T/r
|
Ko‘rsatkich nomi
|
O‘lchov birligi
|
Jami
|
Shu jumladan
|
“O‘zbekneftgaz” AJning o‘z mablag‘lari
|
xorijiy kreditlar
|
1.
|
Loyihaning cheklangan qiymati
|
ekv. mln. AQSh dollari
|
1 992,77
|
503,81
|
1 488,96
|
2.
|
Kapital qo‘yilmalar cheklangan summasi, jami
|
ekv. mln. AQSh dollari SShA
|
1 782,26
|
293,30
|
1 488,96
|
|
shu jumladan:
|
|
|
|
|
2.1
|
mashina va uskunalar
|
ekv. mln. RQSh dollari
|
300,63
|
18,96
|
281,67
|
|
AQSh valyutasida
|
mln. AQSh dollari
|
281.67
|
—
|
281.67
|
|
milliy valyutada
|
ekv. mln. AQSh dollari
|
18,96
|
18,96
|
—
|
2.2
|
qurilish-montaj ishlari
|
ekv. mln. AQSh dollari
|
271,20
|
70,15
|
201,05
|
|
xorijiy valyutada
|
mln. AQSh dollari
|
201,05
|
—
|
201.05
|
|
milliy valyutada
|
ekv. mln. AQSh dollari
|
70,15
|
70,15
|
—
|
2.3
|
quduqlarni parmalash
|
ekv. mln. AQSh dollari
|
1 161,73
|
190,80
|
970,94
|
|
xorijiy valyutada
|
mln. AQSh dollari
|
970.94
|
—
|
970,94
|
|
milliy valyutada
|
ekv. mln. AQSh dollari
|
190,80
|
190,80
|
—
|
2.4
|
quduqlarni kapital ta’mirlash
|
ekv. mln. AQSh dollari
|
48,70
|
13,39
|
35,31
|
|
xorijiy valyutada
|
mln. AQSh dollari
|
35,31
|
—
|
35,31
|
|
milliy valyutada
|
ekv. mln. AQSh dollari
|
13,39
|
13,39
|
—
|
3.
|
Investitsiya davridagi moliyaviy chiqimlar
|
mln. AQSh dollari
|
210,51
|
210,51
|
—
|
4.
|
Korxona quvvati
|
O‘sish hajmi:
Tabiiy gaz — 6 356,1 yiliga mln. m3
gaz kondensati — 114,72 ming tonna
neft — 75,5 ming tonna
|
5.
|
Eksportning taxmin qilinayotgan yillik hajmi
|
tabiiy gaz 3 451,87 mln. m3
|
6.
|
Band bo‘luvchilarning taxminiy soni
|
607 kishi
|
7.
|
Loyiha o‘zini qoplashining hisoblangan muddati
|
6 yil
|
8.
|
Investitsiya davrining davom etishi
|
18 oy
|
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, neft-gaz sanoati sohasida ham qator o‘zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-iyundagi «Neft-gaz sohasining boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati faoliyati takomillashtirildi.
“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan 2 milliard 756 million dollarlik 24 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu mablag‘lar
Jizzax neftni qayta ishlash zavodini bunyod etish va zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlash,
Qandim gazni qayta ishlash kompleksining 2-navbati va Qandim konlar guruhini jihozlash,
Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish,
Surxondaryodagi “Mustaqillikning 25 yilligi” konida qidiruv ishlarini olib borish va texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish kabi loyihalarga yo‘naltiriladi.
Mazkur 24 yirik loyihaning 9 tasi bu yil amalga oshiriladi.
Hozirgi kunda Neft-gaz sohasini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish, “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining kredit reytingini aniqlash ishlarini jadallashtirish bo‘yicha ham ishlar olib borilmoqda.
III. Xulosa
O’zbekiston neftgaz sanoati 120 yildan ortiq tarixga ega. O’zbekistonda geologik va geofizik izlanishlar kuchayishi bilan 1951 yilda neft va gaz uyumlari to’planishiga geologik tuzilishi moyil maydonlarni aniqlash maqsadida struktura burg’ quduqlarini burg’ilash boshlandi.
1953 yilda Setalantepa maydonida struktura burg’ quduqlaridan birida ochiq gaz favvorasi olindi, bu ushbu maydonda va Buxoro viloyatining boshqa rayonlarida chuqur razvedka burg’ilashga asos bo’lib xizmat qildi
О‘zbekistonda qadim zamonlardayoq neftdan foydalanib kelingan. Neftning о‘ziga xos о‘tkir hidi tufayli qishloq xо‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurashda undan foydalanilgan. Neftdan dori-darmon tayyorlash maqsadida Abu Ali ibn Sino neftni haydashga oid tajribalar о‘tkazgan. Xorazm geografigi Bakrom (XIII asrda) Bakudagi neftni haydash texnologiyasi haqida birinchi bо‘lib eslatib о‘tagan. Shuning uchun ham neft va uni qayta ishlash О‘zbekistonda eng qadimiy tarmoqlardan biridir. О‘zbekistonda neft qazib chiqarish 1876 yildan boshlangan. Farg‘onaning Qamishboshi qishlog‘ida rus tadbirkori D.P. Petrov tomonidan XIX asrning 80-yillari boshida 25 metrgacha burg‘ilangan 2 ta quduqning har biridan kuniga 10 pud (160 kg) gacha neft qazib olgan. 1880-1883 yillar davrida bu quduqlar soni 4 taga yetgan. Quduqlar zarbali usul bilan qazilgan. Ularning devorlari taxta bilan qoplangan va neft maxsus uzun chelaklar (qovg‘alar) yordamida tortib olingan. Ba’zi ma’lumotlarga muvofiq bunday quduqlardan kuniga 5-10 tonnagacha neft olingan.
So‘nggi yillarda sanoatni yanada rivojlantirish va aholining turmush sharoitlarini tubdan yaxshilashga yo‘naltirilgan iqtisodiy islohotlarning jadal amalga oshirilayotgani, birinchi navbatda, yoqilg‘i-energetika resurslarini ishlab chiqarish va iste’mol qilish hajmlarining mutanosibligini ta’minlashni talab etmoqda.
Bizga ma’lumki o‘rta asrlarda Kavkaz orti va G‘arbiy Ukrainada neftni oddiy usulda haydab, undan engil qismini ajratib olingan.
1821-23 yillarda Mozdok shahrida aka -uka Dubinlar neftni xaydash uchun birinchi kub qurilmasini ishga tushirdilar. AQSH da birinchi neftni qayta ishlash zavodi 1860 yilda ishga tushirildi. 1917 yilga kelib Baku rayonida 53 ta neftni qayta ishlash qurilmalari, Grozniyda 6 ta, Oltiariqda 1 ta ishlar edi.
Keyinchalik neftni ishlash bo‘yicha ko‘plab katta - katta zavodlar qurila boshladi. Zavodlar asosan neft mahsulotlarini iste’mol qiluvchi rayonlarga yaqin joylarda quriladi. Farg‘onada 1959 yilda yirik neftni qayta ishlaydigan zavod ishga tushirildi. Yiliga 8 mln. tonnaga yaqin neft qayta ishlanadi. Oltiariq zavodida neft yoqilg‘i - yoqilg‘i sxemasi bo‘yicha, Farg‘ona NQI zavodi esa yoqilg‘i - moy sxemasi bo‘yicha ishlaydi. Hozirgi vaqtda Buxoro shahrida neftni qayta ishlash zavodi qurilib, ishga tushirilgan bo‘lib, bu zavodda gaz kondensatidan turli mahsulotlar olinadi.
Neftni qayta ishlashga tayyorlash, asosan neft dastlab suvsizlantirilib, shu jarayon bilan birga tarkibidan har xil tuzlarni, o‘z navbatida uni har xil mexanik aralashmalari ajratilib olinib, oltingugurt miqdori deyarli yo‘q qilinib, keyin qayta ishlashga jo‘natiladi. Bu erda tuzsizlantirilgan neftda miqdoran 3 – 4 mg/l tuz va 0,1% suvning massa ulushi bo‘lishi mumkin.
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
Abirqulov Q. Iqtisodiy geografiya. T., 2004.
Алаев Э.Б. Социально-экономическая география. Понятийно-терминологический словарь. – М.: Мысль, 1983.
Akramov Z.M. O`zbekiston Respublikasi iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi o`quv dasturi. T., 1992.
Asanov G.R. Sotsial-iqtisodiy geografiya: termin va tushunchalar izohli lug`ati. - T.: O`qituvchi, 1990.
Asanov G.R., Nabixonov M., Safarov I. O`zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy jo`g`rofiyasi. -T.: O`qituvchi, 1994.
Axmedov E.A. O`zbekiston shaharlari mustaqillik yillarida. –T., 2002.
Axmedov E.A., Boltayev M.J. O`zbekiston Respublikasi iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi. Ma`ruzalar matni. Toshkent, 2000.
Axmedov E.A. va va boshqalar. Mustaqil O`zbekiston. T., 2001.
Axmedov E.A., Saydaminova Z. O`zbekiston Respublikasi. Qisqacha ma`lumotnoma. Toshkent, O`zbekiston, 1995.
Baratov P. O`zbekiston tabiiy geografiyasi. -T.: O`qituvchi, 1996.
Qo‘shimcha adabiyotlar
А.К.Мановян. технология первичной перерботки нефти и природного газа. М. Химия, 2001, 568 с.
Сокова Н.А., Иванова Л.В. Химия нефта и газа.-М:РГУ нефти и газа им. И.М.Губкина, 1999, 40 с.
Эрих В.Н., Расина М.Г., Рудин М.Г. Химия и технология нефта и газа. –Л: Химия, 1985. 408 с.
А.А.Кулик. Разработка технологии гидрооблагораживания прямогонного вакуумного газойля в смеси с легким газойлем каталитического крекинга, Москва, 2003, 24 с.
Do'stlaringiz bilan baham: |