishiga
oid buyruq qabul qilinadi.
oliy pedagogik ma‘lumotga ega bo‘lgan;
o‘z fani yo‘nalishida ilg‘or tajribaga ega, ijodkor, tashabbuskor, yangilikka intiluvchan va
muntazam ravishda kasbiy bilimlarini oshirib borgan;
faoliyati to‘g‘risida ta‘lim muassasasi rahbarlari, kasbdoshlari, o‘quvchilar va ularning ota-
onalari tomonidan ijobiy baho berilgan;
ilmiy-amaliy anjumanlarda ma‘ruzachi sifatida ishtirok etgan, Respublika va mahalliy
matbuotda e‘lon qilingan maqola yoki ilmiy, ilmiy-metodik, to‘plamlarda chop etilgan
ma‘ruzalar muallifi;
―Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi‖, ―Yilning eng yaxshi pedagogi‖, yoki ―Yilning eng
yaxshi tarbiyachisi‖ ko‘rik-tanlovi (respublika, viloyat, tuman) sovrindori;
o‘zi faoliyat olib borayotgan ta‘lim yo‘nalishi bo‘yicha kamida 3-5 yil davomida
o‘quvchilarining o‘zlashtirish sifat ko‘rsatkichi yuqori bo‘lganligi va boshqa ko‘rsatkichlari
hisobga olinadi.
Tanlangan Ustoz o‘z ish joyidagi xizmat vazifalarini to‘liq bajarishi va shu bilan birga,
o‘ziga biriktirilgan shogirdlar bilan shug‘ullanishi uchun sarflanadigan vaqtni hisobga olgan
holda bir Ustozga ko‘pi bilan uch nafardan bir nafargacha shogird biriktiriladi. (mehnat
ta‘limi, tasviriy san‘at, musiqa, chizmachilik fan o‘qituvchilar uchun bir nafar shogird bo‘lishi
mumkin).
SHogirdlar Ustoz ishlaydigan ta‘lim muassasasidan, yoki ushbu maktabga yaqin
hududdagi maktablardan, tegishli fan metodika birlashmalarining tavsiyasiga binoan tanlanib,
tuman (shahar) xalq ta‘limi muassasalari faoliyatini metodik ta‘minlash va tashkil etish
bo‘limining buyrug‘i bilan Ustozga biriktiriladi. SHogirdlarni tanlashda ularning kasbiy
tayyorgarlik darajasi quyidagicha bo‘lishi ko‘zda tutiladi:
birinchi shogird tajribali, kasbiy mahorati yuqori (ustozlik darajasiga yaqin) bo‘lgan
pedagog; ikkinchi shogird-tajribali, kasbiy mahorati bo‘yicha malakasini oshirishga o‘zida
extiyoj sezgan pedagog; uchinchi shogird - yosh mutaxassis.
Do'stlaringiz bilan baham: |