IJODKOR O‘QITUVCHI JURNALI
5 YANVAR / 2022 YIL / 14 – SON
223
Novvoy supurgi kompyuter
Kuchli odobli epchil
Qisqa tentak g‗amgin
Keng chiroyli xursand
Topshiriqni bajarish uchun 1 daqiqa vaqt belgilanadi. Shart bajarilishi davomida guruh
a‘zolari topilgan so‗zlarni daftarlariga qayd etib boradilar. Mashg‗ulot mavzusiga mos ravishda
so‗zlarni fonetik, morfemik, leksik, morfologik, sintaktik jihatdan ham tahlilga tortishlari
mumkin. Xullas o‗zbek tili darslarida bir qator interfaol usullardan samarali foydalanish
mumkin. Bunda asosiy e‗tibor o‗quvchilarning tafakkurini o‗stirish, ularning mustaqil ishlash
mahoratini oshirishga qaratilsa, maqsadga muvofiq bo‗ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Hojiyev A. O‗zbek tili sinonimlarining izohli lug‗ati. — Toshkent: O‗qituvchi, 1974. —
308 bet.
2. Rahmatullayev Sh., Mamatov N., Shukurov R. O‗zbek tili antonimlarining izohli
lug‗ati. — Toshkent: O‗qituvchi, 1989. — 232 bet.
3. Yo‗ldosheva D. Ona tili maqsadining tadrijiy taraqqiyoti. — Toshkent: O‗zbekiston
Milliy ensiklopediyasi, 2013. — 168 bet.
IJODKOR O‘QITUVCHI JURNALI
5 YANVAR / 2022 YIL / 14 – SON
224
O
ʻ
RXUN ENASOY BITIKLARINI O
ʻ
RGATISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK
TEXNOLOGIYALAR
Maxmudova Sarvinoz Shavkatovna
Toshkent viloyati Toshkent tumani 8-son umumiy
o‘rta ta‘lim maktabi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada adabiyot darslarida O‘rxun Enasoy bitiklarini o‘rgatishda
pedagogik texnologiyalardan, metodlardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar, ma‘lumotlar
keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
O‘rxun Enasoy, bitik, pedagogic texnologiya, metodika, turki tillar.
O‘qitishning zamonaviy metodlarini qo‘llash o‘qitish jarayonida yuqori samaradorlikka
erishishga olib keladi. Bu metodlarni har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash
maqsadga muvofiq. An‘anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda uni ta‘lim oluvchilar
faoliyatini faollashtiradigan turli-tuman metodlar bilan boyitish ta‘lim oluvchilarning
o‘zlashtirish darajasi o‘sishiga olib keladi. Shuningdek ta'lim jarayonida innovatsion
texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan
qiziqish, e'tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda, bunday bo‘lishining sabablaridan biri, shu
vaqtgacha an'anaviy ta‘limda o‘quvchini faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa,
zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari izlab topishlariga, mustaqil
o‘rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga o‘rgatadi.
O‘qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga
sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik funktsiyasini
bajaradi. Ta'lim jarayonida o‘quvchi asosiy figuraga aylanadi. Pedagogik texnologiya va
pedagog mahoratiga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar o‘quvchilarni bilimli, yetuk
malakaga ega bo‘lishlarini ta‘minlaydi. Yangi pedagogik texnologiyalarga bag‘ishlangan
adabiyotlar va maqolalarda bir qator oqitish usullari haqida soz yuritilmoqda. Bu usullar
innovatsion metodlar sifatida taqdim etilmoqda.
O‘rta Osiyo qadimdan ma
ʼ
rifat-madaniyat o
ʻ
choqlaridan biri sifatida shuhrat
qozonganini siz tarixdan, adabiyotdan yaxshi bilasiz. O
ʻ
tmishning ko
ʻ
plab madaniy
yodgorliklari yozma va og
ʻ
zaki manbalar orqali bizgacha yetib kelgan. O
ʻ
rxun-
Enasoy yodgorliklari shunday qadriyatlardan hisoblanib, u VI–VIII asr hayotini o
ʻ
zida aks
ettirgan. Mazkur obidalar O
ʻ
rxun, Enasoy daryolari qirg
ʻ
oqlaridan topilgani uchun ―O
ʻ
rxun-
Enasoy yodgorliklari‖ nomi bilan mashhur bo
ʻ
lgan. Bu yodgorliklar toshlarga o
ʻ
yib yozilgani
bois ―tosh bitiklar‖ deb ham yuritiladi.
Bilga xoqon, Kultegin, To
ʻ
nyuquq va boshqa yodnoma tosh bitiklar qadimiy yozma
badiiyat namunalari bo
ʻ
lib, ularda tarixiy voqealar, hayot haqiqati o
ʻ
sha davr nuqtayi nazari
bilan aks ettirilgan. Ularda turkiy elatlarning mamlakat mustaqilligi, el-yurt ozodligi uchun chet
bosqinchilarga qarshi qahramonona kurashganliklari, turk xoqonligining paydo bo
ʻ
lishi, turkiy
qavmlarning urfodatlari, rasm-rusumlari, kasb-korlari haqida qiziqarli hamda qimmatli
ma
ʼ
lumotlar keltiriladi. Masalan: Turk xoqonligi tarixi haqida Kultegin bitiktoshida shunday
Do'stlaringiz bilan baham: |