O‘quv-tarbiya jarayonida rivojlantirish
usulining texnologiyasi
Ma’lumki, bolalar maktabga borgunga qadar ham jis-
moniy, ham ruhiy tomondan intensiv rivojlanib boradi.
Biroq, odatda, bu jarayon maktabga chiqish bilan susayadi.
Bolada o‘qishga ishtiyoq tezda pasayadi. Rivojlanishdagi bunday
holatning sabablaridan biri o‘quvchilarning turli darajadagi
rivojlanishini hisobga olmaydigan usullarning qo‘llanishidir.
Sinflar qanday to‘ldirilmasin, u yoki bu fanni idrok qilish va
o‘zlashtirishga nisbatan bolalar rivojlanishini hamisha uchta
darajaga: yuqori, o‘rta va quyi darajaga ajratish mumkin. Bu
tabiiy hol hisoblanib, bu yerda biz aqliy rivojlanish tushun-
chasini intellekt rivojlanish bilan bog‘laymiz. Bu holda
miyaning yetilishi, binobarin, yanada kattaroq talablarni idrok
qilishda va adaptatsiya qilish tezligiga bog‘liq bo‘ladi. Barcha
adaptatsiya tizimi ayni shu vazifaga xizmat qiladi.
Demak, muayyan sharoitlarda miya rivojiga ta’sir etish
mumkin ekan. Quyidagi rivojlantirish usuli tizimi asosida
yotgan ba’zi dastlabki nazariy qoidalarni ko‘rib chiqaylik:
1. Rivojlantirish usuli asosida umumiy va sotsial psixolo-
giyaning tashqi va ichki prinsiði yotadi, unga ko‘ra, ichki
rivojlanish tashqi muhit bilan bog‘liq bo‘ladi. Bu tashqi mu-
hit, masalan, maktabning ta’lim muhiti bo‘lishi mumkin.
Bola intellektual rivojlanishi madaniy yoki ta’limiy muhit
ta’sirida tezlashishi yoki sustlashishi mumkin. Òa’lim muhitining
ta’siri faoliyat uchun qo‘llanilayotgan usulga ko‘p jihatdan
bog‘liqdir. Bu usul mushohada jarayonining ichki rivojlanish
mexanizmlarini avtomatik tarzda ishlatib, bola intellekti rivojiga
yordam berishi mumkin.
2. Rivojlantiruvchi usulning maqsadi bolaning kamolotiga
9 — Pedagogika
130
uyg‘unlik baxsh etish, go‘zallikka bo‘lgan tabiiy intilishini
qo‘llab-quvvatlash, unda ijobiy his-tuyg‘ular uyg‘otishdir.
Agar faoliyat natijalari kutilgan maqsadga muvofiq kelsa, ular
bilan moslashsa, bolaning kutilgan natijada bilish ehtiyojlari
qondirilsa, shundagina ijobiy-hissiy tuyg‘ular vujudga keladi.
3. Bola, odatda, kamolotga va go‘zallikka intiladi. Bu intilish
tabiiy ehtiyoj hisoblanib, bunday ehtiyojni qondirish u yoki bu
faoliyatni talab etadi. Bu ko‘p narsalarda ko‘rinadi: o‘yin davo-
mida, ovqatlanishda, intellektda, ishda va hokazo. Odatda,
o‘qituvchi bola bilan yaxshi ishlashni, o‘quvchi esa yaxshi
o‘qishni istaydi. Biroq har doim ham o‘ylagandek bo‘lavermaydi,
agar bolaga yordam berib, qo‘llab-quvvatlansa, biz eng yaxshi
natijaga erishishimiz mumkin.
Demak, o‘quvchilar oldida masalani yechishning bir necha
varianti tursa, ular ko‘rsatilgan yordam va o‘zining tabiiy
intilish kuchidan foydalanadi, deyish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |