Xususiy mehnat taqsimoti
- yirik sohalar ichidagi mehnat taqsimoti.
Muayyan sohadagi bir mehnatdan boshqasi ajralib chiqib ixtisoslashadi, mehnat
turlari ko‘payadi. Masalan, qishloq xo‘jaligidagi agrar mehnat chorvachilik,
dehqonchilik, bog‘dorchilik mehnat turlariga ajraladi. Sanoatda ham shunday
jarayon yuz beradi, xususan undirish va qayta ishlash, og‘ir va yengil sanoat
mehnat turlari ajralib chiqadi. Mashinasozlikni olsak, u yerda avtomobilsozlik,
taktorsozlik, samolyotsozlik, stanoksozlik kabi tarmoqlarga xos mehnat turlar
paydo bo‘lgan.
Qisman mehnat taqsimoti
- korxona doirasida bo‘ladigan mehnat
turlarining o‘zaro ajralib, ixtisoslashishi. Bunda mehnat muayyan mahsulot ishlab
chiqarish bosqichlari bo‘yicha, aniqrog‘i mahsulot uchun kerak bo‘lgan ayrim
qismlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan turlariga ajraladi. Masalan, qurilish
korxonalarida mehnat g‘isht teruvchi, suvoqchi, bo‘yoqchi, duradgor, elektrik,
santexnik mehnati kabi turlarga ajraladi.
Mehnatning faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi bilan birgalikda, uning
muayyan hudud doirasida ham taqsimlanishi yuz beradi. Mehnatning hudud
miqyosida taqsimlanishi ikki xil bo‘ladi:
1.
Hududiy mehnat taqsimoti
- muayyan mamlakat doirasida ayrim
hududlar yoki mintaqalardagi mehnatning ixtisoslashuvi. Sanoat va qishloq
xo‘jaligi hududlari borki, ular industrial yoki agrar mehnat sohasida
ixtisoslashadilar. Har bir hudud doirasida ham ichki ixtisoslashuv yuz beradi.
Masalan, agrar hududda bog‘dorchilik, donchilik, sabzovotchilik, chorvachilikka
ixtisoslashgan kichik bo‘limlar ham bo‘ladi.
2.
Xalqaro mehnat taqsimoti
- mehnatning miqdori va sifatini hisobga olib,
uning malakatlar o‘rtasida ma’lum nisbatda va iqtisodiy nafni ko‘zlagan holda
taqsimlanishi. Bu mehnat turining bir-biridan ajralishi emas, balki mavjud mehnat
turlarining ayrim mamlakatlarga ularning ustivor faoliyati sifatida biriktirilishidir.
Xalqaro mehnat taqsimoti- ijtimoiy mehnatning turli davlatlar yoki davlatlar
guruhi o‘rtasida taqsimlanishi, ishlab chiqarishning baynalminal miqyosda
ixtisoslashuvini bildiradi, davlatlararo iqtisodiy aloqalarni zaruratga aylantiradi.
Xalqaro mehnat taqsimoti mehnat taqsimlanishining eng yuksak darajasi
hisoblanadi. Mehnat taqsimoti qanchalik chuqurlashsa, mehnat unumi shunchalik
yuqorilashadi. Ishlab chiqarish kuchlarining naqadar rivoj topganini mehnat
taqsimotining rivojidan ko‘rish mumkin. Agar mehnat qanchalik tor ixtisoslashgan
bo‘lsa, uning sir-asrorlarini chuqur egallab, mahoratni oshirib, ish unumini
ko‘tarish mumkin, ish operatsiyalarini aniq bajarib, mahsulot sifatini ta’minlash
mumkin. Xullas, mehnatning ixtisoslashuvi uning unumdorligini oshirish shartiga
aylanadi.
Mehnat taqsimotining muqarrar yuz berishi va davom etishi ma’lum
iqtisodiy qonun ta’sirida boradi. Umumiqtisodiy qonunlar jumlasiga mehnat
taqsimoti qonuni ham kiradi, unga binoan mehnat turlari uzluksiz ravishda bir-
biridan ajralib, yangi mehnat turlari uzluksiz paydo bo‘lib, mehnatning
ixtisoslashib borishi uning unumdorligini oshiradi. Mazkur qonun iqtisodiyot
taraqqiyotining hamma bosqichlariga xosdir.
3. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishning asosiy qonuniyatlari
Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va hududiy rivojlantirish
qonuniyatlariga quyidagilar kiradi:
1. Ishlab chiqarishni hududiy oqilona tashkil etish qonuniyati.
-
Bunga muvofiq ishlab chtqarish korxonalarini ilmiy texnika
taraqqiyotining yutuqlari asosida, iloji boricha manbalarga yaqin joyda
joylashtirish maqsadga muvofiq. Masalan,Suvni ko‘p talab qiladigan
tarmoqlarni imkon qadar yirik va samarali suv manbalariga yaqin
joylashtirish ma’qul.
-
Mehnatni ko‘p talab qiluvchi (sermehnat) tarmoqlarni esa mehnat
resurslari shakllangan markazlarga yaqinroq.
-
Kundalik iste’mol qilinuvchi mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarni
iste’molchilarga yaqinroq joylashtirish va hokozo.
2.
Do'stlaringiz bilan baham: |