L.Binsvanger va M.Boss: shaxsning ekzistensial nazariyasi. Psixologiya va psixoterapiyada ekzistensial yo‘nalishning yorqin vakillari shvetsariyalik psixiatrlar Lyudvig Binsvanger va Medard Boss. Ular o‘z konsepsiyasini nemis faylasufi Martin Xaydeggerning ekzistensial nazariyasi asosida ishlab chiqishgan.
Binsvanger va Boss talqinidagi ekzistensial psixologiya bir qator o‘ziga xosliklar bilan ajralib turadi. Avvalo, ular psixologiyaga tabiiy fanlardan sababiylik tamoyilining olib kirilishiga qarshi chiqdilar. Ular fikricha, inson hayotida hech qanday sabab-oqibatga asoslangan munosabatlar yo‘q. Asosan, xulq-atvorning ketma-ketligi mavjud bo‘lib, bu ketma-ketlik orqali sababiylikni keltirib chiqarib bo‘lmaydi9.
Shunday qilib, Binsvanger va Boss talqinidagi ekzistensial psixologiya kazuallikni rad etgan holda, pozitivizm, determinizm va materializmni ham inkor qiladi. Ushbu olimlar ta’kidlashicha psixologiya boshqa fanlarga o‘xshamaydi va ular kabi model asosida qurilishi kerak emas. U o‘z metodini (fenomenologiya) va tushunchalarini (hayotdagi mavjudlik, mavjudlik moduslari, erkinlik, ma’suliyat, aylanish, transtendensiya, makoniylik, temporallik va b.q.) talab qiladi. Binsvanger va Boss ekzistensial nazariyasining markaziy tushunchalaridan biri motivatsiyadir. Motivatsiya doim sabab va oqibat munosabatlarini to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri tushunishni talab qiladi. Bir xil voqea turi sabablar oqibatida yuzaga kelishi mumkin, shu jumladan tabiiy omillar tufayli, lekin faqat insongina mazkur harakatni amalga oshirish, biror bir maqsadga erishish uchun motivatsiyaga ega bo‘ladi. Turli individlar turli maqsadlarga erishih uchun bir xil harakatlarni amalga oshirishlari mumkin. Shu bilan birga inson tomonidan u yoki bu maqsadga erishish bir necha bosqichlardan iborat bo‘lishi mumkin va bu bosqichning har biri o‘z oqibatiga ega bo‘ladi. Umuman olganda, mazkur holatda inson motivatsiyasini tushunish inson xulq-atvori, hatti-harakatini anglashning bosh mezoni bo‘ladi. Binsvanger va Boss konsepsiyasi sub’ekt (ruh) va ob’ekt (tana, muhit, materiya) o‘rtasidagi dualizmga salbiy qaraydi. Ushbu fikrni birinchi bo‘lib Dekart ilgari surgan va keyinchalik inson kechinmalari va harakatlarini muhit stimullari hamda tana holati nuqtai nazardan ko‘rib chiqishda keng qo‘llanila boshlandi. Ekzistensial nazariya individning dunyoda birligini ta’kidlaydi va bu birlikni buzuvchi har qanday qarashni falsifikatsiya va inson voqeligini yagona oqimini bo‘lib tashlashga bo‘lgan urinish deya baholaydi. Boss so‘zlariga ko‘ra, ekzistensial psixologiya maqsadi − insonning bog‘liqlik strukturasini yuzaga chiqarishdir.
Ekzistensial psixologiyaning uhbu yo‘nalishi shuningdek, fenomenlar ortida ularni tushuntirib berishi yoki aniqlab berishi mumkin bo‘lgan nimadir bor, degan farazni ham inkor etadi. U inson xulq-atvorini an’anaviy bo‘lgan “Men-konsepsiya”, ongsiz, psixik va jismoniy energiya, instinktlar, miya elektrik jarayonlari, arxetiplar va boshqalar orqali talqin qilishni tan olmaydi. Binsvanger va Boss fenomen mohiyatini tushuntirib berishmaydi, ular faqat fenomen borligini tan olishadi va psixologiyaning bosh vazifasini ularni chuqur yoritish, tushuntirish yoki isbotlash emas, deb aytib o‘tadi. Bu tadqiqotchilar har qanday psixologik nazariyalarga salbiy munosabatda bo‘lganlar, zero, nazariya ostida doim u yoki bu faraz yotadi, mazkur olimlar uchun esa inson tomonidan his qilingan, uning boshidan o‘tgan va anglab yetilgan hodisalar haqiqiydir, ilmiy farazlar emas. Bu yo‘nalish tarafdorlari fikricha o‘rganish bu hech qanday gipoteza va steriotiplarsiz ko‘ra olishdir.
Binsvanger va Boss individga xuddu buyumdek qarashga qarshi chiqdilar. Ularning fikricha, insonga bunday munosabat nafaqat psixologiyaga insonlarni hayotdagi mavjudligi pozitsiyasidan anglash imkonini bermaydi, balkim alal oqibat shaxs degumanizatiyasi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Ular insonlarning texnisizm, byurokratiya, mexanizatsiya natijasida chetga chiqib qolishi, uzlatga chekinishi va buzilishi haqida so‘z yuritgan. Olimlar nuqtai nazariga ko‘ra, insonlar bilan buyum kabi munosabatda bo‘lganda, ular ham o‘zlarini ega bo‘lish, nazorat qilish, forma berish, ishlatish mumkin bo‘lgan buyum deb hisoblay boshlashadi. Natijada bunday insonlar haqiqiy inson hayotini yashab o‘tishga qodir bo‘lmay qoladilar. Inson o‘z hatti-harakati uchun erkin va ma’suldir. Boss aytadiki, erk (mustaqillik) bu insonlar ega bo‘lgan nimadir emas, bu shundoq ham mavjud hodisadir. Binsvanger va Boss ekzistensial falsafasida juda katta o‘rin inson o‘limi mavzusiga ajratilgan. Mazkur mutaxassislar asarlarida o‘lim oldidan qo‘rquv hayot masalasidan kam o‘rganilmagan. Binsvanger va Boss konsepsiyasining fundamental tushunchasi “dunyoda mavjudlik” (Dasein) dir.10
Inson mavjudigi dunyosining 3 darajasi bor: 1) biologik yoki jismoniy atrof-muhit (landshaft); 2) insoniyat muhiti 3) insonning o‘zi, uning tanasi. Inson mavjudligining mohiyati masalasiga to‘xtalar ekan, Binsvanger va Boss insonlarning o‘zi dunyo mohiyati ekanligini, ular o‘z dunyosiga ega ekanligini, ammo doimo bu dunyo chegarasidan chiqishga harakat qilishini aytib o‘tadi. Mazkur holatda, dunyo chegarasi ortidagi mavjudlik haqida so‘z borar ekan, olimlar o‘zga – narigi olamda yashashni nazarda tutmaganlar, balki mavjud bo‘lgan muhitidan yangi dunyoga, muhitga o‘tish haqida fikr yuritganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |