Mavzu №9 Jinsiy a’zolar anatomiyasi. Erkak jinsiy a’zolar anatomiyasi.
O’quvchi bilishi kerak:
Erkak jinsiy a’zolarining anatomiyasi va fiziologiyasi;
Ayol chanog’ining erkak chanog’idan fari.
Ma’ruza mazmuni:
Erkak jinsiy a’zolarining anatomiyasi va fiziologiyasi.
Erkaklar ichki tanosil organlariga moyaklar va ularning ortig’i, urug’ chiqarish yo’llari, urug’ pufakchalari, prostata bezi va Kuper bezlari kiradi. Tashqi tanosil organlari olati va yorg’oqdan iborat.
Moyaklar (testes)bir juft bo’lib yorg’oq ichida joylashgan. Moyaklar tanosil organlari ichida erlik urug’I spermatozoid va erkaklik gormoni ishlab chiqarishi bilan alohida o’rin tutadi.
Moyaklar ikki tomondan bir oz siqilgan ellipssimon shaklda bo’lib orqa qirg’og’ida uning ortig’i yopishib turadi. Moyak ustini yaxshi pishgan tuxumga o’xshash yaltiroq oqsil parda o’rab turadi. Pardani ichki tomonidan moyak ichki moddasiga o’sib kirgan to’siqlar alohida bo’laklarga ajratadi. Bo’lakchalar oldi tomoni keng yoyilgan yelpig’ichga o’xshab tarqalgan, orqa tomoni esa yig’ilib tuxum devorlari oralig’i sohasiga ochiladi. Har bir bo’lakchaning ichida 3-4 tadan urug’ ishlab chiqaradigan kanalchalar bo’lib ular bir-biri bilan qo’shilib to’g’ri urug’ kanalchalarini hosil qiladi. To’g’ri kanalchalar tuxum devori oralig’i sohasida o’zaro qo’shilib urug’ to’rini hosil qiladi. Kanalchalar to’rida 12-16 ta urug’ chiqarish naylari ajraladi va moyak ichidan chiqib urug’ chiqarish yo’li nomi bilan yuqoriga ko’tariladi. Urug’ chiqarish yo’li qon-tomirlar va nervlar bilan birgalikda qo’shuvchi to’qima parda bilan o’ralib urug’ tizimchasi sifatida chov kanali orqali qorin bo’shlig’iga o’tadi. Bu yerda urug’ chiqarish yo’li qon-tomirlardan ajralib qorin bo’shlig’ining yon devori tomon yo’naladi va qovuq tagiga yetganda kengayib, urug’ pufakchasi nayi bilan qo’shiladi va urug’ otuvchi yo’lni hosil qiladi. Urug’ otuvchi yo’l prostata bezi orasidan o’tib siydik chiqarish kanalining shu qismiga ochiladi. Urug’ chiqarish yo’lining uzunligi 40-45 sm devori ichki shilliq qavat, o’rtasidagi muskul qavat va tashqi qo’shuvchi to’qima qavatdan tuzilgan.
Urug tizimchasi (funikulus spermatikus)urug’ chiqarish yoli va moyakni oziqlantiruvchi arterial qon tomirlar va ulardan ketuvchi venalar, limfa tomirlari va nervlarni birga ichki urug` fastiyasi o`rashidan vujudga keladi. Urug` tizimchasi moyakdan chov kanali orqali qorin bo`shlig`iga o`tadi. Qorin bo`shlig`ida urug` chiqarish yo`li qon tomirlari va nervlardan ajralgan holda urug` otuvchi kanalchalarga o`tadi.
Urug` pufakchalari-Vesikulae seminalis bir juft, usti notekis, uzunligi 5 sm, kengligi 3 sm keladigan xaltacha bo`lib, ishlab chiqargan suyuqligi siydik yo`lini tozalab beradi. Aks holda moyakdan kelayotgan urug` siydik yo`lidan o`ta turib otalantirish qobilyatini yo`qotadi.
Urug` pufakchalarining devorlari ichki tomondan katak-katak joylashgan shilliq qavat, o`rta muskul qavat va ustki qo`shuvchi to`qima qavatdan tuzilgan.
Kuper bezlari. Siydik chiqarish kanali sug`onining bezlari yoki Kuper bezlari yumaloq, kattaligi no`hatdek bir juft bezlar bo`lib, siydik chiqarish yo`lining parda qismida, olat so`g`onining ustida joylashgan. Bezlarning ingichka naychalari olat so`g`onining moddasi ichidan o`tib siydik chiqarish yo`liga ochiladi.Bezlarning suyuqliklari siydik chiqarish yo`lining devorini siydik ta’siridan saqlaydi.
Prostata bezi. Qovuqning tagida siydik chiqarish nayini o`rab joylashgan. Tarkibida bez epiteliysidan tashqari silliq muskul tolalari va biriktiruvchi to`qimalar ham uchraydi. Prostata bezi qizg`ish rangda bo`lib, katta odamlarda uzunligi 3 sm, kengligi 4 sm, og`irligi taxminan 20 gr bo`ladi. Uning tarkibi 30-50 ta bezchalar yig`indisidan iborat. Ularning sekret chiqarish naychalari siydik chiqarish yo`lining prostata bezi ichidan o`tgan bo`lagiga ochiladi.
Prostata bezi suyuqligi spermatozoidlarni suyultirib, harakatini aktivlashtiradi. Bez muskullari siydik chiqarish yo`lining prostata bezi qismini siqib turish vazifasini bajaradi.
P r o s t a t i t – prostata bezi to`qimalarning infeksiyalar ta’sirida yallig`lanishiga aytiladi. Infeksiyalar odatda siydik chiqarish yo`li yoki qon orqali yuqadi. Bunda prostata bezlarining sekret chiqarish yo`llari shilliq qavatlari yallig`lanib bo`rtadi. Bezlarda sekretlar, yiringlar to`planib ohiri prostata absessi rivojlanadi. Prostata absessi siydik pufagiga, to`g`ri ichakka yoki oraliqqa teshib chiqishi mumkun.
Adenoma ko`pincha 50 yoshdan keyin <> oqibati (moyaklarning ichki sekretsiya faoliyatlarining buzilishi) da kuzatiladi. Organizmda erkaklar jinsiy opganlar gormoni kamayadi. Bunda siydik chiqarish naycha atrofida joylashgan bezlar avvalo yallig`lanib, keyin atrofiyaga uchraydi. Adenomada prostata bezi hajmi (ko’pincha to`g`ri ichak tomonga) kattalashib (300-400g) ketadi. Natijada, siydik chiqarish nayi siqilib, siydik chiqishi qiyinlashadi.Oqibatda siydik, siydik pufagida to`planib uning hajmini kattalashtirib gidrouretronefrit rivojlanadi.
R a k kasalligii rivojlanishi hozircha aniqlanmagan. Prostata raki hajmlari bir necha millimetrdan 10 sm gacha bo`lib, ko`pincha adenoma to`qimalari orasida joylashadi. Prostata raki tos suyaklari umurtqalarga boradi. Prostata o`smalarida siydik chiqarish nayi siqilib, siydik chiqarish qiyinlashadi.Oqibatda, siydik pufagida siydik to`planib, uning hajmini haddan tashqari oshiradi, piylonefrit, urosepsislar rivojlanadi.
S p e r m a (sperma)- urug` moyaklar bo`lakchalarida joylashgan burama kanalchalarda odam balog`atga yetgandan keyin ishlanadi. Yetilgan urug` to`g`ri kanalchalardan, urug` to`riga, undan urug` chiqarish kanalchalariga o`tadi. Bu kanalchalardan urug` tizimchasi orqali urug` otuvchi yo`lga o`tib so`ngra siydik chiqarish kanalining prostata bezi bo`lagiga ochiladi. Balog`atga yetgan odamda uning jinsiy jihatdan aktiv bo`lgan davrdan urug` hujayralari spermatazoidlar moyakdan doimiy yetishib turadi.Spermatazoidda boshcha ,tanasi va dum bo’lib, bir minutda 3,5 mm gacha harakatlanish hususiyatiga egadir.Erkak urug’i ko’p miqdorda yetilib, ayol jinsiy yo’lida 3 kungacha otalantirish qobiliyatiga egadir. Erkak urug’i ko’p miqdorda yetilib, ayol jinsiy yo’lida 2 – 3 kungacha otalantirish qobiliyatiga egadir. Spermatozoidlar odatda urug’ chiqarish yo’llari, urug’ pufakchalari, prostata va va Kuper bezlaridan ajralgan sekretlar bilan aralashgan suyuq holatda bo’ladi. O’rtacha 1 sm da 60 000 gacha spermatozoid bo’ladi. Lekin har bir urug’ ajralish jarayonida erkaklarning 200 000 000 gacha urug’I chiqsa-da, otalantirish uchun faqat bittasigina yetarlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |