Iii. Fanning asosiy o‘quv materiallari


Baliqlar ham «aqlli» bo‘ladi



Download 1,17 Mb.
bet11/35
Sana25.10.2022
Hajmi1,17 Mb.
#856081
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35
Bog'liq
1-7 маърузалар матни

Baliqlar ham «aqlli» bo‘ladi
Aqlli texnologiyalar nafaqat dehqonchilik, bog‘dorchilik yoki chorvachilikda, balki baliqchilik sohasida ham o‘z samarasini bermoqda. Baliqlar migratsiyasini kuzatib borish va baliq ovlash uchun eng yaxshi joyni tanlash, ozuqa namunalarini tahlil qilish, ehtimoliy kasalliklarni aniqlash kabilarni endi zamonaviy texnik qurilmalar, monitorlar yoki GPS datchiklari yordamida amalga oshirsa bo‘ladi. Shuningdek, suvning sifati haqida ham ma’lumot olish mumkin.
Kep qoling, dengiz qulupnayi!
Texnologiyalar bizga nafaqat oldimizdagi vazifalarni tez va yaxshi bajarishimizga yordam beradi, balki biz avval tasavvur qilib ham ko‘rmagan ko‘plab yangi imkoniyatlarni ham ochadi. Masalan, «Ocean Reef Group» kompaniyasi suv ostida turli mahsulotlar yetishtirish bo‘yicha tajribalar o‘tkazishdi. Bu yerda gap umuman baliqchilik haqida emas — mutaxassislar suv tubiga qizil karam, loviya, qulupnay ekishdi. Dengiz qulupnayini siz aniq hech qachon yeb ko‘rmagansiz!
Sarmoyalar
Qishloq xo‘jaligidagi AT-muvaffaqiyatlar investorlar orasida ham katta qiziqish uyg‘otmoqda. Masalan, 2016-yili «CropX» (fermerlar uchun smart-texnologiyalar ishlab chiqaruvchi AQSh kompaniyasi) «Lab IX» va «Robert Bosch Venture Capital GmbH» vositalariga sarmoya kiritdi. «Trimble Navigation» va «Avidor High Tech France», «Precision AG» va «Agrinetix» singari yuqori professional kompaniyalarning o‘zaro hamkorligi intellektual qishloq xo‘jaligi ishlanmalarida umumiy zanjirni tashkil etadi. Bu korporatsiyalar dehqonchilik ishlanmalariga sarmoya kiritishdan katta daromad olishni juda yaxshi tushunadilar.

3-Mavzu. Llmikorlilda tomchilatib sug’orish tizimlari va qishloq xo‘jalik ekinlarini sug’orishda ulardan samarali foydalanish tadbirlari.
Reja:
1. Dunyo mamlakatlarida ekinlarni tomchilatib sug‘orishning holati.
2. O‘zbekistonda tomchilatib sug‘orish texnologiyasini amalga oshirish
3. Tomchilatib sug‘orish usullari va turlari

Ekinlarni suv tejovchi sug’orish tizimlaridan keng foydalanmaslik oqibatida sug’orish suvidan tejamsiz foydalanilmoqda va sug’orish sifatsiz o’tkazilmoqda, ekinlarni suvga bo’lgan ehtiyoji o’z vaqtida yetarlicha ta’minlanmayapti. Tomchilatib sug’orish tizimi bilan tanishiladi va ulardan samarali foydalanish tadbirlari bo’yicha zaruriy bilim va ko’nikmalar shakllantiriladi.


Identiv o’quv maqsadlari:
1) Tomchilatib sug’orish tiziminidan foydalanish maqsadlari va ahvoli.
2) Tomchilatib sug’orish tizimining tarkibiy qismlari va tuzilishini so’zlab bera oladi.
3) Tomchilatib sug’orish tizimining texnologik sxemalarini o’qiy oladi.
Tomchilatib sug’orish tizimining tarkibiy qismlari: suv olish tuguni; bosim hosil qilish tuguni; bosh surma klapan; filtr; suv o’lchash qurilmasi; monometr; o’g’itni aralashtirgich-uzatgich; magistral quvur; taqsimlash quvu-ri; masofadan boshqariluvchi surma klapan; sug’orish quvurlari; suv chiqargich-tomchilatgich; sug’orish muqarrarligini aniqlovchi datchik; boshqarish pulti.
Markaziy Osiyoda, shu jumladan O’zbekistonda suv resurslarining taq-chilligi kuchli sezilayotgan hozirgi kunda sug’orishning tejamli texnologiyalarini (masalan, tomchilatib sug’orishni) loyihalashtirish va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishiga tatbiq etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Tomchilatib sug’orish qishloq xo’jaligi amaliyotida qo’llanilayotgan nisbatan yangi sug’orish usuli bo’lib, bunda maxsus filtrlar yordamida tozalangan suv tomchilatgichlar orqali tomchi shaklida tuproqqa berilib, o’simlikning ildiz tizimi eng ko’p tarqalgan tuproq qatlamini lokal namiqtirishga erishiladi.
Tomchilatib sug’orish tuproqning faol qatlamida namlikni deyarli bir xilda ta’minlab, ekinning bir tekisda o’sib rivojlanishiga qulay sharoit yaratadi. Bunda tuproqning namiqish konturi tuproq sharoitlariga bog’liq Tayanch iboralar: yomg’irlatib sug’orish tizimi, yomg’irlatib sug’orish mashinalari va agregatlari, yomg’irlatish apparatlari, tomchilatib sug’orish tizimi, tomchilatgichlar, tizimning texnologik sxemasi, tuproq orasidan sug’orish tizimi. holda turlicha bo’ladi. Sug’orish suvi bosim ostida quvurlar tarmog’i orqali har bir o’simlikka yoki o’simliklar qatoriga uzatilib, o’suv davri davomida o’simliklarni suvga ehtiyojiga muvofiq kerakli miqdordagi suv bilan ta’minlab turiladi. Bunday tizimlarda suv bilan birgalikda mineral o’g’itlarni eritilgan holda tuproqqa berish imkoniyati mavjud.
Tomchilatib sug’orish, asosan, quruq va issiq iqlimga ega Avstraliya, AQSh, Yangi Zelandiya, Meksika, Tunis, Isroil va boshqa ko’pgina davlatlarda keng tarqalgan. Rossiya (Qrim) va Moldovada, shuningdek, Shimoliy Kavkazda mevali bog’, tokzorlar, sabzovot va dala ekinlarini sug’orishda keng qo’llanilmoqda. O’zbekistonda 1975 yildan boshlab tajriba tariqasida bog’ va tokzorlarni sug’orishda tatbiq qilina boshlandi. Shu yili SANIIRI ning Jizzax viloyati Zomin tumanidagi tajriba xo’jaligida dastlab 10 ga, so’ngra 200 ga tokzorni, 1977 yilda Xorazm viloyati Xiva tumanida 1,5 ga mevali bog’ni, Shreder nomidagi BU va V ITI da 2 ga bog’ni sug’orish uchun O’zbekistonda ishlab chiqilgan tomchilatib sug’orish tizimi tashkil etildi. 1993 yilda respublikada tomchilatib sug’orish tizimlari maydoni 1134 ga. ga yetkazildi. 1991–1992 yillarda Andijon viloyatidagi «Savoy» xo’jaligida Isroil texnologiyasi asosidagi tomchilatib sug’orish tizimi 1 ming ga paxta maydoniga tatbiq qilina boshlab, uning 500 ga ishga tushirildi. O’tgan asrning 90- yillarining ikkinchi yarmida yangi 600 ga maydonda tomchilatib sug’orish tizimi barpo etildi. 1999–2001 yillarda Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining har birida 100 ga. li maydonlarda Isroilning «Netafim» firmasi tomonidan ishlab chiqilgan tomchilatib sug’orish tizimi ishga tushirildi.
Tomchilatib sug’orish yer yuzasidan va yomg’irlatib sug’orishlarga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega: o’simliklarning ildiz tizimi tarqalgan tuproq qatlamigina namlantirilishi tufayli sug’orish texnikasining foydali ish koeffisiyenti 90–95% ni tashkil etadi (egatlab va yomg’irlatib sug’orishlarda bu ko’rsatkich 70–75% dan ortmaydi); suvdan tejamli foydalanish (odatdagi sug’orishga nisbatan 1,5–2 marta kam); suvning filtrasiya va bug’lanishga eng kam miqdorda bo’lishi; oqova chiqarilmasligi; irrigasiya eroziyasining yuzaga kelmasligi; qator oralarini zichlanmasdan, doim yum-shoq holda bo’lishi; tuproqning qulay namligini ta’minlanishi; o’g’itlarni tuproqqa lokal kiritish imkoniyatining mavjudligi; murakkab relefli joylarda qo’llash mumkinchiligi; hosildorlikning o’rtacha 20–50 % ga ortishi va boshqalar.
Surxon-Sherobod dashtidagi taqirli-o’tloqi tuproqlarda B.Jo’raqulov va Sh.Mirzayev (2001) tomonidan g’o’zani har xil sug’orish texnikalari samaradorligini oshirish bo’yicha 1997–1999 yillar davomida maxsus ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan bo’lib, bunda egatlab (har bir egatdan va egat oralatib), tomchilatib (namlagichlar har bir egatga va egat oralatib joylashtirilgan), plyonka to’shama ustidan (to’shama har bir egat va egat oralatib yotqizilgan) va yomg’irlatib sug’orish texnikalari o’rganilgan.
Ushbu sharoit uchun maqbul bo’lgan 0–50 sm. li hisobiy qatlamda sug’orishlardan oldingi tuproq namligini ChDNS ga nisbatan 70–75–65 foizdan yuqori darajada tutib turish uchun g’o’za odatdagi egatlab sug’orish variantlarida 5 marta 5545–5585 m3/ga umumiy me’yorda sug’orilgan bo’lsa, tomchilatib sug’orishda 10 marta 2945–3050, plyonka ustidan sug’orish variantlarida 10 marta 2140–1840 m3/ga umumiy me’yorda sug’orilgan. G’o’za tomchilatib va plyonka to’shama ustidan sug’orilganda suvni oqovaga sarfi va chuqur qatlamlarga filtrasiyaga bo’ladigan isrofini kamayishi evaziga mavsumiy sug’orish me’yori egatlab sug’orishdagiga nisbatan 50–60 foizga kamaygan. Shuningdek, egat uzunligi bo’ylab tuproqning bir xil chuqurlikda namiqtirishga erishilgan, o’simlikning o’sib rivojlanishi yaxshilangan va gektaridan qo’shimcha 8–12 s. dan hosil olingan.

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish