Bog'liq Axborot texnologiyalari. 2-qism (T.Maxarov) (1) (1)
Jadvallar aro bog‘lanish o‘rnatish
Ma’lumotlarni bog‘langan jadvallarda saqlash ma’lum imkoniyatlarga ega:
Vaqtni tejash, bir xil ma’lumotlarni bir necha jadvallarda kiritishga hxojat qolmaydi;
Ma’lumotlar ombori o‘lchamini kamaytiradi (disk sohasi iqtisod qilinadi) va ko‘chirishni osonlashtiradi;
Xatoliklar soni kamayadi.
Ma’lumotlar yangi jadvalga import qilinganda (ko‘chirilganda) ularning nusxasi olinadi. Ko‘chirilgan ma’lumotlar omborning ajralmas
182
qismiga aylanadi va Accessda kiritilgan yozuvlardan farq qilmaydi. Yangi jadval yaratishning boshqa usuli ham mavjud – uni ma’lumotlar ombori boshqa fayli bilan bog‘lash. Bog‘langan ma’lumotlar yangi jadvalga ko‘chirilmaydi, asos faylda qoladi. Access bu fayl bilan jadval yordamida "bog‘langan" ma’lumotlarni ko‘rish yoki o‘zgartirish mumkin bo‘lgan muloqotni saqlaydi. Bog‘lanish bilan yangi jadval yaratish uchun ma’lumotlarni import qilishdagi kabi amallar bajariladi va Новая таблицаmuloqot oynasida Импорт таблиц qiymati tanlanadi (Мастер таблицo‘rniga).
Ma’lumotlar ombori jadvallari orasidagi aloqani ko‘rish uchun u ochiladi va Сервис / Cхема данныхbuyrug‘i bajariladi yoki anjomlar panelida Cхема данных tugmasi bosiladi. Ikki jadval o‘rtasida bog‘lanish yaratish uchun quyidagi ishlar bajariladi:
Ma’lumotlar ombori ochilgan va undagi jadvallar berkligiga ishonch hosil qiling. Схемаданныхoynasini oching va ishlayotgan barcha jadvallar mavjudligini tekshiring (III.2.8-rasm).
III.2.8-rasm. Ma’lumotlar sxemasi oynasi
Bir yoki bir necha jadvalni Схемаданныхoynasiga qo‘shish uchun
Связи / Добавить таблицу (Relationships /Show Table) buyrug‘i
bajariladi yoki anjomlar panelida Добавить таблицу (Show Table) tugmasi bosiladi. So‘ngra Таблицыqo‘yilmasiga o‘tiladi.
Zarur jadval tanlanadi va Добавить(Add)tugmasi bosiladi. Barcha zarur jadvallar qo‘shilgandan so‘ng, Закрыть (Close)tugmasi bosiladi.
183
Bog‘lanish yaratish uchun bog‘lanilayotgan maydon ikkinchisiga ko‘chiriladi. Accesstezda quyidagicha Связи(Relationships)muloqot oynasini ochadi.
Связиmuloqot oynasida bog‘lanish yaratishda ishtirok etuvchi maydonlar nomlari hamda ayrim parametrlar keltiriladi. Quyida joylashgan Тип отношения (Relationship Type) maydoni yaratilayotgan bog‘lanish turini beradi.
Barcha zarur parametrlar kiritilgandan so‘ng Создать(Create)tugmasi bosiladi. Access Схема данных oynasiga qaytadi va yaratilgan bog‘lanishni ifodalovchi chiziq chizadi:
III.2.10-rasm. Bog‘lanishning ko‘rinishi
Izoh. Bog‘langan jadvallar omborida qanday yozuvlar ifodalanishini ko‘rsatish uchun Связиmuloqot oynasida Объединение(Join Type)tugmasi bosiladi.