Iii-bob. Shaxs og‘ishgan xulqining mexanizmlari tayanch tushunchalar



Download 181,31 Kb.
bet18/33
Sana01.02.2023
Hajmi181,31 Kb.
#906451
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33
Bog'liq
4-mavzu

R.Meylining shaxs xislatlari:

  1. O‘ziga ishonish - ishonchsizlik.

  2. Aql-zakovat bilan mulohazalash - tor fikrlovchi.

  3. Ongli dunyoqarash - kelajakni o‘ylamaslik.

  4. Mulohaza qilish, o‘zini tuta bilish, barqarorlik - soxtalik, tez beriluvchanlik.

  5. Xotirjamlik - tajanglik.

  6. Ko‘ngilchanlik - ayyorlik, surbetlik.

  7. Yaxshilik, sabr-toqatlilik - xudbin, o‘zboshimchalik.

  8. Do‘stona, gapga kiradigan, epchil - bir narsaga qattiq yopishib oladigan, zolim, maydagap.

  9. Samimiylik, ko‘ngilchanlik - yovuzlik surbetlik.

  10. Haqiqatparvarlik - haybarakachilik.

  11. Irodalilik - irodasizlik.

  12. Sof vijdonlilik, tartiblilik - vijdonsizlik, betartiblik.

  13. Izchillik, mantiqiylik, intizomlilik - oqibatni o‘ylamaslik, tarqoqlik.

  14. Ishonchlilik - ishonchsizlik.

  15. Ulg‘ayish - organizmning yetilmay qolishi.

  16. Odoblilik - odobsizlik.

  17. Kirishimlilik - odamovi.

  18. Quvnoqlik - g‘amginlik.

  19. Maftunkorlik - ixlosi qaytganlilik.

  20. Dilkashlik - pismiq.

  21. Faollik - sustkashlik.

  22. Mustaqillik – konformlilik.

  23. Ekspressivlik – vazminlik.

  24. Xilma-xil qiziqishlar - tor qiziqish.

  25. Ta’sirchanlik - sovuqqonlik.

  26. Jiddiylik - betayinlik.

  27. Halollik - aldamchilik.

  28. Tajovuzkorlik - oq ko‘ngillilik.

  29. Tetiklik - quvnoqlik.

  30. Optimizm - umidsizlik (pessimizm).

  31. Botirlik - qo‘rqoqlik.

  32. Oliy himmatlilik – ziqnalik;

  33. Erkinlik - tobelik.



3.1.8. Shaxsning ekzistensial psixologiyasi
Ekzistensial psixologiyada shaxs. An’anaviy hayot mazmunining muammolari falsafaning predmeti hisoblanadi. Faylasuflar odam hayotining mazmuni nima va u qanday bo‘lishi kerakligi masalasini yechadilar va h.k. Mavjud psixologiya fanlari tizimi doirasida, hozircha qat’iyan hayotiy - mazmuniy muammolarga yo‘naltirilgan aniq ta’riflangan, maxsus intizom yo‘q. (bunga o‘xshaganlarning bir qismi biologik sababdan tortib g‘oyaviy sababgacha bo‘lgan barcha bosqichlarni ko‘rib chiqadigan ruhlanish (motivatsiya) nazariyasini o‘z ichiga oladi). Shuning uchun hayot mazmunining muammosi bilan alohida maktab - ekzistensial psixologiya shug‘ullanadi. “Ekzistensiya” tushunchasining o‘zi, so‘zma-so‘z tarjima qilganda “paydo bo‘lish”, “vujudga kelish”, “shakllanish” ma’nolarini anglatadi. Bu butun ekzistensializmning mohiyatini nafaqat psixologiya va psixoterapiyada, balki falsafa, san’at, adabiyot va hokazolarda ham aniq aks ettiradi. Unda odam psixodinamik mexanizmlari, xulq-atvor shakli, tabiiy va shaxsiy sifatlarining statik to‘plami sifatida emas, balki doim bor bo‘lgan va bo‘luvchi mavjudot sifatida asosiy rol o‘ynaydi.
Psixologiyada ekzistensial yo‘nalish XX asrning birinchi yarmida Yevropada ikkita g‘oyaning chegarasida vujudga keldi: bir tomondan bu o‘sha paytda odamning xolis va ilmiy tahlilining ko‘rsatmasi va deterministik qarashlari bilan hukmronlik qilgan ko‘plab psixolog va terapevtlarning qanoatlanmasligi bo‘lsa, ikkinchi tomondan bu psixologiya va psixiatriyaga katta qiziqish uyg‘otgan ekzistensial falsafaning shiddatli rivojidir. Natijada psixologiyada Karl Yaspers, Lyudvig Binsvanger, Medard Boss, Viktor Frankl kabilar tomonidan taqdim etilgan yangi – ekzistensial oqim vujudga keldi. Ekzistensializmning psixologiyaga ta’siri asl ekzistensializm yo‘nalishining shakllanishi bilan chegaralanib qolmadi. Juda ko‘plab psixologik maktablar u yoki bu miqyosda mana shu g‘oyalarni o‘ziga singdirdilar.
Ayniqsa, E.Fromm, F.Perls, K.Xorni, S.L.Rubinshteynlarning ekzistensial motivlari juda kuchli. Shunday qilib ekzistensial psixologiya quyidagilarni o‘rganadi:
1) o‘lim, hayot va vaqt muammolarini;
2) tanlash va javobgarlik erkinligi muammolarini;
3) yolg‘izlik, sevgi va muloqot muammolarini;
4) mavjudlikning mazmunini qidirish muammolarini.
Ekzistensial psixologiyaning asosiy predmeti – odamzod hayotining mazmuni, uni yo‘qotish, o‘zgartirish va erishishning shart-sharoitlaridan iborat. Viktor Frankl, Rollo Mey, Djeyms Byudjental kabi mualliflar tomonidan ekzistensial falsafa asosida ishlab chiqilgan umumpsixologik nazariyalar va psixologik amaliyotning metodologik asoslari bugungi kunda ekzistensial psixologiyaning cho‘qqilari hisoblanadi.
V.Frankl: ekzistensial tahlil va logoterapiya nazariyasi. Psixologiyada V.Frankl yaratgan ekzistensial tahlil va logoterapiya nazariyasi odam tabiatiga, shaxsning normal rivojining mexanizmlari va patologiya (g‘ayritabiiylik)ga, shaxs rivojidagi anomallarni yaxshilash yo‘li va uslubiga bo‘lgan tibbiy, falsafiy va psixologik qarashlarning murakkab tizimini o‘z ichigi oladi.
Psixolog Franklning nazariyasi uch asosiy qismga bo‘linadi: mazmunga intilish haqidagi ta’limot, hayot mazmuni haqidagi ta’limot va erkinlik irodasi haqidagi ta’limot. Mazmunga intilishni va odam o‘z hayotining mazmunini anglashini V.Frankl barcha insonlarda mavjud bo‘lgan va shaxs rivoji va fe’l-atvorini harakatga keltiruvchi asosiy kuch bo‘lgan tug‘ma motivatsion g‘oya sifatida ko‘rib chiqadi. V.Franklning fikricha, hayotiy kuzatuvlar, klinik amaliyotlar va empirik ma’lumotlar shuni o‘z ichiga oladiki, odam yashashi va faol harakat qilishi uchun o‘zining qilmishlari ega bo‘lgan mazmunga ishonishi kerak.
Biroq, sevgi ham hayotni anglashning zarur sharti yoki eng yaxshi variant hisoblanmaydi. Hech qachon sevmagan va sevilmagan individ ham o‘z hayotini ancha ma’no-mazmunli etib tashkil qilishi mumkin.
Inson o‘zgartirishga qodir bo‘lmagan sharoitlar iskanjasida qolganda munosabatlar qadriyatiga murojaat qiladi. Ammo, har qanday shart-sharoitda insonda ularga nisbatan ongli pozitsiyaga ega bo‘lish va o‘z uqubatlariga chuqur hayotiy ma’no berish erki mavjud.
O‘z asarlarida Frankl butun hayotning ma’nosi emas, balki muayyan insonning muayyan momentdagi hayotining ma’nosi masalasi muhim ekanligini ta’kidlaydi. Insonning qanday qilib o‘z mohiyatini anglashini logoterapiya amaliyotida hal qiluvchi masaladir. Ma’nolar bizga berilmagan, biz o‘zimizga ma’nolarni tanlab ololmaymiz, biz faqatgina ma’noni anglab yetishga zamin yaratuvchi chorlovni tanlashimiz mumkin. Biroq, ma’noni topish bu yarim ish; uni amalga ohirish ham kerak. Inson o‘z hayotining unikal ma’nosini amalga oshirishga ma’sul.
Shunday qilib, Frankl ta’limotining bosh ma’nosi: inson hayoti hech qanday shart-sharoitda ma’nosini yo‘qotmaydi; hayot mohiyati har doim topilishi mumkin.
Franklning uchinchi ta’limoti - iroda erkinligi haqidagi ta’limotning asosiy tezisiga ko‘ra inson hattoki erki ob’ektiv sharoitlar bilan chegaralangan holatda ham o‘z hayot m’anosini topishi va amalga oshirishga erkindir. Frankl insonning o‘z qiziqishlari, irsiyati va tashqi muhit sharoitlariga nisbatan erki haqida so‘z yuritadi.
Qiziqishlarga nisbatan erkinlik ularga “yo‘q” deyish, ularni qabul qilish yoki rad etish imkoniyatida namoyon bo‘ladi. Iroda erkinligi ta’limotining muhim masalasi bu inson nimaga erkinlikka egaligidir. Bu o‘z taqdiri uchun ma’suliyatni o‘z bo‘yniga olish, vijdoniga quloq tutish va taqdiri bo‘yicha qaror qabul qilish erkinligidir.
Ko‘pgina mualliflarning asarlarida Viktor Frankl ma’no va be’manolik masalasiga eng katta hissa qo‘shganligi ta’kidlanadi. U klinik amaliyotda uchraydigan nervozlarning 20 foizi noogen xususiyatga ega ekanligi ya’ni hayot ma’nosining yo‘qligi orqali vujudga kelganligiga alohida urg‘u beradi. Shu bois ham aynan ekzistensial terapiya nazariya va amaliyoti boshqa tadqiqotchilar izlanishlarida o‘z rivojini topgan.8

Download 181,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish