3. Yuqori molekulyar birikmalar plastmassa sifatida.
Plastmassalar (plastik massalar) deb tarkibi asosan polimer moddalardan iborat bo`lgan materiallarga aytiladi. Kimyo sanoatida quyidagi plastmassalar ishlab chiqariladi hamda xalq xo`jaligining turli sohalarida keng ko`lamda foydalaniladi.
Polietilen (CH2CH2)n turli apparatlarning detallari, vodoprovod quvurlari, turli plyonkalar (issiqxonalar uchun plyonkalar) uy–ro`zg`or buyumlari tayyorlashda ishlatiladi.
Polipropilen (CH2CH(CH3))n turli apparatlarning detallari, yupqa plyonkalar, arqon, quvur, yuqori darajadagi izolyatsion materiallar tayyorlashda ishlatiladi.
Polivinil xlorid (CH2CH(Cl))n sun`iy charm, plash, kleyonka, quvurlar ishlab chiqarishda, elektr simlar uchun izolyatsion materiallar sifatida ishlatiladi.
Polistirol (CH(C6H5)CH2)n elektr–izolyatsion materiallar, kislotaga chidamli quvurlar, turli uy–ro`zg`or buyumlari, penoplastlar (yengil quvur materiallar) tayyorlashda ishlatiladi.
Politetraftoretilen (teflon) (CF2CF2)n kimyoviy barqarorligi, yuqori haroratga chidamliligi, dielektrik xossalari yaxshiligidan foydalanib undan vintellar, qorg`ich vallari, nasoslar, kimyo sanoatining kuchli agressiv sharoitida ishlaydigan asbob–uskunalar va kabellar tayyorlashda ishlatiladi.
Polimetilmetakrilat [CH2CH(COOCH3)]n shaffof plastmassa, organik shisha ishlab chiqarishda qo`llaniladi. Organik shisha samolyot va turli apparat hamda boshqa asboblarda (himoya qiluvchi shisha sifatida) ishlatiladi.
Fenolformaldegid smola [CH2C6H5OH(CH2)CH2]n fenoplastlar, avtomashinalar uchun sharikli podshipniklar, shesternyalar, tormozlaydigan ustamalar, eskalyator zinapoyalari, telefon apparatlari tayyorlashda ishlatiladi.
4. Yuqori molekulyar birikmalar tolalar sifatida.
Tolalar tabiiy va kimyoviy tolalarga bo`linadi. Tabiiy tolalarga o`simlik tolalari (paxta, zig`ir va boshqalar) hamda hayvonot tolalari (jun, ipak) kiradi. Kimyoviy tolalarga esa sun`iy (viskoza, atsetat) va sintetik (kapron, lavsan, xlorin, nitron) tolalar kiradi.
Kapron–[HN(CH2)5CO]n tolasi keng tarqalgan poliamid tola hisoblanadi va uni sanoatda olishda -kaprolaktamdan foydalaniladi. Kaplron iplari mustahkam va zararsiz bo`lganligi uchun jarrohlikda ishlatiladi. Kaprondan baliq ovlash to`rlari to`qiladi. Kaprondan kord gazmollar tayyorlanib, undan avtomashinalarga karkaslar yasaladi.
Anid (neylon) [–CO–(CH2)4–CO–NH–(CH2)6–NH–]n tolasi geksametilendiamin va adipin kislotaning polikondensatlanish reaksiyasi natijasida olinadigan poliamid polimerdir. Neylon tolasidan chiroyli va pishiq to`qimalar, trikotaj kiyimlar, arqonlar, avia va avtokordlar tayyorlanadi.
Lavsan [–CO–C6H4–COO–CH2–CH2–O–]n tolasi tarkibi jihatidan ikki asosli aromatik kislota–tereftal kislota bilan ikki atomli spirt–etilenglikolning murakkab efiridir. Lavsan tolalariga tabiiy tolalar (paxta tolasi) qo`shilganda yuqori sifatli gazlama trikotajlar hosil bo`ladi. Bunday gazlamalar yaxshi sifatli to`p gazlamalariga o`xshaydi, g`ijim bo`lmaydi. Lavsan shuningdek, transportyar lentalari, kamar, pardalar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
5. Yuqori molekulyar birikmalar kauchuk sifatida.
Butadiyen kauchuk [–CH2–CH=CH–CH2–]n suv va gazlarni o`tkazmaydi. Elastiklik jihatidan tabiiy kauchukdan keyinda turadi. Kabel, poyabzal, turmush uchun zaruriy buyumlar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Divinil kauchuk [–CH2–CH=CH–CH2–]n chidamliligi va elastikligi jihatidan tabiiy kauchukdan ustun. Shina ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Izopren kauchuk [–CH2–C(CH3)=CH–CH2–]n elastikligi va chidamliligi jihatidan tabiiy kauchukka o`xshaydi. Shinalar ishlab chiqarishda qo`llaniladi.
Xloropren kauchuk [–CH2–CCl=CH–CH2–]n yuqori harorat ta`siriga chidamli, benzin va moyning yonishi ta`sir etmaydi. O`zidan gaz o`tkazmaydi. Kabellar, benzin va neft o`tkazish uchun quvurlar tayyorlashda ishlatiladi.
Butadiyenstirol kauchuk [–CH2–CH=CH–CH2–CH(C6H5)–CH2–]n o`zidan gaz o`tkazmaydi, lekin o`tga chidasizroq–transportyorlar, avtokameralar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Butadiyennitril kauchuk [–CH2–CH=CH–CH2–CH(CN)–CH2–]n organik erituvchilarga nisbatan chidamli. Shu sababli moy va benzin ta`siriga chidamli shlanglar, quvurlar hamda neft mahsuloti saqlanadigan idishlar tayyorlanadi.
Ftorkauchuk [–CF2–CF(Cl)–CH2–CF2–]n bu kauchukdan yuqori haroratga hamda kimyoviy agressiv moddalarga chidamli materiallar tayyorlanadi.
Kremniy organik (siloksan) kauchuk [–Si(CH3)2–O–Si(CH3)2–]n yuqori va past haroratlarda elastiklik xossalarini saqlab qoladi. Shu sababli ulardan yuqori va past (70 0C–250 0C) haroratlarda chidamli kabel simlari va boshqa detallar tayyorlashda ishlatiladi.
Takrorlash uchun savollar.
1. Yuqori molekulyar birikmalar deb qanday organik birikmalarga aytiladi?
2. Yuqori molekulyar birikmalar qanday turdagi birikmalarga bo`linadi?
3. Polimerlanish reaksiyalari deb qanday turdagi reaksiyalarga aytiladi?
4. Polikondensarlanish reaksiyalari deb qanday turdagi reaksiyalarga aytiladi?
5. Kimyo sanoatida ishlab chiqariladigan plastmassalarga misollar keltiring.
6. Kimyo sanoatida ishlab chiqariladigan tolalarga misollar keltiring.
7. Kimyo sanoatida ishlab chiqariladigan kauchuklarga misollar keltiring.
Mavzuga oid tayanch iboralar.
Yuqori molekulyar birikmalar, monomerlar, polimerlar, polimerlanish reaksiyalari, bosqichli polimerlanish, zanjirli polimerlanish, radikal polimerlanish, kationli polimerlanish, polikindensatlanish reaksiyalari, plastmassalar, polietilen, polipropilen, polivinil xlorid, polistirol, politetraftoretilen, polimetilmetakrilat, fenolformaldegid smola, tolalar, kapron, neylon, lavsan, kauchuklar, butadiyen kauchuk, divinil kauchuk, izopren kauchuk, xloropren kauchuk, butadiyenstirol kauchuk, butediyennitril kauchuk, ftorkauchuk, kremniy organik kauchuk.
Mavzuga oid adabiyotlar.
1. G. P. Xomchenko. Kimyo. Oliy o`quv yurtlariga kiruvchilar uchun, Toshkent, «O`qituvchi», 2001.
2. G. E. Rudzitis, F. G. Feldman. Organik kimyo. 10–sinf darsligi, Toshkent, «O`qituvchi», 1992.
3. A. G. Muftaxov, H. T. Omonov, R. O. Mirzayev. Umumiy kimyo. Toshkent, «O`qituvchi», 2002.
4. M. M. Abdulxayeva, O`. M. Mardonov. Kimyo. Toshkent, «O`zbekiston», 2002.
5. A. A. Abdusamatov, R. Mirzayev, R. Ziyayev. Organik kimyo. Toshkent, «O`qituvchi», 2002.
10-Ma`ruza.
Mavzu: O`zbekistonda kimyo sanoatining istiqbollari va
atrof–muhitni zararsizlantirish muammolari.
Reja.
1. O`zbekistonda kimyo sanoatining rivojlanishi.
2. O`zbekistonlik kimyogar olimlar va ularning amalga oshirgan ilmiy ishlari.
3. Atrof muhitni zararsizlantirish muammolari.
Yangi darsning bayoni.
1. O`zbekistonda kimyo sanoatining rivojlanishi.
Chor Rossiyasi davrida O`zbekistonda kimyo sanoati kuchsiz va qoloq edi. Cheklangan xillarda kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarilar, kimyoviy mahsulotlarning ko`pchiligi chet eldan keltirilar edi. Maxsus kimyo oliy o`quv yurtlari va ilmiy–tadqiqot institutlari yo`q edi.
Qizil imperiya davrida O`zbekistonda kimyo sanoati asta–sekin rivojlana boshladi. Metallurgiya kombinatlari, kimyo zavodlari, elektr stansiyalar qurildi, o`quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari tashkil qilindi.
Mustaqillik davrida Vatanimiz kimyo sanoati yuksak sur`atlar bilan rivojlanib bormoqda. Chet el kompaniyalari bilan qo`shma korhonalar tashkil qilindi, chiqarilgan mahsulotlar jahon talablariga javob bermoqda. “Zarafshon–Nyumont” qo`shma korhonasi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Qong`irot soda zavodi, Quvasoy kvars zavodi, Xorazm shakar zavodi, «Sho`rtangaz» kompleksi va boshqa yirik korhonalar barpo etildi.
Xalq xo`jaligini kimyolashtirish ilmiy-texnika taraqqiyotining muhim yo`nalishi bo`lib, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, shuningdek, aholiga tibbiyot, madaniy va maishiy xizmat ko`rsatishni yaxshilash maqsadida kimyoning yutuqlari va usullaridan, kimyoviy materiallar va ulardan olingan buyumlardan planli ravishda va keng foydalanishdan iborat.
Qishloq xo`jaligini kimyolashtirishga alohida e`tibor beriladi, bu mineral o`g`itlar, o`simliklarni himoya qilash vositalari, chorvachilikdagi kimyoviy mahsulotlardan keng foydalanish va melioratsiyada turli xil polimer va boshqa materiallarni ishlatishni o`z ichiga oladi.
2. O`zbekistonlik kimyogar olimlar va
ularning amalga oshirgan ilmiy ishlari.
Akademik S. Yu. Yunusov (1909–1995) boshchiligida izoxinolin, eritrin, diterpen, xinolin, indol, xinozolidin, xinozolin, steroid, pirolizidin, piridin, tropan va oltingugurtli alkaloidlar ustida ilmiy ishlar olib borildi. S. Yu. Yunusov o`simliklarning har xil a`zolariga alkaloidlarning dinamik to`planish qonuniyatlarini yaratdi va shogirdlari bilan O`rta Osiyoda, ayniqsa, O`zbekistonda o`sadigan shifobaxsh o`simliklardan 800 dan ortiq alkaloidlar ajratib oldi, ulardan 500 ta yangisining tuzilish formulasini aniqlab, O`zbekiston alkaloidlar kimyosini dunyoda yetakchi o`ringa olib chiqdi. Uning shogirdlari orasidan N. K. Abubakirov, X. A. Abduazimov, F. Yu. Yuldashev, Z. F. Ismailov, S. T. Akromov, R. N. Nuritdinov, M. S. Yunusov, S. I. Iskandarov kabi taniqli kimyogarlar yetishib chiqdi.
Akademik O. S. Sodiqov (1913–1987) dunyoga tanilgan o`zbek kimyogar olimi va tashkilotchi rahbaridir. Uning ilmiy ishlari O`rta Osiyoda o`sadigan yovvoyi va madaniy o`simliklar hamda tabiiy birikmalar kimyosini o`rganishga bag`ishlangan. Uning shogirdlari O`zbekiston, Mo`g`uliston, Betnam va Polshaning taniqli kimyogarlari hisoblanadi. O. S. Sodiqov 1966 yildan 1983 yilgacha Oz`bekiston Fanlar Akademiyasining Prezidenti bo`lib ishlagan.
Akademik A. A. Abduvahobov O`zbekistonda kimyogar–element organiklar maktabini yaratgan yirik olim. U shogirdlari bilan birga element –organik birikmalar kimyosi, nozik organik sintez muammolari, molekulyar darajada quyi molekulyar bioregulyatorlar ta`siri mexanizmining kimyoviy mohiyatini aniqlash, fazoviy kimyo bo`yicha organik kimyo fanining rivojiga katta hissa qo`shib kelmoqda.
Akademik M. A. Asqarov polimerlar kimyosi va texnologiyasi sohasida katta ilmiy ishlar qilgan olimdir. Uning ilmiy ishlari aromatik diaminlarning alifatik ikki asosli kislotalar bilan polikondensatlanish; yangi monomerlarning polimerlanish reaksiyalarini chuqur va har tomonlama o`rganish; tarkibida azot, kislorod, oltingugurt bo`lgan plyonkalar olishga hamda linoleumlar ishlab chiqarishga qaratilgan va joriy qilingan.
Akademik S. Sh. Rashidova yuqori molekulyar birikmalar kimyosi sohasidagi olima. Uning ilmiy ishlari ma`lum kimyoviy tuzilishiga ega bo`lgan biologik faol polimerlar asosidagi dorilar, o`simliklarni himoya qilish vositalarini tanlashning nazariy asoslarini ishlab chiqishga va ularni amaliyotga qo`llashga bag`ishlangan. Bu tadqiqotlar asosida «Kovilon» deb nomlangan plazma o`rnini bosuvchi dori olingan, o`simliklar o`sishini boshqaruvchi modda–benzoil chumoli kislotasi asosida chigit, sholi va qandlavlagi urug`larini ekishdan oldin polimer moddalar bilan kapsullash masalalari o`rganilgan. Fransiya, Shvetsiya olimlari bilan ilmiy hamkorlik amalga oshirilgan.
3. Atrof muhitni zararsizlantirish muammolari.
O`zbekistonda sobiq ittifoq davrida, ayniqsa istiqlol yillarida ko`plab kimyo zavodlari hamda majmualari barpo etildi. Jumladan «Olmaliq kimyo majmuasi», «Chirchiq elektrokimyosanoat» birlashmasi, «Farg`ona furan birikmalari kimyosi» majmuasi, «Navoiyazot» ishlab chiqarish birlashmasi, «Buxoro neftni qayta ishlash» zavodi, Muborak va Sho`rtan «Gazni qayta ishlash» majmualari va boshqa ko`plab kimyo zavodlari mamlakatimizning kimyoviy xom–ashyolarga bo`lgan ehtiyojlarini ta`minlash uchun keng ko`lamda mahsulotlar ishlab chiqarmoqda.
Masalan, birgina «Navoiyazot» ishlab chiqarish birlashmasi bir yilda 550000 tonna NH3, 751000 tonna HNO3, 951000 tonna NH4NO3, 41000 tonna nitron tolasi, 26000 tonna akrilonitril, 3000 tonna metakril kislotasi, 30000 tonna C2H2, 25000 tonna CH3COOH, 345000 tonna (NH4)2SO4, 4000 tonna sianat kislota tuzlari, 200 tonna mochevina va shu bilan birga poliakrilamid, epoksid smolalari, mochevina formaldegid smolalari, bariyli tuzlar hamda katalizatorlar ishlab chiqaradi.
O`zbekiston kimyo sanoati sintetik kauchuk, plastmassalar, sun`iy tolalar, sun`iy yoqilg`i, bo`yoqlar, dori-darmonlar va boshqa ko`plab moddalar ishlab chiqarmoqda.
O`zbekiston kimyo sanoatining asosiy mahsulotlari–turli xil mineral kislotalar, turli ishqorlar va tuzlar hisoblanadi hamda ular ko`plab miqdorlarda ishlab chigarilmoqda.
Qishloq xo`jaligi uchun zarur bo`lgan mineral o`gitlar, o`simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari, ularning o`sishini tartibga soluvchi moddalar, hayvonlar ozig`iga qo`shiladigan kimyoviy moddalar va oziq konservantlari, ko`pchilik polimer materiallar ishlab chiqarilmoqda.
Mustaqil O`zbekistonimizni industrlashtirishning asosi bo`lgan metallar kimyoviy usullardan foydalanib olinadi, shuningdek, korroziyalanishdan himoya qilinadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda O`zbekistondagi kimyo sanoati majmualari mahsulotlar ishlab chiqarish jarayonida har yili bir necha million tonnaga teng miqdorlarda kimyoviy chiqindilarning hosil bo`lishiga ham zamin yaratadi. Bundan tashqari suv resurslaridan noto`g`ri foydalanish, tuproqning ortiqcha mineral o`g`itlar hisobiga sho`rlanishi, havoga toshko`mir va neft mahsulotlarining chala yonishi natijasida ko`plab miqdorda is gazining ajralishi yoki maishiy xizmat ko`rsatish sanoatining chiqindilari ham atrof–muhitning ifloslanishiga olib keladi. Masalan,
2C + O2 → 2CO 2 : 1 chala yonish
C + O2 → CO2 1 : 1 to`liq yonish
Prezidentimiz I. A. Karimov tashabbuslari bilan 1992 yilda mamlakatimizga tashqaridan olib kelinadigan materiallarni o`zimizda tayyorlash va tayyorlangan mahsulotlarni jahon standartlariga javob berishi kerakligi uqtirib o`tilgan edi.
Keyingi vaqtlarda atrof-muhitni muhofaza qilish mamlakatimiz aholisi oldida turgan eng muhim masalalardan biri bo`lib qoldi. Oqar suvlarni tozalash, suv tozaligini nazorat qilib turish, chiqindisiz texnologiya yazatish va hokazo masalalarni hal qilishda O`zbekiston kimyo fani va sanoatining ahamiyati katta.
Shu sababli chiqindilarni, jumladan oziq–ovqat sanoati, plastik va rezina mahsulotlari hamda qog`oz chiqindilarini qayta ishlash majmualarini qurish, mavjudlarini esa zamona talablariga javob beradigan darajada qayta jihozlash zarur. Buning uchun kimyo korxonalarida chiqindisiz ishlaydigan yangi chet el texnologiyalarini joriy qilish yoki shunday texnologiyalarni o`zimizda yaratish kerak bo`ladi.
Takrorlash uchun savollar.
1. O`zbekistonda qanday kimyo sanoati majmualari barpo etilgan?
2. O`zbekistonlik kimyogar olimlardan kimlarni bilasiz?
3. Ozbekistonda qanday turdagi kimyo sanoati mahsulotlari ishlab chiqariladi?
4. Atrof–muhit muhofazasi uchun qanday ishlarni amalga oshirish kerak bo`ladi?
Mavzuga oid tayanch iboralar.
Kimyo sanoati, kimyoviy korxonalar, alkaloidlar kimyosi, element organik birikmalar kimyosi, polimerlar kimyosi, biologik faol polimerlar, «Kovilon», kapsullash, chiqindisiz texnologiya.
Mavzuga oid adabiyotlar.
1. G. P. Xomchenko. Kimyo. Oliy o`quv yurtlariga kiruvchilar uchun, Toshkent, «O`qituvchi», 2001.
2. G. E. Rudzitis, F. G. Feldman. Organik kimyo. 10–sinf darsligi, Toshkent, «O`qituvchi», 1992.
3. A. G. Muftaxov, H. T. Omonov, R. O. Mirzayev. Umumiy kimyo. Toshkent, «O`qituvchi», 2002.
4. M. M. Abdulxayeva, O`. M. Mardonov. Kimyo. Toshkent, «O`zbekiston», 2002.
5. A. A. Abdusamatov, R. Mirzayev, R. Ziyayev. Organik kimyo. Toshkent, «O`qituvchi», 2002.
Mundarija
I.
1.
2.
3.
4.
5.
6.
II.
1.
2.
3.
4.
III.
1.
2.
3.
4.
IV.
1.
2.
3.
4.
5.
6.
V.
1.
2.
3.
4.
VI.
1.
2.
3.
4.
5.
6.
VII.
1.
2.
3.
4.
5.
I.
1.
2.
3.
4.
II.
1.
2.
3.
4.
5.
III.
1.
2.
3.
4.
IV.
1.
2.
3.
4.
5.
V.
1.
2.
3.
4.
VI.
1.
2.
3.
4.
VII.
1.
2.
3.
4.
VIII.
1.
2.
3.
4.
I.
1.
2.
3.
4.
II.
1.
2.
3.
4.
5.
III.
1.
2.
3.
4.
IV.
1.
2.
3.
4.
V.
1.
2.
3.
4.
VI.
1.
2.
3.
VII.
1.
2.
3.
4.
VIII.
1.
2.
IX.
1.
2.
3.
4.
5.
X.
1.
2.
3.
|
I Bo`lim. Umumiy kimyo.
Kirish.
Kimyo fanining asosiy tushunchalari va gonuniyatlari.
Kimyoda atom–molekulyar ta`limot.
Kimyoning asosiy tushunchalari.
Kimyoning asosiy gonunlari.
Kimyoviy reaksiyalar va tenglamalar.
Oksidlar, asoslar, kislotalar, tuzlar .
Kimyoda davriy qonun va D. I. Mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy jadvali.
D. I. Mendeleyevning davriy qonunni kashf etganligi.
D. I. Mendeleyevning elementlar davriy jadvali.
Atomlar tuzilishining yadro modeli.
Atomlarning elektron qavatlari va ularning tuzilishi.
Kimyoviy bog`lanishlar. Moddalar tuzilishi.
Kimyoviy bog`lanish turlari.
Qutbli va qutbsiz molekulalar
Kristall panjaralarning turlari .
Tuzilish formulalari, oksidlanish darajasi, valentlik.
Kimyoviy reaksiyalar tezligi va kimyoviy muvozanat.
Kimyoviy reaksiyalarning tezligi.
Reaksiya tezligiga ta`sir etuvchi omillar.
Aktivlanish energiyasi.
Kataliz va katalizatorlar haqida tushuncha.
Qaytar va qaytmas jarayonlar.
Kimyoviy muvozanat. Le-Shatel`e tamoyili.
Eritmalar.
Eritmalar tarkibining son ifodasi.
Moddalarning suvda eruvchanligi.
Erishda bo`ladigan issiqlik hodisalari.
Dispers sistemalar va chin eritmalar.
Elektrolitik dissotsilanish nazariyasi.
Elektrolitik dissotsilanish nazariyasining asosiy qoidalari.
Dissotsilanish mexanizmi va darajasi.
Kuchli va kuchsiz elektrolitlar. Kislota, asos va tuzlarning dissotsilanishi.
Ion almashinish reaksiyalari. Kislota va asoslarning protolitik nazariyasi.
Suvning dissotsilanishi, vodorod ko`rsatkich.
Tuzlarning gidrolizlanishi.
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari. Elektroliz.
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari nazariyasi.
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining tenglamalarini tuzish.
Oksidlanish–qaytarilish reaksiyalarining klassifikatsiyasi.
Elektroliz jarayoni va uning qo`llanilishi.
Elektrolitlar suvdagi eritmalarining elektrolizi.
II Bo`lim. Anorganik kimyo.
Metallmaslar. Vodorod. Suv.
Metallmaslarning davriy jadvalda tutgan o`rni.
Metallmaslarning umumiy xossalari.
Vodorod, uning olinishi, xossalari va ishlatilishi.
Suv, og`ir suv, konstitutsion suv.
Azot va fosfor. Mineral o`g`itlar.
Azot guruhchasining umumiy tavsifi.
Azot, ammiak, ularning olinishi va xossalari.
Azot oksidlari, nitrat kislota va uning tuzlari.
Fosfor, oksidlari, fosfat kislotalar va ularning tuzlari.
Mineral o`g`itlar.
Uglerod va kremniy. Shisha va sement.
Uglerod guruhchasi elementlarining umumiy xossalari.
Uglerod, uning olinishi, xossalari, oksidlari, karbonat kislota va uning tuzlari.
Kremniy, uning olinishi, xossalari, oksidlari, silikat kislota va uning tuzlari.
Shisha va sementning olinishi.
Kislorod. Oltingugurt. Sulfat kislota.
Kislorod guruhchasi elementlarining umumiy xossalari.
Kislorod, olinishi, xossalari va ishlatilishi.
Oltingugurt, olinishi, xossalari va ishlatilishi.
Oltingugurtning vodorodli va kislorodli birikmalari.
Sulfat kislota, olinishi, xossalari va ishlatilishi.
Galogenlar. Nodir (inert) gazlar.
Galogenlar guruhchasi elementlarining xossalari.
Xlor, olinishi, xossalari va ishlatilishi.
Vodorod xlorid va xlorid kislota.
Nodir gazlar va ularning umumiy xossalari.
Metallar.
Metallar, ularning davriy jadvaldagi o`rni, fizikaviy va kimyoviy xossalari.
Texnikada metallar va qotishmalar.
Metallar olishning asosiy usullari.
Metallarning korroziyalanishi va korroziyadan himoya qilish.
Bosh guruhchalarning metallari.
Litiy guruhchasining umumiy tavsifi. Natriy va kaliy, o`yuvchi ishqorlar, natriy va kaliy tuzlari.
Berilliy guruhchasining umumiy tavsifi. Kalsiy, uning oksid, gidroksid va tuzlari.
Suvning qattiqligi va uni yo`qotish usullari.
Bor guruhchasining umumiy tavsifi. Alyuminiy, uning oksid va gidroksidlari, alyuminiy va uning qotishmalarining ishlatilishi.
Yonaki guruhchalar metallari.
Yonaki guruhchalar metallarining umumiy xossalari.
Xrom, olinishi, xossalari, oksidlari, gidroksidlari va tuzlari.
Temir, olinishi, xossalari, oksidlari, gidroksidlari va tuzlari.
Cho`yan va po`lat ishlab chiqarish.
III Bo`lim. Organik kimyo
Organik kimyo fani predmeti. Organik kimyoning asosiy qoidalari.
Organik kimyo fani predmeti.
A. M. Butlerovning organik moddalarning kimyoviy tuzilish nazariyasi. Izomeriya.
Organik moddalarning gomologik qatorlari va klassifikatsiyasi.
Organik reaksiyalarning turlari.
To`yingan va to`yinmagan uglevodorodlar.
Тo`yingan metan qatori uglyevodorodlari (alkanlar).
Yopiq halqali to`yingan uglevodorodlar.
To`yinmagan etilen qatori uglevodorodlari (alkenlar).
To`yinmagan atsetilen qatori uglevodorodlari (alkinlar).
To`yinmagan diyen qatori uglevodorodlari (alkadienlar).
Aromatik uglevodorodlar. Neft va tabiiy gaz.
Aromatik uglevodorodlarning tuzilishi va umumiy xossalari.
Benzol, uning olinishi, xossalari va ishlatilishi.
Neft va uni qayta ishlash mahsulotlari.
Tabiiy gaz va uni qayta ishlash mahsulotlari.
Kislorodli organik birikmalar.
Bir atomli to`yingan spirtlar, ularning izomeriyasi va nomenklatirasi.
Spirtlarning olinishi, xossalari va ishlatilishi.
Ko`p atomli spirtlar, ularning olinishi, xossalari va ishlatilishi.
Fenollar, ularning olinishi, xossalari va ishlatilishi.
Aldegidlar, ketonlar, karbon kislotalar va ularning umumiy xossalari.
Aldegidlar, ularning olinishi, xossalari va ishlatilishi.
Ketonlar, ularning olinishi, xossalari va ishlatilishi.
Karbon kislotalar va ularning xossalari.
Chumoli va sirka kislotalar.
Murakkab efirlar, yog`lar, uglevodlar.
Murakkab efirlar, ularning olinishi, xossalari va ishlatilishi.
Yog`lar, ularning umumiy xossalari, sovunlar va boshqa yuvish vositalari.
Uglevodlar, ularning olinishi, xossalari va ishlatilishi.
Azotli organik birikmalar.
Nitrobirikmalar, olinishi va fizik-kimyoviy xossalari.
Aminlar, anilin, uning olinishi, xossalari va ishlatilishi.
Aminokislotalar va kislotalarning amidlari.
Oqsillar, ularning tuzilishi va fizik–kimyoviy xossalari.
Karbosiklik va geterosiklik birikmalar.
Karbosiklik birikmalar.
Geterosiklik birikmalar.
Tabiiy va sintetik yuqori molekulyar birikmalar.
Yuqori molekulyar birikmalar haqida tushuncha.
Polimerlarning olinishi va tuzilishi.
Yuqori molekulyar birikmalar plastmassa sifatida.
Yuqori molekulyar birikmalar tolalar sifatida.
Yuqori molekulyar birikmalar kauchuk sifatida.
O`zbekistonda kimyo sanoatining istiqbollari va atrof–muhitni zararsizlantirish muammolari.
O`zbekistonda kimyo sanoatining rivojlanishi.
O`zbekistonlik kimyogar olimlar va ularning amalga oshirgan ilmiy ishlari.
Atrof muhitni zararsizlantirish muammolari.
Mundarija.
|
3
3-4
5-10
5
5
6
8
8
11-17
11
12
13
15
18-22
18
19
20
20
23-26
23
23
24
24
25
25
27-30
27
28
28
29
31-37
31
31
32
33
34
35
38-42
38
39
40
40
41
43
43-46
43
43
44
45
47-52
47
47
49
50
51
53-59
53
53
56
58
60-65
60
60
62
62
64
66-70
66
67
68
69
71-75
71
72
73
74
76-83
76
78
80
81
84-88
84
84
86
87
89
89-92
89
90
90
91
93-98
93
94
95
96
97
99-105
99
100
102
104
106-110
106
107
108
108
111-116
111
112
113
114
117-123
117
118
120
124-130
124
124
126
128
131-133
131
132
134-138
134
134
136
136
137
139-142
139
139
140
143-146
|
Do'stlaringiz bilan baham: |