4.Musiqa shaklida rivojlantirish tamoyillari.
Musiqiy shakl vaqt davomida yoritilib ayon bо‘ladi va jarayon, ya’ni rivojlanishdan iborat bо‘ladi. Musiqiy shaklninng yoritilib berilishida rivojlantirishning beshta tamoyili katta о‘rin tutadi.
Birinchi tamoyil – takrorlanish. Bu bir xil kadensiyali yakun bilan aynan takrorlanish. Cholg‘u musiqasida oddiy takrorlanish kо‘pincha bir martagina qо‘llanadi (Betxoven Sonata op 31, №3, 1 q).
Ikkinchi tamoyil – о‘zgartirilgan takrorlanish, kо‘pincha variantlash deb ataladi. Bunday takrorlanish tuzilma uzunligi va kadensiyasini saqlangan holda oddiy takrorlanishning о‘rnini bosishi mumkin. Variantlangan repriza istalgan о‘zgarishlari bilan hamisha alohida qism deb hisoblanadi: a+b+a1.
Do'stlaringiz bilan baham: |