Iii. Xulosa IV. Ilovalar Mavzu: Soliq tizimida qo`llaniladigan soliq elementlarining tarkibi va iqtisodiy mohiyati



Download 102,75 Kb.
bet6/19
Sana16.06.2021
Hajmi102,75 Kb.
#66882
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Soliq nazariyasi kurs ishi

2.2. Soliq elementlarining tarkibi.

Soliq yoki boshqa majburiy to‘lov soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida soliq to‘lovchilar, shuningdek ushbu soliq yoki boshqa majburiy to‘lovni hisoblab chiqarish va to‘lash uchun zarur elementlar belgilab qo‘yilgan taqdirdagina belgilangan deb hisoblanadi.

Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning elementlari quyidagilardir:

soliq solish ob’ekti;

soliq solinadigan baza;

stavka;


hisoblab chiqarish tartibi;

soliq davri;

soliq hisobotini taqdim etish tartibi;

to‘lash tartibi.

Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, soliq yoki boshqa majburiy to‘lov belgilanayotganda soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida soliq imtiyozlari, shuningdek ularning soliq to‘lovchi tomonidan qo‘llanilishi uchun asoslar nazarda tutilishi mumkin.

Soliq to‘lovchilar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning elementlari har bir soliq yoki boshqa majburiy to‘lovga tatbiqan belgilanadi.

25-modda. Soliq solish ob’ekti

Soliq solish ob’ekti soliq to‘lovchida soliq yoki boshqa majburiy to‘lov hisoblab chiqarilishi va (yoki) to‘lanishi yuzasidan majburiyat keltirib chiqaruvchi mol-mulk, harakat, harakat natijasidir.

26-modda. Soliq solinadigan baza

Soliq solinadigan baza soliq solish ob’ektining soliq yoki boshqa majburiy to‘lovning stavkasi tatbiqan belgilangan ko‘rsatkichlardagi qiymat, miqdor, fizik va boshqa tavsiflarini ifodalaydi.

27-modda. Stavka

Stavka soliq solinadigan bazaning o‘lchov birligiga nisbatan hisoblanadigan foizlardagi yoki mutlaq summadagi miqdorni ifodalaydi.

Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning stavkalari, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi.

28-modda. Hisoblab chiqarish tartibi

Soliq va boshqa majburiy to‘lovni hisoblab chiqarish tartibi soliq davri uchun soliq solinadigan bazadan, stavkadan, shuningdek imtiyozlar mavjud bo‘lsa, shu imtiyozlardan kelib chiqib, soliq va boshqa majburiy to‘lov summasini hisoblash qoidalarini belgilaydi.

Soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.

Soliq Kodeksida nazarda tutilgan hollarda, soliq va boshqa majburiy to‘lovni hisoblab chiqarish majburiyati davlat soliq xizmati organi yoki soliq agenti zimmasiga yuklatilishi mumkin.

Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ayrim turdagi soliqlarni va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarishda ularning to‘lanishi lozim bo‘lgan eng kam miqdori belgilanadi.

29-modda. Soliq davri

Soliq davri u tugaganidan keyin soliq solinadigan baza aniqlanadigan hamda soliq yoki boshqa majburiy to‘lov summasi hisoblab chiqariladigan davrdir.

Soliq davri bir necha hisobot davriga bo‘linishi mumkin bo‘lib, ularning yakunlari bo‘yicha hisob-kitoblarni taqdim etish hamda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘lanishi lozim bo‘lgan summalarini to‘lash majburiyati yuzaga keladi.

Joriy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha majburiyat yuzaga kelgan davr hisobot davri bo‘lmaydi.

30-modda. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar

Ushbu Kodeksda, boshqa qonunlarda va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida nazarda tutilgan, boshqa soliq to‘lovchilarga nisbatan ayrim toifadagi soliq to‘lovchilarga beriladigan afzalliklar, shu jumladan soliq va (yoki) boshqa majburiy to‘lov to‘lamaslik yoxud ularni kamroq miqdorda to‘lash imkoniyati soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar deb e’tirof etiladi.

Mol-mulk solig‘i, er solig‘i, yagona er solig‘i hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i bo‘yicha imtiyozlarni berish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

Soliq to‘lovchi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlardan tegishli huquqiy asoslar vujudga kelgan paytdan e’tiboran ular amal qiladigan butun davr mobaynida foydalanishga haqli.

Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar bo‘shagan mablag‘larni muayyan maqsadlarga yo‘naltirish sharti bilan berilishi mumkin. Bunday mablag‘lardan belgilanmagan maqsadda foydalanilgan taqdirda, belgilanmagan maqsadda foydalanilgan summa o‘rnatilgan tartibda penya hisoblangan holda budjetga undirib olinadi. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha berilgan imtiyozlar munosabati bilan bo‘shagan hamda ushbu imtiyozlarning amal qilish muddati ichida foydalanilmagan mablag‘larning summasi imtiyozlar berilayotgan chog‘da belgilangan maqsadlarga mazkur imtiyozlarning amal qilish muddati tugaganidan keyin bir yil mobaynida yo‘naltirilishi mumkin. Bunda ko‘rsatilgan muddatda foydalanilmagan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga o‘tkaziladi.


Download 102,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish