Tayanch iboralar
Spermatozoid – urug’ hujayrasi
Prostatit – erkak prostata bezining yallig’lanishi
Penis – erlik olati
Androgen – erkaklik gormoni
Erreksiya – olatning qo’zg’alishi
Nazorat savollari
1. Erkaklar tashqi jinsiy a’zolariga nimalar kiradi?
2. Erkaklar ichki jinsiy a’zolariga nimalar kiradi?
3. Prostata bezining vazifasi nimadan iborat?
4. Spermatogenez –deb nimaga aytiladi?
5. Erkak jinsiy garmonlariga qanday garmonlar kiradi?
6. O’smirlik davrida o’g’il bolalardagi o’zgarishlar?
7. Pollutsiya jarayoni qanday jarayon
Mavzu №10: Jinsiy faoliyat. Erkaklarning jinsiy
faoliyati.
O’quvchi bilishi kerak:
Erkaklarda jinsiy yetilish davridagi fiziologik hususiyatlari.
Erkaklarning jinsiy faoliyati.
Maruza mazmuni.
Erkaklardagi juft jinsiy bez bu moyak hisoblanadi. Embrionda moyak qorin bo’shlig’da belning yuqoridagi ikkita umurtqa sohasida paydo bo’ladi va tug’ilish davriga kelib yorg’oqqa tushadi. Moyak tirik jinsiy hujayralar spermatazoidlar ishlab chiqaradi. Moyakda organizmda bir qancha funksiyalarga ta’sir ko’rsatadigan erkaklar jinsiy gormoni ishlanib, qonga o’tkaziladi. Balog’atga yetgan davrda moyak to’liq yetiladi. Spermatazoidlar grekcha “urug’, tirik mavjudot” ma’nosini bildiradi. Spermatoginez – murakkab va ko’p qadamli jarayon bo’lib urug’ yo’llarida kechadi. Bu jarayon spermatogeniya deb ataladigan hujayralarda boshlanadi. (Sertoli hujayrasi)
Spermatozoidlarning hosil bo’lishi jinsiy yetilish davridan boshlanib keksalik davrigacha davom etadi. Ayrim hollarda 94 yoshli erkakning eyakulyatida tirik, harakatchan spermatazoidlar aniqlangan. Asosan, 60-75 yoshgacha spermatoginez saqlanib qoladi.
Odam spermatozoidi uzunligi 50-60 mk. hujayradan tashkil topgan. Uning boshchasi kalta va keng bo’lib, unda yadro joylashgan. Dumi uzun va ingichka bo’lib, butun uzunligi bo’yicha egiluvchan sterjendan iborat. Erkak jinsiy hujayrasi – spermatozoidning 4ta qismi: - boshchasi, bo'ynichasi, tana qismi va dumcha qismi farqlanadi. Uning boshcha qismida yadrosi joylashgan bo'lib, yupqa sitoplazma o'rab turadi. Boshchaning oldingi qismida g'ilofcha (akroblast) joylashgan bo'lib, uning ichida zich tanacha shaklida akrosoma (yunon. acrom – zich, soma – tanacha ) yotadi. Akrosomada gialuronidaza fermenti bo'lib, urug'lanishda muhim ro’l o'ynaydi. Spermatozoidning bo'yin qismida silindirsimon shakldagi proksimal sentriola yotadi. Urug'lanish davrida u tuxum hujayraga o'tib, urug'langan tuxum hujayra ya'ni zigotaning bo'linishida ishtirok etadi. Yadrodan biroz uzoqroq bo'lgan distal sentriolaning tayoqchasimon va halqasimon bo'laklari bo'lib, spermatazoidning tanasi ular orasida joylashadi. Bu yerda o'q ip atrofida spiral holatda mitoxondriyalar joylashadi.
Spermatozoidning dumchasi asos va oxirgi bo'laklarga bo'linadi. Dumchaning asosi faqatgina o'q (silindradan) iplardan va uni o'rab turuvchi ATF aza fermentini saqlovchi sitoplazmadan iborat. Bu ferment mitoxondriyalarda sintezlangan ATFni parchalab, energiya ajralishini ta'minlaydi. O'q ip kiprikchalarining o'q ipiga o'xshash bo'lib klassik tuzilishga ega. U gomogen matriksda joylashgan. 10 juft mikronaychalardan iborat bo'lgan tutamdir. Bundan 9 juft mikronaychalar periferiyada, 1 jufti esa o'q ipining markazida yotadi.
Urug'lanish jarayonida spermatazoidlar 3ta asosiy vazifani bajaradi:
Bo'lg’usi organizmga otalik genlarini uzatadi.
O'zining xivchini (dumi) ya'ni harakat apparati yordamida tuxum hujayra bilan to'qnashishni ta'minlaydi.
Tuxum hujayraga zigotaning bo'linishi uchun zarur bo'lgan senrasomani olib kiradi.
Odam spermatozoidi 1 daqiqada 1-2mm tezlikda harakatlanadi. Spermatazoid taxminan 3,5 mm/min. tezlikda mustaqil harakatlanadi.
Spermatoginezning boshlang’ich bosqichlarida jinsiy hujayralar harakatlanish qobiliyati bo’lmaydi va yangi avlod hujayralar ta’sirida sust harakatlanadi. Spermatozoidlar mustaqil harakatlanishni prostata bezining suyuqligi qo’shilgandan so’ng paydo bo’ladi. Ya’ni eyakulyatsiyadan so’ng. Bunda harorat qin ajralmasining muhiti katta ro’l o’ynaydi. Spermatozoidlar uchun eng yaxshi muhit – kuchsiz ishqoriy
muhit hisoblanadi. Spermatozoidning harakatlanuvchi qismi dumi bo’lib, spiralsimon harakatlanadi. Bachadonda spermatozoidning harakatlanish qobilyati 1 hafta davomida saqlanadi. Spermologik tekshirish uchun bu ma’lumotlar katta ahamiyatga ega. Agar tekshirishga olingan sperma so’vib qolsa, yoki qizib ketsa yoki nordon muhitga tushib qolsa, spematozoidlarning harakatlanish qobilyati pasayadi.
Erkaklarning jinsiy endokrin vazifasini testesteron bajaradi. Bu gormon Leydig hujayralarida ishlab chiqariladi. Bu hujayralarda ayol jinsiy gormoni – estradiol, faqat juda kam miqdorda ishlab chiqaradi. Urug’ bezlarining endokrin vazifasi chaqaloq tug’ilishi bilan boshlanib jinsiy yetilish davrida keskin o’sadi. Keksalik davrida endokrin vazifasi pasayadi.
Androgenlar buyrak usti bezida ishlab chiqariladi. Buyrak usti bezining funksiyasi pasayganda urug’donlarda atrofiyasi kuzatilishi mumkin.
Qalqonsimon bezning faoliyati pasayganda yoki kuchayganda spermatoginez va erkaklarning jinsiy faoliyatini buzilishi kuzatiladi.
Sperma murakkab suyuqlik bo’lib, urug’ bezlarining, prostata bezining Kuper va Littre bezlarining suyuqliklaridan iborat suyuqlikdir. Bu suyuqlik xira, quyuq cho’ziluvchan hususiyatga ega. Agar spermani 20-30 daqiqa saqlab turilsa uning cho’-
ziluvchanlik hususiyati yo’qolib suyuq bo’lib qoladi. Spermaning solishtirma zichligi 1020-1040 orasida bo’lib kuchsiz ishqoriy muhitga ega. Spermaning rangi oqish bo’lib
o’ziga xos hidi bor: yangi spermadan chesnok hidi, qurigan spermadan kuygan choxniong hidi keladi. Bir marotaba eyakulyatda 2-6 ml. sperma ajraladi. Ajralgan
spermaning miqdori quyidagi faktorlarga bog’liq bo’ladi: ko’p jinsiy aloqada, jismoniy zo’riqishda, kuchsiz ovqatlanishda, semiz odamlarda, asabiylashishda spermaning miqdori kamayadi.
Sperma miqdorining ko’payishi polispermiya deb ataladi. Sperma miqdorining kamayishi olegospermiya yoki gipospermiya deb ataladi. Spermaning kimyoviy tarkibi katta ahamiyatga ega. Unda glyukoza - 16,7 mmol\l (3 g\l), fruktoza – 20-100-mmol\l (1-6 g\l), sut kislatasi 11,1-12,5 mmol\l (0,9-1,0 g\l), natriy xlorid – 34 mmol\l (2 g\l), oqsil 18 g\l.
1 ml spermada 40-250 million spermatozoidlar mavjud, shularning 60-80% i hara-katchan va 1-3 % i yetilmagan hisoblanadi. Spermaning tarkibidagi fruktozaning miqdori katta ahamiyatga ega. Agar fruktozaning miqdori me’yoridan kam bo’lsa spermatazoidlarning faol harakatlanish qobilyati pasayadi. Sperma tarkibida 16 ta aminokislotalar aniqlangan. Ularning miqdori erkaklarning keksayishi bilan kamayadi. Bu esa bepushtlikda katta ahamiyatga ega. Agar spermada spermatozoidlar bo’lmasa, sperma suyuq va suvga o’xshash bo’ladi. Bu holat gidrospermiya deb ataladi. Aspermatizm bu jinsiy aloqaning oxirida eyakulyatning bo’lmasligi, lekin urug’ bezlarini punktsiya qilinganida biopsiyada normal spermatoginez saqlanib qolgan bo’ladi. Aspermatizmni keltirib chiqaruvchi sabablari - bu urug’ yo’llarining yopilib qolishi. Masalan, sil, shikastlanishlar va boshqalar. Aspermiya – bu eyakulyatda spermatazoidlarning yo’qligi bilan xarakterlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |