Iii. Xulosa IV. Ilovalar Mavzu: Soliq tizimida qo`llaniladigan soliq elementlarining tarkibi va iqtisodiy mohiyati


Umumdavlat soliqlarining soliq elementlari tarkibiy tahlili



Download 102,75 Kb.
bet7/19
Sana16.06.2021
Hajmi102,75 Kb.
#66882
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
Soliq nazariyasi kurs ishi

2.3. Umumdavlat soliqlarining soliq elementlari tarkibiy tahlili.
Men yuqorida boshlang`ich 2 ta rejada soliq elementlarining asosiy tushuncha va qoidalar asosida har bir elementning asosiy tamoyillarni yoritdim. Keying rejalarni mahsus reja sifatida olib, ularni keng ko`lamda yoritaman.

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig`i.

126-modda. Soliq to‘lovchilar

Foyda solig‘i to‘lovchi yuridik shaxslar quyidagilardir:

O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari;

O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan yoki hosil bo‘lish manbai O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan daromadlarni oladigan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari.

127-modda. Soliq solish ob’ekti

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining ob’ekti quyidagilardir:

O‘zbekiston Respublikasi rezidentlarining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining foydasi;

O‘zbekiston Respublikasi rezidentlarining va O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining ushbu bo‘limga muvofiq chegirmalar qilinmagan holda to‘lov manbaida soliq solinadigan daromadlari.

128-modda. Soliq solinadigan baza

Soliq solinadigan baza jami daromad bilan ushbu bo‘limda nazarda tutilgan chegirib tashlanadigan xarajatlar o‘rtasidagi farq sifatida, mazkur Kodeks 158-moddasining ikkinchi qismida, boshqa qonunlarda va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida nazarda tutilgan imtiyozlar hamda ushbu Kodeksning 159-moddasiga muvofiq soliq solinadigan foydaning kamaytirilishi summalari inobatga olingan holda hisoblab chiqarilgan soliq solinadigan foydadan kelib chiqib belgilanadi.

158-modda. Imtiyozlar

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini to‘lashdan quyidagi yuridik shaxslar ozod qilinadi:

1) protez-ortopediya buyumlari, nogironlar uchun inventarlar ishlab chiqarishdan, shuningdek nogironlarga ortopedik protezlash xizmati ko‘rsatishdan, nogironlar uchun mo‘ljallangan protez-ortopediya buyumlari va inventarlarni ta’mirlash hamda ularga xizmat ko‘rsatishdan olingan foydasi;

2) shahar yo‘lovchilar transportida (taksidan, shu jumladan yo‘nalishli taksidan tashqari) yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishdan olingan foydasi;

3) tarix va madaniyat yodgorliklarini ta’mirlash hamda qayta tiklash ishlarini amalga oshirishdan olingan foydasi;

5) Xalq banki tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag‘lardan foydalanishdan olingan foydasi.

162-modda.Soliq davri. Hisobot davri

Kalendar yil soliq davridir.

Yilning choragi hisobot davridir.

163-modda. Soliqni hisoblab chiqarish va hisob-kitoblarni taqdim etish tartibi

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini hisoblab chiqarish ushbu Kodeksning 128-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining hisob-kitobi, agar ushbu moddada boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa, yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda taqdim etiladi.

164-modda. Soliq to‘lash tartibi

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha joriy to‘lovlarning summasini aniqlash uchun soliq to‘lovchilar joriy hisobot davri birinchi oyining 10-kunigacha davlat soliq xizmati organiga joriy hisobot davri uchun taxmin qilinayotgan soliq solinadigan foydadan va yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining belgilangan stavkasidan kelib chiqib hisoblangan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining summasi haqida ma’lumotnoma taqdim etadilar.

Hisobot davrida taxmin qilinayotgan soliq solinadigan foyda eng kam ish haqining ikki yuz baravaridan kam miqdorni tashkil etadigan soliq to‘lovchilar joriy to‘lovlarni to‘lamaydi.

Taxmin qilinayotgan soliq solinadigan foydadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i summasi hisobot davri uchun budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i summasiga nisbatan 10 foizdan ko‘proq kamaytirilgan taqdirda, davlat soliq xizmati organi joriy to‘lovlarni yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining haqiqiy summasidan kelib chiqib penya hisoblagan holda qayta hisoblashga haqli.

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini to‘lash hisob-kitoblarni topshirish muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi.



Download 102,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish