Bolaning bog’cha yoshdagi davnda uning erkin harakat qilish maydoni yasli yoshdagi davrga nisbatan juda ham kengayib ketadi. Bu esa tafakkuming rivojlanishi uchun juda katta ahamiyatga egadir. Bog’cha yoshdagi bolalar o’z tajribiilarida ancha narsalami bilib olganlaridan so’ng narsalaming ichki xususiyatlari bilan ham qiziqa boshlaydilar. Shu sababli ulaida juda ko’p savollar (bu nima? nega bunaqa? kim qilgan? qayerdan kelgan? nima qiladi? kabi) paydo bo’la^. Bu shubhasiz, tafakkuming faol va jadal rivojlanishi uchun zamin hozirlay
Bog’cha yoshdagi bolalarda har xil sohalarga doir savollaming tug’ilishi ular tafakkurining shakllanayotganligidan darak beradi. Shuning uchun bolalaming savollariga doimo ahamiyat bilan qarash kerak. Bola o’z savoHga javob topa olmasa yoki katta odamlar uning
- no-
savoliga ahamiyat bermasalar, undagi qmquvchanlik, sinchkovlik susaya bosMaydi. Lekin bog’cha yoshdagi bolalaming hamma savolariga javob berish qiyin, chunki ulai- o’zlari hali mutlaqo tushunmaydigan narsalar va hodisalar haqida ham savol beraveradilar. Tarbiyachi bolalaming son- sanoqsiz savollariga ulaming yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda javob berishi va tushimtirislii lozim.
Odatda, har qanday tafakkur jiirayoni biron iiarsaga tushina olmaslik, biron narsadan taajjublanish, hayron qolish natijasida hosil bo’ladi. Juda ko’p ota-cnalar va ayrim tarbiyachilar boJalar ortiqcharoq savol bersalar, ulami “ko’p maxmadona. bo’lma”, “sen bunday gaplami qayerdan o’rganding”, deb jerkib tasMaydilar. Bola bir necha marta ana shunday pand egandan so’ng, kattalarga savol benriaydigan, ayrim murakkab narsalami o’z bilganicha yoki afsonalarkabi xato tushinadigan bo’lib qoladi. Masalan, 7 yoshli katia giuaih bolasi “yomg’ir qayerdan yog’adi?” degan savol beradi. Bu bolaga yomg’iming jaizaga kelishi juda sodda va toshinarli qilib gapirib berildi (hatto sovuq oynaga i ssiq par qilib ta' sir qilganda, suv zarrachalarining yuzaga kelishi misol qilib ko’rsatiladi) Bola bir oz qarab turib, yo’q tmaqa emas deb javob beradi. Bo’lmasa, qani sen tushuntirib ber, deb so’ridi. Shimda bola quj/idagicha tushmitirib berdi: “Yomg’ir osfflonda yashaydi, iming uyi bulutlardan ham balandda. Bulutlai ochilib ketgan paytda yomg’ir yig’ilib ketadi...” deb tushuntirdi. Bolaning ana shllлday afsonaviy tushunchasidan voz kechib, to’g’ri, ilmiy tushunchani yuzaga keltirguncha ancha vaqt ketadi. Ana shixning uchun bog’cha yoshidagi, hali tunnush tajribasi oz bo’lgan bolalarga tabiat hodisalarini bunday yolg’on afsonaviy tarzda tushuntirish yaramaydi.
Bolalar beradigan savollarining juda qiziq bo’lishiga bir necha
sabablar bor. Birinchidiin, bog’cha yoshidagi bolalar tevarak-atrofdagi narsa va hodisalami qanday bo’Isa, sh\indayligicha, ya’ni yaxlit holda, xuddi rasmdagidek aks ettiradilar, iMdnchidan, ularda katta odamlardagidek idrok qilayotgan narsa va hodisalami c;huqur analiz va sintez qilish xususiyati hali o’smagan bo’ladi, uchiachidan, ularda turli tabiat va jamiyat hodisalariga doir ilmiy tushunchalar hali tarkib topmagan va nihoyat, to’rtinchidan, ulaniing turmush tajribalari juda oz bo’ladi. Bog’cha yoshidagi bolalamiii.g beradigan savollaridan ular tafakkurining konkret obrazli xarakteiga ega ekanligi ham ko’rinib turadi. Masalan, bog’cha yoshidagi bolalar quyid^ savollami berishlari mumkin; Bulutlar nega yuradi? Osmon kattami, er kattami? Yulduzlar nechta? Osmondagi yulduzlar nima uchun kimduzi ko’rinmaydi?
- I l l -
DaraxtkiT nima yeb o’sadi? Qorbobo odammi? Hozir qorbobo qayerda? Nima uchun qorbobo yozda kelmaydi? Elektr toki qayerdan keladi? Nega simda olov ko’riiunaydi? Bog’cha yoshidagi boialarni labiat va jamiyatdagi narsalaming sababiy bog’liqligi hamda ichki taraqqiyot qonunlari emas, balki shu narsalaming o’zi qiziqtiradi. Ular hanrnia narsani bilishga intiladiliir.
Ayrim bolalar haddan tashqari ko'p savollar beradilar, boshqa bir bolalar esa deyarli hech qachon savol bermaydilar. Bolalaming juda ko’plab savollar berishlari ijobiy xarakterga ega bo’lib, bu ulaming qiziquvchanligini, faolli]gi va imstaqilligidan darak beradi. Odatda juda passiv \ a tortinchoq bolalar savol bermaydilar. Bunday bolalarga turli mashg’ulotlar ekskursiyiilar vaqtida tarbiyacliining o’zi savol berishi, shu bilan uleimi akrivlashtirib borislii lozim.
Bog’cha yoshidagi bolalaming tajribalari orta borgan sari narsa va hodisalar o’rtasidgai o’zaro bog’liqlik hamda ayrim tabiiy sabablami tushuna boshlaydilar. Masalan, katta gmuh bolalarining gaplariga diqqat qilsak, ular shimday hodisalar haqida miilohaza yurgizishayotganlarining guvohi bo’lamiz. “Temir og’ir narsa bo’lgani uchun suvda cho’kadi, yog’och yengil, shuning uchun u oqadimi”, “ichi bo’sh banka yengil, shuning uchun u cho’kmaydi”, “urug’ni yerga eksa, ko’karib chiqadi” shu kabilar.
Bog’cha yoshidagi bolalar tafakkur (fikr yuritish) jarayonida ayni shu chog’da idrok qilayotgan narsalargina emas, balki ilgari idrok qilgan narsalarjga ham tayana oladilar. Masalan, bolaga ilgaridan ma’lum bo’lgan biron topshiriq yoki savol berilsa, u o’z tasavvuriga asoslanib, qiynalmay, darhol javob qaytaradi. Chunonchi 6 yoshli bir boladan “yong’oq suvda cho’kaciimi yoki oqadimi?” deb so’ralg.anida, u “oqadi” deb javob bergan. Bolaning to’g’ri javob berganligiga sabab shundald, u o’z tajribasida yong’oqni suvga tashlab ko’rgan. Ana shu tarzda bog’cha yoshidagi bolalarda indnktiv va deduktiv xulosa chiqarishning eng sodda formalari yuzaga kela boshlaydi.
Sabab-oqibat bog’lanisMariiiing shakllanishi. Bog’cha yoshidagi bolalar Gkrlashining xarakterii xususiyatlaridan biri uliar tafalckurining hamon konkret obrazli bo’lishidir. Ular o’zlarining mulohazalarida abstrakt tushunchalarga emas, balki konkret faktlarga asoslanadilar. Shiming uchun ular abstrakt tusda berilgan oddiy vazifalami hal qila olmaydilar. Biroq, bog cha yoshidagi bolalarda, xususan katta gurah bolalarida, ayrim narsa va hodisalarriing muhim belgilariga qarab, lunumlashtirish qobiliyati yuzaga kela boshlaydi. Masalan, katta guruh
bolalari olma, o’rik, nok, olcha, olxo’ri, uzmn, anor, behi va anjirlarning rasmlarini to’plab, meva deb ataydilar. Ular endi meva degan ummniy tushunchadan o’z nutqlarida erkin foydalana oladigan bo’ladilar. Bog’cha bolalari xilma-xil rasmli lotolar bilan o’ynash jarayonida ana shunday umumlshtirishga o’rgana boshlaydilar. Bmiday o’yiiilarda ba’zan tarbiyachining atalashuvi va bokdarga umumlashtirish yuzasidan (masalan, hayvonlar, hasharotlar, gullar, qushlar, o’yinchoqlar va hokazolar haqida) turli vazifalar berishi yaxshi natijakirga olib keladi. Bolalar bu narsalaming eng muhim belgilariga qarab ularni guruhlarga ajratadilar. Bog’cha yosWdagi bolalar uchim narsalaming eng muhim belgilari ulaming nima uchun qo’llanishidir. Chunonchi, ularga “sigii qanday hayvon?” deb, savol berilsa, ular - “sigir sut bei'adigan hayvon” deb javob beradilar. Bog’cha yoshidagi bolalar har bit narsaning nima uchun kerakligini shu narsaning asosiy belgisi qilib oladilar. “Ot qanday hayvon?” deb savol berilsa, ular “ot minadigan hay/on” deb javob beradilar.
Ma’lumki, bog’cha yoshidagi bolalar juda qiziqm chan bo’ladilar. Ko’pgina narsalami bilishga qurbilari yetmasa ham, atroflaridagi turli narsa va hodisalaming mohiyati paydo bo’lishi hamda sababiy bog’lanishlariga qiziqadilar. Ular hamma narsaning siridan xabardor bo’lgilaii keladi. Bu iilaming bilish jarayoni bilan bog’liq bo’lgan intellektual qiziqishlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |