Kattalaming bog'cha yoshidagi bola shaxsi shakllanishiga ko’rsatadigan ta’siri bolaming boshqa faoliyat: rasm chizish, turli narsalar yasashi, applikasiyalar tayyorlashi, o’quv vazifalarini bajarishi vaqtida ham amalga oshiriladi. Ushbu faoliyatlami bajarishi davrida bolalarda kattalar va tengdoshlari tomonidan ijobiy bahoga sazovor bo’ladigan narsani yaratishga yo’nalganlik qaror topadi, ijtimoiy yo’nalganlik shakllanib boradi, bilish motivlari, irodaviy va boshqa shaxsiy hususiyatlari tarkib topib boradi.
Insonning psixik rivojlanishi, uning shaxs sifatida shakllanishi o’zini o’zi anglashining ya’ni o’zini jismoniy, ma’naviy hamda ijtimoiy mavjudot sifatida anglasbning qaror topishi bilan bog’liq.
O’zini-o’zi anglaslming rivojlanishi har bir bolada o’ziga xos tarzda kechadi. Biroq barcha bolalarda, odatda, xayotning birinchi yili oxiriga kelib, o’zini-o’zi anglashning paydo bo’lganini tasdiqlovchi belgilar kuzatiladi; bola o’zini, o’z tanasini uni o’rab turgan fazodan ajrata boshlaydi. O’zini-o’zi anglashning keyingi rivojlanishi bolaning o’z xohishlari va umuman, faoliyati motivlarini anglashi bilan bog’liq bo’ladi. O’z faoliyatining motivlarini anglash bolaga o’zini-o’zi anglashning keyingi bosqichiga o’tishga, ya’ni o’z hara;katlaridan ajrata olishga yordam beradi.
Dastlab bola o’zini faoliyat sub’ekii sifatida anglamaydi. “Doniyor sakrayapti”, “Sevinch xudamoqchi”, - ilk bolalik yoshidagi bolalar o’zi haqida deb aytishadi.
Xayotning 3-yili o’zini-o’zi anglash rivojidagi muhim bosqich bo’lib hisoblanadi. Chunki bu davrda bolada awatlari predmetga mahkam biriktirib qo’ygan harakatni asta-sekin undan ajrata boshlaydi. Bu hodisa birdan, o’z-o’zidan ro’yobga chiqmaydi. Uning amalga oshishiga sabab bolaning awalgi predm<;tli harakatini y£ingi sharoitlarda bajarishi va uni boshqa predmetlarga ko’chirishidir.
“Men o’ynayapman”, “Men Jdyinayapman”, “Men ovqat yeyapman” degan gaplami hamda “o’zim” degan so’zni 3 yoshli
bolaning nutqida tez-tez uchratishimiz mumkin. O’zini ucMnchi shaxs olmoshi bilan ifodalashdan “men” olrnoshini ishlatishga o’tishi ilk bolalik davrining eng muhim yutuqlaridan biridir. Ba’zi psixologlar, (L.I.Bojovich) hatto, ilk bolalik davrining oxiriga kelib paydo bo’luvchi “Men” tizimi va uning yuzaga keltiradigan mustaqil harakat qilish ehtiyoji, o’z “Men”ini ro’yobga chiqarishi, namoyon etish ehtiyoji ushbu davrda joizaga keluvchi eng markaziy yangi tuzulma, deb hisoblashadi. Bu tuzulma ketidan paydo bo’luvchi tuzulmalar orasida (j’ziga-o’zi baho berishning yuzaga kelishi bolaning shaxs sifatida rivojlanishida o’ta muhim aihamiyat kasb etadi.
Shiixs shakllanishining dastlabki bosqichlarida, ya’ni ilk bolalik davrining oxiri va bog’cha yoshining boshidagi o ’ziga-o’zi baho berishning genezisida (yuzaga kelishida) bolaning kattalar bilan bo’lgan muloqoti hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi. Bola o’zining imkoniyatlari haqida adekvat bilimga ega bo’lmaganligi tufayli kattalarning unga bergan bahosini qabul qiladi. Boshqacha aytganda bola o’zini kattalar orqali, ulaming bola haqidagi fikri orqali baholaydi. Bola bu davrda o’ziga-o’zi baho berishda to’laligicha kattalarning fikriga suyanadii. O’zi haqidagi mustaqil tasav\Tir elementlari esa biroz keyinroq paydo bo’ladi.
Meixsus taqiqotlaming ko’rsatisliicha, (B. G. >Jechayev va b.) ushbu slementlar dastlab shaxsiy sifatlar, ahloqiy fazilatlami baholashda emas, balki predmetli va tashqi xususiyatlami baholashda namoyon bo’ladi. Bu esa harakatlaming predmetdan to’liq ajralib chiqmaganligini ko’rsatadi.
Bog’cha yoshidagi bola shaxsining rivojlanishida ancha sezilarli bo’lgan o’zgarish o’zga kishining tastiqi xususiyatlarini baholashdan shaxsiy xususiyatlarini baholashga o’tishida ifodalanadi.
Barcha yosh graxihlardagi bolalarda o’zlaridaa ko’ra o’zga shaxslanai ob’ektivroq baholashlari kijzatiladi. Biroq bu yerda ham ma’lum bir farqlar uchraydi. Jumladan, katta bog’cha yoshidagi bolalar “Sizlarnjing orangizdagi eng yaxshi bola kim?” degan savolga odatda “Men” deb javob bermaydilar. Ammo bu bolaning o’ziga-o’zi beradigan bahosi pasayganini bildirmaydi. Bolalaming bimday javobni bermasliklariga sabab shundaki, bu yoshda ular ko’pincha maqtanchoqlik yaxshi emasligini biladilar. Agar o’zlarini ijobiy tomondan baholamoqchi bo’Isalar, buni ko’pincha bilvosita amalga oshiradilar. Masalan, “Sen yaxshi bolatnisan yoki yomon bolamisan?” degan savolga bolalar (bog’chaning katia guruh bolalari) “Yaxshi” yoki
“Yomon” deb javob bemiaydilar, buning o’miga “Elilmadim... Men kattalarga quloq solairian”, “Men ham 100 gacha sarashni bilaman”, “Men doim navbatchilarga yordam beraman” deb a;>rtadilar.
Bog’cha yosh d;ivrida o’ziga o’zi baho berish emosional harakterga ega bo’ladi. Bolaning boshqalarga beradigan bahosi ham shmday xususiyatga ega bo’ladi. Bola uni o’rab ttirgan kattalardan qaysi biriga ishonch his etsa, mehri tovlansa o’sha kishiga ijobiy baho beradi. Katta bog’cha yoshidagi bolalar ulami o’rab turgan kattalaming ichki oliimiga baho berishga harakat qiladilar. O’rta va kichik bog’cha yoshidagi bolalardan farqh ravishda. kattalartiing ichki olamiga anchagina chuqw va difFerensiallashgan baho beradilar.
Aniqlanishicha, bolaning guruhda egallagan mavqei uning o’ziga o’zi beradigan bahosiga ta’sir etadi. Masalan, gmuhdagi mavqei unchalik baland bo’lmsigan bolalarda o’ziga juda yuqori baho berish, aksincha guruhdagi ma^'qei ancha yaxshi bo’lgan bolaJarda o’zini past baholash tendensiyasi kuzatiladi. Bog’cha yoshining oxiri^ kelib, bolaning atrofdagilaxga beradigan bahosi ancha chuqur, to’liq detallashgan va kengaytirilgan tus ola boshlaydi.
Bu o’zgarishlar shu bilan tushuntiriladild, katta bog’cha yoshidagi bolalarda odamlaming ichki olamiga qiziqish ortib boradi, ular baho berishda muhim bo’lgan mezonlami o’zlashtirib boradilar, tafakloir va nutqlari rivojlanib boradli,
Bog’cha yoshidagi bolaning o’ziga-o’zi beradigan bahosida unda rivojlanib borayotgan g’urur va uyat tuyg’ulari ham sks etadi. O’zini- o’zi anglashining rivojlanishi bolaning bilish va motivatsion sohalari shakllanishi bilan uzviy bog’liq bo’ladi. Mana shu sohalaming rivojlanib borishi natijasida bola lliam o’zini, haiia o’zi egallab turgan vaziyatni anglashj;a qodir bo’la 1x)shlaydi, yani imda o’zining ijtimoiy menini anglash shakllanadi. Bu hodisa bolaning keyingi yosh bosqichiga o’tishida hamda uning maktabga psixologik tayyorligida muhim rol o’ynaydi. Bog’cha yoshining oxiriga kelib, bolaning o’zgalarga va o’z o’ziga beradigan bahosidagi mustaqillik, tanqidchanlik ancha o’sadi. Bog’cha yoshidagi bolaning motivatsion sohasi aktiv rivojlanib boradi. Kichik bog’cha yoshidiigi bolaning xulq-atvori ilk bolalik davrlarida unchalik farq qihnaydi. Bu davrda ham bolalar asosan situativ emotsiyiilari va xohish-istaklari ta’sirida harakat qiladilar, biror harakatni bajara turib ular nima uchun shunday qilayotganliklarini to’liq tushunmaydilar va tushuntira olmaydilar. Katta bog’cha yoshidagi bolalaming xatti-harakatlari ancha aniqlangan tarzda lo’y beradi. Hat
xil motivlar bog’cha yoshining turli bosqichlaridagi bolalami aynan bir harakatni amalga oshirishga undaydi. Masalan, 3 yoshli bola o’yinchc»qlarini yiivishdan maqsadi suv o’ynash bo’lsa, 6 yosMi bolaning; maqsadi o’yinchoqlami toza qilish, onasiga yoidam berishidan iborat bo’ladi.
Bog’cha yosh daviida motivatsion sohada aynan shu davrga xos
motivlar paydo bo’ladi. Bular orasida bolaning kattalar olamiga bo’lgan qiziqish Man, ularga o’xshashga harakat qilish bilan bog’liq motivlar ham mavjud bo’ladi.
Meixsus tadqiqotlai (L.Z.Neverovich va b.)ning ko’rsatishicha, o’z tabiatiga ko’ra ijtimoiy bo’lgan motivlar bog’cha yoshidayoq ancha katta, hatto, shaxsiy manfaat va faoliyatining tashqi, prosessual tomonlairiga qiziqish kabi motivlardan ham kattaroq undovchi kuchga ega bo'lishi mumkin. Biroq tabiatdan va mazmunan ijtimoiy bo’lgan motivlar spontan ra\ishda yuzaga kelmay, balld kattalaming tarbiyalovchi ta’siri ostuda shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |