Iii. Fanning asosiy o‘quv materiallari


Uruglarni ekish chuqurligi



Download 1,17 Mb.
bet19/35
Sana25.10.2022
Hajmi1,17 Mb.
#856081
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35
Bog'liq
1-7 маърузалар матни

Uruglarni ekish chuqurligi. Lalmikorlikda kuzgi bug'doy urug'lari 3 dan 7 sm gacha chuqurlikda ekiladi. Umg'lar juda chuqur ekilsa, unig'ning bo'rtishi va unib chiqishi uchun nam yetishmaydi, mog'or zamburug'I bilan Zararlanadi, unuvchanligi pasayadi va hosildorlik kamayadi. Urug'larni ko'mish chuqurligi urug'likning yirikligiga, ekish muddatiga, o'tmishdoshga, tuproqning namligiga, yetishtiradigan mintaqaga bog'liq bo'ladi. O'zbekistonning janubi, Qashqadaryo, Surxandaryo viloyatlarida maysalar kuzda yoki qishning iliq kunlarida paydo bo'ladi. Bu mintaqalarda kuzgi bug'doy optimal muddatlarda ekilsa, urug'lar 5—6 sm chuqurlikda ekiladi. Lalmikorlikning tekislik, tekislik-tepalik va tog' oldi mintaqalarda urug'lar toza shudgorga 3 sm, ang'izga 3—5 sm chuqurlikda ekiladi.
Kuzgi bug'doy kech noyabr-dekabr oylarida ekilsa, tuproqda yetarli nam bo'lganda hamda toza shudgorga ekilsa, urug'larni 5—6 sm chuqurlikka ekish mumkin. Tog'li mintaqada urug'lar 5—7 sm chuqurlikka ekiladi. Urug'lar bir xil chuqurlikka ko'milishi uchun ang'iz haydalganda agregatga g'altakli molalar tirkaladi. Ular kesaklarni maydalash bilan birga tuproqni zichlaydi. Toza shudgorda tuproqni oxirgi marta ishlash tishli g'altak bilan o'tkaziladi yoki yog'ingarchiliklar yog'ib tuproq cho'kkandan keyin ekish o'tkaziladi. Seyalka tuproqni ishlash yo'nalishiga
nisbatan ko'ndalangiga yurgiziladi. Urug'lar chuqur ko'milmasligi uchun seyalkalarning diskalariga cheklagichlar qo'yiladi. Yuqoridagi talablar bajarilmasa urug'lar bir xil chuqurlikka ko'milmaydi va ko'pincha ancha chuqur ko'milib maysalar siyrak hosil bo'ladi.
Ekinzomi parvarish qilish. Kuzgi bug'doy parvarishiga uni oziqlantirish, erta bahorda boronalash, xatosiga urug' ekish, begona o'tlarga, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash, qor, yomg'ir suvlarini tutib qolish, yuqori nav tozaligini saqlash hamda boshqa tadbirlar kiradi. Erta bahorda bug'doyzorlarda o'tkazilgan boronalash natijasida qish mobaynida zichlashib qolgan tuproq yumshatiladi, unda havo almashinishi yaxshilanadi, begona o'tlar yo'qotiladi, nam yaxshi saqlanadi. Bug'doyzor erta bahorda tuproq yetilishi bilan qator’ariga ko'ndalang yoki diagonal qilib ≪Zig-zag≫ markali boronalar bilan ishlanadi. Ko'pincha qatqaloq natijasida unib chiqmagan maysalar boronalashdan keyin tez maysa hosil qiladi. Boronalash o'simliklar yaxshi rivojlangan, tuplangan bug'doyzorlarda o'tkaziladi. Kuzgi bug'doy bahorda oziqlantirish oldidan boronalanadi. Bunda o'g'itlar tuproqqa yaxshi ko'miladi. Gerbitsidlar sug'oriladigan
bug'doyzorlardagi singari qo'llaniladi. Lalmikor dehqonchilik qilinadigan tog' oldi va tog' mintaqalarida qish davrida qor ancha qalin yog'adi. Qalin qor qatlami kuzgi bug'doyni sovuq urushidan saqlaydi hamda erigan qor suvining tuproqqa yaxshi
yutilishini ta’minlaydi. Qor qatlami bo'lmagan bug'doyzorlar qishlovda noqulay sharoitlarda ko'p zararlanadi. Shuning uchun qor qalin yoqqan yillari lalmikorlikda bug'doy hosili yaxshi bo'ladi. Qor qatlami nishabliklarda, shamol ko'p bo'ladigan joylarda ko'p turmaydi va shamol yordamida uchirib ketiladi. Shuning uchun qorni tutib qolish choralari ko'riladi. Qorni tutib qolish uchun shamolning yo'nalishiga ko'ndalang qilib yog'och yoki qamish to'siqlar, poxol va qamish bog'lari, kungaboqar, maxsar poyasi qo'yiladi. Qor qalin yoqqanda uchburchak qor haydagichlar bilan qor uyumlanadi yoki g'altaklar bilan taxta qilib zichlanadi.
Qish davomida bu ishlar shamol esishiga ko‘ndalang qilib bir necha bor takrorlanadi. Qorni tutib qolishning eng yaxshi usuli almashlab ekish dalalari ehekkasida va ichida shamol qaysi tomondan esishini hisobga olib ixota o'rmon palosalarini tashkil qilishdir. O'zbekistonning tog‘ oldi mintaqalarida seryog‘in yillari erigan qor va sel suvlaridan foydalanib kuzgi bug'doyni sug'orish ham muhim ahamiyatga ega. Lalmikorlikda bunday sug'orishlar respublikamiz hududida qadimdan qo'llanilgan. Bunday sug'orishlar bug'doyning naychalash
fazasida yoki undan oldinroq o'tkaziladi. Sug'orish davrida o'simlik yaxshi rivojlangan va barglar yer yuzasini qoplagan bo'lishi kerak. Suv juda ko'p bo'lgan yillari boshoqlash yoki donning to'lishi fazalarida ham sug'orish o'tkaziladi.

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish