Iii. Fanning asosiy o‘quv materiallari


Shlang devorining tashqi qismiga yoki shlangni qirqib o’rnatiladigan tomizgichlar



Download 1,17 Mb.
bet16/35
Sana25.10.2022
Hajmi1,17 Mb.
#856081
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   35
Bog'liq
1-7 маърузалар матни

Shlang devorining tashqi qismiga yoki shlangni qirqib o’rnatiladigan tomizgichlar ko’p yillik daraxtlarni sug’orishda qo’llaniladi. Shlangning ichiga o’rnatiladigan tomizgichlar mevali daraxtlarni va bir yillik ekinlarni sug’orishda foydalaniladi. Bunday t omizgichli shlanglar zavod sharoitida tayyorlanadi. Ulardan ko’p yillik ekinlarni sug’orishda foydalanishda ma’lum qiyinchiliklar yuzaga keladi.
Tomizgichli lentalardan bir yillik ekinlarni sug’orishda foydalaniladi. Bunday shlanglarda tomizgichlar orasidagi masofa 10–50 sm. ni tashkil etadi, tomizgichlar tizimdagi bosim 0,3 atm. bo’lgandayoq mo’tadil ishlay boshlaydi. Tomizgich tirqishli ko’rinishda hosil qilingan va shu bois uni tuproq orasida ham ishlatish mumkin. Ularning suv sarfi 0,5; 0,75; 1,0 va 2 l/soat miqdorida bo’ladi (34- rasm).
Tomizgichli lentalarning kvin gil (0,6–0,7 atm. bosimda ishlovchi), gidrolayt (0,5 atm.), akvagol (0,1 atm. bosimdayoq ishlovchi) turlari mavjud.

Nazorat savollari:
1. Ekinlarni tomchilatib sug’orishning afzallik va kamchiliklari nimalardan iborat?
2. Ekinlarni tomchilatib sug’orishda tuproq namliging boshqarilish holatini bayon eting.
3. Respublikada ekinlarni tomchilatib sug’orish texnologiyalaridan foydalanish ahvoli qanday?
4-Mavzu: Lalmi yerlarda bug‘doy yetishtirish texnologiyasi
Reja:
1.Bug’doyning ahamiyati, tarixi, ekilish mintaqalari. Bug’doy sistematikasi.
2.Bug’doy biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi.
3. O‘zbekistonda ekiladigan navlari


Kuzgi bug‘doyni lalmikorlikda o'stirish xususiyatlari. O'zbekistonning lalmikor mintaqalarida kuzgi bug'doy hosili o'simlikning nav bilan ta’minlanganligiga bog'liq holda o'zgaradi. Ob-havo qulay kelgan yillar lalmikorlikda kuzgi bug'doy hosili 20—30 s/ga ga yetishi mumkin. Respublikamizda kuzgi bug'doyning lalmikorlikdagi hosili past 5—9 s/ga. Almashlab ekishni to'la joriy qilish, hamma agrotexnik usullarini o'z vaqtida, tez, sifatli bajarish hosildorlikni oshiradigan eng muhim vazifalar hisoblanadi. Almashlab ekishdagi o‘mi. Kuzgi bug'doydan yuqori hosil olish uni almashlab ekish tizimiga to'g'ri joylashtirishga bog'liq bo'ladi. Hozirga qadar O'zbekistonning lalmikor yerlarida kuzgi bug'doy surunkasiga yoki arpa bilan almashlab ekib kelinmoqda. Kuzgi bug'doyni surunkasiga ekish tuproqda yetarli miqdorda namlik to'planishiga, binobarin, qurg'oqchilikning oldini olishga imkon bermaydi. Shuning uchun surunkasiga kuzgi bug'doy ekilib kelinayotgan ekinzorlar hosili ob-havoga bog'liq, namlik oshishi bilan u oshadi, yog'ingarchilikning kamayishi bilan keskin kamayadi. Lalmikorlikda tuproq unumdorligini oshirish, kuzgi bug'doy hayoti uchun qulay sharoit yaratish maqsadida u toza, band shudgor, shuningdek, beda bilan almashlab ekiladi. Hozirgi paytda 5 dalali (shudgor-don-don, band-shudgor), 6 dalali (shudgor-dondon-band-shudgor-don-don) 10 dalali (beda-beda-beda-beda-beda-don don-don-shudgor-don-don-don) almashlab ekish sxemalari keng tarqalgan. Besh dalali almashlab ekish sxemalarini lalmikorlikning pastki mintaqasida, olti dalalikni yuqori mintaqada qo'llash tavsiya etiladi. O'n dalali almashlab ekish tuprog'i eroziyaga uchragan, chorvachilik yaxshi rivojlangan tog'li mintaqalarda qo'llaniladi. Boshqa mintaqalarda beda, almashlab ekish sxemasidan chiqarilgan dalalarga, xo'jalik xususiyati hisobig olinib, umumiy haydaladigan yerning kamida 12—15% joylashtiriladi. Toza shudgor tuproqning chuqur qatlamlarida suv rejimini yaxshilaydi, qurg'oqchilikning zararli ta’sirini kamaytiradi. Qamashida toza shudgor kuzgi bug'doy hosilini 56% oshirgan. Kuzgi bug'doy toza shudgorga ekilganda faqat hosili emas, don tarkibidagi oqsil miqdori ham oshgan. Yog'ingarchiliklar ko'p bo'lgan yillari toza shudgorda tuproq zichlashadi, bug'doyning o'sishi uchun sharoit yomonlashadi, ekinzor bir yillik begona o'tlar bilan ifloslanadi, samaradorlik kamayadi. Band shudgorda ekinlar ekish muddatlari bo'yicha erta bahori (zig'ir, maxsar, kungaboqar silosga, xashaki ko'k no'xat, no'xat), o'rtacha bahori (makkajo'xori, jo'xori, kungaboqar silos), kechki bahori (xo'raki va xashaki tarvuz, qovun, kunjut, jo'xori makkajo'xori, kungaboqar) guruhlariga bo'linadi. Lalmikor yerlarda band shudgorda poliz, no'xat, xashaki ko'k no'xat, kungaboqarni silosga ekish yaxshi natija beradi. Ayniqsa, nam bilan ta’minlangan mintaqada dala begona o'tlardan tozalanib, agrotexnika yaxshilanib borishi bilan band shudgorlar samarasi oshib boradi. Kuzgi bug'doy hosili poliz ekinlaridan keyin 10,6, silosga ekilgan kungaboqardan keyin 9^2, oq jo'xoridan keyin 9,7, toza shudgorga ekilganda 13,6 s/ga ni tashkil qilgan. Bunda band shudgorga ekilgan bug'doy hosili toza shudgorga nisbatan 30% gacha kam bo'lgan. G'allaorolda o'tkazilgan tajribalarda yog'ingarchiliklar ko'p bo'lgan yillari kuzgi bug'doy toza shudgorga ekilganda, ang'izga ekilgandagiga nisbataii 1,8 s/ga, band shudgorda 1,5—3,4 s/ga qo'shimcha hosil olingan yoki band shudgorda toza shudgorga nisbatan hosildorlik ancha oshgan. Qator oralari ishlanadigan ekinlardan keyin joylashtirilgan kuzgi bug'doydan band qilinmagan toza shudgordagiga qaraganda kam olingan don o'rni ana shu ekinlardan olingan hosil bilan to'ldirilishi mumkin. Lalmikorlikda tuproq unumdorligini tikiash va oshirish vositasi sifatida beda kuzgi bug'doy uchun yaxshi o'tmishdosh hisoblanadi. Ammo bedaning kuchli rivojlangan ildiz tizimi tuproqning yuza va chuqur qatlamlarini quritib yuboradi. Shuning uchun ta’minlangan va yarim ta’minlangan mintaqalarda bedaning o'tmishdosh sifatidagi samaradorligi pasayadi. Yog'ingarchiliklar kam bo'lgan yillarda kuzgi bug'doy bedadan keyin ekilganda ang'izga ekilgandagiga nisbatan hosili kamaygan. Aksincha, yog'ingarchiliklar me’yor atrofida bo'lganda, kuzgi bug'doy bedadan keyin ekilganda, ang'izga ekilgandagiga nisbatan hosili o'rtacha to'qqiz yil davomida 1,9 s/ga ga oshgan, ob-havo qulay kelgan yillari kuzgi bug'doy hosili toza shudgorda va bedadan keyin ekilganda deyarli bir xil bo'lgan.

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish