Maydon xossalarini berish
Jadvalning har bir maydoni o‘z xossasiga ega. Xossa maydondagi ma’lumotlarni chiqarish, ularga ishlov berish, axborotning saqlanish usullarini aniqlaydi. Ular tarkibiga: maydon nomi, ma’lumot turi, va boshqa bir qator parametrlar (masalan, maydon o‘lchami, formati, inzosi) kiradi. Agar kursor matn maydoni xossasida tursa, Access oynaning o‘ng quyi burchagida berilgan xossa haqida axborot chiqaradi. F1 klavishini bosish bilan ko‘proq axborot olish mumkin.
Maydonni qayta nomlash uchun nomli katakchada (Имя поля ustuni) sichqoncha klavishi bosiladi va yangi nom kiritiladi. Nomni o‘zgartirish mavjud bog‘lanishlarga ta'sir ko‘rsatmaydi va ma’lumotlar ombori mazmunini o‘zgartirmaydi.
Ma’lumot turi maydonga qanday ma’lumotlar kiritilishini aniqlaydi. Access jadvalida har bir maydon uchun ma’lumot turi tanlanishi lozim. Ma’lumot turini berish yoki o‘zgartirish uchun zarur maydonning Тип
179
данных ustunida sichqoncha klavishi bosiladi va ochiluvchi ro‘yxatda yangi tur tanlanadi (III.2.6-rasm).
III.2.6-rasm. Maydon turlarini tanlash
Access maydonlari turlari
Ma’lumot turi
|
Qo‘llanilishi
|
Matnli (Text)
|
Ixtiyoriy belgi oladi - harf va raqamlar. Saqlanadigan belgilar soni (0-255) Размер поля xossasi qiymatiga bog‘liq. Agar 255
ta belgidan iborat belgi kiritilsa, Access xossadagi kattalikdan foydalanadi.
|
MEMO
maydoni (Memo)
|
Matn maydoniga o‘xshaydi, ammo 64.000 tagacha belgini o‘z ichiga olishi mumkin.
|
Sonli (Number)
|
Matematik ifodalarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan sonli qiymatlarni oladi. Sonli maydonlar hisoblashlarda yoki so‘rovlarda q'ollaniladi. Saqlanuvchi son o‘lchami va turi Размер поля (Field Size) maydoni xossasi orqali aniqlanadi.
|
Kun / Vaqt (Data / Time)
|
100 dan 9999 yillargacha mumkin bo‘lgan kalendar kunlari va 12 yoki 24 sonli formatdagi kun vaqti uchun qo‘llaniladi.
|
Pul (Currency)
|
Moliyaviy hisoblashlarda qo‘llaniluvchi pul yig‘indilarini yanada aniqroq ifodalash uchun q'ollaniladi.
|
Hisoblagich (AutoNumber)
|
Yangi yozuv qo‘shilganda qiymati avtomatik o‘suvchi maydon. Access yozuvlarni o‘chirishda bo‘shagan tartiblardan takroran foydalanmaydi. Bundan tashqari maydon qiymatini o‘zgartirib
bo‘lmaydi.
|
Logik (Yes / No)
|
"Да/Нет ("Ha/Yo‘q")", "Истина/Ложь" ("Rost/Yolg‘on") va
h.k. tanlashga mos yagona qiymatni saqlash uchun qo‘llaniladi. Qiymatni bayroqcha ko‘rinishida ham ifodalash mumkin.
|
OLE obyekti (OLE object)
|
Вставка / Объект (Insert / Object) buyrug‘i yordamida qo‘yilishi mumkin bo‘lgan OLE obyektini (Excel baraqi, Word hujjati, rasm, ovoz, animatsiya yoki videoklip) saqlaydi.
|
180
Gipermuloqot (Hyperlink)
|
Gipermuloqotni saqlaydi - boshqa ma’lumotlar ombori, Ofis hujjati, WWW sahifasi joyi. Gipermuloqot Вставка / Гиперссылка buyrug‘i yordamida maydonga qo‘yiladi. Gipermuloqotda sichqoncha klavishini bosib, maqsad obyektni, hujjat yoki Web-sahifani ochish mumkin.
|
Qo‘yish masteri (Lookup Wizard)
|
Maydonga boshqa jadvaldan olingan yoki avvaldan kiritilgan maydonda mumkin bo‘lgan ochiluvchi ro‘yxat qo‘yadi.
|
Xohishga ko‘ra maydon mazmunini Описание (Description)
maydoniga kiritish mumkin.
Boshqa maydonlaring xossalari konstruktor oynasi quyi qismida joylashgan Общие (General) va Подстановка (Lookup) qo‘yilmalarida beriladi. Boshqa maydonlar xossalari quyidagicha beriladi:
Oynaning yuqori qismida zarur maydon tanlanadi.
Maydon xossalarini o‘zgartirish uchun Общие (Подстановка - qo‘yilgan maydonlar xossalarini o‘zgartirish uchun ) qo‘yilmasiga o‘tiladi.
Xossada sichqoncha tugmasi bosilib, yangi qiymat kiritiladi.
Xossalar t'oplami maydon ma’lumotlari turiga qarab o‘zgaradi. Maydon xossalari jadvalda ma’lumotlarni saqlash va kiritish usullarini
aniqlaydi hamda ma’lumotlar ketma uchun xizmat qiladi.
butunligini oshirish
Do'stlaringiz bilan baham: |