1.8PULSATSION PURKASHNI TATBIQ ETISH.
Pulsatsion rejimda puflashni tashkil qilish g‘oyasi shuni nazarda tutadiki, po‘latni eritish vannalari va gazlarning birgalikdagi tezligini, jarayonda ishtirok etuvchi, gazodinamik strukturali oqimlarni doimiy o‘zgartirish natijasida oshirish mumkin. Yuqori chastotali gaz oqimlarini uzilishlari natijasida amalda bunga erishiladi, ya’ni oqimning pulsatsiya tezligini ta’minlash orqali. Ushbu yo‘nalishda MISIS professori A.V.Yavoyskiy rahbarligidagi bir guruh xodimlar ish olib bormoqdalar. Hozirda bir qancha puflagichli qurilmalarning konstruksiyalari yaratilgan, muvaffaqiyatli sinab ko‘rilganlari NPO “Tulachermet”, NTMK, ZSMK va boshqalar.
Gazli oqim bilan yuvishda, gazlarning pulsatsion oqimida tanani qoplovchi aralashmagan gaz qatlami kamayadi; buning natijasida massaning intensivligi va issiqlik almashinish jarayoni oshadi. Gaz pulsatsiyalarida hosil bo‘luvchi kovaklar yangi fazalar paydo bo‘lishini yengillashtiradi, vannadagi aralashtirish jarayonini intensivlashtiradi. Shlak hosil qilish jarayonida, ohaklardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan, qiyin eriydigan kalsiy (CaO)2 * SiO2 monosilikati hosil bo‘lishi kuzatiladi, qalinligi 0,1 mm gacha bo‘lgan qatlam ohakning Shlakda aralashib erishiga to‘sqinlik qiladi. Kislorodli pulsatsion oqim bilan vannalarni puflashda ohak bo‘laklari bilan Shlaklar belgilarining keskin almashinishi ushbu qatlamning buzilishiga yordamlashadi va binobarin shlaklar hosil bo‘lishini tezlashtiradi.
Pulsatsion puflashdan foydalanib puflab boshlashning birinchi minutlaridanoq, shlaklardagi CaO konsentratsiyasining bir muncha yuqori aralashib erishi, R2O5 konsentratsiyasining bir muncha yuqoriligi va temir oksidining esa bir muncha pastligi kuzatiladi. Chegaralarda fazalararo intensivlashtirish jarayoni muhim bo‘lgan holatlarda, pulsatsion puflashga o‘tish o‘ta ahamiyatlidir. Vanadiy tarkibli cho‘yanlarni qayta ishlash jarayonida bu o‘zini juda ham yaqqol namoyon eta oldi. Bunday cho‘yanlarga ishlov berishning ahamiyati shundaki, puflashning dastlabki onlaridanoq metall tarkibida judayam kam miqdorda vanadiy qolishi bilan birga cho‘yandagi vanadiylarning maksimal miqdorda (oksidlanishini) Shlaklarga o‘tishini ta’minlaydi. Bunda shlakdan imkon qadar vanadiy oksidlari tarkibini olish uchun, shlak miqdori minimal bo‘lishi zarur, bu keyinchalik uni qayta ishlab ferrovanadiy olish uchun juda muhim sanaladi. Pulsatsion puflash orqali mettallarni puflashda metalldagi vanadiy tarkibining qoldig‘i 0,01-0,02 % gacha kamayadi (odatiy puflashda esa 0,03-0,04 %), shlakdagi V2O5 tarkibi esa 22,4-25,2 % (odatiyga qarama-qarshi ravishda 19,3-22,0 %).
Past-margansovkali cho‘yanlarni qayta ishlash jarayonida ham yaxshi natijalarga erishildi, qaysiki pulsatsion puflash shlak hosil bo‘lishining tezlashuviga olib keladi.
Konverterlash jarayonida pulsatsion puflashni qo‘llash natijasida to‘plangan tajribalar shuni ko‘rsatadiki, bu rejimga o‘tishda:
Shlak hosil bo‘lish jarayoni tezlashadi va kiritilayotgan shlak hosil qilgichlardan bir muncha to‘liq foydalanish imkoni yaratiladi;
22 1 temir bilan chang yo‘qolishi va chang hosil bo‘lishi kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |